Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Download 4.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana15.12.2019
Hajmi4.47 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

106

mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga 
bog’liq:
— markazlashgan mijozlar guruhi yoki uning xaridining hajmi ta’mi- 
notchi  savdosining  anchagina  qismini  tashkil  qiladi,  bu  yirik  sotish 
tarmoqlari va  savdo  markazlari  holatidir;
—  mijoz  tomonidan  xarid  qilinadigan  tovarlar  uning 
o ‘z  xarajat- 
larining  muhim  qismini  tashkil  etadi,  bu  esa  uni  yanada 
ko'proq 
savdolashishga undaydi;
~   sotish  tarmoqlariga  kirish:  yangi  tovarlarni  kiritishda  ehtiyotkor 
b o ‘lish  kerak,  k o ‘pincha  yangi  firmalar  yangi  sotish  kanalini  tashkil 
etishga  majbur  b o ’ladi;
—  tajriba  samarasi  va  harakatlar  b o ‘yicha  afzalliklar;
—  tovarlar  kuchsiz  differentsiyalangan  va  mijozlar  boshqa  ta’m i- 
notchilarni  topishga  ishonadilar;
— ta’minotchilar almashinuvi bilan bog‘liq o ’tish xarajatlari  mijoz 
uchun muhim emas;
— mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlar 
to‘g’risida  yetarli  ma’lumotlarga  ega.
Bundan kelib chiqadiki. xaridorlami tanlash — bu muhim strategik 
qarordir. Firma mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o ’z raqobat 
sharoitini anchagina yaxshilab oUshi mumkin.
Ta’minotchilarning mijozlardan manfaatU shartlaiga erishish qobi­
liyati  shundan  iboratki,  ular  o‘z  ta’minoti  uchun  narxni  oshirishi, 
m a’lum 
m ijoz
ga  yetkazib  beradigan  tovarlar  sifatini  pasaytirish  yoki 
hajmini  chegaralash imkoniyatiga  ega.
Shu yo‘l Ьйап kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelhgiga 
ta’sir etishlari mumkin.
Ta’minotchilarga  tijorat  tomonidan  yordam  beruvchi  sharoitlar 
quyidagilardir:
—  ta ’minotchilar  guruhi  mijozlar  guruhiga  qaraganda  ko‘proq 
markazlashgan;
—  ta’minotchilar  o‘rinbosar  tovarlar  tomonidan  xavfni  his  et- 
maydilar;
— firma ta’minotchi uchun  muhim  mijoz  sanalmaydi;
—  tovar  mijoz  uchun  muhim  ishlab  chiqarish  vositasi  bo‘lib 
hisoblanadi.
Tayanch iboralar. 
Korporativ raqobat,  tarmoq ichidagi  raqobat,  tarmoq-
lararo  raqobat,  monopoliya,  oligopoliya,  narxsiz  raqobat,  antimonopol
107

qonunchilik,  Sherman  qonuni,  Kleyton  qonuni,  demonopolizatsiya, 
korporativ  raqobatli  afzallik.
Xulosa.
•  Bozor  iqtisodiyoti  o ‘zining  yetuklik  darajasi  va  rivojlanish  xususiyat- 
laridan  qat’iy  nazar  raqobatning  mavjud  bo‘lishini  taqozo  qiladi.
•  Korporativ  raqobat  —  bozor  subyektlari  iqtisodiy  manfaatlarining 
to‘qnashishidan  iborat  bo‘lib,  ular  o‘rtasidagi  yuqori  foyda  va  ko‘proq 
naflilikka  ega  bo‘lish  uchun  kurashni  anglatadi.
•  Iqtisodiy  adabiyotlarda  bir  tarmoq  ichidagi  raqobatning  to‘rtta  shakli 
aloqida  ajratib  ko'rsatiladi,  Bular  erkin  raqobat,  monopolistik  raqobat, 
monopoliya  va  oligopoliyadir.
•  Respublikada  monopol  mavqega  ega  bo‘lgan  korporatsiyalami  davlat 
reestriga  kiritish  uchun  me’zonlar  belgilashda  jahon  tajribasi  va  o'tish 
davrining  o ‘ziga  qos  jihatlari  hisobga  olinadi.
Nazorat  savollari  va  topshiriqlar
1.  B ozor  iqtisodiyotida  korporatsiyalar  raqobatining  qanday  o ‘ziga 
xosliklari  mavjud?
2.  Raqobat  ko'rinishlari  va  usullarini  t a ’riflab  bering.
3.  A ntim onopol  qonunchilikning  korporatsiyalar  fa o liya tig a   qanday 
t a ’sirlari  mavjud?
4.  Raqobatning  qaysi  turi  iqtisodiyot  rivojlanishida  asosiy  rolni  bajaradi? 
Izohlab  bering.

11.  KORPORATSIYALARDA MOLIYAVIY 
FAOLIYATNI BOSHQARISH
11.1.  Cfzbekiston  kompaniyalarida  ichki  korporativ moliyaviy  rejalash- 
tirish  tizimini  shakllantirishga  nisbatan  konseptual yondaskuvlar.
11.2.  Moliyaviy  strategiyani  shakllantirishning  asosiy  bosqichlari.
11.3.  Kompaniyaning  moliyaviy  rejalashtirish  amaliyotiga  byudjetlash 
tizimini joriy  etishning  uslubiy jihatlari.
11.4.  Korporatsiyada  ichki  moliyaviy  nazorat  tizimining  tuzilishi
11.1.  0 ‘zbekiston  kompaniyalarida  ichki  korporativ moliyaviy 
rejalashtirish  tizimini  shakllantirishga  nisbatan  konseptual 
yondashuvlar
0 ‘zbekistonda bozor munosabatlarining  rivojlanishi  kompaniyalar 
rahbarlari  va  menejmentidan  moliyaviy  muammolarni  hal  etishga 
nisbatan  zamonaviy yondashuvlami  talab  qiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz korporatsiyalarida moliyaviy 
menejment texnologiyasi endigina shakllana boshladi. Bozor iqtisodiyo- 
tiga o‘tish sharoitida boshqaruvchilarga moliyaviy faoliyatni boshqarish 
tajribasi  va  ilmiy  asoslangan  usul l ari  etishmaydi,  bu  mablag‘laming 
sochilishiga  va  moddiy  hamda  moliyaviy  resurslardan  foydalanish 
samaradorligining pasayishiga  oUb keladi.
Bozor sharoitida korporatsiyalar moliyani boshqarishning zamonaviy 
usullaridan  foydalanmasdan turib  barqaror ishlay  olmaydi.
Hozirgi  sharoitda  mamlakatimiz  korporatsiyalarida  moliyaviy 
menejmentning  ancha  mukammal  ishlab  chiqilgan  va  o ‘zlashtirilgan 
tadbiri  moliyaviy  tahlil  hisoblanadi.  Deyarli  har  bir  korporatsiyada 
ma’lum bir moliyaviy koeffisiyentlami hisoblab chiqish va ulami tahlil 
qilish texnikasini yaxshi egallagan mutaxassislar mavjud. Biroq hozircha 
moliyaviy  rejalashtirishni  yaxshilash  muammosi  dolzarbligicha  qol- 
moqda.
Mamlakatimizdagi aksariyat kompaniyalarda zamonaviy moliyaviy 
rejalashtirish  tizimsiz  xususiyatga  ega  bo‘lib,  bu  moliyani  samarali 
boshqarish,  aniq  va  chuqur  o‘ylangan  boshqaruv  qarorlarini  qabul 
qilish imkonini bermaydi.
Moliyaviy  rejalashtirish  kompaniya  aktiv  samarali  boshqarish 
maqsadida emas, balki,  alohida ko‘rsatkichlar (masalan,  kreditorlik va
109

debitorlik qarzlari), tarkibiy bo‘linmalarda xarajatlar darajasini nazorat 
qilish uchun qo‘ilaniladi.
Vertikal  integratsiyalashgan  xolding  kompaniyalarida  moliyaviy 
rejalashtirish  o‘z  xususiyatlariga  ega.
Shuni ta’kidlash lozimki, moliyaviy menejment sohasidagi mutaxas- 
sislarning hisoblashlaricha,  ichki korporativ moliyaviy rejalashtirish va 
nazoratni joriy etish integratsiyalashgan kompaniyada moliyaviy bosh- 
qarish samaradorligini  oshirishning asosiy yo'nalishi sanaladi.
Moliyaviy rejalashtirish  korporativ biznesni boshqarishning amaliy 
mexanizmi hisoblanadi.  Uni qo‘llash nafaqat ishlab chiqarish tannarxini 
rejalashtirish, balki kompaniyani rivojlantirish uchun ichki hamda tashqi 
resurslami samarah jalb  qilish imkonini ham beradi.
Rejalashtirish bozor muhitining oczgarishini oldindan bilish va uning 
kompaniya  uchun  salbiy  oqibatlarini  pasaytirishga  imkon  yaratadi. 
Rejalashtirish yordamvda kompaniya ichida savdo shartnomalari bo‘yi- 
cha  ortiqcha xarajatlarga  barham  beriladi.
Moliyaviy rejalashtirish boshqaruv xodimlariga quyidagi savollarga 
javob  topishga  ko‘maklashadi:
1.  Kompaniya  rivojlanishning  qaysi  darajasida  turibdi  (uning  iqti­
sodiy  salohiyati  qanday)  va  uning  moliya-xo‘jalik  faoliyati  natijalari 
qanday?
2.  Qaysi moliyaviy resurslar yordamida kompaniya o ‘z maqsadlariga 
erishishi mumkin?
Mamlakat bozor iqtisodiyotiga o‘tishining hozirgi sharoitida moliya- 
viy rejalashtmishing roli o‘zgardi. Markazdashgan tarzda boshqariladigan 
iqtisodiyot davrida mavjud bo‘Igan vaziyatdan farqli o ‘laroq,  endilikda 
har  bir  korporatsiya  va  kompaniya  o‘zining  joriy  holatini  bilish  va 
yaqin kelajakda moliyaviy ahvolini aniq tasawur qilishdan manfaatdor. 
Bu,  birinchidan,  xo‘jalik  faoliyatini  yaxshilash  uchun,  ikkinchidan, 
byudjet,  byudjetdan  tashqari  fondlar,  banklar  va  boshqa  kreditorlar 
oldidagi  majburiyatlarini  o‘z vaqtida bajarish  hamda  shu  orqali  o‘zini 
jarima  sanksiyalaridan  himoyalash  uchun  va,  nihoyat,  uchinchidan, 
butun  kompaniya  doirasida  tarkibiy  bo‘linmalar,  shu’ba  va  tobe 
jamiyatlar  faoliyatini  muvofiqpashtirish,  nazorat  qilish  uchun zarur.
Shu bilan biiga,  ta’kidlash joizki,  mamlakatimiz korporatsiyalarida 
rejalashtirish jarayoni chet el kompaniyalaridagi rejalami ishlab chiqish- 
dan  ancha  farq  qiladi,  ya’ni  ularda  bu  jarayon  «yuqoridan  quyiga» 
amalga  oshiriladi.  Agar  chet  el  kompaniyalari  uchun  strategiya  katta 
ahamiyat  kasb  etsa,  mamlakatimiz  kompaniyalari  moliyaviy  rejalarda
110

ко‘proq joriy vazifalami hal etishadi.  Ko‘pincha rejalashtirishga nisba- 
tan  yondashuv  joriy  ahvol  va  korporatsiyaning  ichki  cheklovlari 
ekstrapolyatsiyasiga  asoslanadi.  Shuningdek,  bizda  rejalashtirishnin# 
«quyidan yuqoriga»  usuli  keng tarqalgan.
Bunday holat obyektiv tarzda respublikada bozor munosabatlarining 
yetarUcha rivojlanmaganligi va rejalashlirishning ilgarigi tajribasi saqlanib 
qolganligi  bilan  izohlanadi.
Biroq,  bozor  sharoitida  kompaniyaning  samarali  faoliyat  yuritishi 
uchun moliyaviy rejalashtirishga nisbatan yondashuv rivojlanish yo‘na- 
lishlarini  ko‘ra  bilish  va  maqsadlarga  erishishga  asoslanishi  lozim. 
Shuning uchun moliyaviy rejalashtirish korporativ iyerarxiyaning barcha 
darajalarida  kompaniyaning  strategik  moliyaviy  maqsadlarini  qo‘yish 
va  ulami  bir-biriga  bog1 lashni  nazarda  tutuvchi  integrasion  jarayon 
sifatida  ко‘rib  chiqilishi  kerak.
Shunday  qilib,  korporativ  moliyaviy  rejalashtirishning  ahamiyati 
quyidagilardan  iborat:
—  korporatsiya  ko‘zlagan  strategik  maqsadlar  moliyaviy-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar:  sotuvlar  hajmi,  sotilgan  tovarlarning  tannarxi,  foyda, 
investitsiyalar,  pul  oqimlari va  shu  kabilarda  namoyon  bo‘ladi;
—  moliyaviy  rejalar  va  ularning  bajarilishi  haqidagi  hisobotlar 
shaklida  moliyaviy axborotning  kelib  tushishi  uchun  andozalar belgi- 
lanadi;
—  korporatsiyaning  istiqbolliy  va  joriy  rejalarini  amalga  oshirish 
uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslaming maqbul chegaralari aniq- 
lanadi:
Metodologik nuqtai nazardan moliyaviy rejalashtirish uchta asosiy 
tarkibiy  qismni  o‘z  ichiga  oladi:
—moliyaviy faoliyatni bashorat  qilish  (3—5  уД);
—moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish  (1  yil);
—moliyaviy faoliyatni tezkor rejalashtirish  (chorak,  oy).
Har bir muayyan korporatsiyada moliyaviy bashorat  qilish moliyaviy 
mafkuraga  asoslanishi  lozim.  Kompaniyaning  moliyaviy  mafkurasi 
rahbariyat tomonidan uning «missiyasi» asosida belgilanadi va kompa- 
niyada  moliyaviy  faoliyatni  amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillari 
tizimini  tavsiflaydi.
Qabul qilingan moUyaviy mafkurani hisobga olgan holda kompaniya 
moliyaviy  faoliyatini  rejalashtirish,  birinchi  galda,  kompaniyaning 
moliyaviy strategiyasini ishlab  chiqishga yo'naltirilishi  kerak.  Kompa­
niyaning  moliyaviy  strategiyasi  uning  moliyaviy  mafkurasi  bilan
111

belgilanadigan moliyaviy faoliyatining uzoq muddatli maqsadlar tizimini 
va ularga  erishishning  samarali yo‘llarini  o‘zida  namoyon etadi.
0 ‘tish iqtisodiyotining hozixgi sharoitida mamlakatimizdagi kompa- 
niyalarning  moliyaviy  strategiyasini  shakllantirish  davri,  asosan,  uch 
yildan  oshmasligi  kerak.  Kompaniya  moliyaviy  faoliyatining  strategik 
maqsadlarini  shakllantirish  komlaniyaning  moliyaviy  strategiyasini 
shakllantirishning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Strategik  moliyaviy  maqsadlar  tizimi  moliyaviy  mablag'larning 
yetarlicha hajmi shakllanishini va sarmoyadan yuqori rentabelli foyda- 
lamshni,  aktivlar  va  foydalaniladigan  sarmoya  tarkibini  optimal- 
lashtirishni, oldinda turgan xo'jalik faoliyatini amalga oshirish jarayoni- 
da  moUyaviy xatarlar  darajasinint  maqbulligini  ta’minlashi  lozim.
Moliyaviy  rivojlanishning  strategik  maqsadlar  tizimini  muayyan 
ko‘rsatkichIarda  —  maqsadli  strategik  me’yorlarda  ifodalash  zarur. 
Moliyaviy  faoliyatning  alohida  jihatlari  bo‘yicha  maqsadli  strategik 
me’yorlar  sifatida  I.A.Blank  quyidagilarni  taklif qiladi:
— ichki manbalardan shakllanadigan moliyaviy resurslaming o‘rtacha 
yillik o'sish sur’atlari;
— foydalaniladigan sarmoyaning umumiy hajmida o‘z sarmoyasining 
eng  kam ulushi;
—  o‘z  sarmoyasining  rentabellik koeflisiyenti;
—  kompaniyaning  aylanma  va  aylanmadan  tashqari  aktivlarining 
o‘zaro  nisbati;
—  korporatsiyaning  joriy  to'lov  qobiliyatini  ta’minlovchi  pul 
aktivlarining  eng past  darajasi;
—  investitsiyalar  o'zini  o‘zi moliyalashining  eng  past  darajasi;
—  xo‘jalik  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlari  doirasida  moliyaviy 
xatarlar chegara  darajasi.
11.2.  Moliyaviy  strategiyani  shakllantirishning 
asosiy  bosqichlari
Moliyaviy strategiyalami shakUantirishning eng mas’uliyatli bosqichi
—  moliya  faoliyatining  alohida jihatlari  bo‘yicha  moliyaviy  siyosatni 
ishlab  chiqish hisoblanadi.
Moliyaviy siyosat kompaniyaning moliyaviy mafkurasi va moliyaviy 
strategiyasini amalga oshirish shaklini o'zida namoyon etadi.  Moliyaviy 
strategiyadan  farqli  o ‘laroq,  moliyaviy  siyosat  moliyaviy  faoliyatning 
faqat  muayyan  yo‘nalishlari  bo'yicha  shakllanadi.
112

Moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha moliyaviy siyosatni 
shakllantirish ko!p pog‘onali xususiyatga ega bo‘Jishi mumkin. Masalan, 
kompaniyaning  investitsiya  siyosati  doirasida  real  investitsiyalarni  va 
moliya-viy  investitsiyalarni  boshqarish  siyosati  ishlab  chiqiladi.  0 ‘z 
navbatida,  moliyaviy  investitsiyalarni  boshqarish  siyosati  mustaqil 
tarkibiy  qism  sifatida  investitsiyalarning  alohida  turlarini  boshqarish 
jarayonini  o‘z  ichiga olishi mumkin.
Ta’kidlash  joizki,  moliyaviy  faoliyatning  eng  muhim  jihatlari 
bo‘yicha  moliyaviy  strategiya  va  moliyaviy  siyosatni  ishlab  chiqish 
kompaniyani  moliyaviy  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  qabul  qilinadigan 
boshqaruv qarorlarining  samaradorligini oshirish  imkonini beradi.
Navbatdagi bosqichda moliyaviy strategiyaning amalga oshirilishini 
ta’minlash  bo‘yicha  tashkiliy  va  iqtisodiy  tadbirlar  ishlab  chiqiladi. 
Shuning  uchun  xolding  kompaniyasida  moliyaviy  faoliyat  natijalariga 
mas’ul  bo‘lgan  turli  xildagi  «javobgarlik  markazlari»  shakllanib,  ular 
rahbarlarining huquqlari,  majburiyatlari va javobgarlik choralari belgi- 
langan bo‘lishi kerak.
Moliyaviy  strategiyani  shakllantirishning  yakuniy  bosqichi  uning 
samaradorligini  baholash  hisoblanadi.  Bunday  baholash  jarayonida 
kompaniya moliyaviy strategiyaning kompaniyani rivojlantirish umumiy 
strategiyasi bilan muvofiqligi, kompaniya moliyaviy strategiyasi moliya­
viy  muhitning  ko‘zda  tutilayotgan  o ‘zgarishlari  bilan  muvofiqligi 
anyqlanadi.
K om paniyada  m oliyaviy  faoliyatning  alohida  jihatlari  b o‘yicha 
ishlab  chiqilgan m oliyaviy  strategiya va  m oliyaviy siyosat  asosida joriy 
m oliyaviy  rejalashtirish  amalga  oshiriladi.
Joriy  m oliyaviy  rejalashtirish joriy  m oliyaviy  rejalarning  muayyan 
turlarini  ishlab  chiqishdan  iborat.
H ozirgi  vaqtda  0 ‘zbekiston  xolding  kompaniyalarida  m oliyaviy 
rejalashtirish  tizim i  vujudga  kelish  bosqichida  turibdi.  Bugungi  kunda 
rasmiy statistika moliyaviy hisobotlar tizim i amalda b o ‘lib,  ichki xolding 
rejalashtirishi  va  nazorat  tizim i  endigina  shakllana  boshladi.
Xolding kompaniyasida moliyaviy rejalashtirish tizimi ko‘p pog‘onali 
hamda  markazlashgan  va  markazlashmagan  yondashuvlami  uyg'un- 
lashtirish asosida  qurilgan.
Moliyaviy  rejalashtirishning  markazlashgan  tizimi  reja-hisobot 
shakllari, ularni taqdim etish muddatlari,  rejalami ishlab chiqish baza- 
sining  bir  xilligidan  iborat.  Markazlashmagan  tizim  shu’ba  korpo- 
ratsiyalariga rejalarni ishlab chiqishda katta mustaqillik berishni  ko‘zda
8 —  T-31-11 
113

tutadi.  Bundan  tashqari,  xolding  kompaniyasida  moliyaviy  rejalash- 
tirishni tashkil  qilishning boshqa xususiyatlari ham mavjud.
Iqtisodiy  nuqtai  nazardan  xolding  kompaniyasi  bir  rejali-nazorat 
birlikni tashkil qiladi. 0 ‘z navbatida, iqtisodiy butlik tamoyiliga muvofiq 
xolding  hujjatlarida  pul  va  moddiy  oqimlami  aks  ettirishda  yuridik 
jihatdan  mustaqil  bo‘lgan  shu’ba  korporatsiyalar  o'rtasida  xolding 
ichidagi  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy  aloqalaming  qiymat  ifodasini 
ko‘rib chiqmaslik lozim. Faqat shu tariqa ко‘rsatkichlaming birlashgan 
tizimi mavjud iqtisodiy holatni va, umuman, xolding kompaniyasining 
rivojlatiishini  o‘zida  aks  ettiradi.
G ‘arb  korporatsiyalarida  moliyaviy  rejalashtirishning  asosiy jihati
—  daromadlar  (foyda)  markazlari  va  xarajatlar  markazlarini  aniqlash 
hisoblanadi.  «Daromad  markazi»  deganda  korporatsiyaga  eng  katta 
foyda  keltiruvchi  bo'linma  tushuniladi.
«Xarajatlar markazi»  deganda  esa,  eng katta xarajatga  ega bo‘lgan 
yoki zarar keltiruvchi,  lekin ishlab  chiqarish-tijorat jarayonida muhim 
rol  o‘ynovchi  bolinm a  anglanadi.
Masalan, ko'plab g‘arb kompaniyalari «saksonga yigirma» qoidasiga 
amal  qiladi,  ya’ni  20  foiz  sarmoya  sarfi  80  foiz  foydani  ta’minlashi 
kerak.  0 ‘z  navbatida,  sarmoya  sarfining  qolgan  80  foizi  faqat  20  foiz 
foyda  keltiradi.
Bunday  yo‘nalish  texnika  bilan  jihozlanganlik  darajasi  turlicha 
bo‘lgan  ko‘plab  korporatsiyalami  o‘z  ichiga  oluvchi  mamlakatimiz 
xolding  kompaniyalari  uchun  ham  maqsadga  muvofiq.  Bunga  « 0 ‘z- 
mevasabzavotuzumsanoat  xolding»  kompaniyasida  bolalar  ozuqasini 
va jahon andozalariga mos keladigan idishlami ishlab chiqarish bo‘yicha 
quwatlaming  barpo  etilishi  misol bo‘ladi.
Joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi pul oqimlari mik- 
dorini bashorat  qilish  asosida  moliyaviy  resurslar,  sarmoya va zaxira- 
laming  ehtimoliy  hajmini  aniklashdan  iborat.  Joriy  moliyaviy  reja, 
odatda, ко‘rsatkichlami choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yilga 
tuziladi.
Tezkor moliyaviy reja esa ko‘rsatkichlar oylar bo‘yicha taqsimlangan 
holda  chorak  uchun tuziladi.
Moliyaviy  rejalami  islilab  chiqishning  qator boshlang'ich  shartlari 
ehtimoliy  xususiyatga  ega  bo'lganligi  bois  o ‘tish  davrining  iqtisodiy 
beqarorlik sharoitida xolding kompaniyasining joriy moliyaviy rejalarini 
bir  necha variantlarda  («optimistik»,  «realistik»,  «pessimistik»)  ishlab 
chiqish  maqsadga  muvofiq.
114

Moliyaviy  reja  biznes-rejaning  boshqa  bo‘limlari,  ya’ni  mahsulot 
ishlab  chiqarish,  moddiy  resurslarni  xarid  qilish,  marketing,  ilmiy 
tadqiqotlar va  ishlanmalar  rejalari  bilan  o‘zaro  bog‘langan.
Joriy  moliyaviy  rejalashtirishning  obyektlari  quyidagilardan  iborat 
bo‘hshi mumkin:
—  tovarlar  (mahsulot,  ishlar  va  xizmatlar)ni  sotishdan  tushgan 
tushum;
—  foyda va  uni  taqsimlash;
—  maxsus yo‘nalishdagi  fondlar va ulardan  foydalanish;
—  soliqlar va  yig'imlar  shaklida byudjet  tizimiga  to'lovlar hajmi;
—  yagona  ijtimoiy  soliq  shaklida  byudjetdan  tashqari  fondlarga 
badallar;
—  kredit  bozoridan jalb  etiladigan  qarz  mablaglarining  hajmi;
—  aylanma  mablag‘larga  rejali  ehtiyoj;
—  kapital  qo'yilmalar  hajmi  hamda  ulami  moliyalash  manbalari 
va  boshqalar.
Joriy  moliyaviy  rejalarni  ishlab  chiqish  uchun  quyidagilar  asosiy 
boshlang‘ich  shartlar hisoblanadi:
—oldinda turgan  davr uchun  moliyaviy faoliyatning  asosiy yo‘na- 
lishlari  bo‘yicha  moliyaviy  strategiya va  maqsadli  strategik me’yorlar;
—kompaniya  moliyaviy  faoliyatining  alohida  jihatlari  bo'yicha 
moliyaviy  siyosat;
—mahsulot ishlab chiqarish va sotishning rejalashtirilayotgan hajmi 
va  kompaniya  ishlab  chiqarish-tijorat  faoliyatining  boshqa  iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari;
—kompaniyada  ishlab  chiqilgan  alohida  resurslar  xarajatlari 
me’yorlari  tizimi;
—soliq  to‘lovlari  stavkalarining  amaldagi  tizimi;
—amortizatsiya  ajratmalari  me’yorlarining  amaldagi  tizimi;
—moliya bozorida kredit va depozit foizlarining o‘rtacha stavkalari;
—  o‘tgan  davr uchun  moliyaviy  tahlil  natijalari.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilni o ‘tkazish uchun etarlicha 
uslublar mavjud. Bizningcha, V.V. Andronov tomonidan taqdim etilgan 
moliyaviy  tahlil  sxemasi  alohida  e’tiborga  loyiq.
Hozirda joriy  moliyaviy  rejalaming  quyidagi  turlari  ishlab  chiqil- 
moqda:
—  operatsion  faoliyat bo‘yicha  daromadlar va  xarajatlar  rejasi;
—  investitsiya  faoliyati bo'yicha  daromadlar va  xarajatlar  rejasi; 
—pul  mablag‘larining kelib tushishi va ularni  sarflash rejasi;
115

—balans  rejasi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi moliya­
viy  faoliyatni joriy  rejalashtirishning  dastlabki  bosqichida  tuziladigan 
joriy moUyaviy rejaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi, chunki uning 
bir qator ko'rsatkichlari boshqa turdagi joriy moliyaviy rejalami ishlab 
chiqish  uchun  boshlang‘ich  baza  bo‘lib  xizmat  qiladi.
11.3.  Kompaniyaning  moliyaviy  rejalashtirish  amaliyotiga 
byudjetlash  tizimini  joriy  etishning  uslubiy jihatlari
Korporatsiya  moliyasini  boshqarishning  zamonaviy  texnologiyasi 
byudjetlash  tizimini  keng  qo'llaydi.  Rivojlangan  mamlakatlarda 
byujetlashtirish  tezkor  moliyaviy  rejalashtirish  va  moliyaviy  boshqa­
rishning  asosiy vositasi hisoblanadi.
Chet  el  kompaniyasida  byudjetlash  —  kompaniyada  rejalashtirish 
va boshqaruv qarorlarini qabul qilish; kompaniya moliyaviy ahvolining 
barcha  jihatlarini  baholash;  moliyaviy  intizomni  mustahkamlash  va 
alohida  tarkibiy  bo‘linmalar  manfaatlarini  kompaniyaning  umumiy 
manfaatlariga bo‘ysundirishning  asosi hisoblanadi  .
Byudjetlash  korporatsiyalar  rahbarlariga  turli  bo'linmalar  faoliya­
tining moliyaviy samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, yanada rivojlantirish 
uchun xo‘jalik faoliyatining maqbul solialarini aniklash. imkonini beradi.
Hozirgi  vaqtda  octish  iqtisodiyotiga  ega  bo‘lgan  mamlakatlarda 
ham ko'plab korporatsiyalar va yirik kompaniyalar rahbarlari o‘z korpo­
ratsiyalarida  byudjetlash  tizimlarini  ishlab  chiqish  hamda joriy  etish 
bilan  shug‘ullanish  zarurligi  va  maqsadga  muvofiqligini  anglab  etdi. 
Bu  shu  narsa  bilan  bog‘liqki,  byudjetlash  resurslar  xarajatlarining 
me’yorlarini hamda tovarlar va xizmatlaming alohida turlari, shuning- 
dek,  biznes  turlari,  kompaniyaning  tarkibiy  bo'linmalari  bo‘yicha 
rentabellik hamda samaradorlik me’yorlarini belgilashga ko‘maklashadi. 
Agar  belgilangan  me’yorlar  oshirilsa,  bu  muayyan  joylarda  ishlar 
ahvolini  tekshirish  va  hal  etish  yo'llarim  aniqlashga  sabab  bo‘ladi. 
Bundan tashqari, byudjetlash kompaniya rahbariyatiga investitsiyalami 
sarflashning  eng  istiqbolli sohalarini tanlashga ko'maklashadi.
Odatda, byudjet bir yil doirasida (yillik, choraklik yoki oylik) ishlab 
chiqiladigan,  xo‘jalik  faoliyatining  muayyan turlarini  amalga  oshirish 
jarayonida moliyaviy mablag‘lar xarajatlari va tushumlarini aks ettiruvchi 
tezkor moliyaviy rejani o‘zida namoyon qiladi. Biroq byudjetlash nafaqat 
moliyaviy  rejalashtirish  maqsadlariga  muvofiq  muayyan  byudjetlami

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling