Olmaliq 2020 Laboratoriya ishi №3


Download 498.51 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi498.51 Kb.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Tayyorladi: MTIF kafedrasi assisenti Mirzaxmedov R.M.



Olmaliq 2020

Laboratoriya ishi № 3

Mavzu: Kimyoviy reaksiyalarning tezligi va kimyoviy muvozanat.

Ishning maqsadi: Kimyoviy kinetika haqidagi tushunchalarni o’zlashtirish, kimeviy reaktsiyalarni tezligini, unga turli omillarning ta’sirini va muvozanat siljishini o’rganish.

Reaktivlar: H2O-distillangan suv, Ca(ON)2-oxakli suv (rangsiz eritma), CaCO3-kaltsiy karbonat (bo’r), NaCI-natriy xlorid(oq kristall modda), FeC13-temir xlorid (qizg’ish qo’ng’ir rangli eritma), KSCN-kaliy radonid (rangsiz eritma), NH4SCN-ammoniy radonid (rangsiz eritma), Na2S2O3-natriy tiosulfat(rangsiz eritma), H2SO4- sulfat kislota(rangsiz eritma), 10%-li HCI-xlorid kislota (rangsiz eritma). Indikatorlar- neytral lakmus (siyox rang eritma), fenolftalein (rangsiz eritma), metiloranj (sarg’ish eritma), universal indikator va lakmus qog’ozlari.

Asbob uskunalar: Probirkalar, shisha stakanlar, o’lchov byuretkalari, shtativlar, xarorat termometri, issiq suv, vaqt o’lchash uchun sekundomer.

Tajriba-1. Reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsenratsiyasining reaktsiya tezligiga ta’siri

Kimeviy reaktsiya tezligiga kontsentratsiyaning ta’siri natriy tiosulfat bilan sulfat kislota o’rtasidagi reaktsiya misolida o’rganiladi:



Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + SO2 + S↓ + H2O

Bunda avval kuchsiz opalestsensiya xodisasi sodir bo’lib, so’ngra oltingugurt o’kmaga tushishi natijasida eritma loyqalanadi.

Tajribani boshqarish vaqtida eritmalarni o’zaro aralashtirish reaktsiyaning boshlanishi, oltingugurt cho’kmasi xosil bo’lishi esa reaktsiyaning tugashi deb xisoblanadi. Shuning uchun reaktsiya boshlanishidan to oltingugurt cho’kmasi xosil bo’lgunga qadar ketgan vaqt kimyoviy reaktsiya tezligini xarakterlaydi.

Bitta quruq probirkaga tajriba uchun 1 jadvalda (xisobotga qarang) ko’rsatilgan millilitrda natriy tiosulfatdan va suvdan, ikkinchi probirkaga sulfat kislotadan quyiladi. Natriy tiosulfat eritmasiga sulfat eritmasini tezda quyib vaqt belgilanadi, probirkada qancha vaqtdan so’ng (sekund xisobida) loyqalanish xosil bo’lishini sekundomer yordamida aniqlanadi. Shu tartibda jadvalda ko’rsatilgan № 2,3 xajmda eritmalardan olib

tajriba yana qaytariladi. Olingan natijalarni 1-jadvalga yoziladi.

Bajarilgan reaktsiya uchun massalar ta’siri qonunining matematik ifodasini yozing. Kuzatish natijalarini grafik tarzida

ifodalang.

Tajriba-2. Kimeviy reaktsiyalar tezligiga xaroratning ta’siri.

Ikkita probirganing biriga natriy tiosulfat eritmasidan 2 ml , ikkinchisiga sulfat kislota eritmasidan 2 ml quyiladi. Bitta stakan 1/3 xajmigacha suv quyib, ikkala probirkani suvli stakanga solib qo’yiladi va probirkalardagi eritmalar suvning xaroratini o’ziga qabul qilguncha 4-5 minut kutiladi. Stakandagi suvning xaroratini termometr yordamida o’lchab yozib olinadi. Natriy tiosulfatli probirkaga sulfat kislota eritmasi quyiladi va loyiqalanish vaqti belgilab olinadi. Stakandagi suvning xaroratini issiq suv yordamida boshlang’ich xaroratga nisbatan 100 va 200 C ga oshirib tajribani yana ikki marta qaytariladi.

Olingan natijalarni 2-jadvalga yozing. Xarorat koefitsientini tezlik qiymatlaridan foydalanib xisoblang. Reaktsiya tezligining xaroratga bog’liqligini grafigini chizing.

Tajriba –3 Geterogen kimyoviy reaktsiyalar tezligiga chegara

sirtining ta’siri

CaCO3 dan (bo’r) tarozida tortib, xar biri tahminan 0,5 g bo’lgan ikkita namuna oling. Namunalardan birinchisi kukun xoligacha maydalangan, ikkinchisi esa kichkina bo’lakchalar xolida bo’lsin. Ikkita probirkaga1/4 xajmigacha 10% xlorid kislota eritmasidan quying va ularga bir vaqtda bo’r namunalarini soling. Probirkalarning qaysi birida reaktsiya tezroq tugaydi.

Reaktsiya tenglamasini yozing. Nima uchun ikkala xolda ham reaktsiya tezligi har xil bo’lish sababini izohlang.



Tajriba-4 Kimyoviy muvozanatning siljishi

Probirkaning yarim xajmigacha distillangan suv quying va unga bir tomchidan temir(III) xlorid bilan kaliy rodanid yoki amoniy rodanidning kontsentralangan eritmalardan qo’shing. Xosil bo’lgan rangli eritmani to’rtta probirkaga bo’ling va ulardan birini tajriba natijalarini solishtirish uchun etalon sifatida olib qo’ying. So’ngra birinchi probirkaga 3-4 tomchi FeC13 ikkinchisiga 2-3 tomchi KSCN yoki NH4SCN eritmasidan tomizing, uchinchisiga esa ozgina KC1 yoki NaC1 kristallidan soling va probirkalarni yaxshilab chayqating. Xosil bo’lgan eritmalar rangini etalon sifatida olib qo’yilgan probirkadagi eritma rangi bilan solishtiring. Reaktsiya tenglamasini va reaktsiyaning muvozanat konstantasini ifodasini yozing. Eritmalar rangining o’zgarishi bilan muvozanatning qaysi tomonga siljishini aniqlang va natijalarni xisobotga yozing.



E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 498.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling