Olmos Rahmonov 1


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2020
Hajmi0.5 Mb.
#167051
Bog'liq
Singular and Plural by Olmos Rahmonov


Olmos Rahmonov

 

 



 

 

 

 

 

 

SINGULAR 



PLURAL 

 

by Olmos Rahmonov 

 

 

Olmos Rahmonov

 

 



 

 

 

Muallif: Ushbu ma’lumotlarni boshqa kanallarga tarqatmasligingizni va mening nomimni olib tashlab,  

o’zingizning o’qib o’rganishdan boshqa maqsadlaringiz uchun foydalanmasligingizni iltimos qilaman.  

Bu mening intellektual mulkimdir!  

Birovning mulkiga ko’z olaytirish esa muqaddas dinimizda va davlatimiz qonunlarida ham qoralangan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Olmos Rahmonov

 

 



Singular and Plural. 

(Birlik va ko’plik) 

 

Ingliz  tilida  sanaladigan  otlarni  ko’plikka  o’tkazish  uchun  aksariyat 

hollarda  -s  yoki  -es  qo’shimchalaridan  foydalaniladi.  Biroq  ba’zi  hollarda 

otlarning maxsus ko’plik shakllari ham bor. Otlarni ko’plikka o’tkazish tartibini 

quyida o’rganib chiqamiz: 

 

1.  Agar  birlikdagi  ot  “undosh+y”  bilan  tugagan  bo’lsa,  y  harfi  i  harfiga 

o’zgartiriladi  va  -es  qo’shimchasi  qo’shiladi.  Natijada  ko’plikdagi  otning  oxiri   

-ies harflari ketma-ketligi bilan tugaydi.  

 

Singular  

… consonant+y 

baby – bola, chaqaloq 

lady – xonim 

ferry – parom 

party – bazm, ziyofat 

 

Plural 

… consonant+ies 

babies  


ladies 

ferries  

parties 

 

Biroq,  agar  birlikdagi  ot  “unli+y”  bilan  tugaydigan  bo’lsa,  faqat  -s 



qo’shimchasi qo’shiladi xolos. Boshqa o’zgarish bo’lmaydi. 

Singular  

day – kun 

key – kalit 

boy – bola  



Plural 

days 


keys 

boys 


 

Note – eslatma.  

Agar,  atoqli  ot  “undosh+y”  bilan  tugasa,  ko’plikka  o’tkazish  uchun  faqat  -s 

qo’shimchasi qo’shiladi, y harfi o’zgarishsiz qoldiriladi. 

 

Singular  

Kennedy 


February  

 

Plural 

the Kennedys 

Februarys 

 

Do you know the Kennedys? 



Kennedilar oilasini bilasizmi? 

 

I hate Februarys. 



Men fevral oylarini 

yoqtirmayman. 

 


Olmos Rahmonov

 

 



2. Agar birlikdagi ot -sh , -ch, -s, -x, -z harflari bilan tugasa ko’plikda -es 

qo’shimchasi qo’shiladi. 



 

Singular  

… ch/sh/s/x/z 

Church – cherkov 

crash – to’qnashuv 

bus – avtobus 

box – qutti 

buzz – ming’ir-ming’ir 



 

Plural 

… ches/shes/ses/xes/zes 

Churches 

crashes  

buses 


boxes 

buzzes  


 

Note – eslatma.  

Agar ot bitta “z” harfi bilan tugagan bo’lsa, -es qo’shimchasi qo’shilganda 



“z” harfi ikkilanadi. 

 

Singular  

quiz – savol 

fez  – qalpoq (turkcha) 

 

Plural 

quizzes 


fezzes  

 

3.  Agar  birlikdagi  ot  -o  harfi  bilan  tugaydigan  bo’lsa,    ko’plikda  -es 

qo’shimchasini qo’shib oladi. 

 

Singular  

echo – exo 

hero – qahramon 

negro – negr  

potato – kartoshka 

tomato – pomidor 



 

Plural 

echoes  


heroes 

negroes 


potatoes 

tomatoes 

 

Biroq,  quyidagi  otlar  yuqoridagi  qoidadan  mustasno  (exception)  bo’lib, 



ko’plikka o’tganda faqat -s qo’shimchasi qo’shiladi. 

Singular  

radio – radio 

zoo – hayvonot bog’i 

video – video 

kangaroo – kenguru 

hippo – begemot 

rhino – karkidon 

Plural 

radios  


zoos 

videos 


kangaroos 

hippos 


rhinos 

Olmos Rahmonov

 

 



piano – pianino 

photo – fotosurat 

commando – hujumchi guruh 

concerto – konsert 

Eskimo – Eskimos (qabila) 

kilo – kilo 

logo – marka, emblem 

solo – solo (musiqa) 

soprano – soprano 

tattoo – tatuirovka  

pianos 

photos 


commandos 

concertos 

Eskimos 

kilos  


logos  

solos 


sopranos 

tattoos  

 

Note – eslatma. 

Quyidagi otlar ko’plikka o’tganda -s yoki -es qo’shimchalaridan birini 

farqsiz ravishda qo’shib oladilar. 

 

Singular  

buffalo – yovvoyi ho’kiz 

mosquito – pashsha 

tornado – tornado, quyun 

volcano – vulqon 

 

Plural 

buffalo(e) s 

mosquito(e)s 

tornado(e)s 

volcano(e)s 

 

4. Agar birlikdagi ot -f harfida tugaydigan bo’lsa, ko’plikda f  harfi v harfiga 

o’zgaradi va -es qo’shimchasi qo’shiladi. 

Singular  

calf – buzoq 

elf – elf 

half – yarim 

leaf – barg 

loaf – non 



Plural 

calves 


elves 

halves 


leaves  

loaves 


 

Shuningdek, -fe bilan tugaydigan otlarda ham f harfi harfiga o’zgaradi va -



s qo’shimchasi qo’shiladi. 

 

Singular  

knife – pichoq 

wife – rafiqa 

 

Plural 

knives 


wives 

 


Olmos Rahmonov

 

 



Biroq, quyidagi otlarda –f harfi o’zgarmaydi, ya’ni bu otlar yuqoridagi 

qoidadan mustasnodir. 

 

Singular  

roof – tom 

chief – rahbar 

handkerchief – dastro’mol 

 

Plural 

roofs 


chiefs  

handkerchiefs  

 

cliff – qoya  



            cliffs 

 

Note – eslatma. 

Quyidagi otlar 2 xil uslubda ko’plikka o’tadi. 

 

Singular  

dwarf – gnom, mitti odam 

hoof – tuyoq 

scarf – sharf 

wharf – bandargoh 

 

Plural 

dwarfs/dwarves 

hoofs/hooves 

scarfs/scarves  

wharfs/wharves  

 

5. Ba’zi otlar ko’plikka o’tganda, so’z o’zagida o’zgarish bo’ladi. Ularning 

o’zgarishi bir xil qonuniyatga bo’ysunmaydi. 



Singular  

child – bola 

foot – oyoq 

goose – g’oz 

louse – bit 

man – erkak 

woman – ayol 

tooth – tish 

ox – ho’kiz 

mouse – sichqon 

penny – penni (pul chaqasi) 

person – kishi 



Plural 

children  

feet 

geese 


lice 

men 


women 

teeth 


oxen 

mice 


pence 

people 


 

Note – eslatma. 

Rasmiy  hollarda  person  otining  ko’pligi  sifatida  persons  oti  qo’llanilishi 

mumkin. 

Shuningdek, people oti birlik bo’la olishi mumkin. Bu holda uning ma’nosi 



“millat” deb hisoblanadi va ko’pligi peoples bo’ladi: 

Olmos Rahmonov

 

 



People 

 

 



6.  Quyidagi  -s  bilan  tugaydigan  otlarning  birlik  shakli  ham  ko’plik  shakli 

ham bir xil ko’rinishga ega. 

 

 

Singular  

barracks – barak, kazarma 

series – serial, ko’p qismli dastur 

crossroads – chorraha 

species – tur, nav, xil 

headquarters – boshqarma 

works – zavod 

means – usul, metod, vosita 

Swiss – Shvetsariyalik 

 

Plural 

barracks  

series  

crossroads 

species 

headquarters  

works 

means 


Swiss  

 

Yuqoridagi  otlarning  birlik  yoki  ko’plikda  ekanligini  oddiy  so’z  holatida 



bilishning  iloji  yo’q.  demak  buni  bilish  uchun  ularni  gapda  boshqa  so’zlar 

bilan birga qo’llanilishiga e’tibor berish kerak. 

 

 

This     species   of moth  is  rare. 



Kapalakning bu turi kamyobdir.  

 

Bu holda “species” oti birlikda, chunki unga nisbatan birlikdagi ko’rsatkich, 



“this” va birlikdagi fe’l “is” qo’llanilgan. 

 

 



There   are   thousands of  species 

Minglab turlar bor.  

 

Bu  gapda  “species”  oti  ko’plikda.  Chunki  unga  nisbatan  “are”  fe’li 



qo’llanilgan. Qolaversa, “thousands of”“hundreds of” kabi birikmalardan 

keyin ko’plikdagi ot ishlatiladi. 

Biroq, ba’zi otlar -s harfi bilan tugasa ham faqat birlikda bo’ladi. Ularning 

ko’plik shakllari yo’q deb qaraladi. Ular masalan quyidagilar: 

 


Olmos Rahmonov

 

 



news – yangilik(lar) 

billiards – billiard 

draughts – shashka 

chess – shaxmat 

dominoes – domino 

darts – dart  

athletics – atletika 

gymnastics – gimnastika 

measles – qizamiq 

mumps – tepki  

 

Shuningdek, bunga fan nomlarini, soha nomlarini kiritish mumkin. 



 

mathematics – matematika 

physics – fizika 

linguistics – lingvistika 

politics – siyosat 

 

statistics – statistika 



phonetics – fonetika 

economics – iqtisodiyot 

acoustics – akustika 

 

Too much mathematics is usually taught in schools.  



Maktablarda odatda o’ta ko’p matematika o’qitiladi. 

Politics is a complicated business. 

Siyosat chigal biznesdir. 

Statistics is careful in language testing.  

Tilni test qilishda statistika foydalidir. 

Statistics is a branch of economics. 

Statistika iqtisodiyotning bir bo’limidir. 

 

Note – eslatma. 

Biroq, statistika to’g’risida umumiylik bo’lmasa, ya’ni aniqlashgan, maxsus 

statistika to’g’risida gap ketsa ko’plik fe’llarini qo’llash mumkin. 

 

The unemployment statistics are disturbing. 



Ishsizlik statistikasi xavotirli darajada. 

Your statistics are unreliable.  



Sening statistikang ishonchsiz. 

 

Quyidagi otlar transport turini va millatni ifodalaydi hamda birlik va ko’plik 



shakllari bir xil ko’rinishga ega. 

 

Singular  

aircraft – samolyot 

hovercraft – vertolyot 

spacecraft – kosmik kema 



 

Plural 

aircraft  

hovercraft  

spacecraft 



Olmos Rahmonov

 

 



Chinese – xitoyliklar 

Japanese – yaponlar 

sheep – qo’y 

deer – bug’u 

fish – baliq 

Chinese 


Japanese 

sheep 


deer 

fish 


Note – eslatma. 

fish  –  baliq  oti  agar  baliq  turini  ifodalab  kelsa,  ko’plik  qo’shimchasi  -es 

bilan ko’plikka o’tadi. 

 

There are many kinds of fishes. 



Baliqlarning ko’pgina turlari bor. 

 

Dozen, hundred, thousand, million, stone (=14 pounds), foot (=12 inches) 

otlari of predlogi bilan kelmagan holda ko’plik qo’shimchasini olmaydi. 

 

five hundred pounds – besh yuz funt 



several thousand times – bir necha ming marta 

a few million years – bir necha million yil 

 

Biroq, of predlogi bilan kelganda ko’plikda bo’ladi 



 

hundreds of pounds – yuzlab funt 

millions of years – millionlab yillar 

thousands of people – minglab odamlar 

 

Demak, “yuzlab”“minglab”“millionlab” kabi “-lab” qo’shimchasi bilan 



tarjima qilish uchun ingliz tilida ko’plik qo’shimchasi qo’shiladi. 

 

Dice – oshiq, shashqol. Ushbu ot aslida die otining ko’plikdagi shakli. Biroq 

zamonaviy  ingliz  tilida  dice  birlikda  ham  ko’plikda  ham  bir  xil 

ishlatilmoqda. 

 

Data – ma’lumotlar bazasi. Ushbu ot aslida lotincha so’z bo’lib, birlikdagi 

datum otining ko’plik shaklidir. Biroq hozirgi ingliz tilida data birlikda ham, 

ko’plikda ham qo’llanilmoqda. 

 

This data is … 



These data are … 

Olmos Rahmonov

 

 

10 



Media  –  ommaviy  axborot  vositalari.  Ushbu  ot  aslida  medium  otining 

ko’plik  shakli.  Biroq,  hozirgi  ingliz  tilida  medium  oti  sanalmaydigan  ot 

sifatida qo’llanilmoqda. 

 

7.  Ba’zi  so’zlar  ingliz  tiliga  boshqa  tillardan  kirib  kelgan  bo’lib,  ulardagi 

birlik  va  ko’plik  shakllari  o’sha  tillarning  o’zlaridagi  holatlar  bo’yicha 

saqlanib qolgan. Masalan:  

 

Singular  

analysis – analiz, tahlil 

appendix – ilova, qo’shimcha 

bacterium – bakteriya 

basis – baza, asos 

cactus – kaktus 

corpus – to’plam 

crisis – inqiroz, krizis 

criterion – kriteriy, mezon 

diagnosis – diagnoz, tashxis 

formula – formula 

fungus – suv o’ti 

hypothesis – gipoteza 

kibbutz – kibbutz 

nucleus – yadro 

oasis – voha, oazis 

phenomenon – ko’rinish 

radius – radius 

stimulus – stimul, turtki 

vertebra – oshiq (umurtqa suyagi) 

Plural 

analyses (Latin) 

appendices/appendixes (Latin) 

bacteria (Latin) 

bases (Greek) 

cacti (Latin) cactuses 

corpora (Latin) 

crises (Greek) 

criteria (Greek) 

diagnoses (Greek) 

formulae (Latin) formulas 

fungi (Latin) funguses 

hypotheses (Greek) 

kibbutzim (Hebrew) 

nuclei (Latin) 

oases (Greek) 

phenomena (Greek) 

radii (Latin) 

stimuli (Latin) 

vertebrae (Latin) 



 

8.  Agar  alfavitdagi  harflarni  ko’plikda  ifodalamoqchi  bo’lsak  harfga 

apostrof belgisi va -s qo’shimchasi qo’shiladi. Ya’ni, apostrof (’)+s. 

 

She spelt “necessary” with two c’s. 



U “necessary” so’zini 2 ta “s” bilan talaffuz qildi. 

 

 



 

Olmos Rahmonov

 

 

11 



Bu holat sanalarda va qisqartma so’zlarda ham qo’llanadi. 

 

I loved the 1960’s (yoki 1960s.) 



Menga 1960 yillar yoqqan. 

PC’s are getting cheaper. (yoki PCs) 

Shaxsiy kompyuterlar arzonlashib bormoqda. 

 

Boshqa otlarda bunday holat, ya’ni apostrof belgisi bilan ko’plikka o’tkazish 



holati uchramaydi. 

 

9.  Agar  ma’lum  bir  ot  predlogi  bilan  qo’shilgan  holda  qo’shimcha  ot 

shaklida bo’lsa, uning ko’plik shakli otning o’zini ko’plikka o’tkazish bilan 

yasaladi. 

Singular  

passer – by – o’tkinchi 

runner – up – 2-o’rin sohibi 

Plural 

passers – by 

runners – up 

 

Shuningdek, -in law birikmasi bilan qo’shilgan otlar, masalan “mother – in 



law”  oti  kabi  otlarda  ko’plik  birinchi  otni,  ya’ni  “mother”  otini  ko’plikka 

o’tkazish bilan hosil qilinadi.  



 

Singular  

mother – in law – qaynona 

brother – in law – qayin uka/aka 

 

Plural 

mothers – in law 

brothers – in law 

 

Note – eslatma. 

“court – martial – harbiy sud” otining ko’plik shakli “courts – martial” 

bo’ladi.  

 

10.  “Cattle  –  chorva”  oti  ko’plikdagi  ot  bo’lib  uning  birlik  shakli  yo’q. 

chunki  bu  ot  chorva  mollarining  barcha  turlarini,  masalan,  sigir,  buzoq, 



ho’kiz  va  hokazolarni  umumiy  tarzda  nazarda  tutadi.  Bu  otni  sanab  aytish 

ham mumkin emas, ya’ni “three cattle” deyish noto’g’ri

 

Many cattle are suffering from a disease called BSE. 

Ko’p chorva ensefalit deb ataluvchi kasallikdan aziyat chekmoqda. 

 


Olmos Rahmonov

 

 

12 



Police  –  politsiya,  staff  –  xodimlar,  crew  –  ekipaj  otlari  ham  doim 

ko’plikda bo’lgan otlardir. Demak, ularga nisbatan doim  ko’plikdagi fe’llar 

qo’llaniladi. 

 

The police are looking for a fair haired man in his twenties.  



The staff are on strike. 

 

Shuningdek, millatni ifodalaydigan otlar ham doim ko’plikda bo’ladi. 



 

The British – Britaniyaliklar 

The Dutch – Gollandlar 

The English – Inglizlar 

The French – Fransuzlar 

The Spanish – Ispanlar 

 

The Welsh – Velsliklar  



The Chinese – Xitoyliklar 

The Japanese – Yaponlar 

The Sudanese – Sudanliklar 

 

 



In 1581 the Dutch declared their independence from Spain. 

1581 yilda Gollandlar Ispaniyadan o’z mustaqilliklari bilan 

ajralganlar. 

 

Biroq yuqoridagi millatni ifodalovchi otlarga va “police” otiga “man” yoki 



“woman”  otlarini  qo’shib  bitta  yoki  bir  nechta  shaxslarni  o’zini  ifodalash 

mumkin. 


 

A Dutchman came into the shop.  

Bir golland do’konga kirib keldi. 

He noticed a policeman and got hired. 



U bir politsiyachini ko’rdi va berkindi. 

 

Juft otlar deb ataluvchi bir guruh otlar bo’lib, ular ham doim ko’plikda 



bo’ladi, ya’ni ularning birlik shakllari mavjud emas. Bunday otlar juft 

qismlardan tashkil topganligi uchun ham juft otlar deyiladi. 

 

trousers – shim 



jeans – jinsi 

pyjamas – pidjama  

pajamas – pidjama 

scales – tarozi 

 

scissors – qaychi 



glasses – ko’zoynak 

spectacles – ko’zoynak 

binoculars – durbin 

pliers – qisqich 



Olmos Rahmonov

 

 

13 



Your jeans are too tight. 

Sening jinsing o’ta tor ekan. 

Where are my glasses? – They are on your nose.  



Mening ko’zoynagim qayerda? – U sening burning ustida. 

 

Agar bunday otlarning aynan bir donasi to’g’risida gapirmochi bo’lsak, ular 



bilan “a pair of” birikmasini qo’llaymiz. 

 

Have you got a pair of nail-scissors?  



Sizda bittagina tirnoq qirqadigan qaychi bormi? 

I’ve bought a pair of trousers. 



Men bitta shim sotib oldim. 

 

Aynan  shu  birikma  yordamida  shu  buyumlarning  ko’plikdagi  sonini  ham 



ko’rsatish mumkin.  

 

I’ve bought two pairs of trousers. 



Men 2 dona shim sotib oldim. 

 

Demak,  



A pair of trousers/scissors/etc + is … 

Trousers/scissors/etc + are … 

 

Quyidagi  boshqa  otlar  ham  doimiy  ko’plikdagi  otlar  bo’lib,  birlik  shakliga 



ega emas. Demak, ularga nisbatan doimo ko’plikdagi fe’llarni qo’llash kerak. 

 

arms – qurol-yarog’ 



clothes – kiyim-kechaklar 

congratulations – tabriklar 

contents – mundarija 

customs – bojxona 

funds – jamg’arma 

goods – tovarlar 

groceries – oziq-ovqat mollari 

manners – o’zini tutish tarsi 

the Middle Ages – o’rta asrlar 

 

oats – suli 



odds – yuz berish ehtimoli, imkon 

outskirts – shahar cheti (tashqarisi) 

premises – inshoat, bino, mulk, yer 

regards – salomlar (maktub oxirida) 

remains – qoldiqlar 

savings – mablag’, yig’ilgan pul 

surroundings – tevarak atrof 

thanks – minnatdorchilik, tashakkur 

troops – askar, qo’shin 

 

 



Olmos Rahmonov

 

 

14 



Congratulations on your new job.  

Yangi ishingiz bilan tabriklayman. 

She lives on the outskirts of Cambridge. 



U Kembrijning chekkasida yashaydi. 

 

Singular nouns with plural verbs. 



(Birlikdagi otlar ko’plikdagi fe’llar bilan) 

 

1. Ingliz tilidagi family – oila, team – jamoa, government – hukumat kabi 

odamlar  guruhini  ifodalaydigan  birlikdagi  otlarga  nisbatan  birlikdagi  fe’llar 

va ko’plikdagi fe’llarni qo’llash mumkin. 

 

The team is/are going to lose. 

Jamoa yutqazib qo’yadi. 

 

Bunday  otlarga  agar  odamlar  jamoasi  sifatida  qaralsa,  biror  qaror  qilish, 



umid qilish yoki hohlashga o’xshagan ish-harakatlarni jamoa tarkibidagi har 

bir  odamning  alohida  bajarishi  nazarda  tutilsa,  ko’plikdagi  fe’llar  bilan 

ishlatiladi. 

 

My family have decided to move to York. They are going in April.  



Mening  oilam  Yorkga  ko’chib  ketishga  qaror  qildi.  Ular  aprel  oyida 

ko’chishmoqchi. 

My firm are wonderful. They do all they can for me. 



Mening firmam ajoyib. Ular men uchun qo’llaridan keladigan hamma 

ishni qilishadi. 

 

Biroq  jamoa  otlari  tarkibidagi  shaxslar  nazarda  tutilmasdan,  yagona  bir 



bo’lim  sifatida  nazarda  tutilsa,  birlikdagi  fe’llar  va  olmoshlar  bilan 

qo’llaniladi. 

 

The average family has 3.6. members. It is smaller than 50 years ago. 



O’rtacha hisobda oila 3,6 a’zoga ega. Bu esa 50 yil oldingiga 

qaraganda kichikroqdir. 

My firm was founded in the 18

th

 century. 



Mening firmamga 18-asrda asos solingan. 

 


Olmos Rahmonov

 

 

15 



Agar  jamoa  otiga  nisbatan  ergashgan  qo’shma  gapda  who  bog’lovchi 

olmoshi  qo’llanilgan  bo’lsa,  who  ga  nisbatan  ko’plikdagi  fe’l  ishlatiladi. 

Biroq  agar  which  bog’lovchi  olmoshi  qo’llanilsa,  which  ga  nisbatan 

birlikdagi fe’l ishlatiladi. 



Taqqoslash: 

The committeewho are hoping to 

announce important changes …  



Muhim o’zgarishlarni e’lon qilishga 

umid qilayotgan komissiya …  

The committee, which is elected at 

the annual meeting … 



Yillik yig’ilishda saylanadigan 

komissiya … 

 

Agar jamoa oti oldidan birlikdagi ko’rsatkichlar (a/an, each, every, this, that) 



qo’llanilsa, unga nisbatan birlikdagi fe’l yoki olmosh ishlatiladi.  

 

Taqqoslash: 



The team are full of enthusiasm. 

Jamoa zavq-shavqqa to’lgan edi. 

 

A team which is full of enthusiasm 



has a better chance of winning.  

Ishtiyoqqa to’lgan jamoada g’olib 

bo’lishga yaxshiroq imkoniyat bor. 

 

Xuddi yuqorida sanab o’tilgan kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jamoa otlari 



quyidagilar: 

 

bank – bank 



the BBC 

choir – xor 

class – sinf 

club – klub 

committee – komissiya 

England (the football team) 

Angliya futbol jamoasi 

family – oila 

firm – firma 

 

government – hukumat 



jury – hakamlar 

ministry – vazirlik 

orchestra – orkestr 

party – partiya (siyosiy) 

public – jamiyat 

school – maktab 

staff – xodimlar 

team – jamoa 

union – birlashma, ittifoq, uyushma 

 

2. Quyida ko’rsatilgan hajm va miqdorni ifodalovchi birikmalar bilan kelgan 

otlar  ko’plikda  bo’ladi  va  bu  holda  ko’plikdagi  fe’llar  va  olmoshlar  shu 

otlarga nisbatan ishlatiladi: 

 


Olmos Rahmonov

 

 

16 



A number of people have tried to find the treasure, but they have are 

failed.  



Ko’p odamlar xazinani topishga harakat qilishdi, biroq ularning 

hammasi muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. 

A group of us are going to take a boat through the French canals.  

Bizlarning bir guruhimiz fransuz kanallaridan o’tishda kemada 

chiqmoqchimiz.  

A couple of my friends plan to open a travel agency.  

Mening 2 ta o’rtog’im sayohat agentligi ochmoqchi. 

A lot of social problems are caused by unem ployment. 

Ko’pgina ijtimoiy muammolar ishsizlik tufayli kelib chiqmoqda. 

The majority of criminals are non-violent.  

Jinoyatchilarning ko’pchilik qismi zo’ravonlar emas. 

Some of these people are relations and the rest are old friends.  

Bu odamlarning ba’zilari qarindoshlar va qolganlari eski do’stlar. 

Half of his students don’t understand a word he says. 

Uning talabalarining yarmi u aytgan bir so’zni ham tushunmadi. 

 

Singular and plural 



Plural expressions with singular verbs. 

(ko’plikdagi jumlalar birlikdagi fe’llar bilan) 

 

1. Pul, og’irlik, masofa birliklarini ifodalovchi otlarga nisbatan birlikdagi 

fe’llar ishlatiladi, hattoki ular ko’plikda bo’lsa ham. 

 

Where is that five pounds I lent you? 



Men senga bergan besh funt qayerda? 

Twenty miles is a long way to walk.  

Yigirma mil piyoda yurish uchun uzoqlik qiladi.  

We’ve only got five liters of petrol left. That isn’t enough. 



Bizda faqat besh litr benzin qoldi. Bu yetarli emasku. 

 

2. Hisob-kitoblarni ifodalaydigan otlarga nisbatan birlikdagi fe’llar 

ishlatiladi. 

 

Two plus two is four. 



Two plus two equals four. 

Olmos Rahmonov

 

 

17 



Ikki plyus ikki to’rtga teng. 

Four from seven is/leaves three.  

Seven minus four equals/is three.  

Yettidan to’rtni ayirsak uchga teng (uch qoladi). 

Three times four is twelve.  

Three multiplied by four equals/is twelve.  

U ko’paytirilgan to’rt o’n ikkiga teng. 

Three(s) into nine goes three. 

Nine divided by three equals/is three. 

To’qqiz bo’lingan uch uchga teng. 

 

3. “More than one – bittadan ortiqroq” jumlasi ko’plikka o’xshab 

tuyulsa-da, unga nisbatan birlikdagi fe’l qo’llash kerak. 



 

More than one person is going to have to find a new job. 

Bittadan ortiqroq odam yangi ish topishiga to’g’ri keladi. 

 

4. “One of… – … dan biri” birikmasi har doim ko’plikdagi otlar bilan 

keladi. Biroq gapda unga nisbatan birlikdagi fe’l ishlatiladi. 

 

One of my friends is getting married.  

Mening do’stlarimdan biri uylanmoqchi / turmushga ciqmoqchi. 

 

5. Mamlakatlarning nomlari ko’plik ko’rinishiga ega bo’lsa ham, birlikdagi 

fe’l bilan ishlatiladi. 

 

The United States is anxious to improve its image in Latin America.  

Amerika Qo’shma Statlari Lotin Amerikasidagi o’z o’rnini yaxshilash 

tashvishida.  

 

Tashkilotning nomi ham ko’plik ko’rinishiga ega bo’lganda baribir birlikdagi 



fe’l ishlatiladi. 

 

Consolidated Fruit growers has just taken over Universal Food 

stores.  

Consolidated Fruit growers (kompaniyasi) hozirgina Universal Food 

stores (korxonasi) ustidan boshqaruvni qo’lga oldi.  


Olmos Rahmonov

 

 

18 



Singular and Plural 

Singular they. 

(birlikni anglatuvchi “they”) 

 

1.  Ma’lumki  o’zbek  tilidagi  kishilik  olmoshlari,  qaratqich  aniqlovchilari, 

egalik  olmoshlari  va  o’zlik  olmoshlaridagi  III  shaxs  birlikdagi  “u”



“uni/unga”, “uning”, “uniki” va “o’zi” so’zlari ingliz tilida 3 xil ko’rinish 

oladi. Masalan, 

 

 

 



        

 

        



 

Aynan  ana  shu  3  xil  ko’rinish  tufayli  ingliz  tilidagi  ayrim  gaplarda 

muammoli vaziyat paydo bo’ladi. 

Masalan, quyidagi o’zbek tilidagi dialogni olaylik: 

 

    (eshik taqillaydi) 



-  Kim u? 

-  Bu men, Anvarman. 

 

Yuqoridagi gapni ingliz tiliga o’girayotganda “Kim u?” deganda “u” so’zini 



aynan qaysi olmosh bilan ifodalashni o’rganuvchilar odatda o’ylanib  qoladi 

– he mos keladimi yoki she. Sababi, eshik ortida turgan kishining erkak yoki 

ayolligi aniq bo’lmaydi. Shu holda inglizlar it shaxsini qo’llaydi, ya’ni: 

 

-  Who is it



-  It is me, Anvar. 

 

Shunga o’xshash hollar ingliz tilida ko’p uchraydi. Ko’pgina hollarda shaxsi 



aniq  bo’lmagan  birlikdagi  kishini  nazarda  tutish  uchun  they/them/their 

so’zlari  qo’llaniladi.  Bu  so’zlar  ko’pincha  gapdagi  a  person, 



anybody/anyone,  somebody/someone,  nobody/no  one,  whoever,  each, 

every, either, neither va no so’zlarini nazarda tutib keladi. Masalan:  

 

If a person doesn’t want to go on living, they are often very difficult 



to help.  

Agar  biror  kishi  yashashni  davom  ettirishni  hohlamasa  unga  yordam 

berish qiyin bo’ladi. 

Olmos Rahmonov

 

 

19 



If anybody calls, take their name and ask them to call again later. 

Agar biror kishi qo’ng’iroq qilsa, uning ismini olib qo’ygin va 

keyinroq yana qo’ng’iroq qilishini undan so’ragin.  

 

Somebody left their umbrella in the office. Would they please collect 

it? 


Kimdir idorada soyabonini unutib qoldiribdi. U (o’sha kishi) uni olib 

ketsin, xo’pmi? 

 

Nobody was late, were they

Hech kim kech qolmadi, shundaymi? 

 

Whoever comes, tell them I’m not in.  

Kim kelmasin, unga ayt meni ichkarida emasligimni. 

 

Tell each person to help themselves to what they want. 



Har bir kishiga aytgin tortinmasdan olaverishsin. 

 

Every individual thinks they’re different from everybody else.  

Har bir shaxs o’zini boshqa har bir shaxsdan farq qiladi deb 

hisoblaydi.  

 

Yuqoridagi  misollardan  ko’rinib  turibdiki  they/them/their/themselves 



so’zlari  birlikdagi  otlarni  ifodalab  kelmoqda.  They/them/their/themselves 

birlikdagi otni ifodalashi uchun birinchi navbatda o’sha birlikdagi otning o’zi 

bir vaqtning o’zida erkak kishini ham, ayol kishini ham farqsiz nazarda tutib 

turishi  kerak.  Demak,  yuqoridagi  misollardan  quyidagilarni  tushunish 

mumkin. 

 

They – he or she 



Them – him or her 

Their – his or her 

Themselves – himself or herself.  

 

Biroq, ba’zan kishining jinsini aniq ko’rsata oladigan ot qo’llanganda va shu 



ot birlikda berilsa ham, unga nisbatan they/them/their qo’llash mumkin.  

 

 



Olmos Rahmonov

 

 

20 



Masalan: 

 

I  swear  more  when  I’m  talking  to  a  boy,  because  I’m  not  afraid  of 



shocking them

Men (istalgan) o’g’il bola bilan gaplashganimda ko’proq so’kinaman, 

chunki men ularni larzaga keltirishdan qo’rqmayman. 

 

No girl should have to wear school uniform, because it makes them 

look like a sack of potatoes. 



Hech  qaysi  qiz  bola  maktab  formasini  kiyib  yurishga  majbur  emas, 

chunki u ularni bir qop kartoshkaga o’xshatib qo’yadi.  

 

Yuqoridagi  misollar  intervyulardan  olingan  bo’lib,  kimningdir  biror 



sohadagi  shaxsiy  fikrini  berayotganligini  anglatmoqda  va  gaplarda  “a  boy” 

va  “no  girl”  otlari  birlikda  va  jinsi  aniq  bo’lishiga  qaramay  them  olmoshi 

bilan ifodalanmoqda. Chunki bu otlarda  “istalgan” degan tushuncha sezilib 

turibdi.  

 

2. They/them/their/themselves so’zlarining birlikdagi otlarni nazarda tutib 

gapda qo’llanilishi ko’p asrlardan buyon bor va mutlaqo to’g’ridir. Bu holat 

ayniqsa, norasmiy ingliz tilida ko’p uchraydi. Biroq kuchli rasmiylikda ham 

qo’llanilgan  holat  bor.  Masalan  quyidagi  misol  Britaniya  pasporti 

hujjatlaridan olingan 

 

Dual nationality: if the child possesses the nationality or citizenship of 



another country they may lose this when they get a British Passport.  

Ikki xil millatlilik: agar bola boshqa bir mamlakatning fuqarosi bo’lsa 

yoki millatiga ega bo’lsa, u bu egaligini yo’qotadi qachonki Britaniya 

pasportini olsa.  

 

Note.  

Kuchli  rasmiylikda  birlikni  nazarda  tutuvchi  they/them/their/themselves 

o’rnida he/him/his/himself so’zlarini ishlatish mumkin. Masalan: 

 

If a student  is ill, he  must  send  his  medical certificate  to the College 



office.  

Agar talaba kasal bo’lsa, u o’z tibbiy ma’lumotnomasini kollej ofisiga 

jo’natishi kerak. 

Olmos Rahmonov

 

 

21 



If I ever find the person who did that, I’ll kill him.  

Agar men qachondir bu ishni qilgan kishini topsam, uni naqd o’ldirib 

qo’yaman.  

 

Yuqoridagi  gaplarda  qo’llanilgan  he/him/his  so’zlari  biror  o’g’il  bola  yoki 

erkak  kishini  nazarda  tutayotgani  yo’q.  aslida  ular  quyidagi  ma’nolarda 

qo’llanilmoqda: 

 

he = he or she 



him = him or her 

his = his or her 



Singular and Plural 

(mixed structures) 

(aralash jumlalar) 

 

Ba’zi jumlalarga nisbatan fe’l tanlanayotganda, shu jumlalardagi ikkita turli 

xil  qismlarga  nisbatan  bir  xil  fe’l  tanlash  mumkin  bo’ladi.  Bunday 

qurilmalarning bir tomoni birlik, ikkinchi tomoni esa ko’plik bo’ladi.  

 

1.  Masalan,  one  of  the  …  birikmasidan  keyin  who,  which  yoki  that 

bog’lovchilari  kelsa,  demak  ushbu  bog’lovchilar  shu  birikmani  izohlab 

kelayotgan  ergash  gapni  bosh  gapga  bog’laydi.  Shu  holda  bog’lovchidan 

keyin  tanlanayotgan  fe’l  birlikda  bo’lishi  ham,  ko’plikda  bo’lishi  ham 

mumkin. 

 

She’s one of the few women who have/has climbed Everest.  



U Everest cho’qqisini zabt etgan bir nechtagina ayollarning bittasidir.  

This is one of those books that are/is read by everybody. 



Bu har bir kishi tomonidan o’qiladigan o’sha kitoblardan bittasidir. 

 

Qat’iyan  gapirganda  yuqoridagi  misollarda  ko’plikdagi  fe’llar  to’g’ri  deb 



qaraladi.    Chunki  tanlanayotgan  fe’l  asosan  birikmadagi  “the  few  women” 

va  “those  books  that”  otlarini  ifodalaydi  deb  qaraladi,  biroq  birlikdagi 

fe’llar qo’llanilgan holatlar ham uchraydi. 

 

One of the things that really make/makes me angry is people who 

don’t answer letters.  


Olmos Rahmonov

 

 

22 



Mening jahlimni chiqaradigan narsalardan bittasi bu xatlarga javob 

bermaydigan odamlardir. 

We’ve got one of those-Japanese cars that never break/breaks down. 



Bizda hech qachon buzilib qolmaydigan o’sha yapon mashinalaridan 

bittasi bor. 

 

2. Ingliz tilidagi gapda fe’l gapning egasiga moslanadi, ergashib kelayotgan 

ot kesim tarkibidagi otga emas. Masalan: 

 

   Subject                   Verb      Complement  

The biggest timewaster     is 

 

meetings  



Eng katta vaqtni oluvchi narsa majlislardir 

 

 



 

 

 



 

Subject  

 

               Verb   Complement  

A serious problem in our garden    is    wasps  



Bizning bog’imizdagi jiddiy muammo arilardir 

 

Quyidagi gaplarda ega va ot kesim orasida juda uzoq masofa bor. 

           

Subject                                                                              Verb      Complement 

The most interesting 

thing 

on radio and television last weekend, 



without any doubt, 

was    the tennis 

championships.  

 

O’tgan haftada radio va televideniyada berilgan eng qiziqarli narsa hech qanday shak 



shubhasiz tennis chempionatlari bo’ldi. 

 

 



Subject  

 

      Verb    

     Complement    

What I am most interested in     is    your immediate personal reactions. 



Mening eng qiziqqan narsam sening tezkor shaxsiy reaksiyang. 

 

      Subject         Verb  

 

Complement 

What we need     is    a few bright young engineers. 



Bizga kerak bo’lgan narsa bir nechta yosh bilimli injenerlardir. 

Olmos Rahmonov

 

 

23 



Note. Yuqoridagi gaplarda ega va kesim orasida masofa uzoq bolganda norasmiy ingliz tilida fe’lni 

“complement” qismga moslashtirish mumkin.  



Singular and Plural. 

Distributive plural 

(Taqsimlangan ko’plik) 

 

1. Agar gapda bir nechta odamlarning har biri bir xil ish bajarishlari nazarda 

tutilsa, otlar ko’plikda ishlatiladi. 

 

Tell the kids to bring raincoats to school tomorrow. 



(NOT Tell the kids to bring a raincoat…) 

Bolalarga ertaga maktabga yomg’irpo’shlarini olib kelishlari 

kerakligini ayting. 

 

Shuningdek, otlar oldidan shunday holatda ko’plikdagi qaratqich 

aniqlovchilar ishlatiladi. 

 

Tell the children to take their bags away from the desks. 



(NOT Tell the children to take their bag…) 

Bolalarga sumkalarini partalaridan nariga olishlari kerakligini ayting. 

Six people lost their lives in the accident. 

Olti kishi baxtsiz hodisa qurboni bo’lishdi. 

 

Sanalmaydigan otning ko’plik shakli bo’lmaganligi tufayli birlikda 



qolaveradi. 

 

They were all anxious to increase their knowledge

(NOT …their knowledges…) 

Ularning barchasi o’z bilimlarini boyitishda xavotirga tushgan edilar. 

 

2. Agar biror holatning takrorlanib turishi nazarda tutilsa va shu holat 

to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar berilmagan bo’lsa, shu holatni 

ifodalovchi otlar ko’plikda bo’ladi. 

 

I often get headaches. 



(NOT I often get a headache.)  

Menda tez tez bosh og’riqlari bo’lib turadi. 

Olmos Rahmonov

 

 

24 



She sometimes goes for rides over the hills. 

U ba’zida tepaliklar ustida ot minishga borib turadi. 

 

Agar yuqoridagi holatlar to’g’risida ko’proq ma’lumotlar berib yoritilgan 



bo’lsa, otlar birlikda ko’rsatiladi. 

 

I often get a headache when I’ve been working on the computer. 



Men kompyuterda ishlab kelganimdan keyin tez-tez boshim og’riydi. 

She often goes for a ride over the hills before supper. 



U kechki ovqatdan keyin tez-tez tepaliklar ustida ot minishga borib 

turadi. 

 

Aniq gapirish, tushunmovchilikni oldini olish uchun ba’zan faqat birlikdagi 



ot ishlatiladi. 

 

I sometimes throw a stone into the river and wish for good luck. 



(NOT I sometimes throw stones… - only one stone is thrown on each 

time.

Men ba’zida daryoga tosh tashlayman va omad so’rayman. 

(I sometimes throw stones bo’lmaydi, chunki har safar faqat bittadan 

tosh tashlanadi.) 

 

Takroriy hodisalar to’g’risida gap ketganda paytni ifodalovchi so’zlar, ya’ni 



hafta kunlari, kun mahallari va oy nomlarini ifodalovchi otlar ko’plikda ham 

birlikda ham qo’llanilaveradi. 

 

We usually go and see my mother on Saturday(s). 



Biz odatda shanba kun(lar)ida onamizdan xabardor bo’lib turamiz. 

He’s not at his best in the morning(s). 



U ertalab(lari) karaxt bo’ladi. 

3.  Fan  nuqtai-nazaridan  tushuntirishlarda,  grammatik  qoidalar  aytilganda 

otlar birlikda ham ko’plikda ham bo’laveradi. 

We use a past participle in a perfect verb form

Biz o’tgan zamon sifatdoshini fe’lning tugallangan shaklida qo’llaymiz. 

OR 


We use past participles in perfect verb forms

Biz o’tgan zamon sifatdoshlarini fe’lning tugallangan shakllarida 

qo’llaymiz. 

Olmos Rahmonov

 

 

25 



Aralash holatlar ham uchraydi. 

 

Subjects agree with their verb



Egalar o’z fe’li bilan mos holatda bo’ladi. 

Children may resemble both their father and their mother in 

different ways. 



Bollalar turli tomonlama o’z otasi yoki onasiga o’xshaydi. 

 

Singular and Plural. 



noun + noun 

(ot +ot) 

 

1.  Noun  +  noun  (ot  +  ot)  shaklida  yasalgan  qo’shma  otlarni  ko’plikka 

o’tkazishda  aynan  ikkinchi  ot  ko’plik  shakliga  o’zgaradi.  Birinchi  ot  esa 

oddiy aniqlovchi sifatida qolaveradi. Masalan: 



 

Singular                                                                             Plural 

a shoe shop – oyoq kim do’koni                                     shoe shops   

(NOT shoes shop) 

a toothbrush – tish chutkasi                                            toothbrushes 

a ticket office – chiptaxona                                            ticket offices 

a trouser pocket – shim cho’ntagi                                  trouser pockets 

(NOT trousers pocket) 

 

Biroq yuqoridagi qoidadan mustasno bo’lgan holatlar ham bor. Ular 



quyidagilar: 

 

Singular   



 

 

 

                     Plural 

a clothes shop – kiyim kechak do’koni  

 

clothes shops 



a glasses case – ko’zoynak qutisi  

 

 



glasses cases 

a customs officer – bojxona ofiseri 

 

 

customs officers 



arms control – qurol yarog’ nazorati   

 

arms controls 



a savings account – jamg’arma hisob raqami 

savings accounts 

the sales department – sotish bo’limi   

 

sales departments 



the outpatients department - poliklinika 

 

outpatients 



departments 

a drinks cabinet – ichimliklar xonasi   

 

drinks cabinets 



a goods train – tovarlar poyezdi   

 

 



goods trains 

Olmos Rahmonov

 

 

26 



a sports car – sport mashinasi 

 

 



 

sports cars 

a greeting(s) card – tabriknoma   

 

 



greeting(s) cards 

an antique(s) dealer/shop – qadimiy buyumlar      antique(s) 

dealers/shops 

do’koni   

the drug(s) problem – narkotiklar muammosi 

the drug(s) problems 

the arrival(s) hall – kelish zali 

 

 



 

the arrival(s) halls 

 

Shuningdek, fan nomlari, sohalar va sport turlarini ifodalovchi otlardan 



yasalgan qo’shma otlarda ham yuqoridagi kabi holat bo’ladi 

 

athletics training – atletika mashqi 



 

an economics degree – iqtisodiyot diploma 

 

Quyidagi otlarni bir biriga taqqoslab ulardagi farqni bilish mumkin. 



 

men drivers (=men who drive) – erkak haydovchilar 

women pilots (=women who fly planes) – ayol uchuvchilar 

man eaters (=lions or tigers that eat people) – odamxo’rlar 

woman haters (=people who hate women) - ayollarni 

yoqtirmaydiganlar 

 

Singular and Plural 

Other points 

 

(Boshqa holatlar) 

 

 

1.  Agar  ikkita  birlikdagi  aga  “and”  bog’lovchisi  yordamida  bog’langan 

bo’lsa, fe’l ko’plikda bo’ladi. 

 

Alice and Bob are going to be late. 



Alisa va Bob kech qolishadi. 

 

Biroq ba’zi “and” bog’lovchisi bilan berilgan so’zlar yaxlit bitta birikma deb 



qaralsa, fe’l birlikda bo’ladi. 

 

Your toast and marmalade is on the table. 



 

Olmos Rahmonov

 

 

27 



Agar  gapdagi  ikkita  ega  quyidagi  birikmalar  bilan  berilgan  bo’lsa,  gapdagi 

fe’l  faqat  birinchi  egaga  mos  ravishda  tanlanadi,  ya’ni  bu  holatda  shu 

bog’lovchilar bilan ergashayotgan otlar fe’lga ta’sir qila olmaydi. 

 

 



 

as well as 

 

 

 

together with 

Subject



+ accompanied by + Subject



+ verb

Subject 1 

 

 

 

besides with 

 

 

 

along with 

 

The Prime Minister, as well as several Cabinet Ministers, believes in 

a tough financial policy. 

Bir necha Kabinet Ministrlari bilan birgalikda Bosh Vazir qattiq 

moliyaviy siyosatga ishonishadi. 

The Managing Director, together with his heads of department, is 

preparing a new budget. 



Bo’lim boshliqlari bilan birgalikda boshqaruvchi menejer yangi 

byudjetni tayyorlamoqda. 

 

Agar  gapdagi  ikkita  ega  “or-yoki”  bog’lovchisi  bilan  bo’g’langan  bo’lsa, 

fe’l “or” bog’lovchisidan keyinda turgan egaga mos holatda bo’ladi. 

 

There’s no room – either two chairs or a table has got to be moved. 



Bo’sh joy yo’q – ikkita stul yoki bitta stol surilishi kerak. 

There’s no room – either a table or two chairs have got to be moved. 



Bo’sh joy yo’q – bitta stol yoki ikkita stul surilishi kerak. 

 

Agar ikkita birlikdagi ega “Neither … nor…” yordamida bog’langan bo’lsa, 

fe’l birlikda bo’ladi. 

 

Neither she nor her husband has arrived. 



Na u va na uning eri keldi. 

 

Biroq norasmiy ingliz tilida fe’l ko’plikda bo’lishi ham mumkin. 



 

Neither she nor her husband have arrived. 

 


Olmos Rahmonov

 

 

28 



2. Agar none, neither va either olmoshlari “of + plural noun/pronoun” 

bilan birlashgan holatda gapda ega bo’lib kelsa, fe’l birlikda bo’ladi. 

 

None of the cures really works

Dorilarning hech qaysisi ish bermaydi. 

Neither of my brothers has been outside England. 

Mening akalarimning ikkalasi ham Angliyadan chetda bo’lmagan. 

Has either of them been seen recently? 

Ularning ikkalasidan birortasini yaqin orada ko’rishganmi? 

   


3. Son bilan ifodalangan ko’plikdagi otlar oldidan “another” so’zini 

qo’llash mumkin. Bunda “another” so’zi “yana”, “qo’shimcha” ma’nolarini 

ifodalaydi. 

I want to stay for another three weeks



Men yana uch hafta qolishni hohlayman. 

We need another three chairs



Bizga yana uchta stul kerak. 

I need another five hundred dollars to buy a car. 



Mashina sotib olish uchun menga yana besh yuz dollar kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Olmos Rahmonov

 

 

29 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Olmos Rahmonov

 

 

30 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Olmos Rahmonov

 

 

31 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Olmos Rahmonov

 

 

32 



 

 

Document Outline

  • SINGULAR
  • &
  • PLURAL
  • by Olmos Rahmonov
  • Singular and Plural.
  • (Birlik va ko’plik)
  • Note – eslatma.
  • Note – eslatma.
  • Agar ot bitta “z” harfi bilan tugagan bo’lsa, -es qo’shimchasi qo’shilganda “z” harfi ikkilanadi.
  • Note – eslatma.
  • Quyidagi otlar ko’plikka o’tganda -s yoki -es qo’shimchalaridan birini farqsiz ravishda qo’shib oladilar.
  • Shuningdek, -fe bilan tugaydigan otlarda ham f harfi v harfiga o’zgaradi va -s qo’shimchasi qo’shiladi.
  • Note – eslatma.
  • Quyidagi otlar 2 xil uslubda ko’plikka o’tadi.
  • Note – eslatma.
  • Shuningdek, bunga fan nomlarini, soha nomlarini kiritish mumkin.
  • Note – eslatma.
  • Quyidagi otlar transport turini va millatni ifodalaydi hamda birlik va ko’plik shakllari bir xil ko’rinishga ega.
  • Note – eslatma.
  • Biroq, of predlogi bilan kelganda ko’plikda bo’ladi
  • This data is …
  • Bu holat sanalarda va qisqartma so’zlarda ham qo’llanadi.
  • Note – eslatma.
  • Shuningdek, millatni ifodalaydigan otlar ham doim ko’plikda bo’ladi.
  • Have you got a pair of nail-scissors?
  • Sizda bittagina tirnoq qirqadigan qaychi bormi?
  • I’ve bought a pair of trousers.
  • Men bitta shim sotib oldim.
  • Aynan shu birikma yordamida shu buyumlarning ko’plikdagi sonini ham ko’rsatish mumkin.
  • I’ve bought two pairs of trousers.
  • Men 2 dona shim sotib oldim.
  • Singular nouns with plural verbs.
  • 1. Ingliz tilidagi family – oila, team – jamoa, government – hukumat kabi odamlar guruhini ifodalaydigan birlikdagi otlarga nisbatan birlikdagi fe’llar va ko’plikdagi fe’llarni qo’llash mumkin.
  • The team is/are going to lose.
  • Jamoa yutqazib qo’yadi.
  • Taqqoslash:
  • Taqqoslash:
  • 2. Quyida ko’rsatilgan hajm va miqdorni ifodalovchi birikmalar bilan kelgan otlar ko’plikda bo’ladi va bu holda ko’plikdagi fe’llar va olmoshlar shu otlarga nisbatan ishlatiladi:
  • A lot of social problems are caused by unem ployment.
  • The majority of criminals are non-violent.
  • Half of his students don’t understand a word he says.
  • Uning talabalarining yarmi u aytgan bir so’zni ham tushunmadi.
  • Singular and plural
  • 1. Pul, og’irlik, masofa birliklarini ifodalovchi otlarga nisbatan birlikdagi fe’llar ishlatiladi, hattoki ular ko’plikda bo’lsa ham.
  • 2. Hisob-kitoblarni ifodalaydigan otlarga nisbatan birlikdagi fe’llar ishlatiladi.
  • 3. “More than one – bittadan ortiqroq” jumlasi ko’plikka o’xshab tuyulsa-da, unga nisbatan birlikdagi fe’l qo’llash kerak.
  • 4. “One of… – … dan biri” birikmasi har doim ko’plikdagi otlar bilan keladi. Biroq gapda unga nisbatan birlikdagi fe’l ishlatiladi.
  • One of my friends is getting married.
  • Mening do’stlarimdan biri uylanmoqchi / turmushga ciqmoqchi.
  • 5. Mamlakatlarning nomlari ko’plik ko’rinishiga ega bo’lsa ham, birlikdagi fe’l bilan ishlatiladi.
  • Tashkilotning nomi ham ko’plik ko’rinishiga ega bo’lganda baribir birlikdagi fe’l ishlatiladi.
  • Singular and Plural
  • Quyidagi gaplarda ega va ot kesim orasida juda uzoq masofa bor.
  • Subject                                                                              Verb      Complement
  • O’tgan haftada radio va televideniyada berilgan eng qiziqarli narsa hech qanday shak shubhasiz tennis chempionatlari bo’ldi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling