Oliy ta’lim muassasalarida “Magnetizm” bo’limiga oid masalalar yechish metodikasi


Download 63.88 Kb.
bet1/2
Sana27.02.2022
Hajmi63.88 Kb.
#593631
  1   2
Bog'liq
Fizika kafedrasi o\'zgargani
Selena-Gomez-I-love-you-like-a-love-song, A Practical Introduction to Python Programming Heinold, ma'ruza 10, 3-Рабочий столни урганамиз 2 бет, 4.Компьютер тармоклари ва уларнинг ахамияти, 3-dars, lab ishi 8, O`zbekistonda oilani ijtimoiy himoya qilish meyoriy, Maqola, 1-sinf-ingliz-tili-ish-reja, Хомидова слайд, Madaminjonov Xasanboy (2), Эпителиальные ткани, Документ DOC

Oliy ta’lim muassasalarida “Magnetizm” bo’limiga oid masalalar yechish metodikasi.
Mamadaliyeva Nargizaxon Zokirjon qizi-Qo’qon DPI Fizika va astronomiya kafedrasi v.b dotsenti, PhD tel:+998-90-6290964 email: mamadaliyeva.nargiza@inbox.ru Umurqulova Shamshixon Davlatali qizi, Qurbonaliyev Sirojiddin Shukurjon o’g’li QDPI magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqola amaliy mashg‘ulotlarda masala yechishning fanni o‘rganishdagi o‘rni, ahamiyati hamda magnetizm bo’limiga oid masalalar yechishning o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan.
Аннотация.
Этo статья посвящена роли и важности решения проблем в изучении науки, а также специфике решения проблем в области магнетизма.

Annotation
This article focuses on the role and importance of problem solving in the study of science, as well as the specifics of problem solving in the field of magnetism.

Ma’lumki, fizika o‘qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida talabalarga bilim berish bilan birga, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi. Fizikadan masalalar yechish jarayonida talabalarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, qonunlarning amalda qo‘llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko‘pgina fizik o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar.


Ko‘pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko‘ra, mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo‘yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir.
Quyida fizikadan masalalar yechish metodikasining umumiy tomonlari haqida to‘xtalamiz:
1. Ma’lumki, har bir fizik masala mazmunida fizika xodisalarining, qonunlarining biror xususiy ko‘rinishi yotadi. Demak, fizikaning qaysi bo‘limiga tegishli sodda yoki murakkab masalani uni echish uchun unga tegishli nazariyani chuqur o‘rganish kerak bo‘ladi. Nazariy xulosalarni, harakatlarni ifodalovchi formulalarni bilmay turib, masalani yechish mumkin emas.
2. Masalani yechish uni bir necha bor diqqat bilan o‘qishdan va mazmunini tushunib olishdan boshlanadi. Masala shartini o‘qish bilanoq darhol, asosiy e’tiborni izlanayotgan kattalikka qaratmaslik uni tezda topishga harakat qilmaslik kerak. Aksincha, masalada aks etayotgan fizik hodisani yaxshilab tushunib olish, bu hodisada yotgan fizik qonunlarni va formulalarni esga olmoq kerak. Biror fizik kattalikni topish, hamda zanjirni hisoblash kerak bo‘lsa yoki tasvir yasash talab qilinsa, masalada qanday kattaliklar va shartlar berilganligini aniqlashtirmoq zarur. Masalaning ma’lumotlarini uning shartida berilgan tartibda yozib olinadi. Agar masalaning shartida kattaliklar turli birliklar sistemasida berilgan bo‘lsa, ularni albatta SI sistemasiga keltirish lozim.
3. Masalada chizma yoki zanjir berilgan bo‘lsa, ularni diqqat bilan o‘rganib va to‘g‘ri ko‘chirib olish kerak. Agarda masalada chizma yoki zanjir berilmagan bo‘lsa, masalaning shartiga ko‘ra fizik jarayonni ko‘z oldimizga keltirib, masalaning mazmunini to‘liq aks ettiruvchi chizma chizish yoki zanjir tuzish lozim.
Quyida, magnetizm bo’limiga oid ba’zi masalalar yechimini ko’rib o’tamiz:

Download 63.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling