Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallari direktorlari Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari Akademik litseylar direktorlari


Download 187.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2023
Hajmi187.63 Kb.
#1109693
Bog'liq
“Yoshlar turizmi haftaligi”ni oʻtkazish



2022-yil 29-dekabr
4/18-2/5-107-son
Oliy taʼlim muassasalari rektorlari
va filiallari direktorlari
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish
va muvofiqlashtirish hududiy
boshqarmalari boshliqlari
Akademik litseylar direktorlari
Nusxasi: Madaniy meros agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 130-sonli yigʻilish bayoni
(№31-31/1-1025 26.12.2022y.)ga asosan 2023-yil 1-10-yanvar hamda 21-31-mart
kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi”ni oʻtkazish belgilangan.
Bayon ijrosini hamda “Yoshlar turizmi haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil
etilish maqsadida quyidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlashingiz soʻraladi:
haftalik doirasida oʻquvchi va talabalarni (guruhlar tashkil qilgan holda)
respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini rejali va tizimli tashkil etish,
bunda, oliy taʼlim muassasalari talabalari xarajatlarining bir qismini oliy taʼlim
muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplash;
diqqatga sazovor joylarga mavsumiy imtiyozli sayohat paketlarini tashkil
etishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
nogironligi boʻlgan oʻquvchi va talabalarning respublikamiz boʻylab sayohat
qilishlari uchun zaruriy tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga oʻquvchi va
talabalarning jamoaviy tashriflarini tashkil qilish;
sayohatga boradigan oʻquvchi va talabalarni joylashtirishda oliy taʼlim
muassasalarining taʼtil kunlari boʻsh turgan yotoqxonalaridan samarali foydalanish
maqsadida vazirlik va tegishli tashkilot masʼullarini ogohlantirgan holda
foydalanish.
Vazir oʻrinbosari
S.Buzrukxonov
Ijrochi: A.Islomov
Tel.: 71 207-16-81
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100095, Toshkent sh. 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy. Tel: (998) 71 246-01-95, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt:
www.edu.uz
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: NQ38514037

Download 187.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling