Ommaviy madaniyat


Download 20.57 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi20.57 Kb.
#1367001
Bog'liq
Ommaviy madaniyat


Ommaviy madaniyat
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoyanuqtai nazarkoʻrsatmamem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparastsensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.[2][3][4][5][6][7]
Mundarija
[yashirish

  • 1Ommaviy madaniyat asoslari

  • 2Ommaviy madaniyat koʻrinishlari

  • 3Shuningdek qarang

  • 4Manbalar

Ommaviy madaniyat asoslari[tahrir]



Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqolamunozarasini koʻring.

Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatgasanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
Gʻarb dunyosining oʻzidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, "Bizga „Toʻqqizinchi simfoniya“ (Betxoven) kerak emas!" yoki „Mona Liza“ni loyga qorishtiramiz!" kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar „ommaviy madaniyat“ tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassomSalvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.
„Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ eta­yotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.
Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi. Ularcha, hamma sanʼatkor boʻlishi mumkin. Hamma narsa sanʼat atalishi mumkin. „Pop-art“ — ommaviy sanʼat shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish.
„Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.
Ommaviy madaniyat koʻrinishlari[tahrir]

  • Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish),

  • komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa — rasm mahsulotlari),

  • starizm (subʼektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlariaktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish),

  • Hippining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan „keskin“ tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjagʻini chiqarish yoxud oʻt qoʻyish orqali vahshiyona, ommaviy „koʻngil ochish“lar uyushtirish) „ommaviy madaniyat“ning ayrim koʻrinishlaridir.

Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling