Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti


Download 16.99 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi16.99 Kb.
#135926
Bog'liq
Кураш ўқитиш методикаси Намунавий Дастур 2020-конвертирован-конвертирован

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI


TASDIQLAYMAN”

(OTM rektori)

202 yil



KELISHILDI”

Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi


202 yil






Ro‘yхаtgа оlindi: BD-5610500-2.08
202 yil “


KURASHNI O‘QITISH METODIKASI


(O‘g‘il bolalar uchu) FAN DASTURI


Bilim sohalari:

200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

600 000 – Xizmatlar



Ta’lim sohalari:

210000 – Sotsiologiya va psixologiya

610 000 – Xizmat ko‘rsatish



Ta’lim yo‘nalishlari:

5610500 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 5210200 – Psixologiya (sport)

5610800 – Jismoniy tarbiya va sport menejmenti




Сhirchiq – 202

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202 yil “ dagi -sonli buyrug’ining -ilovasi bilan fan dasturi ro‘yxati tasdiqlangan.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi yo’nalishlari bo‘yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 202 yil dagi -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:




Mirzaqulov Sh.A.

O‘zDJTSU “Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va

uslubiyati” kafedrasi mudiri, dotsent.;



Taymuratov A.R.

O‘zDJTSU “Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va

uslubiyati” kafedrasi, dotsent.;



Ahmadjonov D.K.

O‘zDJTSU “Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va

uslubiyati” kafedrasi, o‘qituvchisi.



Xoliqov B.X.

O‘zDJTSU “Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va

uslubiyati” kafedrasi, o‘qituvchisi.





Taqrizchilar:



Z.S.Аrtiqоv

O‘zDJTSU “Yakkakurash sport turlari fakulteti” dekani,

pedagogika fanlari bo’ycha falsafa doktori, dotsent.;



T.S.Achilov

TVCHDPI “Sport va chaqiriqqacha xarbiy ta’lim fakulteti”

dekani, dotsent.



Fan dasturi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (202 yil dagi

-sonli bayonnomasi).


  1. O‘quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o‘rni


Ushbu fan dasturning negizi, uning tarkibiy qisimlari, talabalar uchun “Kurashni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha kurash turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari, kurash turlari bo‘yicha texnik usullarni klassifikatsiyasi, sistematikasi va ularning terminologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.

“Kurashni o‘qitish metodikasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib 2 – kurslarda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Kurashni o‘qitish metodikasi” fani yuqoridagilarni hisobga olgan holda mazkur dastur – 5610500 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha), 5210200 Psixologiya (sport), 5610800

– Jismoniy tarbiya va sport menejmenti bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarda xam o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa fanlarning nazariy va amaliy uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi kurashni o‘qitish metodikasi fani uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga kurashni o‘qitish metodikasi bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, kurash turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari, kurash turlari bo‘yicha texnik usullarni tasniflash (klassifikatsiyasi), tizimlashtirish (sistematikasi) va ularning atamalari (terminologiyasi) bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirishdan iborat.

Fanni vazifasi – erishish uchun kurashni o‘qitish metodikasi fan talablarini nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, kurash fani bo‘yicha talabalarda kurash turlari tarixi to‘g‘risida tushunchalar bo‘yicha bilimga, musobaqalarda qatnashish

va uni tashkillashtirishga oid kasbiy – pedagogik malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda shakillantirishga qaratilgan.

Kurashni o‘qitish metodikasi fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:


  • kurashni o‘qitish metodikasi fan bo‘yicha tarixiy manbalarga suyanish, kurash turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari, kurash turlari bo‘yicha musobaqaning nizomi, talabnoma, torozidan o‘tkazish va qur’a tashlash bayonnomasi, musobaqani o‘tkazish bayonnomasi, bellashuvni o‘tkazish bayonnomasi hamda ishtirokchilar va jamoaning egallagan o‘rnini aniqlash uslublarini, musobaqaga qatnashish va o‘tkazish xisobotlarini tayyorlash, vosita, uslub va tamoyillarini, kurashni o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha texnik usullarni tasniflash, tizimlashtirish va ularning atamalari, to‘g‘risida tushunchalarni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;

  • kurashni o‘qitish metodikasi fanirining texnik harakatlarini xakam sifatida baholay olish, xakam ishoralarini bajara olish va bellashuvlarni tahlil qila olishni amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
  1. ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)


1 – Modul. Kurash turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi

1-mavzu: Kurash, Belbog‘li kurash, turlari to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha tushunchalar berish.

– Manbalarni tahlil etish, kutubxonadagi ma’lumotlardan foydalanish. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: individual va guruhli yondoshuv,

muammoli ta’lim, bumerang.

2 – Modul. Kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari, Kurash turlari bo‘yicha texnik usullarning


tasniflash, tizimlashtirish va ularning atamalari.
1 – mavzu: Kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish

asoslari. Kurash va belbog‘li kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari, xakamlik ovozalari va imo – ishoralari.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: individual va guruhli yondoshuv, dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.


  • Kurash turlari bo‘yicha texnik usullarni oddiydan murakkabga tamoyili asosida sinflarga ajratish.

  • Texnik usullar, kurashchi holatlari (tik turgan holatlardagi) va harakatlarning atamalarini aniqlashtirish.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
  1. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:



  1. Kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari. Kurash va belbog‘li kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalarining oldingi va ohirgi variantlari, xakamlik ovozalari va imo – ishoralari. Texnik usullar va harakatlarni baholash mezonlari.

  2. Yiqilish qoidalari:

    • Tizza chukkalab turgan holda oldinga yiqilish (qo‘lda, qo‘lga tayanmasdan, egilib, orqaga yiqilish, orqaga yiqilib o‘z - o‘zini ximoya qilish.

    • Xujumni amalga oshiruvchining qo‘llaydigan usullarni bajarishda asosiy xarakatlarga tayyorgarlik mashqlari (bukilish, egilish, burilish, aylantirish, qayirish).

  3. Beldan oshirib tashlash.

  4. Yelkadan oshirib tashlash.

  5. Yonboshdan oshirib tashlash.

  6. Oyoqlarni oldidan chalish.

  7. Ko‘tarib o‘ng va chap tomonga to‘sib tashlash.

  8. O‘ng va chap yonboshdan oshirib tashlash.



  1. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


1 – Modul. Kurash turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi

1 – mavzu: Kurash, belbog‘li kurash turlari to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar bo`yicha tushunchalar berish.

  • Manbalarni tahlil etish, kutubxonadagi ma’lumotlardan foydalanish. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: individual va guruhli yondoshuv,

muammoli ta’lim, bumerang.

2 – Modul. Kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari, Kurash turlari bo‘yicha texnik usullarning


tasniflash, tizimlashtirish va ularning atamalari.
1 – mavzu: Kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari va xakamlik qilish asoslari. Kurash va belbog‘li kurash turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari, xakamlik ovozalari va imo-ishoralari.

  • Texnik usullar va harakatlarni baholash mezonlari

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: individual va guruhli yondoshuv, dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.

– Kurash turlari bo‘yicha texnik usullarni oddiydan murakkabga tamoyili asosida sinflarga ajratish.



  • Texnikusullar, kurashchi holatlari (tik turgan holatlardagi) va harakatlarning atamalarini aniqlashtirish.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
  1. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

  1. O‘zbekistonda va Jahonda sport kurash turlarining rivojlanish tarixi, kurash texnikasi asoslari, ularning klassifikatsiyasi, musobaqa qoidasi kabi mavzularga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish.

  2. Ommaviy musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish.

  3. Kurash mashg‘ulotlari uchun dars konspekti tuzish.

  4. Texnik usullarning imitatsion harakatlarini takomillashtirish.

Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish. Kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internettarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishda rejasini tekshirish va baxolash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keysstadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun va zifalar belgilanadi.


  1. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar





    1. Mirzaqulov Sh.A. Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati., T. 2013.

    2. Tastanov N.A. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. Darslik.,T. 2017.

    3. Arslonov Sh.A., Tangriyev A.J. Uslubiy qo‘llanma. “Kurash turlaridan musobaqa qoidalari” T.-2016.

    4. Arslonov Q.P., O‘quv qo‘llanma. “Milliy kurash turlari va uni o‘qitish texnologiyalari” T.-2014.

    5. Annabelle Tometich. Judo. ABDO. USA 2013

    6. J. S. McIntosh. Wrestling. Mason Crest. USA 2014.

    7. William Welker. The Wrestling Drill Book-2nd Edition. Humankinetics.

USA 2013.

Qo‘shimcha adabiyotlar


    1. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli farmoni.

    2. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-aprel PF-2909-sonli qarori.

    3. “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ- 3031-sonli qarori.

    4. Mirziyoyev Sh.M., Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017 y. – 48 b.

    5. Mirziyoyev Sh.M., Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini tiklash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabil qilinganligini 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekab. – Toshkent “O‘zbekiston” NMIU, 2017 y. – 48 b.

    6. Taymuratov A.R., Atajanov S.F., O’quv qo’llanma. “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Kurash)” T. 2017. 13.

    7. Artiqov Z.S., O’quv qo’llanma. “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Belbog’li kurash)” T. 2018.



Internet saytlari


      1. http://www.ijf.org – xalqaro Dzyudo federatsiyasi sayti.

      2. http://www.ijf.uz – O’zbekiston Dzyudo federatsiyasi sayti.

      3. http://www.ika.com – Xalqaro kurash asossiatsiyasi rasmiy sayti.

      4. http://www.ika.uz - O’zbekiston kurash federatsiyasi sayti.

      5. http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali.

      6. http://www.ziyonet.uz - O’zbekiston Respublikasi ta’lim portal.

Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling