«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


Download 49.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2017
Hajmi49.87 Kb.

I chorak

 

«Ona tili» 5-sinf  sana:_________________  Sinf: ________________ 

Mavzu: TIL-IJTIMOIY HODISA 

Darsning maqsadi: 

a)  ilmiy maqsad - tilning ijtimoiy hodisa ekanligini o’quvchilarga tushuntirish; 

b)tarbiyaviy  maqsad  -  o’quvchilarni  insonparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  muomala 

madaniyatiga o’rgatish; 

d)  rivojlantiruvchi  maqsad-o’quvchilar  so’z  boyligini  oshirish,  nutqini  rivojlantirish, 

mustaqil fikrlashga o’rgatish. 



Darsning jihozi: tillar shajarasi surati. 

Darsning rejasi: 

1.  So’z, til va milliy til tushunchalari. 

2.  Dunyo tillari haqida ma'lumot. 

Ushbubirinchi dars orqali o’quvchilar tilning mo’jizali olamiga ilk qadam tashlaydilar, tilning 

inson  hayotidagi  o’rni,  ahamiyatini  anglaydilar.  Avvalo,  mavzuning  nomlanishiga  e'tibor 

qaratiladi. 

Har  bir  fan  maktabda  kirish  darsi  bilan  boshlanadi.  Buning  sababi  aynan  ona  tili  darsida 

izohlansa, ayni muddao bo’ladi. 

Siz  yangi  bir  joyga  borsangiz  yoki  yangi  bir  hi  no,  xonaga  kirsangiz,  eng  avval  bu  yerga 

diqqat bilan qarab, o’rganib chiqasiz, shu joy muhitiga moslashasiz, u bilan tanishasiz. Demak, 

kirish  ilk  tanishish,  moslashishdan  iborat.  Bizning  ilk  tanishuv  darsimiz  esa  tilning  ijtimoiy 

hodisa ekanligi haqida. 

Shu  kabi  kirish  so’zi  bilan  dars  boshlangach,  mavzuning  ostida  berilgan.Ikkita  topshiriq 

bo’yicha  qisqa  suhbat  o’tkaziladi.  U  so’z,  til,  muomala,milliy  til  va  millat  tushunchalari 

doirasida bo’ladi.Suhbat topshiriqlardan keyin berilgan mavzuga aloqador maqola mazmuniga 

ulanib  ketishi  lozim.  O’quvchilarning  diqqatini  asosiy  nuqtaga  qaratish  uchun  birin-ketin 

mulohaza uyg'otish maqsadida quyidagi ikki savol bilan murojaat qilish mumkin. 

1.  Til  o’zi  nima?  Siz  uni  qanday  tushuntirasiz?  Bunda  til  kishilar  orasida  aloqa  vositasi 

ekanligi oydinlashishi kerak. 

2.  «ljtimoiy hodisa» birikmasini qanday tushunasiz? 

Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  5-sinf,  hatto  yuqori  sinf  o’quvchilari  ham  ijtimoiy  so’zining 

ma'nosini tushunmaydilar, tushunsa ham sharhlay olmaydilar. 

Shuning  uchun  insonlar  o’rtasidagi  munosabat,  inson  bilan  bog'liq  har  qanday  voqelikning 

ijtimoiy  hodisa  ekanligini  soddatil  bilan  tushuntirish  lozim.  Bu  tushunchalar  dars  oxirida 

berilgan  uchta  savol  bilan  mustahkamlanadi.  Shu  o’rinda  barcha  bolalarga  tanish  «Maugli» 

multfilmini eslatish o’rinli bo’ladi. 

Qolgan  barcha  mashqlar  ma'rifiy  ahamiyatga  ega  bo’lib,  suhbat  munozara  shaklida 

bajariladi.  Bu  darsdagi  suhbatlar  asnosida  o’qituvchi  sinfdagi  o’quvchilar  bilan  tanishadi, 

ularning nutqi, fikrni dalillash malakalari haqida ilk ma'lumot oladi. Shu jihatdan ham bu dars 

o’qituvchi uchun ahamiyatlidir. 

Bu darsda baholash o’qituvchining og'zaki rag'batlantirishi shaklida bo’lishi mumkin. Faol 

qatnashgan,  og'zaki  nutqi  ravon  o’quvchilarga  alohida  e'tibor  berilishi  ham  o’ziga  xos 

baholashdir. Uyga vazifa sifatida darsda ulgura olinmagan bitta yoki ikkita mashq beriladi. O. 

Husanovning«Tog'da o’sgan bola»qissasini topib o’qish tavsiya qilinadi. 

 

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________



 

Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun 

+998902295952 

telefon 


raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega 

bo’ling! 

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin. 

P.S. Sizning to’lovingiz  



www.entt.uz

 

loyihasi rivoji uchun sarflanadi. 



 

Narxi: 15000 sum 

 


«Ona tili» 5-sinf  sana:_________________  Sinf: ________________ 

Mavzu: O’ZBEK TILI—DAVLAT TILI 

Darsning maqsadi: 

a)  ilmiy maqsad - davlat tili va uning mohiyatini ochib berish

b)  tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarni ona tiliga, Vatanga hurmat ruhida tarbiyalash; 

d)rivojlantiruvchi 

maqsad-o’quvchilarning  og'zaki  nutqini  rivojlantirish,  mustaqil 

fikrlash malakasini shakllantirish. 



Darsning  jihozi:  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  O’zbekiston 

Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni. 

Darsning rejasi: 

1.  Davlat tili tushunchasi. 

2.  Respublikamizda o’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi. 

3.  Til — millat ko’zgusi. 

Har  bir  darsda  uyga  berilgan  topshiriq  so’raladi,  nazorat  qilinadi,  chunki  o’quvchining 

oldingi darsni qay darajada o’zlashtirgani, shuningdek, fanga munosabati va bilimi shu suhbat 

orqali  oydinlashadi.  O’qituvchi  mashg'ulotni  qanday  shaklda  rejalashtirganiga  qarab,  uyga 

vazifa dars boshlanishida yoki dars davomida nazorat qilinishi mumkin. Qo’shimcha material 

4-5 ta savol- topshiriqni o’z ichiga olgan testlar bilan ham uyga topshiriqni tekshirish mumkin. 

Ushbu  darsda  kirish  topshiriqlari  ona  tili,  milliy  til  va  milliy  qadr-qimmat  tushunchalari 

suhbat, munozara shaklida muhokama qilinadi. O’qituvchi 

Ona tili metodikasi, 5-sinf boktlarining bu boradagi mulohazalarini umumlashtirib, xulosalaydi. 

So’ngra davlat tili haqida tushuncha beradi. iqtidorli,qobiliyatli o’quvchilarni ko’zlab, qaysi til 

qaysi mamlakatda davlat tili ekanligi haqidagi savol o’rtaga tashlanadi. Qo’shimcha ma'lumot 

sifatida ba'zi mamlakatlarda ikki va undan ortiq til davlat tili ekanligi ham eslatiladi. Masalan: 

Qozog'istonda qozoq va rus, Qirg'izistonda qirg'iz va rus, Hindistonda hind va ingliz tillarining 

davlat tili hisoblanishi aytib o’tiladi. 

Shu  o’rinda  o’qituvchi  mustaqillikkacha  bo’lgan  davrda  ona  tilimizga  munosabat,  o’zbek 

tiliga Davlat tili maqomining berilishi, keyingi 10—12 yil ichida tilimizning rivoji bilan bog'liq 

o’zgarishlar  haqida  batafsilroq  ma'lumot  berishi  kerak.  Konstitutsiya,  «Davlat  tili  haqida»gi 

Qonun ko’rsatiladi va kerakli o’rinlari o’qib eshittiriladi. 

6-mashqda 

ona  tili  haqidagi  hikmatli  so’zlarni  ko’chirib,  mustaqil  ravishda  shunday 

misollar  topish  so’ralgan.  O’quvchi  bu  topshiriqni  bajarishda  qiynalishi,  ya'ni  misol 

topolmasligi  mumkin.  Shuning  uchun  o’qituvchi  darsga  tayyorlanish  davomida  to’rt-beshta 

misol topib qo’yishi kerak. 

Masalan: Tilga ixtiyorsiz - elga e 'tiborsiz. Tilga e 'tibor - elga e 'tibor. 

Ular  ona  hurmati  -  ona  tiliga  hurmat,  onaga  munosabat  -  ona  tiliga  munosabat  shaklida 

qiyosiy tahlil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 

7-mashqdagi  Mirtemirning  «Ona  tilim»  she'ridan  olingan  parcha  orqali  milliy  til,  milliy 

qadriyatlarni ulug'lash, boshqa xalqlar va ularning tiliga hurmat bilan qarash mustaqillik (Milliy 

istiqlol) g'oyasining o’zagini tashkil etishi o’quvchilarga singdiriladi. 

Baholashda 

o’quvchining  nutqi,  mustaqil  fikrlashga  intilishi,  faolligi  alohida 

rag'batlantirilishi kerak. 

 

 



O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

                                                                                                                                                                                                                            

 

 


«Ona tili» 5-sinf  sana:_________________  Sinf: ________________ 

Mavzu:

 

AYRIM UNLILAR IMLOSI



 

Darsning maqsadi: 

a)  ilmiy  maqsad  -  unlilar  va  ularning  imlosi  haqida  boshlang'ich  sinfda  olgan  bilim  va 

ko’nikmalami takrorlash; 

b)  tarbiyaviy  maqsad-ona  yurtga  muhabbat,  milliy  qadriyatlarga  hurmat  hislarini 

tarbiyalash; 

d)  rivojlantiruvchi maqsad  - savodxonlikni o’stirish, erkin fikrlash, topqirlik qobiliyatlarini 

uyg'otish. 

Darsning jihozi: unli harflar va ular ishtirok etgan so’zlar aks etgan plakat. 

Darsning rejasi: 

1.  O’zbek tilidaunli tovushlar va unli harflar. 

2.  "I" va "u" unlilari imlosi. 

3.  "E" va "o" unlilari imlosi. 

4.  "A" va "o" unlilari imlosi. 

O’quvchilar  fonetika  bo’yicha  boshlang'ich  bilimlarni  2-,3-sinflarda  olganlar.  4-sinfda  esa 

ularga  takrorlash  soatlari  ajratilmagan.  Tabiiyki,  o’quvchilar  uni  unutgan  bo’lishlari  mumkin, 

shuning uchun dars savol- javobdan boshlanadi. O’qituvchi bolalargayordam ko’rsatishi, ularga 

darsga yo’llovchi, yodlariga tushiruvchi savollarni berishi kerak. Ushbu darsda berilgan barcha 

mashqlar ham aynan shunga qaratilgan. 

10-mashqni  og'zaki  bajartiriladi.  «I»  unlisi  qaysi  so’zlarda  aniq,  qaysi  so’zlarda  qisqa 

talaffuz qilinayotgani va ularning yozilishiga e'tibor qaratiladi. 

12-mashqni 

sinfda hamma o’zi bajaradi. Har bir so’zni bir o’quvchi sinf laxtasiga chiqib, 

navbatma-navbat  yozib  tursa,  bolalar  o’zlarining  to’g'ri  yoki  noto’g'ri  yozishayotganini 

tekshirib borish imkoniyatiga ega bo’lishadi. 

13-mashqni 

juda  qiziqarli  shaklda  va  mazmunda  o’tkazish  mumkin.  Sinfdagi  ikki 

o’quvchi yoki ikki-uch guruh o’rtasida musobaqa shaklida o’tkazilsa bo’ladi. 

Iqtidorli  o’quvchilarga  "o"'  unlisini  talaffuzda  farqlovchi  so’zlarga  misol  topishni 

qo’shimcha topshiriq qilib berish mumkin. Masalan: xo’roz-xo’tik kabi. 

Bunda mashqda berilgan har bir maqol izohlanadi. 

14-mashqda 

berilgan boshqotirmani sinf taxtasida hamma birgalikda bajarishi maqsadga 

muvofiqdir. Bunday usulning bolalar uchun juda qiziqarli bo’lishi tajribadako’rilgan. 

To’g'ri javoblar: I. Asaka. 2. Hasan. 3. harakat. 4. dakan. 

Baholashda asosiy e'tibor yozma savodxonlikka qaratiladi. 

So’ng savollar ustida ishlanadi. 

 

 



 

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

«Ona tili» 5-sinf  sana:_________________  Sinf: ________________ 

MavzuAYRIM UNDOSHLARNING YOZILISHI 

Darsning maqsadi: 

a) ilmiy  maqsad  -  undoshlar  va  ularning  imlosi  haqida  boshlang'ich 

sinfda o’tilganlarni takrorlash; 

b) tarbiyaviy maqsad - milliy-ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

d) rivojlantiruvchi  maqsad  -  tilni  va  so’zni  his  qilishni  tarbiyalash, 

savodxonlikni va og'zaki nutqni o’stirish. 

Darsning  jihozi:  undosh  harflar  imlosi  bo’yicha  so’zlar  juftligi  aks 

etgan plakat. 

Darsning rejasi: 

1. O’zbek tilida undosh tovushlar va undosh harflar. 

2. Ayrim undoshlar imlosi. 

Bu mavzu biroz murakkab, buning ustiga ajratilgan soatga nisbatan dars 

materiali  ancha  ko’p,  shuning  uchun  ham  o’qituvchi  aniq  va  tezkor 

harakat qilishi, har bir daqiqadan unumli foydalanishi kerak. 

Uy  ishini  tez  ko’rib  chiqqach,  takrorlash  uchun  savollarga  murojaat 

qilinadi. O’quvchilar  qiynalishsa, ular bilan  birga  eslashib,  sinf taxtasiga 

misol  tariqasida  bir  nechta  so’z  yozishi  mumkin.  Takrorlab,  o’tilganlar 

eslatilgach, ular mashqlar bilan mustahkamlanadi. 

15-mashqni bajarishda har bir juftlikdagi so’zlarning ma'nosidagi farqni 

og'zaki so’rab, izohlatib, yozdirib qo’yish ham mumkin. 

Masalan:  bob—kitob,  asarning  har  bir  ayrim  qismi;  bop-biror  maqsad 

uchun  munosib;  Besh-son;  pesh-narsalarning  oldinga  qaragan  tomoni; 

bol~asal: pol-xonaning oyoq bosib yuradigan qismi. 

16-mashq  tez  aytishlarda  deyarli  barcha  o’quvchilar  qatnashishni 

xohlashi  mumkin.  Vaqtni  boy  bermaslik  uchun  uch-to’rt  o’quvchiga 

ayttirib,  uyda  mashq  qilish  va  yodlash  topshiriladi.  Ta'kid  tushayotgan 

tovushlarga e'tibor qaratiladi. 

17-mashqdagi 

 gaplar  o’qitilib,  muhokama  qilinadi.  Keyin  talaffuzi 

va yozilishda farqlanayotgan undoshlar ishtirok etgan so’zlar topilib, tahlil 

qilinadi. 

Qolgan  mashqlar  ham  yuqoridagi  kabi  talaffuz  va  imlo  yo’nalishida 

bajariladi. 

Faol, savodxon o’quvchilarni dars davomida baholab borish ma'qul.  

 

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 


Ona tili» 5-sinf  sana:_________________  Sinf: ________________ 

Mavzu: BOSH VA KICHIK HARFLARNING QO’LLANISHI 

Darsning maqsadi: 

a)  ilmiy  maqsad  -  bosh  va  kichik  harflar  yozilishi  bo’yicha  o’quvchilar  bilimini 

mustahkamlash; 

b) tarbiyaviy  maqsad-o’tmishga,  ajdodlarga,  milliy  qadriyatlarga  ehtirom  tuyg'ularini 

singdirish; 

d) rivojlantiruvchi maqsad - yozma savodxonlikni o’stirish. 

Darsning jihozi: bosh harf bilan yoziladigan so’zlar guruhlab 

ko’rsatilgan plakat. 

Darsning rejasi: 

1.  Bosh va kichik harflarning qo’llanishi. 

2.  Aloqli otlarningyozilishi. 

3.  Ayrim atoqli otlarning qo’shtirnoq bilan yozilishi. 

I  )ars  avvalida  so’zlarning  qachon  kichik  harflar  va  qachon  bosh  harflar  bilan 

yozilishi,  atoqli  otlarning  imlosi,  qo’shtirnoqqa  olinishi  kabi  savollarga  javob  izlanadi, 

quyi  sinfda  o’tilgan  materiallar  eslanadi.  Asosiy  e'tibor  bosh  harf  bilan  yozishga 

qaratilgani uchun dars quyidagi sxema bo’yicha olib boriladi. 

 

 



 

 

O’quvchilardan sxemadagi shakllarda misol keltirish so’raladi. Bu ko’proq qobiliyatli 



bolalarga qaratilgan bo’ladi. 

21-mashqda so’zlarning bosh harf bilan yozilishi sababi sharhlanadi. Mashq asnosida 

O’zbekiston haqidagi ilk geografik tasavvurlar ham shakllantiriladi. 

23-mashqdagi matnni to’liq ko’chirib yozish talab qilinmaydi. O’quvchilar laqat xato 

ravishda kichik harf bilan yozilgan so’zlarnigina to’g'ri lab,ularni bosh harflar bilan yozib 

ko’chiradilar, yo’qsa ko’p vaqt yo’qotiladi. 

O’quvchilarga  oilaviy  shajara  misolida  kishi  nomlarining  yozilishi  izohlanadi. 

O’qituvchi  buni  o’zining  oilaviy  shajarasi  misolida  tushuntiradi,  sinftaxtasiga  yozib 

ko’rsatadi. Shu o’rinda har bir inson o’zining  yetti pushtini  - oldingi  avlod- ajdodlarini 

bilishi shartligi aytilib, buning ma'naviy va axloqiy sabablarini izohlab qo’yishi kerak. 

Atoqli  otlarning  qo’shtirnoq  ichida  yozilishi  haqidagi  o’quvchilar  bilimi  24-mashq 

orqali  mustahkamlanadi.  Darslikdagi  topshiriqqa  ko’ra  u  og'zaki  bajariladi,  mashqqa 

yozma  topshiriq  berish  mumkin.  Mashqdagi  qo’shtirnoq  bilan  yozilgan  so’zlarning 

yoniga  so’z  qo’yib  birikma  shaklida  daftaringizga  ko’chiring.  Masalan:  «Ravshanxon» 

dostoni, Buxoro ... 

Dars davomida o’qituvchi tomonidan beriladigan «Gapning qayerida hash harf bilan 

yoziladi?»,  «Nima  uchan?»,  «Sababi  nima?»  kabi  savollar,  «Tushuntiring»,  «Izohlang» 

kabi topshiriqlar bir-bii lari bilan doimo almashinib, o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga 

undab turishi lozim. 

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________



 


Download 49.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling