Ona, mehribon Ona, Sizga oʻxshamadi oʻgʻlingiz


Download 9.9 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi9.9 Kb.
#329584
Ona, mehrib
Bog'liq
jism va jismlarsiz bajariladigan mashqlarni orgatish metodikasi, jism va jismlarsiz bajariladigan mashqlarni orgatish metodikasi, 1, мус 1 (1), QOQON, QOQON, ads, 2 5411304251999650925

Ona, mehribon Ona,

Sizga oʻxshamadi oʻgʻlingiz.

Erkarogʻ-u,oʻjarroq yana,

Ayting ,nima istar koʻnglingiz

Nima yegiz kelyabdi ona

Palovmi yo sergoʻsht norinmi

Hech tortinmay ayting barini

Poyingizga sochay borimni

Nima yegiz kelyabdi ona

Roʻzgʻor oʻzi boʻlmaydi toʻla

E, oʻylamang biror gap boʻlar

Osh damlaymiz oʻzim qoʻl bola

Osh damlasam yeysizmi ona

Ey yoʻq bunday emasda

Endi ogʻiz oshga yetganda

Oshqozonga botar demangda

Topib keldizku biz ne yeganda

Eh hayot ,shunday ekanda

Oʻylab emas, oʻynab yeng siz ham

Bolam topib kepdi, deng siz ham

Bizsiz luqma tortmadingiz lek

Yogʻlik oshlar yedik sizsiz ham

Eh, onama ,onama, onam

Oy chiqsa ham bolamga deysiz

Kun tugʻsa ham bolamga deysiz

Qachon, qachon oʻziz gʻamizi yeysiz

Faqat biz deb yashaysiz ,

Siz deb ayting, kim yashar ona

Bolam,bolam deb yuravermang

Buncha biz deb kuyanavermang

Pensangizni hech kimga bermang.

Bollar kunin koʻryabdi ,ona

Istaysizmi, aylangani zoʻr joylar bisyor

Sal oshinib ,boraylik shu bahor

Bundayrogʻ-u bir toychogʻim bor

Qayga borgiz kelyabdi ,ona

Oyoqlarim tolyabdi demang

Koʻzim nurdan qolyabdi demang

Endi faqat oʻzizi oʻylang

Bollar , jonin qadrin bilyabdi ona

Bir ikki soʻm yiqqallarim bor

Yuring, ketdik boramiz bozor

Bogʻcha ,maktab,toʻyda har safar

Bizlar kiydik yangisini koʻp bor

Ey bechora ,ey siz hokisor

Koʻylagizdan ketsa ham ohor

Tengdoshidan kam boʻlmasin deb

Oʻziz kiymay kiydirdingiz qator

Oʻksimasin bolam deb takror

Imkonim bor ayting bemalol

Nima kiygiz kelyabdi ona

Ey yoʻq deysiz ,bolam qoʻy deysiz

Oʻzing yeb ,oʻzi toʻy deysiz

Buncha meni gʻamimni yeysiz

Men qolib hatto bolamni deysiz

(Ona , bolam ham tinch,

Oilam ham tinch.

Lekin siz nima hohlesiz bilmayman ona

Bundogʻ yoriling

Nima yegiz nima degiz kelyabdi ona)

Bola ekanmanda hali ham bola

Shu yerda ham bir gʻamimni aytaman yana

Olisdagi Munis azizam

Maylimi shu gapimni aytsam

Negadir zoʻr yozolmayabman

Menga nima boʻlyapti ona

Koʻoʻoʻoʻp yigʻlagim kelyabdi ona

Shu yo'sinda kunlar o'tyabdi,

Dardim meni sekin yutyabdi.

Sher yozilgan daftarni yopdim,

Yana qaytib ishimga chopdim.

Xayot yo'llarimda,

Oʻzimga ,bir -ikkita yangi nom topdim. Mashxur O'g'il, bemexr bola.

Qulog'imdan bir cho'zgin ona.

(Hali koʻrasiz men buyuk inson boʻlaman

Toshkentdan uy olaman

Siz ,men akalarim barchamiz birga bir dasturxon ustida osh yeymiz deb )

Yuragimdan ketkazib g'ubor,

Bolam ,Sen yaxshisan deying yana bir bor.

Atrofingizda bo'lib parvona



Rozi qilay, deymanda ona,

Rozi qilay deymanda ona.
Download 9.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling