Ommaviy tadbirlar: bayram, ko’rik-tanlovlar va sport bayramlari


Download 22.37 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi22.37 Kb.
#1143702
Bog'liq
11 Ommaviy tadbirlar


Ommaviy tadbirlar: bayram, ko’rik-tanlovlar va sport bayramlari


Yangi davr, yangi mazmun va yangi shakl an`analarining paydo bo'lishi, mustaqil xalqning quvonchli daqiqalarini tantana qilishga imkon beradigan yangi tadbirlar yaratishni taqazo etadi. Quyida ana shu madaniy tadbir turlarini ko’rib chiqamiz.
Seminar-bu ma'lum mavzuga bag’ishlangan axborotni tegishli soha mutaxassislariga yetkazish vositasidir.
Seminar turlari:
- ish tajribasini ommalashtirish;
- kasbiy malaka va mahoratni oshirishga oid ma'lumotlarni yetkazish;
- tashkilot yoki jamoa faoliyatiga oid ma'lumotlarni berish;
- aniq bir muammoga e'tiborni qaratish yuzasidan statistik ma'lumotlar tahlilini berish;
Seminarlarni tashkil etish tartibi:
- mavzuga oid materiallarni to’plash;
- tegishli mutaxassislarni jalb etish;
- seminar dasturi va taklifnomasini ishlab chiqish;
- qatnashchilar ro’yxatini tuzish;
- seminar o’tish joyini mavzuga oid ko’rgazmali qurollar bilan jihozlash;
- texnik vositalar bilan ta'minlash (ekran, proyektor, video-audio magnitofon, mikrofon).
Seminarlarni tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- an'anaviy ma'ruza;
- ilgarilangan ma'ruza;
- taqdimot.
Seminarlar tashkil etishning namunaviy mavzulari:
«Shoir, yozuvchilar ijodi bilan tanishuv»;
«Yuqori tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qaror, buyruq, farmoyish, tavsiyalar bilan tanishuv»;
«Ilg’or ish tajriba minbari»;
«Tashkilot, korxona yoki ta'lim muassasalarining erishgan yutuqdari»;
«Me'yoriy hujjatlar bilan tanishuv»;
«Tadbirlarni tashkil etishga oid masalalar» va hokazo.
Davra suhbati – g’oyalar yoki ma'lum bir muammo yechimini hamkorlikda topishning samarali shaklidir. Davra suhbatida ishtirokchilar biror bir mavzu bo’yicha o’z bilimlarini chuqurlashtiradi, mavjud bilimlarini qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi va jamoada ishlashni o’rganish orqali taklif etilgan fikrlar orasidan oqilonasini tanlab olish asosida, yagona fikrga kelish ko’nikmalari shakllantiriladi.
Davra suhbatlari turlari:
- g’oyani rivojlantirishga bag’ishangan;
- muammoning yechimini topishga qaratilgan;
- global muammolarga jamoatchilik e'tiborini qaratishga mo’ljallangan;
- yoshlarning ijod namunalarini namoyish etishga bag’ishlangan.
Davra suhbatlarini tashkil etish tartibi.
1. Tayyorgarlik davri:
- davra suhbati mavzusini va ko’riladigan masalalarni aniqlash uchun so’rovnoma o’tkazish;
- qatnashchilarga oldindan davra suhbati mavzusini e'lon qilish;
- mavzuga oid materiallarni to’plash.
2. Tashkiliy davr:
- qatnashchilardan guruhlarni shakllantirish;
- davrani olib boruvchini tayinlash;
- olimlar, san'at ustalari, tajribali mutaxasislarni jalb etish;
- mavzuga oid metodik qo’llanma, adabiyot, maqolalar, statistik ma'lumotlar bilan ta'minlash;
- davra suhbatini o’tkazish tartibi (senariysi)ni ishlab chiqish.
Davra suhbatlarini tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- aqliy hujum;
- brifing;
- yozma va og’zaki davra suhbati;
- insert.
Davra suhbatlarini tashkil etishning namunaviy mavzulari:
- «Yozuvchi, shoir, olimlar ijodi bilan yaqindan tanishish»;
- «Muammolarni o’rganish, taxlil etish asosida ularning samarali yechim variaitlarini izlab topish»;
- «Ilg’or ish tajribasini o’rganish»;
- «O’z kasbining mohir, ijodkor ustalari bilan bevosita muloqot o’tkazish»;
- «Yosh mutaxassislar bilan ishlash»;
- «Me'yoriy hujjatlar bilan tanishtirish»;
- «Tadbirlarni tashkil etishga oid masalalar» va hokazo.
Mavzuviy uchrashuvlar - ma'lum bir tantanali sanaga, qiziqarli mavzuga yoki biror-bir ijtimoiy ahamiyatli hodisaga bag’ishlangan sohaning yetuk namoyondalari bilan o’tkaziladigan tadbirdir.
Mavzuviy unrashuv turlari:
- ijtimoiy ahamiyatli hodisalarni o’rganish;
- san'at va madaniyat sohasi bilan tanishish;
- fan arboblari, fahriylar, ustozlar ish tajribasini o’rganish;
- huquq-tartibot organlari vakillari bilan muloqot;
- mudofaa va davlat idoralari vakillari bilan muloqot;
- tibbiyot muassasalari vakillari bilan muloqot.
Mavzuviy uchrashuvlarni tashkil etish tartibi:
- uchrashuv dasturini ishlab chiqish va taklifnomalarni tayyorlash;
- olimlar, san'at ustalari va tajribali mutaxassislarni taklif etish;
- mavzuga oid ko’rgazmali qurollar bilan zalni jihozlash;
- davrani olib boruvchini tayinlash;
- texnik vositalar bilan ta'minlash (ekran, proyektor, video-audio magnitofon, mikrofon).
Mavzuviy uchrashuvlarni tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- brifing;
- og’zaki davra suhbati;
- an'anaviy ma'ruza;
- ilgarilangan ma'ruza;
- taqdimot.
Mavzuviy uchrashuvlarni tashkil etishning namunaviy mavzulari:
Davlat va fan arboblari, fahriylar, ustozlar, turli yutuqlarga erishgan shaxslar bilan uchrashuvlar”;
San’at, madaniyat, sport va boshqa sohalarning yetuk namoyondalari bilan uchrashuvlar”;
Davlat hokimiyati, mudofaa, huquq-tartibot idoralari, tibbiyot muassasalari va ma’muriyat vakillari bilan ijtimoiy hodisalarga bag’ishlangan uchrashuvlar” va hokazo.
Aksiyalar - ma'naviy-ma'rifiy, ruhiy, jismoniy jihatdan kamol topish, mustaqillik g’oyalariga sodiqdik, Vatanga muhabbat, inson huquqlari, umuminsoniy va milliy madaniyatni hurmat qilish, tinchlik va tabiatni asrash, yot g’oyalarni qoralash kabi umuminsoniy qadriyatlar atrofida birlashishga chaqirish, jamiyatdagi ijtimoiy hodisalar yuzasidan faol munosabat bildirishga qaratilgan ommaviy tadbirdir.
Aksiyalar turlari:
- inson sog’ligini saqlashga qaratilgan aksiyalar;
- mohir-muruvvat aksiyalari;
- tabiatni muhofaza etish aksiyalari;
- umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga qaratilgan aksiyalar;
- global muammolarga qaratiltan aksiyalar.
Aksiyalarni tashkil etish tartibi:
- aksiya mavzusi bo’yicha ma'lumotlar yig’ish;
- aksiya haqida targ’ibot ishlarini muntazam olib borish;
- tadbir Dasturini ishlab chiqish;
- homiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- texnik vositalar va jihozlar bilan ta'minlash;
- tashkilotchilar orasida vazifalarni taqsimlash.
Aksiyalarning namunaviy mavzulari:
- «Butunjahon salomatlik kuni»;
- «Butunjahon kashandalikka qarshi kurash kuni”;
- «Bolalarni himoya qilish kuni»;
- «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni»;
-«Xalqaro qariyalar kuni»;
-«Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”;
- «Xalqaro nogironlar kuni»;
- «Tinchlik kuni»;
- «Xalqaro ekologiya kuni»;
- «Yoshlar - terrorizmga qarshi» va hokazo.
Shuni aytish lozimki, ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no – mazmunga ega bo’lib, umummilliy ana’na tusini olgani barchamizni mamnun etadi.
- ekologiya bo’yicha mutaxasis va olimlar bilan uchrashuvlar – 9,6 %.
Madaniy-ma’rifiy tadbirlar asosan aholining madaniy saviyasini oshirish, dam olishini ta’minlash maqsadlarini ko’zlagan holda o’tkaziladi.
Bu borada an’anaviy bayram va tadbirlar bilan bir qatorda turli xil zamonaviy shou tadbirlari, intellektual o’yinlar va ko’rik tanlovlar o’tkazilmoqda.
Xususan, hozirgi kunda nodavlat notijorat tashkilotlarda tashkil etiladigan va o’tkaziladigan madaniy-ma’rifiy va ko’ngilochar tadbirlarni shartli ravishda quyidagi turlarga yoki yo’nalishlarga ajratish mumkin:
-sport musobaqalari;
-ekskursiyalar;
-sahna ko’rinishlari;
-bayram tadbirlari;
-tantanali marosimlar;
- to’garaklar;
- viktorinalar;
- intellektual o’yinlar;
- loyihalar;
- ko’rik-tanlovlar.
Sport musobaqalari – yosh avlodni jismonan sog’lomlashtirish, irodasini mustahkamlash, jamoada ijobiy, mustahkam psixologik muhitni yaratish hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shaklidir.
Sport musobaqalarining turlari:
- jamoaviy sport turlari (futbol, voleybol, basketbol va h.k.);
- yakka tartibdagi kurash turlari (boks, milliy kurash, karate va h.k.);
- aqliy sport turlari (shaxmat, shashka va h.k.);
- harbiy sport turlari (“Shunqorlar”, “Jiddiy o’yin” va h.k.);
Sport musobaqalarini tashkil etish tartibi:
- yoshlarni keng ko’lamda sport turlariga jalb qilish maqsadida ularning qiziqishlarini aniqlash bo’yicha so’rovnoma o’tkazish;
- jamoadagi yoshlarni qiziqishlari asosida sport turlarini belgilash;
- har bir sport turi bo’yicha jamoalarni tuzish va ularni murabbiylar yordami bilan shakllantirib borish;
- hakamlarni belgilash;
- sport musobaqalarini sport anjomlari bilan ta’minlash;
- homiylarni jalb qilish;
Ushbu sport musobaqalari quyidagi samarali usullar bilan tashkil etiladi:
- amaliy mashg’ulotlar;
- trenirovkalar;
Sport musobaqalari odatda quyidagi namunaviy mavzular orqali tashkil etilmoqda:
- “Quvnoq startlar”;
- “Kubog musobaqalari”;
- “Shunqorlar” va hokazo.
Xususan, “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g’oyalarni yanada mustahkamlash, o’quvchi yoshlarni harbiy-xizmatga tayyorlash maqsadida mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablari yuqori sinf o’quvchilari, kasb-hunar kollejlari o’quvchi, talabalari o’rtasida har yili o’tkazilib, unda o’rtacha 180-250 mingdan ortiq o’smirlar ishtirok etishmoqda.
O’zbekiston yoshlarining Respublika “Shunqorlar” harbiy–sport musobaqasi chaqiruv mavsumigacha bo’lgan asosiy va zarur ommaviy–mudofaa ishlari qatoriga kirib, umumiy ta’lim o’rta maktablari, gimnaziya, kasb – hunar ta’limi o’quv yurtlari o’quvchi – talabalarining jismoniy tayyorgarliklarini yaxshilashga va ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
- O’zbekiston yoshlarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh, o’smirlarni Respublika Qurolli Kuchlari safida xizmatga va harbiy bilim yurtlariga kirishiga tayyorlash;
- o’quvchi – talabalar tomonidan O’zbekiston xalqining va Qurolli Kuchlarining shakli, tarixini o’rganish, ajdodlar boy an’analari ruhida tarbiyalash;
- yoshlarimizda mardlik, qat’iyatlik, kuch – g’ayrat, intizom, jamoatchilikka tayanish tuyg’ularini shakllantirish;
- jismonan baquvvat, chidamli, sog’lom avlodni tarbiyalash;
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni Vatanparvarlik, el – yurtga sadoqat ruhida tarbiyalsh, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”. Yoshlarimizda Vatanparvarlik hissini uyg’otishda eng ta’sirli tadbirlardan biri esa bu, Respublika yoshlarining “Shunqorlar” harbiy – sport musobaqasidir. Shunqorlar harbiy – sport musobaqasining eng ahamiyatli ishlaridan biri, u yoshlarni qo’llab – quvvatlash borasida O’zbekistondagi bir necha davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi va hamkorlik qilishga undaydi.
Xususan, ushbu tashkilotlar:
- O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi.
- O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
- O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
- O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi.
- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta- maxsus ta’lim Markazi.
- O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.
- O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi.
- Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy Kengashi.
- O’zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Kengashi.
- “Nuroniy” jamg’armasi boshqaruvi.
Shunqorlar” harbiy sport musobaqasi o’tkazilishi boshlangan vaqtdan boshlab, har bir o’quv yilida minglab o’quvchi – talabalar Vatanparvar bo’lib tarbiyalanishlari bilan birga o’z so’g’liklarini tiklamoqdalar va jismoniy, harbiy tayyorgarliklarini ham oshirmoqdalar. Musobaqaning o’tkazilishi bosqichma – bosqich tarzda tashkil etiladi.
- birinchi bosqich – maktablar, o’rta maxsus o’quv yurtlarida – dekabr –yanvar oylarida;
- ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida – fevral oyida;
- uchinchi bosqich – viloyat miqyosida – mart oyida;
- to’rtinchi (final) bosqich – Respublika miqyosida – may oyida o’tkaziladi;
Bayramlar – xalq hayoti va turmushiga singib ketgan, avloddan-avlodga meros bo’lib kelayotgan, muayyan sana, ma'lum vaqt ichida muntazam uyushtirilib turiladigan madaniy-ommaviy tadbirlardir. Bayramlar ijtimoiy, madaniy va ma'naviy sohalardagi yutuqlarni namoyish etuvchi, erishilgan yutuqlar asosida yoshlarni tarbiyalovchi muhim vositadir.
Bayram turlari:
- Umumxalq bayramlari;
- Davlat va milliy bayramlar;
- Diniy bayramlar.
Bayramlarni tashkil etish tartibi:
- ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirish;
- ko’ngilochar, estetik zavq-shavq olishga bag’ishlangan tomoshali o’yin-kulgi tadbirlarini tashkil etish;
- bayramni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish;
- sahnani mavzuga mos qilib, did bilan bezatish;
- Davlat ramzlarini to’g’ri joylashtirish;
- ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy yo’nalishdagi lavhalar, shiorlar bilan yoritish;
- katta zalni bayramona bezatish, o’rindiqlarni hozirlash;
- bayramga mahalla oqsoqollari, xayriya jamg’armalari, homiy tashkilotlar va matbuot vakillari, yozuvchilar, san'atkorlarni taklif etish;
- bayramni o’tkazish uchun zarur bo’lgan texnik va musiqiy asbob-uskunalar, boshlovchi, badiiy jamoa bilan ta'minlash.
Bayram tadbirlarini o’tkazish usullari:
- qisqa ma’ruza (10-20 daqiqa);
- tabriklar, tilaklar, istaklar bildirish;
- she’rxonlik va mushoiralarni o’tkazish;
- badiiy jamoalarning chiqishlari;
- turli xil tanlovlar uyushtirish.
Bayram tadbirlarining namunaviy mavzulari:
- «Vatan ximoyachilari kuni»;
- «Xalqaro xotin-qizlar kuni»;
- «Navro’z - yangilanish kuni”;
- «Xotira va qadrlash - burchimiz»;
- «Mustaqillik - buyuk ne'mat»;
- «Ustoz otangdan ulug»;
- «Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim»;
- «Konstitutsiya - baxtimiz qomusi»;
- «Xosil bayrami»;
- «Gul sayli»;
- «Qovun sayli» va hokazo.
Viktorina - yakka tartibda yoki jamoalar o’rtasida ma'lum bir sohadagi bilimlarni aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan savol-javob shaklidagi musobaqadir.
Viktorina turlari:
- fanlar va sohalar bo’yicha;
- ijtimoiy hayotga taaluqli ma'lumotlar bo’yicha;
Viktorikalarni tashkil etish tartibi:
- viktorinani o’tkazish Dasturini ishlab chiqish;
- savollar va javoblar ro’yxatini tuzish;
- ishtirokchilarni aniqlash;
- ishtirokchilarga manbalar ro’yxatini taqdim etish;
- tanaffus vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida musiqiy tadbirni tashkil etish;
- boshlovchini tayyorlash;
- hay’at a'zolarini belgilash;
- texnik vositalar va zaruriy jihozlar bilan to’liq ta'minlash;
- g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish.
Viktorinalarni tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- aqliy hujum;
- ikki qismli kundalik.
Intellektual o’yinlar - noan'anaviy usullarni qo’llab, yoshlarni mantiqiy o’ylashga, erkin fikrlashga, masalaga ijodiy yondashishga undovchi musobaqa shaklidagi o’yinlardir.
Intellektual o’yin turlari:
- ijtimoiy hayotga taaluqli ma'lumotlar bo’yicha;
- fanlar bo’yicha;
- sohalar bo’yicha.
Intellektual o’yinlarni tashkil etish tartibi:
- dasturlar ishlash;
- savollar va javoblar ro’yxatini tuzish;
- ishtirokchilarni aniqlash;
- guruhlarni shakllantirish;
- tanaffus vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida musiqiy tadbirni tashkil etish;
- boshlovchini tayyorlash;
- hay'at a'zolarini belgilash;
- texnik vositalar va zaruriy jihozlar bilan to’liq ta'minlash;
- g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish.
Intellektual o’yinlarni tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- breyn-ring;
- aqliy hujum;
- guruhiy faoliyat.
Intellektual o’yinlarning namunaviy mavzulari:
- “Zakovat”;
- “O’yla, izla, top”;
- “Iqtidor”;
- “Imkon”;
- “Zinama-zina”;
- “Qilni qirq yorib” va hokazo.
Loyihalar tanlovi - yoshlarning o’z manfaatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari asosidagi g’oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishdagi samarali tadbirdir.
Loyihalar tanlovi turlari:
- muammolarni aniqlashga qaratilgan g’oyalar tanlovi;
- muammolar yechimini topishga qaratilgan loyihalar tanlovi.
Loyihalar tanlovini tashkil etish tartibi:
- g’oyalar yoki loyihalar tanlovlari namunaviy mavzularini (nominatsiyalarini) belgilash;
- tanlov Nizomini ishlab chiqish;
- hay'at a'zolarini belgilash;
- loyihalar taqdimotini o’tkazish;
- loyihalarni baholash;
- g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish.
Loyihalar tanlovini tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- «Ma'lumotlar bazasini yaratish»;
- «Guruhlardagi ishni tashkil etish»;
- «Taqdimot».
Loyihalar tanlovining namunaviy mavzulari:
- Eng yaxshi g’oya;
- Tashabbuskor yetakchi;
- Yangi ish modeli;
- Eng dolzarb mavzu;
- Eng yaxshi tadbirkor;
- Mening mahallam;
- Mening maktabim va hokazo.
Ko’rik-tanlov - ma'lum bir sohadagi bilim, mutaxasislik va kasb-hunarga yoshlarning qiziqishlarini oshirish maqsadida o’tkaziladigan tanlovdir.
Ko’rik-tanlov turlari:
- ijod namunalarining ko’rgazmasini tashkil etish asosida;
- qobilyat va ko’nikmalarni namoyish etish asosida;
- bilimlarini amaliyotda qo’llay bilishga qaratilgan.
Ko’rik-tanlovni tashkil etish tartibi:
- tanlov senariysini ishlab chiqish;
- qatnashuvchilar ro’yxatini tuzish;
- ijod namunalari ko’rgazmasini tashkil etish;
- savollar va javoblar ro’yxatini tuzish;
- boshlovchini tayyorlash;
- hay'at a'zolarini belgilash;
- texnik vositalar va zaruriy jihozlar bilan to’liq ta'minlash;
- g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish.
Loyihalar tanlovini tashkil etish davomida qo`llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:
- “Rolli o’yinlar”;
- “Breyn-ring”;
- “Insert”;
- “Ikki qismli kundalik”.
Ko’rik-tanlovlarning namunaviy mavzulari:
- “Eng yaxshi hamshira”;
- “Eng yaxshi hunarmand”;
- “Eng yaxshi ijodkor”;
- “Eng yaxshi qo’shiqchi”;
- “Eng yaxshi jurnalist” va hokazo.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati uning tarkibiga uyishgan fuqarolar manfaat va orzu intilishlarini ifoda etishi bilan bog’liq ekanini inobatga olsak, tashkilotlarda deyarli barcha ommaviy bayramlar keng nishonlanadi.
Xalq hunarmandchiligi, amaliy va tasviriy san`at, havaskor ijodkorlar ko'rigi, savdo-ko'rgazmalari amaliy san`at ixlosmandlarini rag'batlantirib, ularning ilhomiga ilhom qo'shib yubordi.
Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, nodavlat notijorat tashkilotlarida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy, ko’ngilochar tadbirlar aholini madaniy dam olishini ta’minlash, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy tafakkurini yuksaltirish bilan bir qatorda, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siridan himoya qiladi.
Download 22.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling