Oliy ta'lim tizimida multimediali interaktiv o‘quv ma’ruzalarini yaratishning innovatsion usullari


Download 70.55 Kb.
bet1/2
Sana09.10.2020
Hajmi70.55 Kb.
#132982
  1   2
Bog'liq
Maqola (Muzaffardan)


OLIY TA'LIM TIZIMIDA MULTIMEDIALI INTERAKTIV O‘QUV MA’RUZALARINI YARATISHNING INNOVATSION USULLARI

H.I. Xonboboyev, I.Siddiqov, M.M. Jo’rayev
Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida inteaktiv ma’ruzalarni yaratishning innovatsion usullari keltirilgan.



Tayanch so’zlar: Multimedia, ma’ruza, audio, on-line, video, off-line, animatsion, innovatsion, taqdimot.

Аннотация

В данноей статье приводятся инновационние методы создание мультимедийнных интерактивных лекций системе высшего образования.



Ключевые слова: Мультимедиа, речь, аудио, онлайн, видео, офлайн, анимация, презентация, презентация

Annotation

This article presents innovative methods of creating interactive lectures on the higher education system.



Keywords: Multimedia, speech, audio, online, video, offline, animation, presentation.

O’quvchilarga o’quv materialini bildirishning asosiy metodlari: so’zlab berish, tushuntirish, ma’ruzani og’zaki bayon etishdir. Bularning xammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan - o’qituvchi so’zidan foydalaniladi.

So’zlab berish o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi. Bu metod o’quv materiali, asosan, tavsifi xarakterda bo’lib, mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan xollarda qo’llaniladi. O’quv materialini og’zaki bayon etishni ko’zda tutadi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish va shu kabilardan foydalaniladi. Tushuntirish, asosan, xususiy va aniq ma’lumotlarni bildirishda qo’llaniladi.

Ma’ruza , so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’larok, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda o’quv dasturining yirikroq, printsipial muxit masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruza da o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi.

Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi va o’quvchilarning yozib borishini ko’zda tutiladi. Ma’ruza ni eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko’proq diqqat e’tiborni talab etadi. Metodik usul nuqtai nazaridan olganda so’zlab berish, tushuntirish xamda ma’ruza juda ko’p umumiylikka ega, shu sababli umuman og’zaki bayon metodikasini ko’rib chiqamiz va xar qaysi metodning o’ziga xos xususiyatlarini qayd etamiz.

Og’zaki bayon etishga tayyorgarlik ko’rishda shuni nazarda tutish zarurki, o’quvchilar yangi materialni, odatda, u tegishli mantiqiy izchillikda qism - portsiyalab bayon etilgan taqdirdagina ancha samarali o’zlashtiradilar. O’quv materialining xar bir qismi nisbatan tugal mazmunga ega bo’lishi kerak. Bayonni rejalashtirishda materialni asosiy masalalar mumkin qadar kam bo’ladigan tarzda tuzishga xarakat qilish zarur. Tajribadan ma’lumki, o’quvchilar 2-3 ta asosiy fikrni oson, to’rt yoki beshta asosiy fikrni qiyinroq idrok etadilar, agar asosiy fikrlar 8-10 ta bo’lsa o’quvchilar ancha qiynaladi.

Bayon etishda eng qiyini boshlang’ich qismdir, shuning uchun o’qituvchi uni juda puxta mashq qilishi zarur. Xamma vaqt mahlum va aniqroq materialdan boshlab, sekin asta yangi materialga o’tishi lozim.

O’quvchilar ish tajribasida yangi fakt xodisa, qonuniyat va vokealarni tushuntirishni tuzishning ikki usuli: induktiv xamda diduktiv usullari qo’llaniladi. Induktiv usulda o’qituvchi xususiydan umumiyga, deduktiv ususlda esa, aksincha, umumiydan xususiyga boradi. Bir materialning o’zini ko’pincha ikki usul bilan berish mumkin.

Nazariy mashg’ulotlarni tashkil etishning matnli ma’ruza qismi eng salmoqli o’rinni egallaydi. Odatda, o’quv dasturiga kiruvchi barcha materiallar matnli shaklda yaratilib, shundan so’ng ularga qo’shimcha ravishda audio hamda video materiallar ishlab chiqiladi. O’quv materialining bu taxlitda taqdim etilishi ananaviy Leksiyalarning bir qator kamchiliklar (zarur o’rinlarni ko’chirib olish, qayd qilish, ma’ruza chi tomonidan uni qayta-qayta takrorlashga ortiqcha vaqt sarflanishi)ni bartaraf etilishini ta’minlaydi. Leksiya matnida zarur tahkidlashlarning rang, harflar shakli hamda illyustratsiyalar orqali berilishi esa u orqali hissiyotlarni uzatilishini ta’minlaydi.

Audio materiallar ikki rejim orqali tarqatiladi. On-line rejimidagi audiomateriallar kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tarqatiladi. Audiomateriallar telekommunikatsiya qurilmalariga yuqori talab qo’ymasligi, pedagog va talabalarda turli jismoniy holatlarni sezdirmasligi bilan ajralib turadi. Off -line rejimidagi audiomateriallar audiokassetalar, audiodisklar, faylga yozilgan holda tarmoq texnologiyalari orqali tarqatiladi. Talabalar tomonidan ma’ruzalar ni eshitish ham shu kabi qulay va ixcham bo’lgan audio qurilmalar orqali amalga oshiriladi.

Video materiallar ham On-line va Off-line rejimlari orqali tarqatiladi. On-line rejimida video materiallar to’g’ridan-to’g’ri uzatilganligi uni deyarli ananaviy ma’ruza dan farqini qoldirmaydi. Bunda pedagog va talabalar bir-birini real vaqtda ko’rib va eshitib turishi ular orasidagi masofaviy oraliqni yo’q bo’lishiga olib keladi. Bu texnologiya pedagog va talabaning bevosita muloqoti asosida tashkil etilishi bilan ajralib turadi.

Off-line rejimida video materiallar videokassetlar va disklarga yozib olinib tarqatiladi. Bunday video materiallar tarkibiga ma’ruza , mavzuga tahluqli ilmiy-ommabop videomateriallar, shu sohaning yetuk mutaxassislari bilan uchrashuv videolavxalari kiritiladi. Bunday video materiallardan foydalanish ixtiyoriy joyda va vaqtda, takror va takror bajarilishi mumkin.

Animatsion ma’ruzalar talabalarga interaktiv tuzilishga ega bo’lgan o’rgatuvchi komphyuter dasturlari orqali yetkaziladi. Animatsion ma’ruzalar Multimedia texnologiyasidan foydalanib, shunday shakllantirildiki, bunda har bir talaba o’zining psixofiziologik xususiyatidan kelib chiqib, bu turdagi ma’ruza dan o’z traektoriyasi, o’zlashtirish surhati, o’rganish usulini tanlaydi.

O’quv materialini bayon etishga muayyan vaqt ajratilishi sababli o’qituvchi darsda mo’ljallaganlarning xammasini bayon etishga ulgurishi uchun xarakat qilishi kerak.

Multimedia vositalari asosida o’qitish jarayonida aniq fanlarni kompyuter asosida to’liq o’qitish, ma’ruza matnlarini tahrir qilish, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o’quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini Multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.

Multimediali texnologiya bir vaqtning o’zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.



Axborot texnologiyalarining Multimedia vositalari o’quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:

  • differentsial va individual o’qitish jarayonini tashkil etilishi;

  • o’quv jarayonini baholash, teskari aloqa bog’lashi;

  • o’zini-o’zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

  • o’rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko’rsatishi;

  • fan mavzularida animatsiya, grafika, mulg’tiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishi;

  • o’quvchi - talabalarga fanni o’zlashtirish uchun muhim ko’nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Multimediali texnologiyaning eng muxim xususiyati interfaollik- axborot muxiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o’tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.

Hozirgi kunda eng keng tarqalgan taqdimot yaratishga mo’ljallangan dasturiy vositalar bular PreziNext Aurora 3D Presentation, Focusky va boshqalar hisoblanadi.

PreziNext PowerPoint kabi ananaviy slaydlarni tayyorlash dasturlariga raqobatchi sifatida foydalanish mumkin bo'lgan taqdimot vositasi. Slaydlar o'rniga, Prezi oynaning turli qismlariga siljish va kattalashtirishga imkon yaratadigan va u yerda taqdim etilgan g'oyalarni ta'kidlash imkonini beruvchi katta oynadan foydalanadi. Prezi matn, tasvir va videolardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi va shuningdek, yangi foydalanuvchilar interfeysga o'rganishga yordam berish uchun tanlash uchun shablonlardan iborat to'plamni taqdim etadi.1




Download 70.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling