Ona ibodati.(Sergey Yesenin))


Download 13.32 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi13.32 Kb.

ONA IBODATI.(Sergey Yesenin))

Qishloqning bir chetida Pastakkina uy turar,

Sajda qilib shu uyda Onaizor öltirar.

Yolg'iz o'g'lin eslar u Yonib achchiq firoqda.

O'g'li esa yurt uchun Jang qilardi yiroqda.

Ona sajda qiladi, Közyoshlari shashqator.

Bir nuqtaga tikilgan, Xayolida nelar bor?

Ko'z oldiga keladi: Keng dala-jang maydoni.

Jonsiz yotar maydonda Mard o'g'li pahlavoni.

Ko'kragida jarohat,Qop-qora qon har yog'i.

Qolmish jonsiz qo'lida Dushmanining bayrog'i.

Ona yuzin qoplar g'am, Chimirgancha qoshini,

Asta suyar qo'liga Oppoq sochli boshini.

YURAK dardi yosh bo'lib, Tòlib kelar kòziga.

Marjon-marjon tomchilar. Oqib tushar yuziga.

Senariyning borishi

Sher boshlanishi bilan Ona sahnada joynamoz ustida o’tirgan holatda paydo bo’ladi. Sho’ngra shnaning boshqa tarafida askar yigit dushmanlarga qarshi jang olib borayotgani sahnalanadi. Shu paytda dushmanining bayrogini ko’rgan yigit unga tirmashadi lekin ortidan dushman kelib uni otib tashlaydi. Yigit yiqilyotganda bayroqni ham qo’shib ushlab yiqiladi va dushman bayrog’I yerga tegadi. Dushman yutqazaganini tan olib ketadi, yigit esa ko’kragi qon bo’lib yerda yotadi. Kegin quroldoshlari uni olib, jasadini onasiga olib keladi va so’ngida hamma askarlar onaga HARBIYCHA SALOM beradi. Shundan so’ng sahna ko’rinishi tugaydi.
Download 13.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling