Ona politexnika instituti energetika fakulteti


Download 39.43 Kb.
Sana29.09.2020
Hajmi39.43 Kb.
#131766
Bog'liq
AIB va A baholash mezonlari


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ENERGETIKA FAKULTETI

Informatika va axborot texnologiyalari”



kafedrasi

Axborotlarga ishlov berish va algortimlash”



fanidan

BAHOLASH MEZONLARI

Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik soha

Ta’lim sohasi: 310000 –Muxandislik ishi

5312600 – Mexatronika va robototexnika

Ta’lim shakli: kunduzgi

Ta’lim tili: o’zbek

Farg’ona – 2020 yil

Fanning baholash mezonlari talabalar tomonidan belgilangan bilim va ko’nikmalarga erishish darajasini belgilash uchun sinov materiallari (joriy vazifalar (topshiriqlar), testlar, savollar va boshqalar) va ulardan foydalanish usullari to’plami hisoblanadi.

Fanning baholash mezonlari talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichi, oraliq va yakuniy baholash jarayonida qo’llaniladi.

Fanning baholash mezonlari quyidagi normativ va me’yoriy xujjatlar asosida tayyorlandi:



  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi Nizom

“__” _____ 2020 yilda №___ buyruq bilan tasdiqlangan 5312600 – Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari.

  • Toshkent texnika universitetida ishlab chiqarilgan hamda “__” ____ 2020 yilda №_______________ raqami bilan ro’yxatga olingan fan dasturi.

  • Fanning ishchi dasturi.

Tuzuvchi: katta o’qituvchi ___________S.I.Zokirov.

Kafedra mudiri: t.f.n., dots. ____________L.Mamadalieva

Fanning baholash mezonlari “_________________” kafedrasi bilan kelishildi.

Kafedra mudiri: _________ __________________

“____”__________ 2020 yil

5312600 – Mexatronika va robototexnika

• Dunyoqarash bilan bog’liq tizimli bilimlarga ega bo’lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;

• Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lishi;

• tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o’z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

• insonning boshka insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;

• axborot yig’ish, saklash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo’lishi, o’z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;

• tegishli bakalavriat yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;

• yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;

• sog’lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to’g’risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o’zini jismoniy chiniqtirish o’quv va ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.

5312600 – Mexatronika va robototexnika



Mashg’ulotlar turi.

Umumiy soat

I semestr

Nazorat turi va shakli

Baholash muddati

Yakuniy nazorat shakli

Ma’ruza

30

30

ON–yozma

18 hafta

yozma

Amaliy mashg’ulot

30

30




Har bir bo’lim yakunida




Mustaqil ta’lim

60

60




ON va amaliy mashg’ulotda




JAMI:

120

120










Talabalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son bo’yrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi NIZOM”i hamda “Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari bilan fan o’qituvchisi tomonidan birinchi mashg’ulotda tanishtiriladi.

Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.



Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

  • mexatronika va robototexnika sohasi faoliyatida axborot texnologiyalarini qo’llash istiqbollarini;

  • Internetdan foydalanish yo’llarini;

  • mexatronika va robototexnika sohasi faoliyatiga qaratilgan Internet resurslarini;

  • muhandislik sohasi ofis ishini avtomatlashtirishni;

  • muhandislik ishini boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarni;

  • muhandislik ishi sohasi uchun ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalarini qo’llash;

  • algoritm tushunchasi va uning xossalari, algoritmlarni tasvirlash usullari, rekursiya va iterasiya, algoritmning murakkabligi tushunchasi, algoritm turlari, samarali algoritmlar ishlab chiqishning asosiy usullari, algoritmik tillar bilan tanishish;

  • algoritmik tillarning asosiy tushunchalari: steklar, navbatlar, daraxtlar, algoritmlar tahlili kabilar haqida ma’lumotlar olish;

  • saralash algoritmlari va ulardan foydalanish usullari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;

Bular bilan bir qatorda bakalavr:

  • mexatronika va robototexnika sohasidagi masalalarni yechishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash;

  • dasturlar paketi yordamida texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashni;

  • ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni;

  • lokal va global kompyuter tarmoqlarida axborotlarni qidirish hamda tahlil qilish;

  • o’z fikr-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Axborotlarga ishlov berish va algortimlash fanidan

baholash tartibi va mezonlari

  1. Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 baho tizimda baholanadi.

  2. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi mezonlarga asoslanadi:

“Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:

  • Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish.

  • Algoritmlar samaradorligini baholash.

  • Tanlash va joylashtirish turkumidagi murakkablikga ega saralash algoritmlari.

  • Almashish usulida saralash, saralashning Sheyker usuli.

  • Algoritmlar tahlili.

  • Algoritmlarni ishlab chiqish metodlari.

  • Rekursiya va rekursiv funksiyalar.

  • Qidiruv usullari: binar qidiruv, Fibonachchi qidiruv, binar daraxt boʻyicha qidiruv.

  • Rabin-Karp algoritmi.

  • Graflar bilan ishlovchi sodda algoritmlar.

  • Python tili dasturlash tilining alifbosi, buyruqlar tizimi va operatorlari.

  • Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar.

  • Pythonda massivlar.

  • Pythonda satriy kattaliklar bilan ishlash.

  • Qism dasturlar.

  • Pythonda fayllar bilan ishlash.

  • Grafika moduli va ular bilan ishlash.

  • Python tilida sodda shakllar chizish.

  • o’z fikr-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Axborotlarga ishlov berish va algortimlashfanidan

Nazorat turlari

  1. “Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fanidan talabalar bilimini nazorot qilish oraliq va yakuniy nazorot turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.

2.Oraliq nazorot semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi.

3. Oraliq nazorot turi «Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fan bo’yicha faning xususiyatidan kelib chiqqan holda 1 marta o’tkaziladi.

4.Talabalarning «Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fanidan amaliy mashg’ulotlari va mustaqil taьlim topshiriqlarini bajarish shuningdek ushbu mashg’ulotlardagi faoligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab beriladi. Baholash mazkur nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshirilgan.

Talabani oraliq nazorot turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlaridavomida olgan bahoari inobatga olinadi.

5.Yakuniy nazorat turi «Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fan bo’yicha 1- semestrda yozma shaklida olinadi.

6.Yakuniy nazorat turi oliy taьlim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o’quv-uslubiy bo’lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.

5 baho :

“Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fan bo’yicha o’tilgan mavzular buyicha mustaqil mushoxada yurita olishi; olgan bilimlarini amalda qo’llay olishi; mohiyatini tushunishi; bilishi, aytib berishi; tasavvurga ega bo’lishi shart.

4 baho:

«Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fan bo’yicha o’tilgan mavzular buyicha mustaqil mushoxada yurita olishi; olgan bilimlarini amalda qo’llay olishi; mohiyatini tushunishi; bilishi, aytib berishi; tasavvurga ega bo’lishi shart.



3 baho:

«Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fan bo’yicha o’tilgan mavzular buyicha ijodiy fikrlay olishi mohiyatini tushunishi; bilishi, aytib berishi; tasavvurga ega bo’lishi shart.

2 baho:

«Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fan bo’yicha o’tilgan mavzularni o’zlashtirmagan; dasturlash tili xaqida ma’lumotga ega bo’lmagan, fanning mohiyatini bilmagan; aniq tasavvurga ega bo’lmaga; mustaqil fikrlay olmagan talabalarga quyiladi.



"Axborotlarga ishlov berish va algortimlash" fanidan talabalarning faoliyati baholash uchun topshiriqlar mazmuni
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi NIZOM”ning 2-bob 10-bandiga asosan talabaning amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Fan bo’yicha joriy baholash o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulotlarda joriy baholash og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, mustaqil ta’lim va uy vazifalarini tekshirish kabi shakllarda o’tkazilishi mumkin. Laboratoriya mashg’uloti bo’yicha joriy baholash talabaning laboratoriya ishini nazariy topshirishi, ishni bajarishi va hisobotini baholash asosida amalga oshiriladi.
Amaliy mashg’ulotlar

Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun mo’ljallangan uslubiy qo’llanmada keltirilgan savollar va topshiriqlardan foydalaniladi.

Amaliy mashqlarga tayyorgarlik ko’rish uchun:

a) dars mavzusi bo’yicha nazariy materiallarni o’rganish;

b) berilgan topshiriqlar, savollar va masalalarga javoblar tayyorlash kerak.

Uy vazifasini bajarish amaliy mashqlarga tayyorgarlikning bir qismidir.


ORALIQ NAZORAT TURI BO’YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI.

“Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fani bo’yicha ishchi fan dasturida ma’ruza soatlari hajmidan kelib chiqib, 1-semestrda 1 ta oraliq nazorat (ON) turi belgilangan. Talabalarning oraliq nazorat baholari fan o’qituvchisi tomonidan eshittiriladi va gurux jurnalining tegishli ustuniga qayd etiladi. Oraliq nazorat turi yozma ish yoki test shakllarida hamda unga qo’shimcha ravishda mustaqil ta’lim shaklida o’tkaziladi.



Yozma ish savollaridan namunalar:

  1. Algoritmlar nazariyasi tarixini o’rganish.

  2. Birinchi algoritmlarni tuzishga misollar.

  3. Algoritmlar sifatini baholashning asosiy mezonlari.

  4. Matematik induksiya usulini o’rganish.

  5. Butun qiymatli funksiyalar.

  6. Binomial koeffisiyentlar.

  7. Algoritm tarifini va xususiyatlarini o’rganish.

  8. Masala quyilishiga misollar.

  9. Modellarni qurishga misollar.

  10. Algoritmning tug’riligini tekshirishga misollar.

  11. Xujjatlashtirishga misollar.

  12. Algoritmning umumiy ko’rinishiga misollar

  13. Tarmoqlanish buyruqlariga misollar.

  14. Tanlash buyruqlariga misollar.

  15. Takrorlanish buyruqlariga misollar.

  16. Maksimum va minimum topish algoritmlarini o’rganish.

  17. EKUB va EKUKlarni topish kabi masalalar algoritmlarini o’rganish.

  18. Tasvirlarni tanish masalalariga algoritmlarni o’rganish.

  19. Evristik algoritmlarini xususiyatlarini o’rganish.

  20. Kommivoyajer masalalari.

  21. Qirralar va chegaralar usuli yerdamida yechiladigan masalalar.

  22. Eng qisqa yo’larni topish masalalariga algoritmlar tuzish.

  23. Tartiblash usullari turlari.

  24. Tartiblash masalalarini yechishda rekursiv va rekursiv bo’lmagan algoritmlardan foydalanish.

  25. Matrisalarni ko’paytirish masalasiga algoritmlar.

  26. Graflarni amalga oshirish algoritmlari.

  27. Geometrik algoritmlar.

  28. To’rlar va daraxtlar. Daraxtlar tasniflanishi. 29.Daraxtlar bilan ishlash algoritmlari 30. NP-to’liqlik.

  1. Algoritmning hisoblash murakkabligini tushunchasi.

Algoritmni dastur sifatiga ta’sirini hisobli taxlili.
Yozma ish variantidan namuna

Variant 1





  1. Algoritmlash fani va algoritmlash san’ati.

  2. Algoritmni to’liq tuzishning asosiy bosqichlari. Algoritmni to’g’riligini tekshirish. Algoritmni amalga oshirish.

  3. Algoritmni va uning murakkabligini taxlil qilish.

Variant 2



  1. Algoritmlashning matematik asoslari. Matematik induksiya. Yig’indi va ko’paytmalar.

  2. Algoritmning asosiy ta’rifi va hossalari. Algoritmni tuzishning asosiy bosqichlari. Masala quyilishi.

  3. Algoritm murakkabligini baholash uchun mavjud mezonlar. Algoritm murakkabligini vaqt murakkabligi mezoni bo’yicha taxlil qilish.

Yozma ish asosida talabalar bilimini baholash mezoni:

- Talaba berilgan savollarni barchasini to’liq yoritib, misollar yordamida mustaqil fikrlab, ijodiy yondashsa, masala va topshriqlarni hatosiz yechsa va izohlasa talabaga "5-a’lo" baho qo’yiladi.

- Talaba berilgan savol va topshiriqlarni kamida 70 foizini yoritib, masala va topshriqlarni hatosiz yechsa va qisman izohlasa talabaga "4-yahshi" baho qo’yiladi.

- Talaba berilgan savol va topshiriqlarni 60 foizini yoritib, masala va topshriqlarni to’g’ri yechsa va izohlasa, yoki berilgan savollarning 60-70 foiziga to’g’rijavob bersa talabaga "3-qoniqarli" baho qo’yiladi.

- Talaba berilgan savollarni qisman yoritib, masala va topshriqlarni noto’gri yechsa, yoki berilgan savollardan faqat 2 tasiga javob bersa, ya’ni 60 foizidan kam javob bersa talabaga "2-qoniqarsiz" baho qo’yiladi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlaridan namunalar:


  1. Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish.

  2. Algoritmlar samaradorligini baholash.

  3. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murakkablikga ega saralash algoritmlari.

  4. Almashish usulida saralash, saralashning Sheyker usuli.

  5. Algoritmlar tahlili.

  6. Algoritmlarni ishlab chiqish metodlari.

  7. Rekursiya va rekursiv funksiyalar.

  8. Qidiruv usullari: binar qidiruv, Fibonachchi qidiruv, binar daraxt boʻyicha qidiruv.

  9. Rabin-Karp algoritmi.

  10. Graflar bilan ishlovchi sodda algoritmlar.

  11. Python tili dasturlash tilining alifbosi, buyruqlar tizimi va operatorlari.

  12. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar.

  13. Pythonda massivlar.

  14. Pythonda satriy kattaliklar bilan ishlash.

  15. Qism dasturlar.

  16. Pythonda fayllar bilan ishlash.

  17. Grafika moduli va ular bilan ishlash.

  18. Python tilida sodda shakllar chizish.


YAKUNIY NAZORAT TURI BO’YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI.

Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Talaba fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishi shart.

Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat fan bo’yicha semestr yakunida yozma ish shaklida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat turi fakultet dekani (o’quv-uslubiy bo’lim) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.


Yozma ish variantidan namuna
“Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fanidan yakuniy baxolash (yozma ish) sinovini o’tkazish uchun savollari to’plami.

Variant № ____

1. Algoritmlash fani va algoritmlash san’ati.

2. Maksimum topish algoritmini tadqiq qilish.

3.Natural n va a1, ..., an xaqiqiy sonlar berilgan.

Min(a2, a4,...)+ Max(a1, a3,...)ni xisoblaydigan algoritm va dastur tuzing.


Tuzuvchi: S.I.Zokirov

“Axborotlarga ishlov berish va algortimlash” fanidan yakuniy baxolash (yozma ish) sinovini o’tkazish uchun savollari to’plami.

Variant № ____

1. Algoritmlashning matematik asoslari. Matematik induksiya.

2. Kommivoyajer masalasini yechish uchun GTS algoritmi. Evristik algoritmlar.

3. Natural n, haqiqiy n*9 ulchamli matrisa berilgan. Har bir ustunning o’rta arifmetigini topadigan algoritm tuzing


Tuzuvchi: S.I.Zokirov

Yozma ish asosida talabalar bilimini baholash mezoni:

- Talaba berilgan savollarni barchasini to’liq yoritib, misollar yordamida mustaqil fikrlab, ijodiy yondashsa, masala va topshriqlarni hatosiz yechsa va izohlasa talabaga "5-a’lo" baho qo’yiladi.

- Talaba berilgan savol va topshiriqlarni kamida 70 foizini yoritib, masala va topshriqlarni hatosiz yechsa va qisman izohlasa talabaga "4-yahshi" baho qo’yiladi.

- Talaba berilgan savol va topshiriqlarni 60 foizini yoritib, masala va topshriqlarni to’g’ri yechsa va izohlasa, yoki berilgan savollarning 60-70 foiziga to’g’rijavob bersa talabaga "3-qoniqarli" baho qo’yiladi.



- Talaba berilgan savollarni qisman yoritib, masala va topshriqlarni noto’gri yechsa, yoki berilgan savollardan faqat 2 tasiga javob bersa, ya’ni 60 foizidan kam javob bersa talabaga "2-qoniqarsiz" baho qo’yiladi.
Download 39.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling