Omon Matjon hayoti va ijodi. She’rlari


Download 266.73 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi266.73 Kb.
#1219336
Bog'liq
omon motchon

Omon Matjon hayoti va ijodi. She’rlari


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.

Shoir haqida

Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943-yilning 14-fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog‘olon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq pochta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar boy bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20-yillarida boshlangan quloqlashtirish siyosatining oqibatini o‘ylab, bor mol-mulkini hukumatga topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanida dunyodan o‘tgan.


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Shoir bolaligi haqida quyidagicha eslaydi
“Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gazeta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953-yilning 5-martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘limi mudiri Stalinning o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo‘ldi. Men yig‘lab uyga keldim. “Ota, Stalin otamiz o‘libdi!..” U kishi mollarga xashak solib yurgan edilar: “Nishatiyin, mening otam ham o‘lgan!”, — dedilar beparvo!”
@uzbek_tilim
Ilk she’ri
1958- yilning 15-martida Yangibozor tuman gazetasida bosilib chiqqan.

Kitoblari

  • “Ochiq derazalar” (1970)
  • “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973)
  • “Quyosh soati” (1974)
  • “Yonayotgan daraxt” (1977)
  • “Yarador chaqmoq” (1979)
  • “Haqqush qichqirig‘i” (1979)
  • “Seni yaxshi ko‘raman” (1981)
  • “Daraxtlar va giyohlar” (1984)
  • “Gaplashadigan vaqtlar” (1986)
  • “Ming bir yog‘du” (1989)
  • “O‘rtamizda birgina olma” (1990)
  • “Qush yo‘li” (1993)
  • “Imon yog‘dusi” (1994)
  • “Saylanma” (1997)
  • “Ardaxiva” (2001)

@uzbek_tilim

Mehnat faoliyati

O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Cho‘lpon” nashriyoti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Omon Matjon — zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi vakillaridan biri.

“Vatan mehri” she’ri

Parvoz etdim men qushlarga qo‘shilib erkin,

Oq bulutlar peshonamni o‘pdilar silab.

Zamin sehrin shunda qalbga jo etgan edim,

Oq xirmondan har yoqamga tolalar ulab.

O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,

Beruniylar, xorazmiylar, kubrolar yurti,

Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,

Vatan birla millatga jon fidolar yurti!


@uzbek_tilim

“Avvalgilarg‘a o‘xshamas” muxammasi

Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kotib-u davr-u raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,

Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,

Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,

Ne sitamkim qilsa rahm, maxfiy erdi zimnida,

Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg‘a o‘xshamas.


@uzbek_tilim

“Eng so‘nggi xazina” she’ri

Ko‘p qiziqdir ko‘hna moziy taqriri,

Ko‘p qiziqdir unda xalqlar taqdiri.

Agar kimdir mashhur esa qadimda,

Yo‘qdir bugun u hech kimning yodinda.

Kimdir kecha xor-u xasga yursa teng,

Bugun uning shon-shuhrati ko‘kda deng.

Nahot hech kim boqiy umr olmasa,

Nahot hech bir zot ustuvor qolmasa?!

Savol ko‘pdir, ammo charxda tinim yo‘q,

Go‘yo unda hech narsaga qo‘nim yo‘q!

Shu taxlitda zamin-zamon do‘nipti,

Hamma shunga ko‘nipti.


@uzbek_tilim

Shoir she’rlari haqida

Omon Matjon she’rlarida Xorazm vohasiga xos so‘z boyligidan, o‘sha yurtning afsonalaridan, xorazmliklarning shirin lafzidan o‘rinli foydalanadi. Shoir xalq ijodiga tez-tez murojaat qiladi. Shuning uchun ham uning she’rlari yengil o‘qiladi, kuchli ta’sir qiladi va oson yodda qoladi. Shoirning she’rlarini mehr qo‘yib, sinchiklab o‘qish, ularni yodlab olish kishi ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu she’rlar she’rxonni hayot, odamlar, ularning ichki olami haqida jiddiyroq o‘ylash va o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga yo‘naltiradi.


@uzbek_tilim

Foydalanilgan adabiyot:


@uzbek_tilim

Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Qayta

ishlangan 4-nashri. /Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekov; [Mas’ul muharrir: V.Rahmonov]. —T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2019.


Download 266.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling