Oliy ta'lim tizimida multimediali interaktiv o‘quv ma’ruzalarini yaratishning innovatsion usullari


Download 70.55 Kb.
bet2/2
Sana09.10.2020
Hajmi70.55 Kb.
1   2

Focusky - Innovatsion va professional taqdimotni yaratish oson. Fokusky, fonni yaratish, tahrir qilish, yo'llar, elementlar va animatsiyani qo'shishdan boshlab, taqdimotingizni jonli va ko'z qiluvchi dastur hisoblanadi2.

Aurora 3D Peresentation – yuqori darajali interaktiv va 3D prezentatsiyalar yaratish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan dasturiy ta'minot to'plami. Ushbu vosita sensorli ekran interaktiv prezentatsiyalar va 3D animatsiya videoni o'z ichiga olgan biznes prezentatsiyalar va 3D mahsulot slaydni loyihalashtirishga yordam beradi.3
Ma’ruza , doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko’rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo’llanma, lobaratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proektorning paydo bo’lishi ma’ruza chi nutqini ovoz, video va animatsiya jo’rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jixatlarini o’zida mujassam qilgan ko’rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon beradi.

Taqdimot (ing. presentation) - audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi,grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, stsenariy va strukturaga ega bo’ladi.

Taqdimot:


  • CHiziqli taqdimot - murakkab grafika, video qo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo’lmagan dinamik rolik.

  • Interfaol taqdimot - ierarxik tamoyillar bo’yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami. Mahlumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va

eshitish(~15%) organlari orqali qabul qiladi. Multimediali interaktiv ma’ruzalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi.

Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, yahni interfaol bo’lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlardan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Xozirgi kunda ko’pgina metodik innovatsiyalar interfaol usullarni qo’llash bilan bog’liq. Interfaol so’zi o’zi nimani anglatadi? Bu so’z bizga “interact” ingliz so’zidan kelgan bulib inter - o’zaro, ikki taraflama; act - ish (xarakat) kilmok degan mahnolarni beradi. Interfaol - kim (inson) yoki nima (kompyuter) bilandir o’zaro xarakat qilish, yoki muloqotda bo’la olishni anglatadi. Bundan kelib chiqib, interfaol ta’lim berish - bu avvalambor o’quvchi va o’qituvchi bilan o’zaro aloqa (xarakat) vujudga keladigan muloqotli dars berish jarayonidir.

Darslardagi interaktiv faoliyat ikki tomonlama muloqotni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bu xar bir o’quvchi uchun muxim va umumiy bulgan muammolarni xamkorlikda yechishga, xamjixatlikka va xamfirklikka olib keladi. Interaktiv fakat bir ishtirokchini ustunligiga va bir fikrni boshqasidan ustunligiga yo’l qo’ymaydi. Dialogli ta’lim jarayonida o’quvchilar kritik fikrlashga, mavjud vaziyat va bor ma’lumotlarga asoslanib murakkab muammolarni yechishga, alg’ternativ fikrlardan to’g’risini tanlashga, va to’g’ri qarorlar qabul qilishga, munozaralarda ishtirok etishga, boshqa kishilar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruxdagi ishlar, ishchanlik va rolli o’yinlar va boshqa uslublar qo’llaniladi.

Multimedia texnologiyalarini leksiya kurslarida qo’llash talabalarning etiborini, tushunish va esda saqlab qolish qobiliyatini, aniq faktlarni ko’rsatilishi, qoidalarni tushunarliligi talabalarning aktivligini oshiradi.

Multimedia ma’ruza kundan kunga juda qulaylashib didaktik ahamiyati kuchaymoqda. Multimedia texnologiyalari quyidagilarni amalga oshiradi: ma’ruza ning axborotliligini oshiradi, o’quv materialini xar hil formalarda foydalanish evaziga mativatsiyani oshishiga va darsning ko’rgazmaliligini oshishiga sabab bo’ladi va yana ma’ruza ning qiyin o’zlashtiriladigan ma’lumotlarini qaytarish imkonini beradi. Multimediali ma’ruzalar ning asosiy ustunligi quyidagilardan iborat: interaktiv muloqotni amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy va apparat vositalari orqali bir vaqtning o’zida auditoriya bilan muloqotda savol javob berish va emotsional qayta aloqasini boshqarish imkonini beradi .

Xar bir ma’ruza prezintatsiyasi 15-20 slayddan iborat bo’ladi. Ushbu ma’ruza quyidagilardan tashkil topgan: ma’ruzani mavzusi, rejasi, asosiy ko’riladigan savollar va asosiy materialning illyustratsiya ko’rinishida. taqdim etilishi, sxema, jadval va matn bloklaridan iborat bo’ladi.

Ma’ruza kurslarida Multimedia texnologiyalarini qo’llashdagi effektivligini aniqlash va ularni bilishga oid faoliyatini faollashtirishga tag’sir etish, o’rganuvchilarning psixofiziologik holati nazorat guruhlarida ajratilgan, bir xil tarkib va o’zlashtirishiga ega bo’lganlar. Birinchi guruhda Multimedia texnologiyalarini qo’llagan holda ma’ruza o’qitilgandagi talabalarni holati. Ikkinchi guruhda esa anhanavaiy texnologiyalar asosida ma’ruza o’qitilgandagi talabalarni holati .

Ananaviy ma’ruzada Multimedia texnologiyalarini qo’llaganda yangi ma’lumotlarni xotiramizda ancha yaxshi saqlanganligini kuzatamiz. Ma’ruzada Multimedia texnologiyalarini qo’llagandan keyin natija 88 % dan xam yuqoriga ko’tariladi. Ananaviy ma’ruza o’tilgandan keyin natija esa faqatgina 36 % gagina ko’tarildi.


Foydalanilgan adabiyotlar va internet manzillar ro‘yhati:


  1. prezi.com -Сервис по созданию презентаций

  2. Focusky.com

  3. www.presentation-3d.com

  4. www.youtube.com

  5. prezi-narusskom.ru

  6. mainprezi.blogspot.ru

H.I.Xonboboyev – Qo’qon DPI, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

I.Siddiqov – Qo’qon DPI, texnika fanlari nomzodi, dotsent

M.M.Jo’rayev – Qo’qon DPI, o’qituvchi.



.

1 http://dpo.temocenter.ru/images/metodichka/docs/7-sozdanie-on-line-prezi-com.pdf

2 http://focusky.com

3 https://www.presentation-3d.com/support/tutorials-aurora-3d-presentation.html

Download 70.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling