Oʻlchash asboblari


Download 62.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.10.2022
Hajmi62.5 Kb.
#831196
Bog'liq
Oʻlchash asboblari - Vikipediya
АХБОРОТ ВА КОМУНИКАЦИЯ, Uyqu, tush ko’rish, gipnoz, Uyqu, tush ko’rish, gipnoz, Vinyl acetate production technology, 49762, 471379, tasavvuf talimotida nafs va nafs tarbiyasi asoslari, 2- QUIZ Abdurauf English 12 230420164311, УМУМИЙ ФИЗИКА ФАН ДАСТУРИ АМАЛИЙ 2018, 2 5287290971157954580, AX TIZ LABORATORIYA ISHI 3 .docx, bbbb11, seminar 8 m., 2 5472104543481233987, Мустақил таълим бўйича кўрсатма (1)


Oʻlchash asboblari
Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita
aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi,
integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida
kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash
qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini
faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash
natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib
boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari
qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash
asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha
integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar
boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr
generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida
Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan
taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida
foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan
oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash
oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita)
ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash
vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.


Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi,
kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash
transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish
va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va
himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari
(voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash
mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit
kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va
vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng
qoʻllanilmoqda.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%
BBlchash_asboblari&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=O
ʻlchash_asboblari&oldid=28
51914
" dan olindi 


 
Soʻnggi tahrir 29 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling