Olimova Zarina 22 01-guruh Mavzu: Shaxslararo konfliktlarning natijasi sifatida stressning yuzaga kelishi Test


Download 19.71 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi19.71 Kb.
#1387575
Bog'liq
Olimova Zarina test


Olimova Zarina
22_01-guruh
Mavzu:Shaxslararo konfliktlarning natijasi sifatida stressning yuzaga kelishi
Test
1. Quyidagi qaysi soxaning asosiy qoidalari hisoblanadi?
1. Konflikt yechimini qidirishga xohish va iroda; 2.Faqat xaqiqatni so‘zlash; 3.Gapni bo‘lmasdan eshitish; 4.Birovning nuqtainazariga hurmat e’tibor, hech qachon uni yerga urmaslik; 5. Ikki tomonlama shartnomaning qarorlarini amalga oshirish uchun majburiyatni o‘z zimmasiga olish;
A. Shartnomaning asosiy qoidalari
B. Mediatsiya (vositachilikning) besh asosiy ustunliklari
S. Mediatsiya– vositachilikning asosiy qoidalari *
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
2. Davomini toping.
Tolerantlik tafakuriga ega bo‘lgan adam..............
A. o‘z hayoti va atrofidagi o‘ziga yaqin insonlar hayotini turli ziddiyatlardan muntazam muhofaza qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. *
B. o‘z hayoti va atrofidagi o‘ziga yaqin insonlar hayotini turli ziddiyatlardan muntazam muhofaza qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
S. muammoni kelishuvga olib keladigan yo‘llarni o‘rganib, bahslashuvchi tomonlarga birgalikda ikkala tomonni ham qanoatlantiruvchi hamda ikkala tomon ham o‘zini g‘alabaga erishgan deb hisoblovchi yagona to‘g‘ri yo‘lni topishiga yordam beruvchi shaxs
D. To‘g‘ri javob berilmagan.
3. Pedagogik sinergetika nima?
A. O‘quvchilarning o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishlari *
B. Dunyoni yangicha izohlash
S. O‘quvchilarga xos bo‘lgan xislatlar
D. O‘quvchiga xos bo‘lgan o‘lchovlar
4. Egoizm so‘zining ma’nosi?
A. Faqat o‘z manfatlarini ko‘rish qobilyati *
B. Hasadgo‘ylik
S. Manmanlik
D. Agressiv holat
5. ....... – bu konfliktlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tugallanishiga doir umumiy qonuniyatlardir.
A. Pedagogik konfliktologiya fanining predmeti. *
B. Pedagogik konfliktologiya fanining obyekti.
S. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi.
D. Pedagogik konfliktologiya faniningvazifasi.
6. “Xudbinlik ustidan qozonilgan g‘alaba eng sharafli g‘alabadir” ushbu fikrlar muallifi?
A. P. Buast *
B. S. Segyur
S. Deyl Kornegi
D. Suqrot
7. Agressiya so‘zining ma’nosi nima?
A. Lotincha – yaratuvchanlik
B. Lotincha – hujum qilish *
S. Yunoncha – xayrixohlik
D. Yunoncha – zo‘ravonlik
8. Bu nizolarni asta-sekin belgilangan fursatda portlaydigan minaga o‘xshatsa bo‘ladi. Agar nizo “yetilmagan” yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar “ichida” bo‘lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
A. Ochiq nizo
B. Obyektiv nizo
S. Yopiq nizo *
D. Ichki nizo
9. ............ hayotda uchrab turadigan turli nizo va ziddiyatga bog‘liq bo‘lgan voqealar bo‘lib, osuda va tinchlik vaqtida siz ularga e’tiborsiz bo‘lasiz.
A. Insidentlar *
B. Diskomfortlar
S. Hasadgo‘ylar
D. Melanxoliklar
10. Agressiya turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
a) tasoddifiy tajovvuz; b) mantiqiy usul; c) passiv usul; d) ekspressiv tajovvuz;
g) faol usul; v) dushmanlik tajovuz; r) instrumrntal tajovvuz.
A. a, b, r, c
B. a, d, v, r *
S. c, b, g
D. r, c, d, a



Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling