Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 185.41 Kb.
bet1/6
Sana17.05.2020
Hajmi185.41 Kb.
#107222
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
илхом иши



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Qo’lyozma huquqida

UDK № 78.071.4
TESHABOYEV ILXOMJON INOMJON O`G`LI

BARKAMOL AVLOD MA’NAVIY TARBIYASIDA XALQ MUSIQA IJODIYOTIDAN FOYDALISH YO’LLARI

5A111101– musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi

bo’yicha magistr darajasini olish uchun yozilgan
MAGISTRLIK DISSERTASIYASI

Ish ko’rib chiqildi va himoyaga

ruxsat berildi. Ilmiy rahbar

t.f.n.,dotsent Z. Xaydarov

_______________
M.O’


Namangan – 2020

MUNDARIJA
Kirish.........................................................................................................................

I. BOB. BARKAMOL AVLOD TARBIYASI VA O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.1.Barkamol avlod va uni tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslari.................

1.2. O`zbek xalq musiqa ijodiyoti va uning rivoji borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar.................................................................................................................

Birinchi bob bo’yicha xulosalar..............................................................................


II.BOB. XALQ MUSIQA IJODIYOTINING MA’NAVIY TARBIYA VOSITASI SIFATIDAGI ROLI

2.1. Xalq qo‘shiqlarida tarbiya elementlari va ulardan ta'lim-tarbiya ishida foydalanishning ahamiyati ................................................................................

2.2. Barkamol avlodni tarbiyalashda o‘zbek xalq musiqa ijodidan foydalanishning mazmuni.......................................................................................

Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar............................................................................


III. BOB XALQ MUSIQA IJODIYOTI VOSITASIDA BARKAMOL AVLOD MA’NAVIY TARBIYASINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK OMILLARI

3.1 Maktab ta’limida xalq musiqa ijodiyotidan foydalanishda musiqa madaniyati darsi va uning o’qituvchisiga qo’yiladigan zamonaviy pedagogik talablar………..

3.2. Barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq musiqa ijodoyoti bo’yicha tajriba sinov ishlarini tashkil etish…………………………………………………………

Uchinchi bob bo’yicha xulosalar................................................................................



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya oldida turgan asosiy maqsadlardan biri-yosh avlodga ajdodlarimizning asrlar davomida orttirilgan ma'naviy boyliklarini singdirish, ularda insoniy fazilatlarni qaror toptirish va muntazam rivojlantirib borish, Vatan va millat oldidagi burch va mas'uliyatini his etishga o‘rgatishdan iboratdir. Ma'naviy-axloqiy fazilatlarni o‘quvchilarning Vatanga, mehnatga, insonlarga bo‘lgan muhabbati kabi serqirra manbalari unda ma'naviy ehtiyoj va qiziqish uyg‘otishda, ma'naviy faoliyat va qadriyatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq qo‘shiqlari o‘zbek xalqining avloddan-avlodga o‘tib qon-qoniga singib ketgan san'at turidir va shuning uchun ham xalq ohanglari, nola-qochirimlari va boshqa milliy bezaklarini tinglagan odam unga befarq bo‘la olmaydi, bevosita unga ergashadi, qo‘shilishib kuylaydi, raqsga tushadi, ya'ni musiqa uni o‘zining sehrli olamiga yetaklab ketadi.

Xalq qo‘shiqlari faqat estetik joziba olami bo‘libgina qolmay o‘ziga xos katta bir ta'lim-tarbiya quroli hamdir. Chunki inson his-hayajonining zamirida ma'naviy-axloqiy tushunchalar, hislar, xulosalar ham yotadi.

O'zbek xalq musiqa me'rosi boy va ulkan ummon kabidir. Musiqiy merosimizdan joy olgan musiqa namunalari asrlar osha ijro etilib, avloddan avlodga o'tib, sayqallanib kelgan. Xalqimizning bu boy va murakkab musiqiy merosi azaldan ustoz san'atkorlar tomonidan og'zaki uslubda yaratilib, ustozdan shogirdga o'tib, an'ana tarzda ijro etilib, bizgacha yetib kelgan. Mumtoz musiqamiz amaliyoti va ravnaqiga nazar solar ekanmiz, biz buyuk madaniyat sohiblari avlodi ekanligimizni ko'ramiz. Yosh avlod vakillari o'tmishda yaratilgan merosni o'qib, ardoqlab, ijro etib, idrok qilib o'zlashtirsalar, zamonaga munosib san'atkor bo'lib yetishishlari mumkin.

Har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi haqli ravishda shu mamlakat xalqi xisoblanadi.1

O‘quvchi shaxsining shakllanishi va kamol topishida musiqaning, ayniqsa xalqning yurak dardlari, quvonch shodliklari, g‘am-alamlari, orzu-umidlarining silsilasidan yaralgan xalq qo‘shiqlarining tutgan o‘rni beqiyosdir.

Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy musiqaning xilma-xilligi inson ma'naviy ehtiyojlarining ifodasi ekanligini, ikkinchidan, estetik lazzat va huzur orqali inson, o‘z navbatida, ma'naviy barkamol bo‘lishini ta'kidlaydi. Musiqa misolida Jomiy e'tirof etadiki, «Ruhga lazzat biror narsani tushunib, bilib olmoqdan keladi. Nimaiki ruh tomonidan tez idrok etilsa va uni hayratga, chuqur o‘ylashga majbur etsa, u eng lazzatli hisoblanadi».



Musiqaning insonga ta'siri va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida   grek faylasufi Platon shunday degan edi: «Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san'atdir. Zeroki, agar tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ritm va garmoniya qalbga hammadan chuqur yo‘l topadi va salobat baxsh etadi, uni ko‘rkam qiladi, aks holda, uning teskarisi bo‘lib chiqadi». Uning shogirdi Aristotel bu fikrni quvvatlab: «Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma'lum darajada ta'sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarni tarbiyalaydigan predmetlardan biri bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim» deydi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizki, “–Barchangiz guvohsiz, shu kunlarda generativ musiqa, sun'iy intellekt haqidagi bahslar qizg‘in tus olmoqda. Kelajak musiqasini endi faqat texnika yaratadi, degan bashoratlar ilgari surilmoqda. Lekin hammamiz yaxshi bilamizki, har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz jozibasini, chinakam san'at o‘rnini hyech qachon bosolmaydi. Haqiqiy san'atni, sof va boqiy musiqani faqat Parvardigori olamning marhamati bilan hazrati Inson yaratadi. Sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora o‘z dunyosiga o‘ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg‘otadi. Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir.”1

Musiqa pedagogikasi va metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy – tadqiqot ishlarini ko`zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishda barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq ijodidan foydalanish muammosi maxsus ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o`rganilmagan. Tanlangan mavzu muammosini aynan musiqa ta`limi bo`yicha maxsus tadqiq qilinmaganligi uning dolzarblik kasb etishini belgilaydi.

Folklorni o`rganish va ommalashtirish xalqning ma`naviy yuksalishini ta`minlashda muhim rol tutuvchi tayanch omillardan biridir. Chunki O`zbekistonning haqiqiy mustaqillikka erishishdagi o`z yo`li avvalo, aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi.

Xalq musiqa ijodi shu xalq hayoti va tarixiy yo`lining badiiy solnomasidir. Bu asarlar xalqimizning hayotiy voqelikka bo`lgan munosabatini o`zida aks ettiradiki, ularni o`rganish orqali ajdodlarimiz turmush tarzi bilan bog’liq muhim tarixiy hodisalar mohiyatini oydinlashtirish mumkin bo`ladi. Bu asarlarda xalqimizning ko`p asrlik an`analari, tarixiy xotirasi va tajribalari mujassamlashgan. Tarixiy xotira esa milliy istiqlolimiz mustahkamlanayotgan bugungi kunda yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning ulug’vor an`analari ruhida tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Bu jarayonda muhim subyekt sifatida ajdodlarimizning boy merosini o`rganish katta ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev 2019 yil 19 martdagi hukumat yig’ilishida yoshlarni ma’naviyatli qilib tarbiyalash borasidagi beshta tashabbusning biri ham bevosita yoshlarni adabiyot, musiqa, teatr va boshqa san’at turlariga jalb etishni nazarda tutar ekan, musiqa to‘garaklarini faoliyatini tashkil etish xususan, xalq qo’shiqlarini o‘rgatishni zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va ilmiy tadqiq etishni taqazo etadi.



O`zbekistonda kuchli fuqorolik jamiyati qurishda milliy madaniyatimizning asl mohiyatini ko‘rsatuvchi san'at turlaridan, xususan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida jamiyat a’zolarini ma’naviy tarbiyalash vositasi sifatida o‘zbek xalq musiqa ijodi namunalaridan foydalanish zarurati ko’rsatilgan1.

Tadqiqot obyekti:Umumta`lim maktablari “Musiqa madaniyati” darslarini barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq ijodidan foydalanish orqali tashkil etish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Umum ta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslarini barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq ijodidan foydalanish orqali tashkil etish mazmuni, xalq musiqa ijodi namunalari va ularni o‘rganish mexanizmlari.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq musiqa ijodiyotidan foydalish yo’llarini tadqiq etishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • barkamol avlod va uni tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini yoritish;

  • o`zbek xalq musiqa ijodiyoti va uning rivoji borasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni tahlil qilish;

  • xalq qo‘shiqlarida tarbiya elementlari va ulardan ta'lim-tarbiya ishida foydalanishning ahamiyatini tadqiq qilish;

  • barkamol avlodni tarbiyalashda o‘zbek xalq musiqa ijodidan foydalanishning mazmunini bayon qilish;

  • maktab ta’limida xalq musiqa ijodiyotidan foydalanishda musiqa madaniyati darsi va uning o’qituvchisiga qo’yiladigan zamonaviy pedagogik talablarni o’rganish;

  • barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq musiqa ijodoyoti bo’yicha tajriba sinov ishlarini tashkil etish va uning tahlil qilish.

Ilmiy yangiligi:

  1. Barkamol avlodni tarbiyalashda tarbiya jarayoni va o‘zbek xalq musiqa ijodining uzviyligi hamda axamiyati atroflicha tahlil etilgan;

  2. O‘zbek xalq musiqa ijodi namunalaridagi tarbiya elementlari tahlil etilgan;

  3. Musiqa darslarini barkamol avlod tarbiyalash ishini mazmuni yoritilgan.

  4. Musiqa madaniyati darslarida barkamol avlod tarbiyalash ishini interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Musiqa darslarini barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq ijodidan foydalanib o`tish samarali kechadi. Agarda: Umum ta`lim maktablarida musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq musiqa ijodiyotidan foydalanib o`tish bilan dars samaradorligiga erishishni kafolatlovchi zarur pedagogik shart – sharoitlar aniqlansa; ta`limga texnologik yondashishning ilmiy – nazariy va amaliy jihatlari asoslansa; musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish mazmuni, shakl usullari aniqlansa; musiqa darslariga ilg`or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilsa.

  1. Tadqiqot mavzusi buyicha adabiyotlar sharhi (tahlili): 1990 yil nashr etilgan Uch tomlik “O‘zbek fol’klori ocherklari” risolasida, Mahmud Qoshg’ariy. Devoni lug’otit turk. (Uch tomlik. 3-tom. –Toshkent: Fan, 1992.) asarida, O. Safarov “O’zbek xalq og’zaki ijodi” (Toshkent:Musiqa.2010), “Mustaqillik va ma'naviy tarbiya”(Toshkent: O‘qituvchi.1996), G’Jahongirovning “Bolalar ertaklari” (Toshkent:Cholpon, 1972.), “O‘zbek bolalar folklori” (Toshkent: Cholpon,1975), O. Musurmanova “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”, (Toshkent:O’qituvchi. 1996) S.Ochilovlarning “Mustaqillik ma`naviyati va tarbiya asoslari” (Toshkent: O’qituvchi. 1996), K.Xoshimov,S.Ochilovlarning “O’zbek pedagogikasi antologiyasi” (Toshkent: O`qituvchi.1995.), B.Ziyomuhammadov, F. Ismoilovlarning “Barkamol avlodni voyaga yetkazish sirlari” (Toshkent: Sano-standart, 2011) risolalarida Barkamol avlod tarbiyasi va unda o‘zbek xalq musiqa ijodidan foydalanishning ahamiyati keng yoritilgan.

O’.Q. Tolipov, M.Usmonboyevalarning “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslar” ( Toshkent: Fan, 2006.), N.Saydaxmedov, A. Ochilovlarning “Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi” (Toshkent, 1999.), Q.T.Mirzayevning “Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” (Toshkent, 2000.), T.Ortiqovning “Musiqa o’qitish metodikasi” (Toshkent: Fan, 2010.) asarlarida umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishni tashkil etish, shu jumladan xalq badiiy ijodiyotini o‘rganish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, Pedagog olimlar O. U. Xasanboeva, U. Maxkamov, M. Inomovalarning tadqiqot ishlarida ham mavzuga oid qimmatli ma'lumotlarni kuzatish mumkin.

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi:O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasining Ko nstitutsiyasi, Umumiy o`rta ta`limning musiqa fani bo`yicha Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturi, O`zbekiston Respublikasining O`zbekistonda ta`limni yangicha asoslarda qayta qurish, takomillashtirishga oid farmonlari, qarorlar, Prezidentimiz asarlari, nutqlari, Umumiy o`rta ta`limning musiqa faniga oid darsliklari, shuningdek, pedagogika, psixologiya, estetikaga oid ilmiy – uslubiy manbaalar tadqiqotning metodologik asosi xisoblanadi.

Mavzuni yoritishda ilmiy, uslubiy, musiqashunoslik, pedagogik va psixologik adabiyotlarni o`rganish, tahlil qilish, pedagogik kuzatish, ilg`or ish tajribalarni o`rganish, qiyoslash, umumlashtirish, savol – javob, anketa – so`rov, tajriba–sinov ishlari va matematik statistika kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.



Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot ishida o’zbek xalq musiqa ijodi orqali barkamol avlodni tarbiyalash masalasi tizimli tahlil etilgan bo‘lib, u bilan mavzuga oid nazariy qarashlarni mustahkamlash mumkin. Ishda keltirilgan ma'lumotlardan o‘quv adabiyotlarni yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin.

Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, umumiy hajmi __ sahifani tashkil etdi.

I. BOB. BARKAMOL AVLOD TARBIYASI VA O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.1.Barkamol avlod va uni tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslari

Bobolarimiz orzu qilgan barkamol insonni shakllantirmoq uchun g’oyaviy-mafkuraviy jarayon tashkilotchilari, targ’ibotchilari nafaqat uning shakllanishi jarayoni, balki «barkamol inson» tushunchasining mazmuni to`g’risida tasavvurga ega bo`lishlari zarur.

Musulmon falsafasida «barkamol inson» tushunchasini ilk bor Muhiyiddin Arabiy muomalaga kiritgan. Uning fikricha, barkamol insonning erdagi timsoli payg’ambarimiz Muhammad edi. Aziziddin Nasafiy esa yaxshi so`z, yaxshi fe`l, yaxshi axloq va maorifni o`zida mujassamlashtirgan kishini barkamol inson deb tushungan.

Zamonlar o`tishi bilan «barkamol inson» tushunchasining mazmuni o`zgarib bordi. Hozirgi zamon insonshunos olimlari barkamol inson deganda jismonan baquvvat, ruhan tetik, madaniy-ma`naviy etuk, yuksak kasb-kor va yashash malakasiga ega bo`lgan, mustaqil fikrlash, ishlash va yashash malakalarini o`zida mujassamlashtirgan mustaqil shaxsni tushunadilar. Bunday shaxslarni tarbiyalashning asosiy manbai bu oiladir. Ma`lumki, biz zamonaviy komp’yuter va telekomunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e`tibor qaratmoqdamiz.1 Bu o`z o`zidan yosh avlodni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta`minlash, axborot olish va undan o`z kamolotia maqsadli foydalanishini nazarda tutadi.

I.A.Karimov «Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» va boshqa asarlarida bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda jamiyatimiz uchun shaxsning yangi tipini-o`z haq va huquqlarini talab qila oladigan tashubbuskor, mustaqil, erkin, jasur va mard raqobatlarga chidamli, bilimdon, kuchli, irodali avlodni tarbiyalash, buning uchun ta`lim-tarbiya mazmuni, strukturasida tub islohotlar qilish zarurligini alohida ta`kidlaydi.

«Biz o`z farzandlarimizning baxtu-saodatini, iqboli va kamolini ko`rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-kuydagi odamlarning hatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta`sir ko`rsatishi xaqida doimo o`ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas`uliyat borligini unutmasligimiz zarur”1

Inson sha'ni, avvalo, o‘zini himoya qilish, o‘z qadrini bilishdan boshlaadi. Shu ma'noda, xalqning o‘zini qadrlay bilishi g‘oyat muhimdir. Chunki “o‘zini qadrlaydigan xalq hyech qachon taqdirini birovga bog‘lab qo‘ymaydi“. O‘zini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el –yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi “Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g‘oyasi ustuvor bo‘lmog‘i kerak, - deb yozadi Islom Karimov, - Milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo‘lmog‘i kerak. Bu muqaddas g‘oyalar, millati va e'tiqodidan qat'i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog‘i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak ”.

Xalq e'tiqodi va uning ruhi shunday qudratli ta'sir kuchiga egaki, u har bir sog‘lom fikrlovchi insonni ijodiy faoliyatiga, kasb – korning halol bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘zbek xalqi ana shunday ilohiy marhamatga sazovor bo‘lgan, o‘z milliy e'tiqodiga ega millatlardan biridir. Buni biz buyuk insonlar, mutafakkirlar timsolida ko‘rsak bo‘ladi. Chunki, xalq ruhi va undagi e'tiqodni millatning eng ilg‘or vakillari, mutaffakkirlari ifoda etadi. Masalan, Amir Temurning davlat qurilishi va sarkardalik bobidagi yuksak iqtidori xalqimiz ruhiyatidagi salohiyat va imkoniyat ifodasi bo‘lgan Alisher Navoiyning ijodi ham xalq e'tiqodining o‘lmas namunasidir.

Oilada sog’lom turmush tarzini yaratishda boy madaniy an`analarimizning roli ham beqiyosdir. Allomalardan biri -“Hech bir ota bolasiga yaxshi odobdan ortiq hadya bera olmaydi.”-deya e`tirof etgan .2 Jumladan biz uchun muqaddas bo`lgan mo``ta`bar islom dinimizda ham sog’lom avlod tarbiyasigi katta e`tibor berilgan.

Barkamol avlod tarbiyasining aqliy, axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy (mafkuraviy), estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik mehnat va kasb-kor, diniy, badiiy kabi tarkibiy qismlardan iborat.

Aqliy tarbiya - ma'naviy barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi hisoblanib, uning mazmunida yosh avlodni tabiat, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimi bilan tanishtirishga qaratilgan va mazkur bilimlari asosida, o‘quvchi – yoshlarda ilmiy dunyoqarash asosini shakllantirishga qaratilgan tarbiyadir. Aqliy tarbiya yoshlarni aql – zakovatli, ob'ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o‘zligini anglab yetadigan, o‘z oldiga turgan vazifalarni ongli bajara oladigan, insoniy qadr – qiymatni ulug‘laydigan qilib tarbiyalashga qaratilgan. Zero, inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlaridan biri hisoblangan Hadis kitoblarida har bir mo‘min – musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi bayon etilgan. Har bir jamiyat mafkurasiz bo‘lmaydi.

Mafkura – bu bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy qarashlarning bir tizimidir.

Istiqlol mafkurasi asriy milliy qadriyatlarimizga va yangi vujudga kelgan va kelayotgan, xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga – xalq tafakkurlarga asoslanadi.

Ilg‘or mafkura yoshlar tomonidan qanchalik kengroq o‘zlashtirilsa, ularning ongiga singdirilsa shunchalik moddiy kuch va yaratuvchanlik qudratini kasb etadi.

Axlokiy tarbiya – yoshlarni ma'naviy jixatdan kamolotga yetkazuvchi, ular ongida axloqiy qonun qoidalarini singdirish jarayonidir. Axloq tarbiya insonning madaniy va ma'naviy ustunligini, faolligini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Estetik tarbiyaning maqsadi – o‘quvchilarni voqyelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatishdan iborat. Bu maqsad o‘quvchilarda, badiiy didni o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashni vazifa qilib qo‘yadi. Bunda esa o‘zbek xalq musiqa ijodining axamiyati kattadir.

Huquqiy tarbiya -insonning jamiyatdagi o‘rni, hatti - harakati, faoliyatini tanlashda yo‘l - yo‘riq ko‘rsatadi. Barcha millatlar singari o‘zbeklar ham azaldan huquqiy madaniyatga ega. Jumladan, «Qur'oni karim», «Hadislar»da qonun qoidalar asosida huquqiy tarbiya negizlarini qurish mumkin. Tarixdan islom olimi, faqix (konun-qoida) Burxoniddin al-Marg‘iloniy 573 yili (milodiy 1170-yil) xuquqiy tarbiya borasida «Al-hidoya» asarini yozgani ma'lum. Asar ko‘pgina ovrupa tillariga tarjima qilingan. 1930 yilgacha Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik manba bo‘lib hisoblangan. Sho‘ro hukumati o‘zining huquqiy tuzilishini barpo qilgandan keyin u shariat qonun-qoidasi sifatida bekor qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin qadriyatlar tiklandi. Bebaho asarlar qayta-qayta o‘rganilib, hayotga tadbiq qilinmoqda. Pedagoglarning xuquqiy tarbiya borasidagi asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat, deb o‘ylaymiz. Maqsad - davlatimizning «Yagona demokratik davlat barpo qilish» vazifasini amalga oshirish uchun qilayotgan sa'i-harakatlariga faol ishtirok etib, yosh avlod ongiga milliy g‘oya va mafkura asoslarini to‘g‘ri singdirish, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak fuqarolik his-tuyg‘ularini mujassamlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash.

Iqtisodiy tarbiya - talabalarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik xislatlarini tarkib toptirish va bu borada mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy tarbiyaga azaldan e'tibor qaratilgan. Masalan, Muhammad Ibn Al – Xorazmiy fikricha, har bir inson hisob ilmini bilishi va o‘z ilmiga pishiq bo‘lishi kerak, shundagina u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr Al – Farobiy inson o‘z ixtiyorlarini qondirish uchun juda ko‘p odamlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘lishi kerakligini ta'kidlagan. Uning fikricha, «Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa – insonni beboshlikka yetaklaydi. 1

Abu Ali ibn Sino ta'kidlashicha, iqtisodiy tarbiyani oiladan boshlash kerak. Talabalarga iqtisodiy tarbiya berish maqsadida biz keng va to‘g‘ri yo‘naltirilgan vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yishimiz zarur:



  1. Iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodiy tarbiyaga oid mavzularni chuqurroq tushuntirish.

  2. Hozirgi kunda o‘quvchilar nutqidan o‘rin olayotgan atamalarni kasblarga bog‘lab o‘rgatish.

Iqtisodiy tarbiya usullari xilma - xildir. Jumladan, suhbat, ma'ruza, amaliy mashg‘ulotlar, sanoat shaxobchalariga sayohat o‘tkazish, solishtirish, hisob – kitob qilish g‘oyatda ta'sirchan uslublar hisoblanadi. O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish lozim. O‘quvchilarni qay darajada iqtisodiy tarbiya topganliklari o‘qituvchilar tomonidan kuzatilib borilishi kerak.

Ekologik tarbiyaga ham ota - bobolarimiz chuqur mas'uliyat bilan qarashgan. Masalan, atrof – muhitni iflos qilmaslik maqsadida, axlat tashlash, chiqindilarni tashlash uchun alohida chuqurlar qazilgan, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlashgan, turli ehtiyojlar uchun faqat qurib qolgan daraxtlarni kesishgan, hayvonlarni azob berish, qushlar uyasini buzishni, gunoh sanashgan. Bu borada oilada «Suvga tupurma, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste'mol qilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli mo‘minning nasibasi bor», deb tarbiya berilgan.

Ekologik ta'lim va tarbiya berish tizimi bolalar bog‘chalarida, umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o‘rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‘plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog‘larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‘lab boqadigan bo‘lib qolishmoqda . Axir o‘tmishda xalqimiz buni noto‘g‘ri deb, qarashgan. Yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o‘t – o‘lanlar payhon qilinmagan, qir – adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‘simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Atrof muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri;

- Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;

- Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi;

- O‘z nohiyasini, shahrini, qishloq va maktabi hovlisini ko‘kalamzorlashtirishga, hatto, sinf, sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;

- Atrof – muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;

- Tabiatni muhofaza qilishda ota – onalarning namunalari;

- Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish.

- Oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;

Tarbiyachi o‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin. U ayni vaqtda nimani istamasligini har doim bilishi kerak. Agar tarbiyachi buni bilmasa, u kimni tarbiyalashi mumkin?

Mehnat - tarbiyaning tarkibiy qismidir. U kishining va kishilik jamiyatining eng zarur yashash shartidir. Mehnat barcha boyliklarni manbai bo‘lishi bilan birga, u inson hayotining mazmuni hamdir.

“Mehnat kishilar hayotidagi dastlabki shart – sharoitdir», - degan edi Ibn Sino. Shuning uchun ham biz insonni mehnat ta'sirida yaraladi deyishga ma'lum darajada haqmiz. Mehnat – bu moddiy va ma'naviy madaniyatning, ijtimoiy taraqqiyotning teran negizidir.1

Mehnat tarbiyasi insonning, xalqning, davlatning moddiy va ma'naviy boyliklarini ko‘paytirishni, kishilarni bunga tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi.

Ma'lumki, islom olamida tasavvuf ta'limoti ham rivojlanib borgan. O‘tmishda yurtimiz Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya kabi tasavvuf tariqatlari vujudga kelgan va o‘zlarining taraqqiyparvar g‘oyalari bilan komil, barkamol insonni shakllantirish bo‘yicha, ta'sir etish vositalari, mexanizmlari, ko‘nikmalari, malakalari, oqilona mezonlariga binoan jahon madaniyati, shaxs ma'naviyati rivojlanishi tarixida muhim rol o‘ynagan.1

Naqshbandiya ta'limotida komil inson muammosi qo‘yilishi, olamni bilish, o‘zini anglash masalalari alohida ahamiyatga ega. Chunki bularning barchasi barkamol avlodni shakllantirishga o‘zini munosib hissasini qo‘shadi. Barkamol avlod muammosi davlat siyosati darajasidagi muammo hisoblanib, jamiyatdagi real voqyelik sifatida mustaqil Respublikamiz uchun ko‘pyoqlama ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning ta'limotlariga katta e'tibor qaratilganligi tufayli ular tomonidan yaratilgan g‘oyalardan oqilona foydalanib, barkamol avlodni shakllantirishda ularni tatbiq etish yuksak samaralar berish mumkin. Bu sohada buyuk ajdodlarimizning o‘z zamindoshlari to‘g‘risidagi ma'lumotlari va sharqshunoslar, faylasuflar, adabiyotshunoslar, pedagoglar, sotsiologlar, xatto psixologlar komil insonga oid tarixiy materiallar, qo‘lyozmalar, birlamchi manbalarni tahlil qilish, o‘xshash tomonlarini umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Dunyoviy bilimlar bilan diniy qadriyatlar o‘rtasidagi uzviylikning vujudga keltirilishi davrning katta yutuqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni, milliy his-tuyg‘u, xarakter va ma'naviy merosni tiklash ulug‘ mutaffakkirlarimizning ta'limotlarini tadqiq etish, tahlil qilish, shu asosda tug‘ilgan fikr va mulohazalarni fuqarolarimiz, avvalo yoshlar ongiga singdirish lozim. Oliy ta'lim tizimini takomillashtirishda dunyoviy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, balki tasavvufiy olimlarning ta'limotlaridan, asarlaridan keng ko‘lamda foydalanish maqsadga muvofiq.

O‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera oluvchi barkamol avlod tarbiyasining ma'naviy psixologik tizimining muvaffaqiyatli tadbiqisiz tasavvur kilib bulmaydi. Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta'lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik konuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo‘ladi. Bu borada hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalari muhim o‘rin egallaydi, zero, bular inson ruhiy olamining tabiati va ma'naviy tarbiyasini o‘rganuvchi sohalardir.

Mamlakatimizda juda dolzarb bolalar ma'naviyatini, sportini rivojlantirish, uni keng ommaga yoyish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan mos bo‘lib, muhim ajhamiyatga ega. Zero, xalqimizda “sog‘ tanda-sog‘lom aql” degan dono naql bor. Jismoniy barkomol kishigina ma'naviy yuksak, hushyor aql-zakovat egasi bo‘lishi mumkin. Mamlakatimiz axolisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqiyosda rivojlantirish ustuvor masalalardan biriga aylanib bormokda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiada o‘yinlari va Jahon birinchiligi musoboqalarida yuksak natijalarga erishayotgani o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkazilishi ommalashib borayotgani yoshlarimizning ma'naviy rivojiga qo‘shayotgan katta hissasi ayniqsa e'tiborlidir.

Yurtboshimiz ommaviy sportning inson va oila hayotidagi roli, uning jismoniy va ma'naviy sog‘lomlikning asosi, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o‘z qobiliyat va iste'dodini ryobga chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta'kidlab kelgan. Hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolaning barkamol, sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, iqtidori va qobilyatini namoyon eta olishi orqali jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun unga beriladigan tarbiya va muhim omil hisoblanadi. Xalqimizda, -“dunyo ko‘rgan” degan ibora ishlatiladi. Buning ma'nosi ko‘p mamlakatlarda bo‘lgan, har xil xalqlar va millatlar bilan muloqotda bo‘lgan insonning dunyoqarashi va tafakkuri boy bo‘lishini anglatadi.

Demak, bolalarimizni barkamol avlod ruhida tarbiyalash, dunyo bilan tanitishimiz uchun ularni sport bilan oshno qilishimiz lozim. Buni amalga oshirishni boshlab bergan yurtboshimiz bolalar sporti va ma'naviyatini rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy salomatligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirish borasida shart-sharoitlar yaratib berish, bolalar ommaviy sporti, ma'naviyatini qishlok joylarda rivojlantirishga alohida e'tibor berish, Vatanga sadoqatli, kelajakka ishonchi bor, barkamol avlod tarbiyalash, bolalar orasidan iste'dodli sportchilarni tanlab olish va ularning qobiliyatini rivojlantirishga ko‘mak berish maqsadida muhtaram prezidentimizning Farmonlari huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda.

Bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish, buning uchun davlat tuzilmalari bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar, homiylar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy xomiylarning mablag‘larini jalb etish orqali, xalq ta'limi boshqaruv organlari va ta'lim muassasalari bilan birgalikda bolalar sportga mehr uyg‘otish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma'naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligi tuyg‘usini shakllantirish, ularni salbiy ta'sirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror fel-atvorli, Vatanga mehr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarimizni barkamol avlod ruhida tarbiyalash yo‘lida yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan bir qancha ishlar amalga oshirilyapti, shu bilan birga bolalarda musiqa madaniyatini rivojlanntirishni psixologik va fiziologik qonuniyatlarini, uslublarini ham tadbiq qilib har bir ustoz-murabbiy, sport ustalari va pedagoglar o‘z uslublarida shu qonuniyatlarni ustuvor qoidaga aylantirsagina maqsadga muvofiq bo‘lardi.



Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling