Oliy ta’lim vazirligi tomonidan qo’yilgan talablar bo’yicha va yo’nalishlar bo’yicha fanning mavzularini kengaytirish maqsadida fan 2010 -yildan boshlab Amaliy geometriya deb nomlangan


Download 14.12 Kb.
Sana17.05.2020
Hajmi14.12 Kb.
#107032
Bog'liq
Kirish


Kirish

Amaliy geometriya fani Respublikamizda magistratura o’quv yo’nalishi bo’yicha o’quv tizimi tashkil qilingan barcha Oliy o’quv yurtlaridan birinchi va hozirgi Nizomiy Davlat Pedagogika Universiteti (TDPU)da 2000-yilda tashkil qilingan. BU fanni yaratilishida uning namunaviy va ishchi dasturlari yaratishda va uni mukammal qilib yaratilishida universitetning usha davrdagi nomlangan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari yetarli tajribalar asosida va chet el adabiyotlaridan foydalanish natijasida yaratishda va bu dasturlar yillar davomida boyitib borildi.

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan qo’yilgan talablar bo’yicha va yo’nalishlar bo’yicha fanning mavzularini kengaytirish maqsadida fan 2010 –yildan boshlab Amaliy geometriya deb nomlangan.

Oxirgi yillarda 5A110802 - “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” yo’nalishi bo’yicha magistr talabalarga o’qitilmoqda. Bu yo’nalish bo’yicha TDPUda 10 ta fanlar bo’yicha “Muhandislik grafikasi va uni o’qitish metodikasi” kafedra professor-o’qituvchilari dars olib bormoqdalar. Shu fanlardan biri bo’lgan Amaliy geometriya fani alohida o’ringa ega. Shuning uchun geometriyada shakllarni almashtirish usullarini bilish va ularni holat va shakl parametrlarini aniqlash hamda geometrik shakllarning bir biriga nisbatan joylashishiga tegishli bo’lgan pozitsion metrik masalarni yechish, geometrik sirtlarni hosil bo’lishi va ularga tegishli bo’lgan pozitsion masalalarni yechilishi, sirtlarni yoyilmalarini yasash kabi masalalar Amaliy geometriya fanida bayon etilgan.

Amaliy geometriya fanining mazmun va mohiyatini kengaytrish maqsadida fan dasturlarida chizma, analitik, proektiv va differnsial geometriya fanlaridagi ayrim qonun qoidalarni amaliy geometriya bo’limlariga kiritilishi va mashina mexanizm detallarini hamda qurilish inshootlarida ishlatiladigan elementlarni geometriyaga qo’llanilishi fanning dasturlarini kengaytirishga qaratilgan.



Amaliy geometriya va yaqqol tasvirlash nazariyasi bo’yicha ko’plab metodik uslubiy qo’llanmalar yaratgan professor Sh.K.Murodov o’zining ko’p yillik tajribalari va pedagogic mahoratini bilan ushbu fan bo’yicha respublikada birinchi darslikni yaratdi. Uning magistrlari Respublikadagi barcha oliy texnika o’quv yurtlari va 5 ta pedagogika institutlarida chizma geometriya va muhandislik, komputer grafikasi fanlari bo’yicha dars berish jarayonini amalga oshirib kelmoqdalar.
Download 14.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling