Oliy nerv faoliyati tiplari Reja


Download 0.58 Mb.
bet1/2
Sana12.03.2020
Hajmi0.58 Mb.
  1   2

Aim.uz

Oliy nerv faoliyati tiplari
Reja:

  1. Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya.

  2. Oliy nerv faoliyatining shikastlanishlari nevrozlar.

  3. Ovqatlanishning oliy nerv faoliyatiga tasiri.

  4. Miyaning qon bilan ta`minlanishining oliy nerv faoliyatiga ta`siri.

Tayanch atamalar:

Sezgi – sense, feeling

Idrok - perception

Tasavvur - conception, idea

Analiz - analysis

Sintez - synthesis

Tormozlanish – inhibition

Psixologiya – psychology

Nerv - nerve

Qon - blood

Nevroz - neurosis

Adaptatsiya - adaptation

Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya
Tashqi olamning ob`ektiv realligini ongda aks ettiradigan fiziologik mexanizmlarni ochib berish fiziologiyaning vazifasidir.

Voqelikni aks ettirish formalari taraqqiyotning turli bosqichlarida turlichadir. Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda o`z ifodasini topadigan konkret hissiy in`ikos soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakid-umumlashtirilgan in`ikosi beqiyos murakkab bo`lib, logik tafakkurda, ya`ni odam miyasining abstraklovchi ishi asosida vujudga keladigan tushuncha, muhokama xulosalarda o`z ifodasini topadi.

Oliy nerv faoliyatini o`rganish tashqi olamning miyada aks etishiga yordamidagina ko`pgina fiziologik mexanizmlarni bylib olish imkoniyatini tugdiradi.

Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret -hissiyotni in`ikos etadi, ya`ni sezgilar, idroklar, tasavvurlar hosil bo`ladi. Nerv sistemasi bo`lgan hayvonlarda retseptorlarning qo`zg`alishi nerv markazlariga nerv impulslarini o`tishi nerv markazlarining qo`zg`olishi sezgalarning fiziologik negizi hisoblanadi.

Ayni vaqtda organizm retseptorlariga ta`sir etuvchi buyum va hodisalarning ayrim xosalari o`g`risida signallar olib turadi.

Nerv sistemasining rivojlanishi jarayonida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, sezgilar murakkab nozik va aniq bo`lib qoladi. Voqelikni aks ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar asosida kelib chiqadi. Sezgilarga qarama - qarshi o`laroq idrok butun buyumni xossalarining yig`indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga bir qadar bo`lishgan holda idrok etiladi. Bu katta yarim sharlar yustlog`ining analitik sintetik faoliyatiga bog`liq. Buyum va xodisalarning turli xossalari idrok etganda miya po`stlog`ining ko`p markazlari bir yo`la qo`zg`aladi. Ana shu nuqtalari orasida vaqtinchalik bog`lanishlar vujudga keladi. Vaqtinchalik aloqa -eng muhim fiziologik hodisa shu bilan birga psixik xodisa hamdir ya`ni assotsiativ bog`lanish psixik hodisaning o`zginasidir. Bir buyum yoki hodisaning o`zidan ko`p marta signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Miya po`stlog`ida qo`zg`olishning yoyilishi tufayli narsa hodisa tushuniladi. Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi- bir biridan ajratiladi.

Voqelikni konkret-xissiy aks etishning murakabroq formasi tasavvurlardan. Bunda ilgari organizmga ta`sir etgan buyum va xodisalarning konkret obrazlari vujudga keladi. Tasavvur-buyum yoki hodisani fazo-vaqt bog`lanityaida ta`riflab, obrazli aks ettirish demakdir. Tasavvurlarning hosil bo`lishi bu ilgari ta`sir etgan signallardan yarim sharlar po`stlog`ida qrlgan izlarni analiz va sintez qilish natijasidir. Tasavvurlarning shakllanishi uchun-fiziologik analiz va sintezning yuksak ko`rinishlari zarur.

Voqelikning aks ettiirishning bu formasi sistemalilik asosida, boshqacha aytganda dinamik steriotip asosida vujudga keladi. Shuni aytib o`tmoq kerakki, konkret-xissiy intikosga ta`luqli ba`zi -jarayonlar odamdan ko`ra hayvonlarda yaxshiroq rivojlaigan bo`lishi mumkin. Ayrim ta`sirotlar tovush xid ta`sirotlari hayvonlarda odamlardadagidan mukammalroq analiz qilinadi. Masalan it tovush xid ta`sirotlarini odamdan ko`ra yaxshiroq differentsiallaydi.

Odam uylab topilgan, aytilgan yoki yozilgan so`zlar bilan ifodalovchi abstraktiv tushunchalar bilan fikrlay oladi. Ikkinchi signal sisitemaning` (nutq) rivojlanishi tashqi olamni abstrakt -umumlashitirib aks ettidishga imkon berdi. In`ikosning bu formasi odamga tabiiiy xodisalarni bilish va ulardan foydalanishdan katta imkoniyat yaratdi.

Oliy nerv faoliyatining tiplari
Evolyutsiyaning turli bosqichlaridagi hayvonlarning nerv sistemasining funktsional xususiyatlari bir xil emas. Bu funktsional xususiyatlar nerv sistemaning evolyutsion rivojlanishda morfologik farqdariga asoslanadi. Hayvonlarning ma`lum turida nerv sistema bir qator funktsional xususiyatlari bilan farq bo`ladi. Shu bilan birga bitta turga mansub turli xil individlar nerv sistemasi ma`lum individual xususiyatlari va belgilari bilan farq qiladi.

I.P. Pavlov turli hayot vaziyatda odam va hayvonlarda shartli reflektor faoliyat xususiyatlarini o`rganib oliy nerv faoliyati tiplari xaqidagi ta`limotni yaratdi. Bu ta`limbt ilm va xalq xujaligining turli sohalarining vakillarini nerv sistemani funktsional xolatiga faol, ijodiy, ongli ta`sir etish imkonini berdi. I.Pavlov nerv sistemaning tipi deganda nerv sistemaning individual xususiyatlarini tushunadi.

Odam oliy nerv faoliyatiga nisbatan nerv tiplari deyilganda harakter yoki temperamentlari tushuniladi.

Nerv tipining ko`rsatkichlari bo`lib, tabiiy va laboratoriya ta`sirida shartli reflektor faoliyatning xususiyatlari hisoblanadi.

Oliy nerv faoliyatining tipologik ko`rsatkichlari sifatida hammadan avval shartli reflekslarning hosil bo`lish tezligi hisoblanadi. Bu xususiyat bir turdagi turli hayvonlarda turli xildir. Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatining bopщa ko`rsatkichi bo`lib shartli refleksii balandligi hisoblanadi.

Oliy nerv faoliyatining uchinchi ko`rsatkichi shartli omilni sharsiz omil bilan mustahkamlanishdagi shartli refleksning mustahkamligidir. Bu ko`rsatkich bilan oliy nerv faoliyatining quyidagi inbividual harakteristikasi - reflekslarni tormozlanishining chuqo`rligi va davomiyligi bilan aniqlanuvchi tashqi va ichki tormozlanshgshing intinsivligiga bog`liq.

Oliy nerv faoliyati tipining byoshinchi ko`rsatkichi bo`lib, qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlaridagi irradiatsiya va kontsentratsiya (induktsiya)ning tezligi hisoblanadi. Oliy nerv faoliyati tipining oxirgi ko`rsatkichi budib, hayvonni turli ta`sirotlarga katta yoki kichik beriluvchanliga hisoblagnadi. Nerv sistemaning bu ko`rsatkichi nerv sistemani turli patologik xolatlarga olib kelishi mumkin.

I.P. Pavlovning nazariy xulosalariga muvofiq turli hayvonlarda po`stloqning qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlari quyidagi xususiyatlari; kuchi, muvazanati va harakatchanliga bilan farqlanadi.

Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining kuchi tushunchasida fiziologik jarayonlarni katta yoki kichik ifodalanishi boshqacha aytganda qo`zg`olish va tormozlanshpda katta: yoki kichik effekt bo`lishi tushuniladi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining muvazanati deyilganda qo`zg`olish va tormozlanishning nisbati tushuniladi.

Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining haraktchanligi deylganda qo`zg`olishni tormozlanishga, tormozlanishni qo`zg`olishga o`tish tezligi tushuniladi.

Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining parametrlaridan biri bo`lib, miya yarim sharlarda idraditsiya va koyatsentrapiyasidir.

Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarini asosiy xususiyatlarini bu uchta xususiyatini o`rganib I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining to`rtta tipi bo`lishi mumkin degan xulosaga keladi.

Bu to`rtta tipdan I.P. Pavlov uchtasini kuchli deb aniqlaydi. Bu tiplarda oliy nerv faoliyatida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kuchini yuqori bo`lishi aniqlangan. Ikkita kuchli tip vakillarida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari muvazanatlashgan bo`ladi. Uchinchi kuchli tip vakillarida qo`zg`alish tormozlanish jarayonlarini muvazanatligini, qo`zgalish jarayonlarini ustun bo`lishi harakterlidir. Bu tip nerv jarayonlarining yuqori harakatchanligi bilan boshqa tiplardan farq qiladi.

Shunday qilib, I.P. Pavlov tomonidan nerv sistemasi kuchli tiplar quyidagilarga bo`lingan:

- kuchli muvazanatlashgan va harakatchaat yoki harakatchang;

- muvazanatlashgan va inert yoki inert;

- muvazanatlashmagan, harakatchang yoki tinchimas.

Oliy nerv faoliyatining to`rtinchi tipiga qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi ya`ni bo`shligi, muvazanatsiz, inertligi xususiyatlari ustun keluvchi tip kiritilgai. Bu tip kuchsiz tip deyilib, miya po`stlog`i hujayralarining ishchanlik qobiliyatini tez pasayishi bilan harakterli.

2- jadvalda oliy nerv faoliyatining yuqorida keltirilgan to`rtta tipi keltirilgan.

Oliy nerv faoliyaning tipologik tafsifi


Nerv faoliyati tipi

Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining xususiyatlari

Kuchli

Muvazanatli

Harakatchanligi

Kuchli

Harakatchan

+

+

+

Tinch

+

+

-

Tinchimas

+

-

+

Kuchsiz

-

-

-


I.P. Pavlov laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatganki ko`pincha itlartnerv sistemasining yuqoridagi tipologik xususiyatlariga to`g`ri kelmaydi. Bunday itlar alohida aralash nerv tiplariga kiratilgani ko`rsatiladi.

Aralash tiplarga passivhimo tipdagi hayvovlar kiritilgan, bo`larda kuchli va zaif tip belgilari namoyon bo`ladi. Bunday tipdaga hayvonlar muhit tasirlariga o`zining barcha, reaktsiyalari bilan ehtiyotkor bo`ladi. Bunday itlarda himoya reaktsiyalar yaxshi rivojlangan. Aralash tipga yana misol qilib, kuchsiz muvazanatlashmagan qo`zg`oluvchan tip kiritilgan. Bunday hayvonni oliy nerv faoliyatining harakterlv xususiyati bo`lib, muhit ta`sirotlariga tormozlanishta nisbatan *Eo`zgolish jarayovlariyai ustunlvgi hisoblanadi, Oliy nerv faoliyatining tipi tashqi muhitga munosabati bilan belgilanadi.

Bir xil sharoitda tashqi muhnidi o`zgarishiga o`rta tipdaga hayvonlar tez moslashadilar, ya`ni harakatchang va tinch, kuchli tipdagi hayvonlar. Oliy nerv faoliyatining o`sha xususiyatlari ya`ni genotip tashqi muhit ta`sirlari davomida va individual hayot mobaynida jiddiy o`zgarishlarga duchor bo`ladi.

Nerv sistemaning tipini o`zgarishi-fenotipini shakllavnishi ikkita yo`nalishda oliy nerv faoliyatining o`sha individual xususiyatlarini kuchayishi yoki susayishi va bu tug`ma xususiyatlarni qayta qo`rilishi bilan boradi. Oliy nerv faoliyatini qayta qurish, xoxlagan xususiyatlarni mustahkamlash, xususayatlarni yo`qotish nerv sistemasining boshqaruvchanlik funktsiyasiga ta`sir etish bilan o`zgartiriladi.

Oliy nerv faoliyatiga ta`sir etish bilan uy hayvonlarini yangi zotlarini, itlarning eng yaxshi xususiyatlarini keltirib chiqarish mumkin. Masalan, armiyada turli maqsadlarda foydalaniladigan itlar. Odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatiga ta`sir etish bilan organizmda ketayotgan barcha fiziologik jarayonlarni o`zgartirish mumkin.

Shuni ta`kidlash lozimi, yoshlik davr boshqacha aytganda nerv sistemaning tipologik xususiyatlarini shakllanish davri oliy nerv faoliyatga ta`sir etish uchun, tarbiyani o`zlashtirish uchun eng qulay davr hisoblanadi,

Odam oliy nerv faoliyati hayvonlar oliy nerv faoliyatidan son va sifat jihatdan murakkabliga, o`ziga xos xususiyat bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan nerv sistemaning asosiy tipologik xususiyatlari - kuchi, muvazanati va harakatchanliga, miya po`stlog`idagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari odam va hayvonlar uchun umumiy hisoblanadi.

Odam nerv sistemasi to`rtta bo`lishi mumkin. Odamlarnn uchta kuchli va bitta zayf tipga bo`lish mumkin.

Gippokrat odamlarni to`rtta temperamentga bo`lgan.

Kuchli, muvazavatli va harakatchang tip-sangvinik temperamentga mos keladi.

Kuchli muvazanatli, tinch tip-flegmatik temperamentga mos keladi.

Kuchli, muvazanatlashmagan, tinch emas tipga-xolerik temperament mos keladi.

Kuchsiz (zaif), muvazantlashmagan tipga melanxolik temperament mos keladi.

Odam oliy nerv faoliyati fenotipini shakllanishida ijtimoiy omillar-tarbiya va o`z-o`zini tarbiyalash muhim rol o`ynaydi.

Oliy nerv faolnyatining tiplari haqidagi ta`limot tarbiyachilar, pedagoglar uchun muhim ahamiyatta ega.

Oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari haqidagi ta`limot tibbiyot va mehnat fizioligiyasidagi juda dolizarb masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zaxira ma’lumotlarini to’plashlariga yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar ham keltirishi mumkin. Agar Anna va Damiana iqtisodiy qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni kam munosabat qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu o’z navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi.
Oliy nerv faoliyatining eksprimental patologiyasi
Bosh miya faoliyatini shartli reflektor hisobiga o`zgaruvchan tashqi muhitta moslashuvi ikkita «o`rta» harakatchang va tinch tiplarda juda yaxshi bo`ladi. Bosh miyani maxsus o`ziga xos shartli reflektor funktsiyalari qo`zg`olish va tormozlanishlarning muvazanatsizligi, xolerik tinch bo`lmagan tiplarda va zaif tip vakillaridai bu jarayonlarni bo`sh va inertligi tufayli tashqi ta`sirotlarga reaktsiyalari noedekvat bo`ladi.

Tashqi muhit sharoitiga bu noedekvat reaktsiya tashqi muhitning ta`sirlariga to`liq, moslanishni vujudga keltira olmaydi, bu xolat oliy nerv faoliyatini funktsional bo`zilishiga sabab bo`lishi mumkin. Odamning nerv va psixik kasalliklari uzoq mudatli ta`sirotlar majmuasini mos kelmasligi- har bir odamning individual xususiyatlari, nizolar tufayli kelib chiqishi mumkin. Oliy nerv faoliyatini aniq, fiziologik patalogiyasining tabiatini o`rganish hayvonlarda laboratoriya sharoitida o`rganib, odamni nerv va psixik kasalliklarini nazariyasini ishlab chiqish bu kasalliklar bilan ko`rashishda muhim hisoblanadi.

I.P. Pavlov hayvonlarda laboratoriya sharoitida odamlarda uchraydigan nevroz kasaliklarining modelini ishlab chiqdi. Hayvonlarda eksperiment asosida nevroz xolati keltirib chiqarildi. eksperimental nevroz itlarda oliy nerv faoliyatini barbod qilish usuli bilan ya`ni bosh miya yarimlarda qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlari kuchayish va harakatchanligi zo`riqtirildi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlari kuchini zo`riqtirish eksperimental sharoitda hayvon - organizmiga uzoq, davom etuvchi kuchli musbat yoki tormozlovchi signallarni ta`siri bilan hosil qilindi. Masalan, V.G. Yerofeev I.P. Pavlov laboratoriyasida itlarda qo`zg`olishni zo`riqtirish uchun kuchli elektr tokini qo`lladi. Oliy nerv faoliyatini bo`zish yana biri qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarini zo`riqtirishdir. Bu patalogik xolat hayvon organizmiga musbat va tormozlovchi ta`sirotlarni tez almashtirish bilan hosil qilinadi.

Oliy nerv faoliyatidagi potalogik bo`zilishlarning fiziologik mexanizmi po`stloq hujayralari faoliyatining susayishi, ularni ishchanlik qobiliyatini kamayishi, tashqi ta`sirlarga nisbatan ular tormozlanishining ortishidir. eksperimental nevrozda turli kuchdagi musbat shartli ta`sirotlar bir xil balandlikdagi reaktsiya hosil qiladi. Nevrozning keyingi stadiyasi paradoksal stadiyasini vujudga kelishi bilan bog`liq. Bunda kuchli shartli ta`sirlovchi kam balandlikdagi shartli reflekslar reaktsiya keltirib chiqaradi. Paradoksal fazadan keyin ultrapadoksal faza rivojlanadi. Bu fazada musbat shartli ta`sirlovchilarning kuchli ham kuchsiziga ham shartli reflektor javob reaktsiyasini hosil qilamaydi. Ultraparadoksal fazadan so`ng bosh miyaning shartli reflektor aktivligi butunlay yo`qoladi. Itlarni eksperimental nevrozdan chiqarish uchun (ularni sog`aytirish) oliy nerv faoliyatini asta-sekin qayta tiklash bilan amalga oshiriladi.

Oliy nerv faoliyatn potalogiyasi, eksperimental nevrozlarni keltirib chiqarish oliy nerv faoliyatining tiplariga bog`liq. Nevroz xolat ko`proq kuchi muvazanatmas va zaif tiplarda kelib chiqadi. Shunday xulosa chiqarish mumkinki, nevrotik xolatni kelib chiqishi qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarini muvazanatli bo`lmasligida. Oliy nerv faolitini shikastlanishi ko`proq zaif tipdagi hayvonlarda uchraydi. Kuchli tipdagi odamlarda nevrotik xolat ko`pincha oliy nerv faoliyatini susayshiga olib kelib omillar charchash, alkogol bilan zaharlanish va boshqa asosida sodir bo`ladi.

I.P. Pavlov laboratoriyasida keyinchalik klinikalarda nevrotik xolatni yo`qotish uchun turli farmokologak preparatlar qo`llanmokda. Masalan, kofein va turli xil dori preparatlari.
Odam oliy nerv faoliyati
I.P. Pavlov tomonidan odam oliy nerv faoliyatini o`rganishga I.M. Sechenovning bosh miya katta yarim sharlarining reflektor nazariyasi asos buldi.

Hayvonlar oliy nerv faoliyatini har tomonlama o`rganish I.P. Pavlovga odam oliy nerv faoliyatini o`rganish uchun ko`pgina ma`lumotlarni ochib berdi.

Odam oliy nerv faoliyati ko`pgina umumiy mexanizimlari hayvonlar oliy nerv faoliyati mexanizmiga o`xshab ketishi bilan birga, odam oliy nerv faoliyati ayachagina o`zaga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Bunday yangi xususiyatlar insonni tashqi muhit bilan murakkab bog`lanishi, tabiatni o`ziga bo`ysindirish, mehnat faoliyatini yuzaga chiqishi, nutqni kelib chiqishi bilan bir necha ming yillar mobaynida paydo bo`lgan.

Odam oliy nerv faoliyati uzoq yillar mobaynida butunlay yangi sistema ya`ni insonga xos bo`lgan sifatga ega bo`lgan. Insoi oliy nerv faoliyatini rivojlanishida sifat o`zgarishlari kelib chiqishida juda ko`p reflektor bog`lanishlarni yuzaga kelishida nutq asosiy o`rin egalaydi.

I.P. Pavlov tili bilan aytganda nutq bizni inson qildi». Hayvonlar oliy nerv faoliyati tashqi muhitning anq signallarini ta`sirini natijasi hisoblanadi. Hayvoilarga so`z bilan murojat qilinganda javob reaktsiyasini hosil qilish kompleks shartli ta`sirlovchilarga reaktsiya bilan javob berishidan boshqa narsa emas. Sirkda hayvonlarni so`z orqali turli harakatlarni bajarishi, oddiy tovush ta`sirotiga shartli refleks hosil qilishidir. O`rgatuvchining muvaffaqiyati so`zni qanday tonda ishlatishi va maxoratidadir. Albatta bironta so`zga ya`ni shartli ta`sirlovchiga shartli refleks hosil qilingandan keyin hayvonlarga ovqat berib qo`yadi yoki biroz rag`batlantiradi, silaydi. Shunday qilib, hayvon oliy nerv faoliyati aniq signalga javob berishidan boshqa narsa emas.

Odam esa muhitning aniq predmetlar va xodisalariga javob berishi bilan birga shu narsa va xodisalarni so`z bilan ifoda etilishiga ham javob beradi. Odam uchun so`z faqatgina tovush signali emas balki uni ongini hayot kechirishi uchun alohida tizim hisoblanadi.

So`z ta`sirlovchisi odamdagi shartli reflekslarning alohida ijtimoiy tabiati bo`lib hisoblanadi,

So`zlar haqiqatdan uzoqlashgan xolda umumlashtiruchi bo`lib, fikrlashning asosi.

Shunday qilib, birinchi signal sistemada bosh miya katta sharlarida atrof muhit predmetlari va xodisalariga qo`zg`olish jarayoni hosil bo`lsa, ikkinchi signal snstemada atrof muhitdagi narsa va xodisalarni so`z signallari orqali qo`zg`olish vujudga keladi.

Yana bir shuni takidlaymiz ikkinchi signal sistema faqatgina odamga xos, birinchi signal sistema odam va hayvonlarga xos xususiyatdir.

Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot ikkinchi signal sistemasining ishlash qonuniyatlarini ochib beradi.

Qo`zg`olish tormozlanshning asosiy qonuniyatlari birinchi va ikkinchi signal sistemalari uchun umumiy qonuniyatlar ekanligi aniqlandi, Odam katta yarim sharlar po`stlog`ining har bir nuqtasi nutqni eshitish va motor markazlari bilan bog`langan holda qo`zg`oladi. A.G.Ivanov - Smolenskiy va hamkorlarining bolalar ustidagi tajribalari shunga taluqlyi dalillar beradi. Qanday bo`lmasin tovush yoki yorug`lik signaliga, masalan qo`ng`iroq tovushiga yoki qizil chiroqning yalt etib yonishiga doir shartli refleks vujudga kelgach, shartli signalning so`zdan iborat ifodasi, ya`ni «qo`ng`iroq qizil» so`zlari shartsiz ta`sirlovchi bilan birga qo`llanilmasdan turib shartli refleksii darrov yuzaga chiqaradi. Tajriba teskariga olib borilganda so`zdan iborat signalga doir shartli refleks hosil qilinganda, ya`ni «qo`ng`iroq» yoki «qizil chiroq» so`zlari shartli signal bo`lganda ilgari hech qachon sharsiz ta`sirot bilan birga qo`llanilmagan qo`ng`iroq tovushi yoki qizil chiroqning yonishi ta`sirlovchi sifatida birinchi marta qo`llanishi bilanoq shartli refleks ko`zatiladi.

L.I. Kotlyarevskiyning ba`zi tajribalarida ko`zni qorong`ilatish (qorachiqning kengayishiga sabab bo`ladi) shartsiz ta`sirlovchi sifatida qo`llaniladi. Ayni vaqtda qo`ng`iroq tovushi shartli ta`sirlovchi bo`ladi. Qo`ng`iroq tovushiga nisbatan shartli refleks hosil bo`lgach, «qo`ng`iroq» so`zi aytilishi bilanoq shartli refleks vujudga kelaverdi. Ko`z soqqasini bosish (yurak urishini refleks ravishda siyraklashishiga sabab bo`ladi) shartsiz ta`sirlovchi sifatida qo`llanilganda ham shunday xodisa ro`y beradi. Bu tajribada so`z bilan shartsiz ta`sirot miya po`stlog`ida vaqtinchalik shartli bog`lashshgan vujudga keltirgan. Odamning miya po`stlog`ida vaqtinchalik aloqalar hosil bo`lishida nutq markazlari qatnashadi.

Odam so`zni ayrim tovush yoki tovushlar yig`indisi sifatida emas, balki muayyan tushuncha sifatida idrok etadi. Odamga bironta so`zga shartli refleks hosil qilinib so`ng shu so`zni sinonimi qo`llanilganda ham shartli refleks hosil bo`ladi. Masalan, avval «so`qmoq» so`zini ishlatib so`ng o`rniga «aul» so`zi ishlatilsa ham shartli refleks hosil bo`ladi.

O`qish va yozish aktlarida, ta`lim jarayonida qatnashuvchi markazlar bilan miya po`stlog`ining turli qismlari o`rtasida ham vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Masalan, «qo`ng`oriq» so`zini eshitgan odamda «qo`ng`iroq» yozuvi ham shartli reflektor reaktsiya keltirib chiqaradi.

Odamning barcha idrok va tasavvurlari va sezgilari, hissiyotlari so`zlar bilan ifodalanadi. Bundan anglashildiki, tevarak-atrofdagi dunyoda mavjud buyum va xodisalardan keluvchi konkret signallar birinchi signal sistemasini qo`zgatadi, bu qo`zg`alish esa ikkiksi signal sistemasiga o`tadi. Bola nutqni egallaguncha ya`ni tilga kirguncha birinchi signal sistemasi faoliyatda bo`ladi.
Oliy nerv faoliyatining shikastlanishlari nevrozlar
Ko`pgina asab kassalliklarining asosiy sababi, markaziy nerv sistemasida qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining buzulishiga bog`liq. Bu xulosaga kelishda tajriba nevrozlarni o`rganishning roli katta bo`ldi.

Tajriba nevroz hosil qilish uchun qo`zg`olish yoki tormozlanish jarayonlarining kuchini xaddan tashqari oshirib yuborish yoki jarayonlarni tuqnashtirish kerak. U qo`zgalishning juda kuchayib ketishi qanday salbiy oqibatlariga olib borishini 1924 yildagi Leningradda suv tashqinidan keyin tirik qolgan tajriba tibbiyoti ilmgoxi itlarida yaqqol ko`ringan. Toshqindan oldin bu itlar mavjud bo`lgan mustahkam shartli reflekslar vivariy yertulasini suv bosganilan so`ng yo`qolib ketgan. Ikki -uch oydan keyin shartli reflekslarning tiklanishiga erishgan. Ammo it oqayotgan suv tovushini eshitishi bilan, bu shartli refleks yana buzilgan.

Shartli reflekslar faoliyatning buzulishini nevroptik holat yuzaga kelishini musbat shartli signalni manfiyga aylantirishda stereotiplar buzilganda ham kuzatish mumkin. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining markaziy nerv sistemada to`qnashishi ham nevrozlarda birinchi marta shu yo`l bilan I.P. Pavlov labaratoriyasida paydo qilingan. Masalan, maymunlarda shartli reflekslarni paydo qilish jarayonida ovqat berladigan idish tagiga yasama ilon quyish bilan hayvonlarni nevroz holatiga kelgan.

Kundalik hayotimizda bunga o`xshash «to`qnashishlar» ko`p uchrab turadi. Nevrozga ko`proq xolerik va melanxoliklar uchraydi. Ruhiy iztiroblar, hayotdagi kiyinchiliklar, surunkali charchash asab bo`zilishlari unga sabab bo`lishi mumkin.

Nevrotik buzilishlar faqat oliy nerv faoliyatining buzilishi shaklida emas, balki xilma -xil vegetativ o`zgarishlar shaklida ham namoyon bo`ladi. Arterial qon bosimini ortishi, hazm shiralari o`zgarishlar ana shular jumlasidandir.

Tajribaviy nevrozlarni o`rganish turli kasalliklar va erta qarish va boshqalarni kelib chiqish mexanizmini tushunishda yordam beradi. Nevrozin davolashda dori- darmonlardan tashqari, dam olish to`yib uxlash kerak.
Ovqatlanishning oliy nerv faoliyatiga tasiri
Oliy nerv faoliyatining xolati ovqatlanishga bog`liq. Och qolish ovqatlanish markazini kuchaytiradi, dominanta hosil qidadi.

Hayvon uzoq vaqt och qolsa, shartli reflekslar susuya boradi, farqlash shartli reflekslar buzuladi. hayronning vazni ikki barobar kamayadi, avval sun`iy so`ng tabiiy shartli reflekslar yo`qoladi. Oqsil yetishmovchiligi asta-sekin farqlashlarning yo`qolishiga olib keladi. Oqsillarni keragidan ortiq ist`emol qilish musbat shartli reflekslarni mustahkamlaydi.

Oqvatda uglevodlarning yetishmavchiligi po`stloq hujayralarining ish qobiliyatini susaytiradi, ammo ularning qo`zg`oluvchanliga ortadi. Uglevodlarni ko`p ist`emol qilish po`stloq qo`zg`aluvchanligini susaytiradi. Yog`li ovqat po`stloq qo`zgoluvchangligini jarayonlarini kuchaytiradi.

Vitamin V1 yetishmovchiligi po`stloq hujayralarni nimjonlantiradi. Qo`zg`olish tormozlanish jarayonlarini kuchsizlantiradi. Ular o`rtasidagi muvozatan yo`qoladi. Vitamin S yetishmovchiligi ham shunday o`zgarishlar hosil qiladi. Nerv sistemasining normal faoliyati uchun boshqa vitaminlar ham zarur.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling