Oliy qadriyatlar vatanga muhabbatdan boshlanadi


Download 460.42 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2022
Hajmi460.42 Kb.
#765101
  1   2   3   4
Bog'liq
25 - мавзу
буйруқ, 1. Qo‘shma gaplar sintaksisi. ergashgan qo’shma, Mavzu Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi, Mavzu Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi, Итог по р языку иняз 2022с ответами, axborot mustaqil, metodik tavsiya, Boshqarish va rahbarlik prinsiplari, Iroda docx, buxgal mustaqil 2 Pul mablaglari va hisob-kitoblar xisobi, buxgal mustaqil 1 Buxgalteriya xisobi faninig predmeti va usullari.., ApplicationFile, fito, Istibro




OLIY QADRIYATLAR VATANGA MUHABBATDAN BOSHLANADI





Shunday bir so‘z borki, uni eshitishimiz hamono yuragimiz hapriqadi, ruhimizga nur singadi. Bu muqaddas «Vatan» so‘zidir. O‘zbekiston – o‘xshashi yo‘q bo‘ston. Bu diyorning suvi zilol, havosi shifobaxsh, tabiati go‘zal, maftunkor, bog‘lari serhosil, dalalari unumdor, tog‘lari viqorli, daryolari jo‘shqin, qir-adirlari poyonsiz, shaharlari huzurbaxsh, qishloqlari orombaxsh.

Musofirlik zahmatini tortmagan odam yurt qadrini his etmaydi. O‘z mamlakatidagi ijobiy o‘zgarishlarga beparvo, o‘zga yurtlarga mahliyo bo‘lib yashagan odam esa noshukurlik dardiga mubtalo bo‘ladi. Aslida Vataniga mehr-muhabbat qo‘yib, uning tuprog‘ini ko‘zga surtib, betakror tabiatiga mahliyo bo‘lib, obodligidan faxrga to‘lib yashagan insongina baxtlidir. Yurtimizda bunday insonlar juda ko‘p.


Shoir aytganidek:




Bu ko‘ngil Vatan der, ko‘zimda Vatan,
Necha boqmasin ko‘z, yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Muqaddas, muqaddam so‘zim Vatandir.

Vatan bola uchun uyining ostonasidan, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i, mahallasi, shahridan boshlanadi. Keyin kishi ulg‘aygani sayin Vatan tushunchasi ham kengayib boradi. Bugungi kunda Ona sayyoramiz insoniyat uchun yagona Vatandir.Uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash hayot-mamot masalasiga aylanib borayotganligini barchamiz sezib, his qilib turibmiz. Ammo o‘zining kichik Vatanini sevmagan, millatining qadriga yetmagan inson o‘zganing ham, bashariyatning ham, kurrayi zamin obodligining ham qadriga yetishiga ishonish qiyin. Vatanga muhabbat ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, o‘z shaxsiy salohiyatiga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy imon Vatanga mehrdan, mamlakat va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat hissidan boshlanadi.


Ma’lumki, inson o‘zga yurtda ham bir burda nonini topib, qornini to‘yg‘azishi, hatto boy-badavlat bo‘lishi mumkin. Lekin boshqa mamlakat Vatanning o‘rnini bosa olmaydi. Biz uchun Vatan yagona. Shu bois ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi, in’om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Bejiz Navoiy bobomiz quyidagi satrlarni bitmaganlar:





Download 460.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling