Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana23.07.2020
Hajmi1 Mb.
#124591
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

 



SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



Qo‟lyozma huquqida 

UDK: 373.3:8 

 

NURBOYEV SHIRINJON ABDISHUKUR O‟G‟LI



 

 

O‟QUVCHILARNI MA‟NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA 

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH 

 

5A 110901 – 

Pedagogika nazariyasi va tarixi

 

 

 

Magistr 

akademik darajasini olish uchun yozilgan 

DISSERTATSIYA

 

 

Ish ko„rib chiqildi va himoyaga 

ruxsat berildi. 

Maktabgacha ta‟lim metodikasi va 

pedagogikakafedrasi mudiri v.b. 



Katta.o‟qit.Sh.Usanov ____________ 

«_____»_____________2016 y



 

Ilmiy rahbar: 

 

p.f.n., dots.X.Yusupov 

_________ 

 

 

 

M.O„. 

 

SAMARQAND – 2016 


 



M U N D A R I J A 

KIRISH……………………..………………………………………………….............  3 

I.BOB. 

YOSHLAR 

TARBIYASIDA 

OMMAVIY 

AXBOROT 

VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 

 

1.1.  O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot 



vositalaridan foydalanish davr talabi…………………………………………………. 

10 


1.2.  O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot 

vositalaridan foydalanishning holati............................................................................... 

25 

1.3.  O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot 



vositalarining tarbiyaviy imkoniyatlari………………………………………………... 

32 


Birinchi bob bo„yicha xulosa........................................................................................ 

45 


II.BOB. 

O„QUVCHI-YOSHLARNI 

MA‟NAVIY-AXLOQIY 

TARBIYALASHDA 

OMMAVIY 

AXBOROT 

VOSITALARIDAN 

FOYDALANISHNING MAZMUNI, SHAKL, METOD VA VOSITALARI  

 

2.1.  O„quvchilarni  ma‟naviy  shakllantirishda  ommaviy  axborot  vositalardan 



foydalanish…………………………………………………………………………….. 

47 


2.2. Tarbiyaviy tadbirlar orqali o„quvchi-yoshlarni ommaviy axborot vositalaridan 

foydalanib ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash…………………………………………….. 

56 

2.3. Oilada bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan 



foydalanish ……………………………………………………………………………. 

64 


Ikkinchi bob bo„yicha xulosa......................................................................................... 

72 


III.BOB. 

O„QUVCHI-YOSHLARNI 

MA‟NAVIY-AXLOQIY 

TARBIYALASHDA 

OMMAVIY 

AXBOROT 

VOSITALARIDAN 

FOYDALANISHGA 

YO„NALTIRILGAN 

TAJRIBA-SINOV 

ISHLARI 

NATIJALARI  

 

3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini metodikasi…………………………………….. 



75 

3.2. Tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning tahlili…………………………….  78 

Uchinchi bob bo„yicha xulosa.........................................................................................  83 

Xulosa……………………………………………………………………….................  85 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati……………..…..……………………….............  91 

 

 

 

 


 



 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish 

 



Mavzuning 



dolzarbligi: 

O„zbekiston 

mustaqillikka 

erishgach, 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  har  tomonlama 

asoslab  berilgan  o„ziga  xos  taraqqiyot  yo„lini  tanladi.  Bu  yo„lni  ishlab  chiqishda 

jahondagi  ko„plab  xalqlarning  taraqqiyot  tajribalari  bilan  bir  qatorda,  o„zbek 

xalqining buyuk merosi, an‟analari, urf-odatlari, turmush tarzi, uning yaratuvchilik, 

bunyodkorlik  qobiliyatlari,  mamlakatimizdagi  mavjud  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-

sharoitlar  va  boshqa  ko„plab  omillar  hisobga  olindi.  Ular  asosida  “o„zbek 

modeli”ning besh asosiy tamoyili belgilab berildi. 

Biz  tanlagan  islohotlar  modelining  to„g„ri  ekani  va  xalqimizning 

manfaatlariga  to„liq  javob  berayotganini  keyingi  yillarda  iqtisodiyotimizning 

barqaror  sur‟atlar  bilan  o„sib,  yangi  marralarga  ko„tarilib  borayotgani  misolida 

ko„rish mumkin. Jahon miqyosida haligacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozning  jiddiy  ta‟siriga  qaramasdan,  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotining  

yillik o„sishi 2008-2013 yillarda 8 foizdan oshdi. 2014 yilda esa bu ko„rsatkich 8,1 

foizni tashkil etdi.  

Agar  mamlakatimiz  aholisi  ayni  shu  davrda  qariyib  9,7  milliongacha 

ko„plab,  bugungi  kunda  31  million  500  mingtani  tashkil  etayotganini  hisobga 

oladigan  bo„lsak,  aholi  jon  boshiga  nisbatan  o„sish  3  barobardan  ziyodni  tashkil 

etishi, bizning naqadar ulkan taraqqiyot yo„lini bosib o„tganimizdan dalolat beradi. 

O„zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  to„g„risida  so„z  yuritar 

ekanmiz,  shu  o„rinda  BMBning  jahon  mamlakatlarida  ro„y  berayotgan  holatlar 

to„g„risidagi  ma‟lumotlari  mazkur  natijalarga  yanada  realroq  qarash  imkoniyatini 

beradi:  BMT  ma‟lumotlariga  ko„ra  bugun  jahonning  54  mamlakatida  aholi  1990 

yilga  nisbatan  kambag„allashgan,  21  mamlakat  aholisining  ko„pchiligi  ochlikdan 

aziyat  chekmoqda.  34  mamlakatda  aholining  o„rtacha  umr  ko„rish  darajasi 

pasaygan.  12  mamlakatda  bolalarning  boshlang„ich  umumta‟lim  maktablariga 

qatnash ko„rsatkichi kamaygan. Dunyoda 100 million bola maktabga qatnamaydi.  

Dunyoda  qashoqlar  shu  qadar  ko„pki,  ular  egulik  ovqatga  ham  ega  emas, 

ochlikdan azob chekmoqda. Ko„pincha savodsiz, to„rtdan ortiq farzandi bor oilalar, 



 

ishsiz,  kam  ish  haqi  oladigan,  qisman  ish  bilan  band  yoki  mehnatga  layoqatsiz 



kishilar qashoq bo„lib qolmoqda.  

Jahonda har 7 daqiqada bir bola ochlik yoki u bilan bog„liq sabablar tufayli 

nobud bo„ladi. Har bola 5 yoshgacha bo„lgan bolalarning 6 milliondan 

ortiq to„yib ovqat emaslik tufayli dunyoda ko„z yumoqda. 1,3 milliard kishi kuniga 

1 AQSH dolarida kam mablag„  hisobidan  kun ko„radi.  

Mustaqilik tufayli biz o„zligimizni angladik. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, 

xalqlarning  fidokorona  mehnati,  yoshlarimizning  g„ayrati  azmu  shijoat  ila 

Vatanimizning  shon-shuhrat  olami  o„zaro  keng    yoyilmoqda  .  Hurriyat  bergan 

beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz- erkin va farovon kelajagimizni o„z 

qo„limiz  bilan  bunyod  etmoqdamiz.  Mustaqilikning  dastlabki  yillardan  boshlab, 

ertangi kunimiz bo„lgan yoshlar tarbiyasiga ularni hech kimdan kam bo„lmaydigan 

barkamol  shaxslar  bo„lib  tarbiyalanishlari  uchun  barcha  sharoitlar  yaratib 

berilishiga  alohida  e‟tibor  qaratilmoqda.  Xalqimiz  bola  tarbiyasida  nafaqat  mehr 

ko„rsatib,  uning  ust-boshini  but  qiladi,  balki  bolani  yoshligidan  milliy  tarbiya, 

axloq-odob, yuksak ma‟naviyat asosida tarbiyalashga intiladi. 

Tarbiya  haqida  ma‟rifatparvar  bobomiz  Abdulla  Alvoniy  bunday  degan 

edi:“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat, yo 

halokat  masalasidir”.  Demak,  shaxs  tarbiyasi  xususiy  ish  emas,  balki  ijtimoiy, 

milliy  ishdir.  Sababi  har  bir  xalqning  taraqqiy  etishi,  davlatning  qudratli  bo„lish 

avlodlar tarbiyasiga  ko„p jihatdan bog„liq. 

Demokratik  islohotlarni  hayotga  tadbiq  etishda,  o„quvchi-yoshlarimizda 

yangicha 

dunyoqarashini 

shaklllantirishda 

shubhasiz, 

ommaviy 


axborot 

vositalarning o„rni va ahamiyati kattadir.  

Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan keyin matbuot va boshqa ommaviy 

axborot  vositalari  jamiyatda  o„ziga  xos  ijtimoiy  institut  sifatida  shakllandi. 

Matbuot  chinakam  hayot  kuzgusi,  “To„rtinchi  hokimiyat”  darajasiga 

ko„tarilmoqda.  

Davlatimiz  rahbari  I.A.Karimov  “Ommaviy  axborot  vositalari  tom  

ma‟noda  “turtinchi  hokimiyat”  darajasiga  ko„tarilmogi  lozim”,-  deb  bejizga 


 

ta‟kidlagani  yo„q.  Chunki,  respublikamizning  ravnaq  toptirishi  uchun  yurtimiz 



kundan-kunga  qanday  yutuq  va  marralarni  qo„lga  kiritayogan  bo„lsa,  ommaviy 

axborot  vositalar  sohasida  ham  g„oyat  muhim  yangilanish  va  rivojlanish  jarayoni 

yuz  berayotgani,  matbuotning  hayot  bilan  hamnafas  bo„layotganiga  keng 

jamoatchilik  guvoh  bo„lmoqda.  Matbuotning  eng  muhim  vazifasi  bugun 

mamlakatimizda  olib  borayotgan  tashqi  va  ichki  siyosatni  oddiy  fuqarolar  ko„zi 

bilan,  turli  nuqtai  nazarlarda  baholash,  muhimi  adolatni  qaror  toptirish, 

jamiyatimizni yanada erkinlashtirish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat.  

Dunyoda  globallashuv  jarayonlari  o„z  ta‟sirini  ko„rsatayotgan  bugungi 

tezkor asrda muhim ijtimoiy qatlam bo„lgan yoshlar masalasi har bir davlat uchun 

dolzarb ahamiyat kasb etadi. YUrtboshimiz ta‟kidlab o„tganidek: “Hech kimga sir 

emaski,  insoning  qalbini  va  ongini  egalash,  ayniqsa,  yoshlarning  ma‟naviy 

dunyosini  izdan  chiqarishga  qaratilgan  turli  havf-xatarlar  kuchayib  borayotgan 

bugungi  o„ta  notinch  zamonda  o„zining  kimligining,  qanday  buyuk  zotlarning 

avlodi, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat 

va  sadoqat  hissi  bilan  yashaydigan,  imon-etiqodi  mustahkam  yosh  avlodgina 

muqaddas  zaminimizni  yot  va  begona  ta‟sirlardan,  balo-qazolardan  saqlashga, 

Vatanimizni  har  tomonlama  ravnaq  toptirishga  qodir  bo„ladi”.  Prizedent 

I.A.Karimov  o„zining    “Yuksak  ma‟naviyat-engilmas  kuch”  asarida  aytib 

o„tganedek,  “Biz  bugungi  kunda  ta‟lim-tarbiyasi  sohasidan  boshlab  matbuot, 

televideniya,  internet  va  boshqa  ommaviy    axborot vositalari,  teatr,  kino,  musiqa, 

adabiyot  ,rassomlik  va  haykaltaroshlik  sanatiga  bevosita  ta‟sir  ko„rsatadigan 

barcha  sohalardagi  faoliyatimizni  xalqning  ma‟naviy  ehtiyojlari  zamon  talablari 

asosida  yanada  kuchaytirishimiz  kengaytirishimiz,  yangi  bosqichga  ko„tarishimiz 

zarur”. 


Kadrlar  tayyorlash  Millliy  dasturida  “Ta‟lim  jarayonida  ommaviy  axborot 

vositalari  mavqei  oshib  boradi.  Televideniya  va  radioni  ta‟lim  dasturida 

intellektlashuvi ta‟minlanadi ham shaxs kamolotida ommaviy axborot vositalaridan 

keng foydalanishni taqozo qilish-ko„rsatib o„tilgan”. 



 

Umumiy  o„rta  ta‟lim-uzluksiz  ta‟limning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 



Bugungi kunda respublikamizda mavjud 9779 ta umumiy o„rta ta‟lim maktablarida 

4  milllion  682  ming  477  nafar  o„quvchi-yoshlar  tahsil  olmoqda.  Xalq  ta‟limi 

tizimida  423  ming  574  nafar  o„qituvchi-xodimlar  yoshlarga  ta‟lim-tarbiya 

bermoqdalar.  

Respublikamizda  umumiy  o„rta  ta‟lim  maktabi  o„quvchilar  shaxsini 

shakllantirish,  ularda  odob-axloq,  madaniyatni  tarbiyalash  masalalari  bilan 

pedagog  olimlar  O.Musurmonova,  M.Quronov,  M.Inomova,  S.Nishonova, 

U.Mahkamov, 

S.Allamurotova, 

D.Hasanov, 

S.Fayzulina, 

H.Hamroevalar 

shug„ullangan, ilmiy tadqiqot ishlar olib borilgan. 

Ommaviy 


axborot 

vositalari 

asosida 

ta‟lim-tarbiya  jarayonining 

samaradorligini  oshirish,  barkamol  avlodni  tarbiyalash  masalalari  V.I.Rujnikov, 

S.I.Bernshteyn,  Z.A.Ziyodovalarning  o„quv  qo„llanmalari,  risola  va  maqolalarida 

o„z aksini topgan.  

Pelagog  olim  SHaxnoza  Halimovaning  “O„quvchilar  axloqiy-estetik 

tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanishning  pedagogik  shart-

sharoitlari  (O„zbekiston  radiosi  eshittirishlar  misolida).  mavzusida  nomzodlik 

dissertatsiyasi  bu  borada  muhim  qadamlar  qo„yilganligidan  guvohlik  beradi. 

Ammo, 


umumta‟lim  maktab  o„quvchilarida  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni 

shaklantirishda  bolalar  matbuotining  o„rni  pedagogik  jihatlar  entarli  darajada 

o„rganilmagan. SHu bois, biz ta‟qiqot ishimiz mavzusini O„quvchilarni ma‟naviy-

axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish”  tarzida 

tanladik. 

Tadqqotning  maqsadi:  umumiy  o„rta  ta‟lim  maktabi  o„quvchilarida 

ma‟naviy-axloqiy  sifatlarini  shakllantirishda  ommaviy  axborot  vositalardan 

foydalanishning tizimi va metodikasini ishlab chiqish:  

Tadqiqotning  obekti:  Umumiy  o„rta  ta‟lim  maktabini    V-IX    sinf 

o„quvchilarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  ommaviy-axborot  vositalardan 

foydalanish. 


 



Tadqiqotning  ilmiy  farazi:  umumiy  o„rta  ta‟lim  maktabining    V-  IX  sinf 

o„quvchilarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalardan 

foydalanish samarali bo„ladi. Agarda:  

  Barkamol  avlodni  ma‟naviy  axloqi  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalardan 

foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi o„rganilsa: 

  O„quvchilarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalaridan 

foydalanishning o„rganilgan darajasi tahlil etilsa; 

  Matbuot  materiallari  asosida  o„quvchilarda  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni 

shakllantirish holati va uni takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlansa; 

  Dars jarayonida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy-

axborot vositalaridan foydalanishning yo„llari ishlab chiqilsa; 

  Sinfdan  tashqari  o„tkaziladigan  tarbiyaviy  tadbirlarda  ommaviy  axborot 

vositalaridan foydalanishning o„rni belgalansa. 



Tadqiqotning vazifalari: 

  Barkamol  avlodni  ma‟naviy-axloqi  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalardan 



foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi o„rganiladi; 

 



O„quvchilarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalaridan 

foydalanishning o„rganilgan darajasi tahlil etiladi; 

  Matbuot 



materiallari 

asosida 


o„quvchilarda  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni 

shakllantirish holati va uni takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlanadi; 

  Dars jarayonida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy-



axborot vositalaridan foydalanishning yo„llari ishlab chiqiladi; 

  Sinfdan  tashqari  o„tkaziladigan  tarbiyaviy  tadbirlarda  ommaviy  axborot 



vositalaridan foydalanishning o„rni belgalanadi. 

Tadqiqotning  metodlari:  muammoga  oid  ilmiy-tadqiqot  ishlari  va 

pedagogik-psixologik 

adabiyotlar 

tahlili; 

pedagogik 

kuzatish; 

suhbat, 

so„rovnomalar  o„tkazish;  o„quv  materiallarining  qiyosiy  tahlili;  intervyu; 

pedagogik  tajriba-sinov  va  uni  o„tkazish;  olingan  natijalarni  umumlashtirish; 

matematik-statistik tahlil qilish usullaridan foydalanish. 



 



Tadqiqotning 



metodologik 

asosi

O„zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  ommaviy 

axborot  vositalarini  rivojlantirish  va  undan  foydalanishga  oid  g„olari;  “Ommaviy 

axborot vositalari to„g„risida” (yangi tahrir); “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 

to„g„risida”;  “Axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to„g„risida”;  “Ta‟lim 

to„g„risida”gi Qonun; “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, mutafakkirlarning komil 

inson  tarbiyalashga  oid  fikrlari;  barkamol  inson  shaxsini,  xislatlarini  tarbiyalpsh 

to„g„risidagi  ta‟limotlari;  ilg„or  pedagogik  va  didaktik  nazariyalar;  odob-axloq 

to„g„risidagi  qarashlar;  ta‟lim-tarbiya  jarayonini  takomillashtirish  to„g„risidagi 

ilg„or pedagogik tajribalar va me‟yoriy hujjatlar tahlil etiladi. 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

 

Barkamol  avlodni  ma‟naviy-axloqi  tarbiyalashda  ommaviy  axborot 



vositalardan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi o„rganiligi; 

 

O„quvchilarni 



ma‟naviy-axloqiy 

tarbiyalashda 

ommaviy 

axborot 


vositalaridan foydalanishning o„rganilgan darajasi tahlil etilganligi; 

 

Matbuot  materiallari  asosida  o„quvchilarda  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni 



shakllantirish holati a uni takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlanganligi; 

 

Dars  jarayonida  o„quvchilarda  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalashda 



ommaviy-axborot vositalaridan foydalanishning yo„llari ishlab chiqilganligi; 

 

Sinfdan  tashqari  o„tkaziladigan  tarbiyaviy  tadbirlarda  ommaviy  axborot 



vositalaridan foydalanishning o„rni belgalanganligi. 

Tadqiqotning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati:  V-IX  sinf  o„quvchilarida 

ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalaridan 

foydalanishning  ilmiy  nazariy  jihatlari  aniqlanadi;  Tadqiqotda  ilgari  surilgan 

g„oyalar V-IX sinf o„quvchilarida ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid 

bilim,  ko„nikma  va  malakalarni  rivojlantiradi;  Ilmiy  ishlab  chiqarish  uslubiy 

tavsiyalar  ta‟lim-tarbiya  jarayonini  takomillashtirishga  xizmat  qiladi;  Tadqiqot 

natijalaridan  ilmiy-uslubiy,  ommabop  maqola  va  o„quv  qo„llanmalar  tayyolashda 

foydalanish mumkin. 



Tadqiqot natijalarining ishlanganligi va asoslanganligi: 

 

10 


O„zbekiston  Respublikasining  “Ta‟lim  to„g„risida”gi  Qonuni  va  Kadrlar 

tayyorlash  Milliy  dasturiga,  pedagogika  fanlarining  fundamental  asoslariga  amal 

qilinganligi,  pedagogik  tajriba-sinov  ishlarining  izchilligi  bilan  olib  borilganligi; 

tadqiqot  natijalarining  etarli darajada  tahlil  qilinganligi  va ularni  amaliyotga  joriy 

etilishi bilan belgilanadi. 

Tadqiqot  natijalarining  joriy  qilinishi:  V-IX  sinf  o„quvchilarida 

ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalashda  ommaviy  axborot  vositalaridan 

foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari Samarqand va Jizzax viloyati umumiy 

o„rta ta‟lim maktablarining V-IX sinf o„quvchilarining faoliyatiga tadqiq etiladi. 



Ishning sinovdan o„tishi: Tadqiqot natijalari SamDU, JDPI, Samarqand va 

Jizzax  viloyati  pedagoglarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  institutida 

bo„lib  o„tadigan  ilmiy-amaliy  anjumanlardagi  ma‟ruzalar,  tezislar,  ilmiy 

to„plamlarda maqolalar chop etish, metodik qo„llanma va uslubiy tavsiyalar orqali 

amaliyotga tadbiq qilinadi. 

Dissertatsiya Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika 

kafedrasining ilmiy seminrlarida muhokamadan o„tkaziladi. 

Tadqiqotning  tajriba-sinov  ishlari:  Tadqiqot  uch  bosqichda  amalga 

oshiriladi: 



Birinchi  bosqich  (2014  yil  dekabr-2015  yil  sentyabr)da  tadqiqot 

muammosining  dolzarbligi,  maqsadi,  vazifalari,  ob‟ekti  va  predmeti  aniqlanadi, 

tadqiqot  rejasi  tuziladi,  tajriba  maydonlari  aniqlanadi,  tadqiqot  muammosining 

ilmiy-nazariy,  ilmiy-uslubiy  asoslari  o„rganiladi,  mavzuga  oid  adabiyotlar 

o„rganiladiva tahlil qilinadi. 

Ikkinchi  bosqich  (2015  yil  oktyabr-2016  yil  may)da  tadqiqot  maqsadi  va 

vazifalariga  oid  qo„yilgan  muammolar  bo„yicha  Samarqand  shahridagi  63,64-

umumta‟lim maktablari, Jizzax shahridagi 48,74-umumta‟lim maktablari V-IX sinf 

o„quvchilari bilan tajriba-sinov ishlari olib boriladi, test, anketa so„rovlari, shbatlar 

o„tkaziladi, dars jarayonlari kuzatiladi. Tegishli dastur asosida tajriba-sinov ishlari 

o„tkaziladi. Ilg„or o„qituvchilarning ish tajribalari o„rganiladi.  



 

11 


Uchinchi  bosqich  (2016  yil  aprel-iyun)da  umumiy  o„rta  ta‟lim 

maktablarining  V-IX  sinf  o„quvchilarida  ommaviy  axborot  vositalari  asosida 

ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni  shakllantirishga  oid  ilmiy-uslubiy  tavsiyalar  ishlab 

chiqiladi.  Olingan  natijalar  tahlil  qilinadi,  umumlashtiriladi  va  tegishli  xulosalar 

chiqariladi. 

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 

 

Barkamol  avlodni  ma‟naviy-axloqi  tarbiyalashda  ommaviy  axborot 



vositalardan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi; 

 

O„quvchilarni 



ma‟naviy-axloqiy 

tarbiyalashda 

ommaviy 

axborot 


vositalaridan foydalanishning o„rganilgan darajasi; 

 

Matbuot  materiallari  asosida  o„quvchilarda  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni 



shakllantirish holati va uni takomillashtirishning imkoniyatlari; 

 

Dars  jarayonida  o„quvchilarda  ma‟naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalashda 



ommaviy-axborot vositalarining o„rni; 

 

Sinfdan  tashqari  o„tkaziladigan  tarbiyaviy  tadbirlarda  ommaviy  axborot 



vositalaridan foydalanishning o„ziga xos xususiyatlari. 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling