Ona bor, dunyoda yashash boshqacha, Onaning tafti-yu, mehri boshqacha


Download 12.91 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1647243
Bog'liq
Ona bor


Ona bor, dunyoda yashash boshqacha,


Onaning tafti-yu, mehri boshqacha.
Kirsahamki hatto to'qson yoshgacha,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Yashaydi onamiz bizlarni o'ylab,


Tunu kun hudodan baxtimiz so'rab.
Onasiz qolganlar to'ymaydi yig'lab,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Odamda martaba obro' bo'lsa ham,


Qo'lida millionlab puli bo'lsa ham,
Yonida otasi hayot bo'lsa ham,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Onalar doimo hurmatda bo'lsin,


Farzandi baxtini albatta ko'rsin.
Yetimlik dardini azobi qursin,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Yetimlik dardini yetim biladi,


Uning bu dunyosi bir kam bo'ladi.
O'zidan o'tganni o'zi biladi,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Onangiz umriga umr tilayman,


Bir umr tugalmas baxtni tilayman.
Onasi yo'qlardan uzr so'rayaman,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Onam bor hudoga shukr qilaman,


Ularga ming bora tazim qilaman.
Bu she'rni onamga atab yozaman,
Onasiz hayotda yashash boshqacha.

Armon qachon beriladi bilasizmi saytdosh?


Armon sevgan insonizni emas ota-onangizni yo'qotganingizda bilinadi.
Do'stlar ota-onangiz bormi demak sizda armon yo'q!
Otajonlarimiz Onajonlarimiz boriga shukur qilaylik. Ular xaqqiga duoda bo'laylik!!!
Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling