Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana15.06.2020
Hajmi1.96 Mb.
#118874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ekonometrika fanining predmeti usullari vazifalari va asosiy tushunchalari



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
 
 
Тузувчи: Х.Шодиев 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2017 
 


 
 
 
1.1.  Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti 
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy 
munosabatlarga 
miqdoriy 
o’lchamlarni  berishdan  iborat.  “Ekonometrika” 
iborasi(so’zi)  1910  yilda  (Avstro-Vengrya)  buxgalter  P.Tsemp  tomonidan  kiritilgan 
(u  “ekonometriya”  degan).  Tsemp,  “Agar  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlariga 
algebriya  va  geometriya  usullarini  qo’llansa,  u  holda    xo’jalik  faoliyati    natijalari 
to’g’risida  yanada    chuqurroq  tasavvurga  ega  bo’lish  mumkin”  deb  ta’kidlagan. 
Ushbu  ibora  ko’p  vaqt  davomida  ishlatilmagan  bo’lsada,  “ekonometrika”  iborasi 
iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.  
Iqtisod  fanida  yangi  yo’nalish  -  “ekonometrika”  1930  yilda  paydo  bo’ldi. 
“Ekonometrika”  (grekcha  “metron”)  so’zi  ikkita  “ekonomika”  va  “metrika” 
so’zlarining  birlashmasidan  tashkil  topgan.  Shunday  qilib,  iboraning  o’zida 
ekonometrikani  fan  sifatida  uning  xususiyati  va  mazmuni  ifodalanadi.  Uning 
mazmuni:  iqtisodiyot  nazariyasi  tomonidan  ochilgan  va  asoslangan  aloqa  va 
munosabatlarni  miqdoriy  ifodalashdan  iborat.  Demak  ekonometrika  iqtisodiy 
hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. 
Ekonometrikaning  yuzaga  kelishi  iqtisodiyotni  o’rganishda  bir  nechta  fanlarni 
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika 
va  matematik  usullarni  birlashtirish  va  o’zaro  to’ldirish  natijasida  yuzaga  kelgan. 
1-MA’RUZA 
 
EKONOMЕTRIKA FANINING PRЕDMЕTI, USULLARI, 
VAZIFALARI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI 
REJA:
 
1.1. 
 
Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti
 
1.2. 
 
Modellashtirish tushunchasi, turlari
 
1.3. 
 
Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari
 


 
Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi 
tadbiq etilgan. 
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda 
u  ekonometrikaga  quyidagicha  ta’rif  bergan:  “Ekonometrika-bu  o’sha  iqtisodiy 
statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning 
ham  o’zi  emas.  Ekonometrika  matematikani  iqtisodga  qo’llash  ham  emas.  Tajriba 
shuni  ko’rsatadiki  har  uchchala  statistika,  iqtisodiyot  nazariyasi  va  matematika 
fanlarining  komponentalari  zamonaviy  iqtisodiy  xayotni  miqdoriy  tomonlarini 
anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir. 
Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. 
Shunday  qilib,  ekonometrika-bu  iqtisodiy  jarayon  va  hodisalarni  o’zaro 
bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir.  
Ekonometrik  usullar  oliy  statistika  deb  nomlanuvchi  juft  va  ko’p  o’lchovli 
regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa 
davriy  qatorlar  komponentalari,  statistik  baholash  usullari  asosida  yuzaga  kelgan  va 
rivojlangan.  
R.Fisher  shunday  deb  yozgan:  “Statistik  usullar  ijtimoiy  fanlarda  muhim 
element  hisoblanadi  va  aynan  shu  usullar  yordamida  ijtimoiy  bilimlar  fan 
darajasigacha ko’tarilishi mumkin”. 
Birinchidan  –ekonometrika  o’ziga  xos  bo’lgan  usullar  tizimi  sifatida  iqtisodiy 
o’zgaruvchilar  va  ular  orasidagi  bog’lanishlarning  xususiyatlarini  tasvirlagan  xolda 
o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya tenglamasiga 
na  faqat  birinchi  darajali  o’zgaruvchilarni  kiritildi  balki  natijaga  maksimal  yoki 
minimal  (ozmi-ko’pmi)  darajada  ta’sir  etuvchi  qiymatlarni  akslantiruvchi  iqtisodiy 
o’zgaruvchilarning  optimal  xususiyatlarini  ifodalash  maqsadida,  ikkinchi  darajali 
o’zgaruvchilarni  ham  kiritila  boshlandi.  Masalan:  Ekinlarni  o’g’itlantirishning 
hosildorlikka  ta’sirini    ko’radigan  bo’lsak,  ekinlarni  ma’lum  bir  darajada 
o’g’itlantirish  uning  xosildorligini  oshiradi;  lekin  o’g’itlantirish  me’yor  darajasidan 
ortishi  hosildorlikni  ortishiga  olib  kemaydi  balki,  hosildorlikni  pasayishiga  olib 
kelishi mumkin. Xuddi shunday ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning ta’siri 


 
haqida  gapirish  mumkin(masalan,  ishchilar  sonini  ortishini  mehnat  unumdorligiga, 
daromadlarni ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini iste’moliga ta’siri va h.k.). 
Ikkinchidan-regressiya  tenglamasida  mustqil  komponentalar  sifatida  qaraluvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning o’zaro ta’siri aks etadi. 
Masalan, quyidagi regressiyani ko’raylik, 
 
 
Albatta  bu  tenglamada    o’zaro  ta’sir  effekti  (
3
b
-parametri)  statistika  nuqtai 
nazaridan  qiymatga  ega  bo’lmasligi  ham  mumkin.  Ammo  iqtisodiy  nuqtai  nazardan 
ma’noga ega. 
Iqtisodiy  tadqiqotlarda  regressiya  tenglamalari  o’zlari  ma’noga  ega  bo’la 
boshladilar.  Masalan,    tannarxni 
 
y
ishlab    chiqarish    hajmiga 
 
x
(mahsulot  birligi 
miqdori) bog’liqligi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
'
'
'lg
'
( '
)
(
)
Ishlabchiqarish
Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish hajmiga
xarajatlari
hajmiga bog liq
bog liq bo
an xarajatlar
bo lmagan xarajatlar
o zgaruvchi xarajatlar
doimiy xarajatlari


 
 
Tenglikni ikkala qismini ishlab chiqarish harajatlari hajmi 
 
x
bo’lsak, quyidagini 
olamiz: 
'
Bir mahsulot birligi
Bir mahsulot
Bir mahsulot
hisobida ishlab
birligiga doimiy
birligiga o zgaruvchanxarajatlar


 
 
 
Bunday  tenglamalarning  parametrlari  kichik  kvadratlar  usuli  bilan  baholanishi 
mumkin, ushbu parametrlarning  xususiyatlari shundan iboratki ularning har biri aniq 
iqtisodiy ma’noga ega.  
 Ekonometrik tadqiqotlar quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: 
xz
b
z
b
x
b
a
y
3
2
1




 
 
bx
a
yx


xz
b
z
b
x
b
a
y
3
2
1




 
 
b
x
a
у


 
 


 
-  iqtisodiy  o’zgaruvchilar  orasidagi  bog’lanishlarni  sifat  jihatdan  tahlil  qilish, 
ya’ni bog’langan (
j
y
) va bog’liq bo’lmagan (
k
x
) o’zgaruvchilarni ajratish; 
- ma’lumotlarni tanlash; 

j
y
va 
k
x
o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish shaklini aniqlash; 
- model parametrlarini aniqlash; 
- sohta o’zgaruvchilarni kiritish; 
- avtokorrelyatsiyani aniqlash; 
- trendlarni, davriy va tasodifiy komponentalarni aniqlash; 
- bog’lanish shaklini aniqlash va birpaytli tenglamalar tizimini tuzish; 
- identifikatsiya shartlarini tekshirish; 
- birpaytli tenglamalar tizimining parametrlarini baholash; 
-  davriy  qatorlar  tizimi  asosida  modellashtirish:  statsionarlik  va  kointegratsiya 
muammolari; 
- integratsiya muammolari va parametrlarni baholash. 
Ekonometrik  model  o’zaro  bog’langan    o’zgaruvchilarning  nazariy  jihatlari  va 
ular orasidagi bog’lanish xususiyatlariga asoslanadi. 
O’zaro  bog’lanishlarni  ifodalashda  asosan,  ularning  sifat  tomonlarini  tahlil 
qilishga ko’proq e’tibor beriladi. 
Shuning  uchun  ekonometrik  tadqiqotlar  bosqichlariga  quyidagilarni  kiritish 
mumkin. 
- muammoning qo’yilishi; 
- ma’lumotlar yig’ish, ularni sifatini tahlil qilish; 
- model xususiyatini aniqlash; 
- parametrlarni baholash; 
- echimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish. 
Bu  bosqichlar  barcha  tadqiqotlar  uchun  xos  bo’lib,  qanday  ma’lumotlardan 
foydalanishidan qat’iy nazar va zamonga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. 


 
1.2. Modellashtirish tushunchasi, turlari 
Hozirgi  paytda  iqtisodiy  fan  va  amaliyot  amaliy  matematika  yutuqlaridan 
tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik 
masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. 
Zamonaviy  iqtisodiyot  nazariyasi  ham  mikro-,  ham  makrodarajada  tabiiy, 
zaruriy  element  sifatida  matematik  modellar  va  usullarni  o’z  ichiga  oladi. 
Matematikadan  iqtisodiyotda  foydalanish  iqtisodiy  o’zgaruvchilar  va  ob’ektlarning 
eng  muhim,  ahamiyatli  boѓlanishlarini  ajratishga  va  formal  tasvirlashga,  iqtisodiyot 
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga 
imkon beradi. 
 
 
 
 
 
 
 
Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular 
juda  murakkab  bo’lmasligi  kerak  —  binobarin,  ular  albatta  faqat  soddalashtirilgan 
nusxalar  bo’ladi.  Biroq,  ikkinchi  tomondan,  modellarni  o’rganishdan  olingan 
xulosalarni  haqiqiy  ob’ektlarga  ham  qo’llash  lozim,  demak,  model  o’rganilayotgan 
haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak. 
Modellashtirish  deganda  modellarni  qurish,  o’rganish  va  qo’llash  jarayoni 
tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:  
1) sub’ekt (tadqiqotchi);  
2) tadqiqot ob’ekti;  
3) o’rganuvchi  sub’ekt  bilan  o’rganilayotgan  ob’ektning  munosabatlarini 
vositalovchi model. 
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi 
va  asta-sekin ilmiy  bilimlarning  qurilish  va  arxitektura,  astronomiya,  fizika,  ximiya, 
Model  —  bu  shunday  moddiy  yoki  xayolan  tasavvur  qilinadigan 
ob’ektki,  qaysiki  tadqiqot  jarayonida  haqiqiy  ob’ektning  o’rnini  shunday 
bosadiki,  uni  bevosita  o’rganish  haqiqiy  ob’ekt  haqida  yangi  bilimlar 
beradi.  Modellarni  qurishda  tadqiq  qilinayotgan  hodisani  belgilovchi 
muhim  omillar  aniqlanadi  va  qo’yilgan  masalani  echish  uchun  muhim 
bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. 
 


 
biologiya  va,  nihoyat,  ijtimoiy  fanlar  kabi  tobora  yangi  sohalarini  qamrab  ola 
boshladi.  Birinchi  matematik  modellar  F.Kene  (1758  y.,  iqtisodiy  jadval),  A.Smit 
(klassik  makroiqtisodiy  model),  D.Rikardo  (xalqaro  savdo  modeli)  tomonidan 
ishlatilgan.  XX  asr  zamonaviy  fanning  amalda  barcha  sohalarida  modellashtirish 
usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. 
Turli  iqtisodiy  hodisalarni  o’rganish  uchun  ularning  iqtisodiy  modellar  deb 
ataluvchi  soddalashtirilgan  formal  tasvirlaridan  foydalaniladi.  Iste’mol  tanlovi 
modellari, firma  modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va  moliya bozorlaridagi 
muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiy-matematik  modelllarni  amaliyotda  qo’llash  usullari  iqtisodiy-
matematik  usullar  deb  ataladi.  Iqtisodiy-matematik  usullar  (IMU)  iqtisodiyotni 
o’rganish  uchun  birlashtirilgan  iqtisodiy  va  matematik  fanlarning  uyushmasidir.  Bu 
tushuncha  fanga  XX  asrning  60-yillarida  akademik  V.S.Nemchinov  tomonidan 
kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi. 
Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish 
tizimi  ijodiy  yondashuvni  talab  etuvchi  xo’jalik  muammolarining  to’la  tsiklini 
qamrab olishi kerak. 
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti: 

  makroiqtisodiyot  (xalq  xo’jaligi)  va  uning  tarmoqlarida  kechayotgan 
iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rganish; 

  aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va iqtisodiy 
ma’nosini tushunish; 
Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni 
tahlil  qilish  yoki  boshqarish  maqsadida  ularning  matematik  tasvirlanishi, 
ya’ni  iqtisodiy  masalaning  matematik  yozuvi.  Iqtisodiy  ob’ektning 
matematik  modeli  —  bu  uning  funktsiyalar,  tenglamalar,  tengsizliklar, 
mantiqiy  munosabatlar,  grafiklar  majmuasi  ko’rinishidagi  aks  ettirilishi. 
Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt elementlarining  munosabatlari 
guruhlarini  model  elementlarining  shunga  o’xshash  munosabatlariga 
birlashtiradi. 
 

10 
 

  iqtisodiy  masalalarni  echish  usullarini,  shuningdek  kompyuterda  hisoblash 
tajribalarini  o’tkazish  va  ularning  natijalarini  tahlil  qilishni  o’rganishdan 
iborat. 
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining vazifalari: 

  iqtisodiy  jarayonlarning  matematik  modellarini  qurish  va  ularni  echish 
usulini tanlash; 

  matematik  modellarni  tahlil  qilish  asosida  iqtisodiy  jarayon  qonuniyatlari 
haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish; 

  makro-  va  mikroiqtisodiyotda  qo’llanilayotgan  turli  matematik  modellarni 
o’rganishdan iborat. 
Iqtisodiy-matematik modellarning tasnifi 
Modellashtirish  va  modellar  o’zining  turli  sohalardagi  tadbiqlariga  qarab, 
moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo’linadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ammo  moddiy  modellashtirishdan  iqtisodiy  maslalarni  echish  uchun 
foydalanishda ma’lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni biror sohasini 
o’rganish  bilan  butun  iqtisodiy  ob’ekt  haqida  xulosa  chiqarib  bo’lmaydi.  Ko’pgina 
iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratish qiyin bo’ladi va ko’p xarajat 
talab etadi. 
 
 
 
Moddiy  modellar  asosan  o’rganilayotgan  ob’ekt  va  jarayonni 
geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, 
ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va 
turli  xil  fizik,  ximik  va  boshqa  xildagi  maketlar  bunga  misol  bo’la  oladi. 
Bu  modellar  yordamida  turli  xil  texnologik  jarayonlarni  optimal 
boshqarish,  ularni  joylashtirish  va  foydalanish  yo’llari  o’rganiladi. 
Umuman  olganda,  moddiy  modellar  tajribaviy  xarakterga  ega  bo’lib, 
texnika fanlarida keng qo’llaniladi. 
birlashtiradi. 
 
Abstrakt  (ideal)  modellar  inson  tafakkurining  mahsuli  bo’lib,  ular 
tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy 
tadqiqotlarda,  boshqarish  sohalarida,  asosan,  abstrakt  modellashtirishdan 
foydalaniladi. 

11 
 
 
 
Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma’lum tillarga asoslangan belgilar majmuidan 
iborat.  O’z  navbatida,  belgili  abstrakt  modellar  matematik  va  logik  tillar  shaklidagi 
matematik logik modellarni ifodalaydi. 
Matematik  modellashtirish  turli  xil  tabiatli,  ammo  bir  xil  matematik 
boѓlanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir. 
Hozirgi  paytda  matematik  modellashtirish  iqtisodiy  tadqiqotlarda,  amaliy 
rejalashtirishda  va  boshqarishda  etakchi  o’rin  egallib,  kompyuterlashtirish  bilan 
chambarchas boѓlangan. 
Iqtisodiy-matematik modellar turli asoslarga ko’ra tasniflanadi. 
Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning 
umumiy  xususiyatlari  va  qonuniyatlarini  tadqiq  qilishda  ishlatiladigan  nazariy-
analitik  modellarga  va  tayinli  iqtisodiy  masalalarni  echishda  qo’llaniladigan  amaliy 
modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi. 
Iqtisodiy-matematik  modellar  iqtisodiyotning  turli  tomonlari  (xususan,  uning 
ishlab  chiqarish-texnologik,  ijtimoiy,  hududiy  tuzilmalari)ni  va  uning  alohida 
qismlarini tadqiq qilish uchun mo’ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan 
iqtisodiy jarayonlar va muammolar mazmuni bo’yicha tasniflashda butun iqtisodiyot 
modellari (makroiqtisodiy modellar)ni va uning quyi tizimlari — tarmoqlar, hududlar 
va hokazolarning modellari, ishlab chiqarish, iste’mol, daromadlarni shakllantirish va 
taqsimlash,  mehnat  resurslari,  baholarni  shakllantirish,  moliyaviy  aloqalar  va  shu 
kabilar  modellarining  majmualari  (mikroiqtisodiy  modellar)ni  ajratib  ko’rsatish 
mumkin. 
Tuzilmaviy  modellar  ob’ektlarning  ichki  tuzilishi,  tarkibiy  qismlari,  ichki 
parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi 
tadqiqotlarda  ko’proq  tuzilmaviy  modellar  qo’llaniladi,  chunki  quyi  tizimlarning 
o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta  ahamiyatga ega. O’ziga 
xos  tuzilmaviy  modellar  sifatida  tarmoqlararo  aloqalar  modellarini  olish  mumkin. 
Funktsional  modellar  iqtisodiy  boshqarishda  keng  qo’llaniladi,  bunda  ob’ektning 

12 
 
holati  («chiqish»)ga  «kirish»ni  o’zgartirish  yo’li  bilan  ta’sir  ko’rsatiladi. 
Iste’molchilarning  tovar-pul  munosabatlari  sharoitidagi  xatti-harakatlari  modeli 
bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham 
funktsional  model  bilan  tasvirlanishi  mumkin.  Masalan,  alohida  tarmoq  tizimini 
rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har 
bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin. 
 
 
 
 
 
 
Statik  modellarda  barcha  bog`lanishlar  vaqtning  tayinli  payti  yoki  davriga 
tegishlidir.  Dinamik    modellar  iqtisodiy  jarayonlarning  vaqt  bo’yicha  o’zgarishini 
tavsiflaydi.  Qaralayotgan  vaqt  davrining  uzunligiga  qarab  bashoratlash  va 
rejalashtirishning  qisqa  muddatli  (bir  yilgacha),  o’rta  muddatli  (5  yilgacha),  uzoq 
muddatli  (10-15  va  undan  ko’proq  yilgacha)  modellari  farqlanadi.  Iqtisodiy-
matematik  modellarda  vaqtning  o’zi  yo  uzluksiz,  yo  diskret  ravishda  o’zgarishi 
mumkin. 
Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik boѓlanishlarning shakli bo’yicha 
juda xilma-xildir.  Ayniqsa  tahlil va hisoblashlar uchun eng qulay  bo’lib, shu tufayli 
keng  tarqalgan  chiziqli  modellar  sinfini  ajratib  ko’rsatish  muhimdir.  Chiziqli  va 
chiziqli  bo’lmagan  modellar  orasidagi  farqlar  nafaqat  matematik  nuqtai  nazardan, 
balki  nazariy-iqtisodiy  jihatdan  ham  muhimdir,  chunki  iqtisodiyotdagi  ko’p 
boѓlanishlar  aniq  chiziqli  bo’lmagan  tabiatga  ega:  ishlab  chiqarish  o’sganda 
resurslardan  foydalanish  samaradorligi,  ishlab  chiqarish  ko’payganda  yoki 
daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining o’zgarishi va h.k. 
Iqtisodiyot  modellari  fazoviy  omillar  va  shartlarni  o’z  ichiga  olishiga  qarab 
fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi. 
Determinirlangan  modellar  model  o’zgaruvchilari  orasidagi  qat’iy 
funktsional bog`lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq 
qilinayotgan  ko’rsatkichlarga  tasodifiy  ta’sirlarning  borligiga  yo’l  qo’yadi 
hamda  ularni  tasvirlash  uchun  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik 
statistikaning vositalaridan foydalanadi. 
 

13 
 
Shunday  qilib,  iqtisodiy-matematik  modellarning  umumiy  tasnifi  o’ndan ortiq 
asosiy  belgilarni  o’z  ichiga  oladi.  Iqtisodiy-matematik  tadqiqotlarning  rivojlanishi 
bilan  qo’llanilayotgan  modellarni  tasniflash  muammosi  murakkablashadi.  Yangi 
turlar  (ayniqsa  aralash  turlar)dagi  modellarning  va  ularni  tasniflash  yangi 
belgilarining  paydo  bo’lishi  bilan  bir  qatorda  har  xil  turdagi  modellarning 
murakkabroq qurilmalarga birlashishi jarayoni amalga oshadi. 
Iqtisodiy-matematik  usullardan  matematik  iqtisodiyotda  va  ekonometrikada 
qo’llaniladigan  usullarni  alohida  ajratib  ko’rsatish  lozim.  Matematik  iqtisodiyot  — 
iqtisodiy  fanning  iqtisodiy  jarayonlar  matematik  modellarining  xossalari  va 
echimlarini  tahlil  qilish  bilan  shuѓullanadigan  bo’limidir.  Matematik  iqtisodiyotda 
tayinli  formal  asoslar  (chiziqlilik,  qavariqlik,  monotonlik  va  shu  kabi  boѓliqliklar, 
kattaliklar  o’zaro  boѓliqligining  konkret  formulalari)ga  asoslangan  nazariy  modellar 
tadqiq  qilinadi.  Matematik  iqtisodiyotning  vazifasi  model  echimining  mavjudligi, 
uning  nomanfiyligi,  statsionarligi  shartlari,  boshqa  xossalarning  borligi  haqidagi 
muammoni o’rganishdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ekonometrika  —  iqtisodiyotdagi  miqdoriy  qonuniyatlar  va  o’zaro 
bog`liqliklarni  matematik  statistika  usullari  yordamida  tadqiq  qiluvchi  fan. 
Bu  usullarning  asosi  —  korrelyatsiyaviy-regressiyaviy  tahlil.  Ekonometrika 
empirik ma’lumotlarni o’rganish asosida iqtisodiy boѓliqliklar va modellarni 
statistik baholash va tahlil qilish bilan shuѓullanadi. Iqtisodiy o'lchash - tom 
ma'noda ekonometriyani anglatadi.
1
 
 

14 
 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling