Oksidlangan xalkopiritni spirt bilar tiklab metall olishning termodinamikasi


Download 28.39 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi28.39 Kb.
#1168120
Bog'liq
OKSIDLANGAN XALKOPIRITNI SPIRT BILAR TIKLAB METALL OLISHNING TERMODINAMIKASI(1)


OKSIDLANGAN XALKOPIRITNI SPIRT BILAR TIKLAB METALL OLISHNING TERMODINAMIKASI
Khojiev Sh.T.1, Toshpulatov D.D.1 , Berdiyarov B.T.1
1Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
Etil spirti (vino spirti, etanol), C2H5OH — bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Mol.m. 46,069. Rangsiz, oʻtkir taʼmli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 114,5°, qaynash temperaturasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3(20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv boʻlgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1usulda suvli spirtga ozroq benzol qoʻshiladi va hosil boʻlgan aralashma fraksiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2— 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qoʻshib haydash yoʻli bilan ajratiladi.Etil spirtining qaytaruvchi xususiyatini bilgan holda oksidlangan xalkopiritdan metallni tiklab berish jarayonini bir necha tajribalar o’tkazib aniqlandi.Sistemada boradigan kimyoviy jarayoning reaksiyasi:
6CuO+ C2H5OH =6Cu+2CO2+3H2O
Boshlang’ich moddalarning termodinamik qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Moddalarning tegishli termodinamik kattaliklari (298 K)

Modda

CuO

C2H5OH

Cu

CO2

H2O

(kJ/mol)

-157.03

-234.8

0

-393.38

-228.597

(kJ/mol)

-127.6

-167.96

0

-394.38

-242.827

(kJ/mol)

42.63

281.38

31.05

218.68

188.724

Mazkur moddalarning termodinamik qiymatlardan foydalanib, kimyoviy jarayoning bir nechta haroratlarda borish ehtimolligini aniqlaymiz.Dastlab, kimyoviy jarayoning standart sharoitdagi natijalarini ko‘rib chiqamiz:
=-295.572 kJ
=-583.681 kj
=0.653 kJ
Standart sharoitdagi natijalardan shuni bilish mumkinki, reaksiyaning entalpiya qiymati manfiy (ekzotermik), ya’ni reaksiya natijasida issiqlik ajralib chiqadi. Reaksiyaning erkin energiyasi qiymati ham manfiy, bu esa kimyoviy reaksiya berilgan sharoitda mustaqil ravishda oqib o‘tishi mumkinligini bildiradi. Jarayon standart sharoitda borishi uchun boshlang’ich moddalarni aktivlanish energiyasini berish kerak. Sistemada kimyoviy reaksiya boshlangandan so‘ng harorat shkalsi oshishi reaksiya tezligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi 2-jadvalga berib o’tilgan:

H

R

S

T

G

-295,572

8,31

0,653

100

-360,872

-295,572

8,31

0,653

300

-491,472

-295,572

8,31

0,653

500

-622,072

-295,572

8,31

0,653

700

-752,672

-295,572

8,31

0,653

900

-883,272

Sistemadagi reaksiyaning Gibbs energiyasi qiymatlaridan muvozanat doimiyligining qiymatlari 3-jadval va diagrammada ko’rsatilgan:

LKM

KM

0,434262

1,543824

0,197141

1,217916

0,149716

1,161505

0,129392

1,138136

0,1181

1,125357

Oksidalangan xalkopiritni spirt bilan tiklanish jarayonining termodinamik imkoniyatlari o‘rganilganda 627oC (900 K) haroratda kimyoviy reaksiyada muvozanat o‘ng tomonga, ya’ni metallni tiklash tomonga siljishi aniqlandi. Jarayon davomida gaz va suv hosil bo’lishi hisobiga, olinadigan mahsulot zararli (keraksiz) unsur elementlari bilan ifloslanishini oldina olishi bilan birga ekologik jihatdan zararsizligi aniqlandi.


Adabiyotlar:
1. Khojiev Sh.T., Matkarimov S.T., Akramov O‘.A. Complex processing of zinc-containing waste from non-ferrous and ferrous metallurgy // Материалы международной научно-практической онлайн конференции «Проблемы, перспективы и инновационный подход эффективной переработки минерального сырья и техногенных отходов» в г. Алмалык, 27 мая 2021 г. С. 130 – 131.
2. Третьяков Ю.Д. Твердофазные реакции. – М.: Химия, 1978. 360 с.



Download 28.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling