O’lchash xatoliklarining tabaqalanishi


Download 29.22 Kb.
bet1/4
Sana27.05.2022
Hajmi29.22 Kb.
#718447
  1   2   3   4
Bog'liq
Zokir
KODEKS, Mavzu Boshlang\'ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy ten-hozir.org, 50, maple dasturida matematik masalalarni yechish, Tema 1 kk, invoice Mehriniso, file, file, DARS KUZATISH VA TAHLIL QILISH 4, eLEKTROTEXNIKA ISHI DASTUR, 01d6e116-8ca0-4398-bb33-61fac1c2605f, 2-mavzu (1), gramm, метбирлеспе 5-баянлама

O’lchash xatoliklarining tabaqalanishi.
Reja:



  1. O’lchash xatoliklarining tabaqalanishi.

  2. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari.

  3. Adittiv va multiplikativ xatoliklar.

  4. O’lchash turlari va o’lchash usullarining klassifikatsiyasi

  5. Xulosa


1. O‘lchash xatoliklarining tabaqalanishi
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni. O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
– o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
– operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.
O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi. O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga bo‘linadi.
2. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari
Umuman, muntazam xatolikni yo‘qotish yo‘li aniq ishlab chiqilmagan. Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishning ba’zi bir usullari mavjud:
1. Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash, bu uslub o‘lchash uslubini, o‘lchash apparaturasining tavsiflarini, o‘lchash tenglamasini va o‘lchash sharoitlarini tahlil qilishga asoslanadi. Masalan: o‘lchash asbobining parametrlari va tekshirilayotgan zanjirning ish holatini bilgan holda biz uning tuzatmasini (xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning iste’mol qiluvchi quvvatidan, o‘lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan hosil bo‘lishi mumkin.
2. Xatolikni o‘lchash natijalari bo‘yicha baholash. Bunda o‘lchash natijalari har xil prinsipdagi usul va o‘lchash apparaturasidan olinadi. O‘lchash natijalari orasidagi farq – muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori aniqlikdagi o‘lchashlarda ishlatiladi.
2. Xatolikni o‘lchash natijalari bo‘yicha baholash. Bunda o‘lchash natijalari har xil prinsipdagi usul va o‘lchash apparaturasidan olinadi. O‘lchash natijalari orasidagi farq – muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori aniqlikdagi o‘lchashlarda ishlatiladi.
3. Har xil tavsiyalarga ega bo‘lgan, lekin bir xil fizikaviy printsipda ishlaydigan vosita yordamida o‘lchash usuli. Bunda o‘lchash ko‘p marotaba takrorlanib, o‘lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida ham ishlanadi.
4. O‘lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazish. Bu usul ham aniq o‘lchashlarda ishlatiladi.
5. Muntazam xatoliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo‘qotish usuli. Masalan: tashqi muhit harorati o‘zgarmas qilib saqlansa, o‘lchash vositasini tashqi maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, manba kuchlanishi turg‘unlashtirilsa (stabillashtirilsa).
6. Muntazam xatolikni yo‘qotishning maxsus usulini qo‘llash. Bu usul nisbatan kengroq tarqalgan usullardan bo‘lib, o‘rin almashtirishdifferensial usul, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni kompensatsiyalash usullari bunga misol bo‘la oladi.


Download 29.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling