O‘lgan tushunchalar, biroq ularning har biri alohida mazmunga ega


Download 12.76 Kb.
Sana17.03.2020
Hajmi12.76 Kb.

o‘lgan tushunchalar, biroq ularning har biri alohida mazmunga ega. Fuqarolarning qonun oldidagi tengligi fuqaroning irqi va millati, ijtimoiy, mulkiy va mansab mavqei yoxud uning dini asosida ayrim imtiyozlarni yoki cheklovlarni o‘rnatmaydigan yagona moddiy va protsessual qonunlar mavjudligini anglatadi. Fuqarolarning sud oldidagi tengligi sud ishlarining, sudlanuvchi va jabrlanuvchi, da’vogar va javobgar, protsessning boshqa ishtirokchilari irqi, millati va dini, ijtimoiy, mansab va mulkiy mavqeidan qat’i nazar, barcha fuqarolarga nisbatan va barcha sudlar tomonidan bir xil protsessual tartibida ko‘rib chiqilishini anglatadi. Shuningdek, mazkur qoida yuqorida ko‘rsatilgan belgilarga qarab o‘z faoliyatini amalga oshiradigan tabaqa, irqiy yoki boshqa maxsus sudlar davlatda tashkil etilishini taqiqlaydi. Amaldagi qonunlarga rioya qilish hamma uchun majburiy bo‘lishi, shuningdek qonunlarni buzish uchun barcha shaxslar uchun teng javobgarlik belgilanishi fuqarolar qonun va sud oldidagi tengligining ifodasidir. Masalan, jinoyat sodir etgan shaxslar, egallab turgan lavozimi, shug‘ullanayotgan faoliyati va boshqa holatlardan qat’i nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi va ularga nisbatan bir xil jinoyat qonuni amal qiladi. Sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortishning va tintuv o‘tkazishning (O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 70-moddasi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlarini ushlab turishning va qamoqqa olishning (Konstitutsiyaning 88-moddasi) alohida tartibi mavjudligi, albatta, fuqarolarning qonun oldidagi tengligi prinsipi umumiy qoidalari doirasidan mazkur shaxslarni chiqaradi, chunki ushbu daxlsizlik kafolatlari yo‘qligida deputatlar va sudyalar o‘z vazifalarini tegishli ravishda bajara olmas edilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1-moddasi 2-qismiga muvofiq, jinoyat ishlarini yuritishning qonunda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari uchun 56 yagona hamda majb
Download 12.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling