O’lchash usullari va vositalari” fanidan “Elektr o’lchashlar” qismi bo’yicha tayyorlangan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma uchun taqriz


Download 13.27 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13.27 Kb.
#244418
Bog'liq
ichki taqriz (2)


O’LCHASH USULLARI VA VOSITALARI” fanidan “Elektr o’lchashlar” qismi bo’yicha tayyorlangan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma uchun
TAQRIZ

Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma "5310900 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat) bakalavriat ta’lim" yo’nalish talabalari uchun mo’ljallangan.

Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma Davlat ta’lim standartlari va tayanch oliy o‘quv yurti – Toshkent Davlat texnika universiteti tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy dastur, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasida ishlab chiqilgan ishchi dastur asosida tuzilgan.

Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmada fanning ishchi dasturida belgilangan barcha laboratoriyalari aniq tushuntirilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma umumiy hajmi 40 betdan iborat bo’lib, 9 ta mavzuni o’z ichiga olgan. Talabalarga mustaqil o’qishlari uchun soddalashtirilgan va tushunarli qilib yozilgan, har bir mavzu so‘ngida nazorat savollari berilgan. Ushbu laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma talabalarga fanni o‘zlashtirishga, mustaqil ravishda laboratoriya va amaliy ishlarni bajarishiga katta yordam beradi deb hisoblayman.

“O’lchash usullari va vositalari” fanidan tayyorlangan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma chop etish mumkin deb hisoblayman.


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va



boshqaruv” kafedrasi mudiri A.R.Mallayev
Download 13.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling