Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.06.2020
Hajmi1.53 Mb.
#121747
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-SINF savol javob


https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



 

Qanday reaksiyalarga ichki molekular 

oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi? 

Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda 

tarkibida bo'lib, elektronlarning  

almashinuvi shu modda tarkibidagi 

zarrachalar orasida sodir bo'ladi.  

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining 

bunday turlari ichki molekular  

oksidlanish-qaytarilish deb ataladi. 

 

Ichki molekular oksidlanish-qaytarilish 



reaksiyasiga misol keltiring? 

Vodorod peroksidning katalizator (MnO

2



ishtirokida parchalanib suv va  



kislorod hosil qilishi. 

 

Disproportsiyalanish reaksiyalari deb qanday 



reaksiyalarga aytiladi? 

Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish 

darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, 

ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish 

darajasiga o'tishi bilan boradigan oksidlanish-

qaytarilish reaksiyalari disproportsiyalanish  

reaksiyalari deyiladi. 

 

Elementlarning nisbiy elektrmanfiyligi 



2,1 


 

 

 



 

 

 



Li 

0,97 


Be 

1,47 


2,01 


2,50 


3,07 


3,50 


4,10 


Na 

1,01 


Mg 

1,23 


Al 

1,47 


Si 

1,74 


2,1 


2,6 


Cl 

2,83 


0,91 


Ca 

1,04 


Ga 

1,82 


Ge 

2,02 


As 

2,20 


Se 

2,48 


Br 

2,74 


Rb 

0,89 


Sr 

0,99 


In 

1,49 


Sn 

1,72 


Sb 

1,82 


Te 

2,01 


2,21 


Cs 

0,86 


Ba 

0,97 


Tl 

1,44 


Pb 

1,55 


Bi 

1,67 


Po 

1,76 


At 

1,96 


  

 

 



 

 

 



 

https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



 

 

 



 

https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



IV-bob. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi. 

  Quruq osh tuzi va distillangan suv 

elektr  tokini qanday o’tkazadi? 

O’tkazmaydi. 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



  Moddalar elektr tokini o’tkazish yoki 

o’tkazmasligiga qarab qanday 

guruhlarga bo’linadi? 

Elektrolit va noelektrolitlarga. 

  Elektrolitlar deb qanday moddalarga 

aytiladi va ularga misollar? 

Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini 

o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. 

Elektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar 

va tuzlar kiradi. 

  Qanday moddalar elektrolitmaslar 

deyiladi? 

Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini 

o'tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar 

(noelektrolitlar) deyiladi. 

  Elektrolitmaslarga qanday bog’lanishli 

moddalar kiradi va ularga misollar? 

Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog'lanishli 

moddalar, metan, karbonat angidrid, shakar, 

spirtlar va distillangan suv kiradi. 

  Elektrolitlar qanday holatda elektr 

tokini o’tkazadi? 

Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki yaxshilab 

suyuqlantirilgandagina elektr tokini o'tkazadi.  

  Elektrolitlar kristall holda elektr qanday 

o’tkazadi? 

Kristall holda ular elektr tokini yomon o'tkazadi 

yoki butunlay o'tkazmaydi. 

  Nima uchun elektrolitlarning suvdagi 

eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr 

tokini o'tkazadi, aksincha, 

elektrolitmaslarning suvli eritmalari esa 

elektr tokini o'tkazmaydi?  

Ushbu savollarga to'liqroq javobni kim 

va qachon bergan? 

Bu savolga javobni 1887- yilda shved olimi Svante 

Arrenius o'zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish 

nazariyasida javob bergan.  

 

  Svante Arrenius  elektrolitlar sohasida 



olib borgan ilmiy ishlari uchun 

nechanchi yilda Nobel mukofotiga 

sazovor bo'lgan. 

Elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari 

uchun 1903- yilda Nobel mukofotiga sazovor 

bo'lgan. 

  Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda 

ishqorlar) --- suvda eritilganda yoki 

suyuqlantirilganda nimalarga ajraladi? 

Ionlarga. 

  Ionlarning zaryadlari qanday bo’lishi 

mumkin? 


Ionlar musbat zaryadlangan (kationlar) yoki 

manfiy zaryadlangan (anionlar) bo’lishi mumkin. 

  Dissotsiatsiya deb nimaga aytiladi? 

Ion bog'lanishli birikmalarning suvda eritilganda 

ionlarga ajralishiga dissotsiatsiya deyiladi. 

  Eritmada osh tuzi kristallari suvning 

qutblangan molekulalari ta'sirida  

erib, qanday ionlarni hosil qiladi? 

Gidratlangan ionlarni. 

  Vodorod va metallar, ammiak qanday 

qilib kationlarga aylanadi? 

Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa 

o'zining xususiy juft elektroni hisobiga proton 

biriktirib olib kationlarga aylanadi (H

+

, Na


+

, Zn


2+

Al



3+

, NH


4

+

). 



  Kislota qoldiqlari,gidroksid guruhlari 

anion ko’rinishida bo’ladimi yoki 

kation? 

Anion ko’rinishida. 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



  Qanday zarralar katod va anod tomon 

harakatlanadi? 

Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining 

katodi tomon, manfiy zaryadlangan ionlar esa 

elektr manbaining anodi tomon harakatlanadi. 

  Elektrolitlar (tuzlar va ishqorlar) 

suyultirilganda ham ionlarga ajraladi. 

Buning sababi nimada? 

Buning sababi modda suyultirilganda 

zarrachalarning tebranma harakati kuchayib,

 

ular 


orasidagi bog'lanish zaiflashib qoladi va elektrolit 

ionlarga osonlik bilan ajralib  

ketadi. 

  Kislotalar kuchli qutblangan 

molekulalardir, ular ham suvda 

eriganda ionlarga ajraladi, ammo tuzlar 

va ishqorlarning suvda erishida sodir 

bo'lgan hodisadan farq qiladi. HCl 

suvda eriganda qanday jarayon ro’y 

beradi? 


Vodorod xlorid suvda eriganda molekulasidagi 

vodorod elektronini qoldirib, suv molekulasiga 

ko'chib o'tadi. Natijada xlorda 1 ta elektron 

ortiqcha bo'lgan xlor ioni va 1 ta proton (vodorod 

atomining yadrosi) qo'shilgan H

3

O



+

 (gidroksoniy) 

ioni hosil bo'ladi. Demak, suvda HCl, HBr, H

2

S, 



HNO

3

, H



2

SO

4



 va boshqa kislotalar eriganda  

H

3



O

+

 (gidroksoniy) ioni hosil bo'ladi: 



  Gidroksoniy ioni parchalansa nimalarni 

hosil qiladi? 

Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil 

qiladi.                          H

3

O



↔H

+

+H



2

  Qanday kislotalarning barchasi 



dissotsilanadi? 

Suvda eriydigan kislotalarning. 

  Kislotalarning umumiy xossalari, ya'ni 

nordon ma'zaga ega bo'lishi, indikator-  

lar rangini o'zgartirishi, asoslar va 

asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga 

kirishuvi nima bilan tushuntiriladi? 

Ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod 

ionini hosil bo'lishi bilan. 

  Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida 

faqat vodorod ioni hosil qiladigan  

murakkab moddalarning umumiy 

nomi? 

Kislotalar. 



  Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida 

faqat gidroksid ioni (OH

-

) hosil qila-  



digan murakkab moddalarga qanday 

nomlanadi? 

Asoslar. 

  Tuzlar dissotsilanganda nimalarga 

ajraladi? 

Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi 

(ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH

4

+



) ga va 

kislota qoldig'i anioniga ajraladi. 

  Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda 

kation sifatida nima hosil bo'ladi? 

Kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni 

ham hosil bo'ladi. 

  Dissotsilanishga bog’lab tuzlarga 

qanday ta’rif berish mumkin? 

Dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota 

qoldig'i anioni (nordon tuzlarda vodorod kationi 

ham) hosil qiladigan murakkab moddalarga tuz-  

lar deb aytiladi. 

  Dissotsiatsiyalanish darajasi nima va u 

nima bilan belgilaniladi?  

Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan 

modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati 

elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasi deb  


https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



ataladi va α harfi bilan belgilanadi. 

  Dissotsiatsiyalanish darajasi nimalar 

bilan ifodalaniladi? 

Dissotsiatsiyalanish darajasi 0 dan 1 gacha bo'lgan 

birliklarda yoki 0 dan 100% gacha bo'lgan 

birliklarda ifodalanadi. 

  Dissotsiatsiyalanish darajasi nimaga 

bog'liq bo'ladi? 

Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan elektrolit va 

erituvchi tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, 

muhit haroratiga bog'liq bo'ladi.  

  0,05 M li sulfat kislotaning 18°C dagi  

dissotsiatsiyalanish darajasi necha % ga 

teng? 


58 % ga. 

  Qanday elektrolitlar kuchli elektrolitlar 

deyiladi? 

Dissotsiatsiyalanish darajasi nisbatan yuqori 

bo'lgan elektrolitlar. 

  Kuchli elektrolitlarga misollar 

keltiring? 

Ko'pchilik tuzlar (NaCl, KNO

3

, Ba(NO


3

)

2



, FeSO

4

), 



kislotalar (HClO

4

, HNO



3

, H


2

SO

4



, HCl, HBr, HJ) 

va ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)

2

, Ba(OH)


2

).  


  Kuchsiz elektrolitlarga ta’rif bering? 

Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan 

eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo'lgan 

elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. 

  Qaysi moddalar kuchsiz elektrolitlarga 

misol bo’la oladi? 

Barcha organik va ba'zi noorganik kislotalar 

(H

2



CO

3

, HClO, H



2

S, HNO


2

, H


2

CO

3



, H

2

SiO



3

HClO



2

 va b.q), ammoniy gidroksid, metallarning 

erimaydigan gidroksidlari, suv. 

  Kuchsiz elektrolitlar suvli eritmalarda 

qanday miqdorda dissotsiatsiyalanadi? 

Qisman. 


  Elektrolitning dissotsiatsiyalanish 

konstantasi elektrolit va erituvchi 

tabiatiga hamda haroratga bog'liq, lekin 

nimaga bog'liq emas? 

Konsentratsiyaga. 

  Dissotsiatsiyalanish konstantasi qan-  

cha katta bo'lsa, elektrolit shuncha … ? 

Kuchli dissotsiatsiyalanadi. 

  Elektrolitlarning eritmalarida sodir 

bo'ladigan kimyoviy reaksiyalar 

nimalar ishtirokida amalga oshadi? 

Elektrolit moddaning dissotsiatsiyalanishidan hosil 

bo'lgan ionlar ishtirokida. 

  Ionlar orasida boradigan kimyoviy 

reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda 

kuchli elektrolit moddani, kuchsiz 

elektrolitlar, suvda erimaydigan 

cho'kma moddalar, gaz holatga o'tib 

reaksiya muhitidan chiqib ketadigan 

moddalarning qanday formulalarini 

yozamiz? 

Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning 

tenglamalarini tuzishda kuchli elektrolit moddani 

dissotsiatsiyalangan holda, kuchsiz elektrolitlar, 

suvda erimaydigan cho'kma moddalar, gaz holatga 

o'tib reaksiya muhitidan chiqib ketadigan 

moddalarning molekular formulalarini yozamiz. 

  Elektrolitlarning eritmalari orasida 

sodir bo'ladigan reaksiyalarni qanday  

guruhlarga bo'lib o'rganamiz? 

1. Neytrallash reaksiyalari. 

2. Cho'kma hosil bo'lishi bilan sodir bo'ladigan 

reaksiyalar. 

3. Gaz modda hosil bo'lishi bilan boradigan 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



reaksiyalar. 

  Lakmus eritmasi qo'shilgan kislota 

eritmasi (qizil rangli eritma)ga sekin  

asta ishqor eritmasini qo'shsak 

eritmaning rangi o'zgarib binafsha 

rangga o'tadi. Buning sababi nimada? 

 Buning sababi eritmani neytral muhitga 

o'tganligidadir: 

HCl+KOHKCl+H

2



  Neytrallanish reaksiyasining mohiyati 

nimadan iborat? 

Neytrallanish reaksiyasining mohiyati kislotali 

muhitning beruvchi H

+

 ionlarini ishqoriy 



muhitning beruvchi OH

-

 ionlari bilan birikib suv 



hosil qilishidan iborat. Suv elektrolit emas, u 

ionlarga deyarli ajramaydi. 

  BaCl

2

 + Na



2

SO

4



 = 2NaCl + BaSO

4

 



Yuqoridagi reaksiya elektrolitlarning 

eritmalari orasida sodir bo'ladigan 

reaksiyalarning qaysi guruhiga 

mansub? 


Cho'kma hosil bo'lishi bilan sodir bo'ladigan 

reaksiyalarga. 

  Quyidagi reaksiya elektrolitlarning 

eritmalari orasida sodir bo'ladigan 

reaksiyalarning qaysi guruhiga 

mansub? 


Na

2

S + 2HCl = 2NaCl + H



2

S. 


Gaz modda hosil bo'lishi bilan boradigan 

reaksiyalar. 

  Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit 

hisoblanib, uning dissotsiatsiyalanish 

darajasi nechchiga teng? 

α = 10


-9

 

  Teng miqdorda H



+

 va OH


-

 ionlari 

bo'lgan eritma neytral muhitli bo'ladi. 

Agar eritmada H

+

 va OH


-

 ionlari 

miqdori teng bo’lmasa muhit qanday 

bo’ladi? 

H

+

 ionlari ortiqcha bo'lgan eritma kislotali, OH



-

 

ionlari ortiqcha bo'lgan eritma  



esa ishqoriy muhitda bo'ladi. 

  Elektrolit eritmalari orasidagi 

reaksiyalarning oxirigacha borishi 

sababi nimada?  

Eritmadagi ionlarni o'zaro birikib dissotsiatsiya-

lanmaydigan moddalar hosil qilishida. 

  "Gidroliz" so'ziga ta’rif bering? 

"Gidroliz" so'zi yunoncha "gidro" - suv, "lizis"- 

parchalayman degan ma'noni anglatadi. 

  Kuchli asos va kuchli kislotalardan 

hosil bo'lgan tuzlarning eritmalari  

muhiti qanday bo'ladi. Bunday tuzlar 

gidrolizga uchraydimi? 

Muhiti neytral bo'ladi. Bunday tuzlar 

gidrolizlanmaydi. 

  Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil 

bo'lgan tuzlarning suvdagi eritmasining 

muhiti qanday bo'ladi? 

Kislotali. 

  Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil 

bo'lgan tuzlar suvda eritilganda,  

eritma muhiti qanday bo'ladi? 

Ishqoriy. 

  Qanday tuzlar gidrolizga  to’liq 

Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan 


https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



uchraydi? 

tuzlar. 


  Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan 

hosil bo'lgan tuzlar gidrolizida muhit 

qanday bo’ladi? 

Eritmaning muhiti hosil bo'lgan asos bilan 

kislotaning nisbiy kuchi bilan belgilanadi. Demak, 

hosil bo'lgan asos kuchliroq bo'lsa kuchsiz 

ishqoriy, kislota kuchliroq bo'lsa kuchsiz kislotali 

bo'ladi, hosil bo'lgan asos va kislotaning kuchi teng  

bo'lganda neytral muhitda bo'ladi. 

  Qanday reaksiyalar gidroliz 

reaksiyalari deyiladi? 

Tuzlar bilan suv orasida sodir bo'ladigan 

reaksiyalar. 

  Gidroliz deb nimaga aytiladi? 

Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo'lgan 

ionlarni suv bilan o'zaro ta'sirlashuvidan kuchsiz 

elektrolitning hosil bo'lishi gidroliz deb ataladi. 

  Tuzlarning gidrolizi nimaga bog’liq? 

Tuzlar gidrolizi ularning tabiatiga, eritma 

konsentratsiyasi va haroratiga bog'liq. 

  Harorat ko’tarilganda gidrolizda 

qanday o’zgarish kuzatiladi va nima 

uchun? 

Harorat ko'tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi 



ortadi, chunki haroratning ortishi suvning 

dissotsiatsiya H

2

O = H


+

 + OH


-

 muvozanatini 

o'ngga siljitadi. 

  FeCl


3

 tuzining  gidrolizi haqida 

gapiring? 

FeCl


3

 tuzi uch bosqichda gidrolizlanadi. Odatdagi 

sharoitda bu tuz gidrolizining faqat I bosqichi 

amalga oshadi:  

FeCl

3

 + HOH = HCl + Fe(OH)Cl



2

 

Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham 



sodir bo'ladi:  

Fe(OH)Cl


2

 + H


2

O = HCl + Fe(OH)

2

Cl 


Qizdirish davom ettirilsa, III bosqichi ham sodir 

bo'ladi:  

Fe(OH)

2

Cl + H



2

O = HCl + Fe(OH)

3

↓ 

  Eritmalar suyultirilganda gidroliz 



darajasi qanday o’zgaradi va buni 

tushuntiring? 

 

Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. 



Buni SbCl

3

 tuzining gidrolizi misolida ko'rish 



mumkin:  

SbCl


3

 + 2H


2

O = Sb(OH)

2

Cl + 2HCl 



Agar bu tuz eritmasiga qo'shimcha suv qo'shsak 

muvozanat o'ngga siljiydi va cho'kma holida 

Sb(OH)

2

Cl (yoki SbOCl - antimonil xlorid) hosil 



bo'ladi. 

  Eritmalarning gidrolizini sekinlashtirish 

va gidrolizning oldini olish uchun nima 

qilish kerak? 

Eritmalarda gidroliz jarayonini sekinlashtirish 

uchun quyi haroratlarda va konsentrlangan holda 

saqlash lozim. Bundan tashqari kuchli kislota va 

kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuz eritmalarida 

kislotali muhitni ta'minlash, kuchsiz kislota va 

kuchli asosdan hosil bo'lgan tuz eritmalarida 

ishqoriy muhitni saqlash ham gidrolizning oldini  

olishi mumkin. 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 



 

Ionlarning o'ziga xos xossalari 

Eritmadagi  

mavjud ion  

 

Reaktiv  



tarkibidagi ion  

 

Kuzatiladigan jarayon  



 

H

+



  

Indikator  

Rangi o'zgaradi  

OH

-



 

Indikator 

Rangi o'zgaradi 

Na

+



 

-  


Alangani sariq rangga bo'yaydi  

K

+



 

-  


Alangani binafsha rangga 

bo'yaydi  

Ca

2+

 



CO

3

2-



 

Oq cho'kma 

Ba

2+

  



SO

4

2-



 

Oq cho'kma  

                     NH

4

+



  

OH



O'tkir hidli gaz. Ammiak hidi 

Cu

2+



 

OH

-



 

Ko'k cho'kma 

Zn

2+

  



OH

-

 



Oq cho'kma. OH

-

 mo'l 



bo'lganda eriydi  

Fe

2+



  

OH

-



  

 

Och-yashil cho'kma. Vaqt o'tishi 



bilan qo'ng'ir rangga kiradi 

Fe

3+



 

OH

-



 

Qo'ng'ir rangli cho'kma  

Al

3+

  



OH

-

 



Oq cho'kma. OH

-

 ko'p 



bo'lganda erib ketadi 

Cl

-



 

Ag

+



 

Oq-pag'a cho'kma  

Br

-

 



Ag

+

 



Och-sarg'ish rangli cho'kma  

J

-



 

Ag



 

Sariq cho'kma 

SO

3

2-



 

H

+



 

O'tkir hidli SO

2

 ajraladi  



CO

3

2-



 

H



 

Ohakli suvni loyqalashtiruvchi 

CO

2

 gazi ajraladi  



SO

4

2-



 

Ba

2+



 

Oq cho'kma  

PO

4

3-



 

Ag

+



 

Sariq cho'kma 

 

V-bob. METALLMASLAR. 



 

Kimyoviy elementlar davriy 

sistemasida metallmaslar qayerda 

joylashgan? 

Kimyoviy elementlar davriy sistemasida 

metallmaslar katta va kichik davrlar  

oxirida bosh guruhchalarda joylashgan. 

 

Metallmaslar qaysi elementlar oilasiga 



mansub? 

Metallmaslar p-elementlar oilasiga mansub 

(vodorod va geliy s-element). 

 

Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar 



atomlari o’zlarining oksidlovchi 

xossasini namoyon qiladimi yoki 

qaytaruvchi?  

Oksidlovchi. 

 

Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati 



Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda  

https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

10 



bir davrda va bir guruhda  

joylashgan metallmaslarda esa tartib 

raqami ortishi bilan qanday o’zgaradi?  

joylashgan metallmaslarda tartib raqami ortishi 

bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan 

metallmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan 

kamayib boradi. 

 

Elementlarning metallmaslik xossalari 



davrlarda va guruhlarda tartib raqami 

ortgan sari o’zgaradimi? 

Elementlarning metallmaslik xossalari davrlarda 

tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda esa 

kamayib boradi. 

 

Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati 



eng kuchli bo’lgan element qaysi? 

Ftor. 


 

Elektrmanfiylik qiymati eng yuqori 

bo'lgan element? 

Ftor. 


 

Metallmaslar tabiatda qanday moddalar 

shaklida uchraydi? 

Oddiy moddalar. 

 

Kosmosda va yer qobig’ida eng ko’p 



tarqalgan metallmaslar haqida 

gapiring? 

Kosmosda vodorod va geliy eng ko'p tarqalgan 

metallmaslar bo'lsa, Yer qobig'ida (Yer qobig'i 

massasiga nisbatan) kislorod (47%) va kremniy 

(29,5%) eng ko'p tarqalgan metallmas hisoblanadi. 

 

Xalkogenlar, galogenlar va inert gazlar 



deb qaysi guruhcha metallmaslariga 

aytiladi? 

Kislorod guruhchasi metallmaslari --- xalkogenlar,  

Ftor guruhchasi metallmaslari --- galogenlar,  

Geliy guruhchasi metallmaslari --- inert gazlar deb 

ataladi. 

 

Metallmaslarning normal sharoitdagi 



agregat holatlari haqida gapiring? 

Normal sharoitda ba'zi metallmaslar gazsimon 

(vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba'zilari suyuq 

(brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, 

yod, fosfor va bosh.) holda uchraydi. 

 

Metallmaslarning fizik xossalari haqida 



gapirib bering? 

Metallmaslar nozik tuzilmali bo'lib, ko'pchiligi 

organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr 

tokini yomon o'tkazadi. 

 

Tipik metallmaslar metallar bilan 



qanday bog'li birikmalar hosil qiladi? 

Ion bog'li birikmalar. 

 

Metallmaslarning o'zaro 



ta'sirlashuvidan qanday bog'li 

birikmalar hosil bo'ladi? 

Kovalent bog'li birikmalar. 

 

Metallmaslar kislorod va vodorod bilan 



qanday birikmalar hosil qiladi? 

Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, 

vodorod bilan uchuvchan vodorodli birikmalar 

hosil qiladi. 

 

Nima sababdan vodorod I va VII 



guruhlarda yozilishi mumkin? 

Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron 

bo'lganligi uchun (vodorodning faqat 1 ta elektroni 

bor) ishqoriy metallarga o'xshab davriy jadvalning 

birinchi guruhida joylashgan. Shuningdek, 

vodorod odatdagi sharoitda gaz bo'lganligi, 

molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent 

qutbsiz bog'langanligi sababli galogenlarga 

o'xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh 

elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling