Olloh tomonidan berilgan hayotni mazmunlio'tkazib, boriga shukur qilib yashashga o'rganaylik


Download 13.34 Kb.
Sana12.08.2020
Hajmi13.34 Kb.
#126031
Bog'liq
HIKOYA


Hayot….

Hayot. Shu birgina so'z tarkibida bir olam ma'no mujassam. Odatda, insonning tug'ilganidan to o'limiga qadar bosib o'tgan yo'li uning hayoti hisoblanadi. Lekin kimningdir hayoti «uzun» bo'lsa, kimnikidir «qisqa».

Hayotning uzun-qisqaligi muhimmi? Yoki hayotning qanday o'tganligi muhimmi? Albatta, hayot qay darajada sermazmun, foydali o'tganligi muhim (Bu mening nazdimda).

Faylasuflardan biri shunday degan ekan: «Hayot- ko'p qirralidir, uning qirrasiga boq». To'g'ri, bu hayotning qirrasi- pats-u balandi bor, goho yiqilasan, goho turasan! Ammo hammasi o'zingning qo'lingda.

Inson yaralibdiki, bu hayotda xatoliklarga yo'l qo'yadi. Shunday paytlar bo'ladiki, hatto uning ko'ziga bu hayot qorong'u, zulmat bo'lib ko'rinadi. Shu onda unga kimningdir daldasi, mehri, tayanchi-umumiy aytganda yordami zarur bo'ladi. Agar unga taskin, dalda berilsa, u yana yashashga, yana hayoti uchun kurashishga intiladi.

Har bir inson hayotda ko'zlagan maqsadiga erishish yo'lida tinmay harakat qiladi. Shunday paytlar bo'ladiki, hayotning o'zi bizni tarbiyalab qo'yadi. Bu deganiki, hayotda biz yaxshiga ham, yomonga ham duch kelamiz. Birni ko'rib fikr qilsak, birni ko'rib shukur qilamiz. Boshimizga qiyinchilik tushsa, qiynalib bo'lsa ham yashashda davom etamiz. Lekin ayrim paytlarda esa, bu hayotdan noliymiz. Noshukurlik qilamiz. Qachondir ko'zimiz ochiladi, ammo kech bo'ladi.

Olloh tomonidan berilgan hayotni mazmunlio'tkazib, boriga shukur qilib yashashga o'rganaylik.
Download 13.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling