O‘lchash xatoliklari. O‘lchash noaniqligi bo‘yicha atamalar va ta’riflar. O‘lchash noaniqligini baholash


Download 66.79 Kb.
bet1/11
Sana10.09.2022
Hajmi66.79 Kb.
#803823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5 ma'ruza-4
pul siyosati, ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, 30.-Абдурашидова-Нигора-Алишеровна, Zokirov Qurbonali menejment, Investitsiya va risklarni boshqarish, Investitsiya va risklarni boshqarish, 2-variant TARIX 23.12.2018, KT, Power of Teamwork, Power of Teamwork, membrana otkazuvchanligini organishning zamonaviy usullari, Холов Достон 14 тема, Холов Достон 14 тема, РАД 6, №15 Bolalarda OBSHQ kasalliklari profilaktikasi.

5-MA’RUZA: O‘lchash xatoliklari va noaniqlik.
Reja:

  1. O‘lchash xatoliklari.

  2. O‘lchash noaniqligi bo‘yicha atamalar va ta’riflar.

  3. O‘lchash noaniqligini baholash.

  4. O‘lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi. Noaniqlik manbalarining namoyon bo‘lishi.

  5. Noaniqlikni taqdim etish.

  6. Standart namunalar noaniqligi.



1. O‘lchash xatoliklari.

O‘lchash natijasida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Qo‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma’lum bo‘ladi va shu kattalikning qiymati o‘rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shuncha yakin bo‘ladiki ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o‘lchash usuli bilan topilgan qiymati o‘lchash natijasi deyiladi. O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqikiy qiymati orasidagi farq o‘lchash xatoligi deyiladi. O‘lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o‘lchash xatoligi o‘lchashning mutlaq xatoligi deyiladi:


∆X=X-Xh
bu erda, ∆X — mutlaq xatolik; X—o‘lchash natijasi; Xh — o‘lchanayotgap kattalikning xakiqiy kiymati.
O‘lchash mutlaq xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning hakiqiy qiymatiga nisbati o‘lchashning nisbiy xatoligi deyiladi.
O‘lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo‘linadi.
Muntazam xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchaganda o‘zgarmas bo‘lib qoladigan yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o‘lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo‘ladi, ularni tuzatmalar kirtish bilan yo‘qotish mumkin.
Kattalikni o‘lchash natijasida olgan qiymatga muntazam xatolikni yo‘qotish maqsadida qo‘shiladigan qiymat tuzatma deb ataladi. Odatda, muntazam xatoliklar instrumental (o‘lchash asboblari), o‘lchash usullari, sub’ektiv (noaniq o‘qish), o‘rnatish, uslubiy xatoliklarga bo‘linadi.

Download 66.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling