OnA tili abituriyentlar uchun eng qulay qo’llanma. [qilichev jahongir] fonetika


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana06.11.2021
Hajmi1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Eslatma  Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so„z va uning 

ma‟noli  birliklarini  shakllantirish  hamda  farqlash  vazifasini  bajaradigan,  ketma-ketlik 

jihatdan boshqa mayda bo„lakka bo„linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. 

Eslatma! Testda fonema so‘ralsa, ikki so‘zni bir-biridan farqlashga xizmat qiluvchi tovushni 

olasiz. Masalan, tosh-tom so‗zlarini sh va m farqlaydi. Demak, m va sh fonema.  

Bir fonema bir necha tovushlar orqali ro‗yobga chiqadi. Fonemalar ikki va undan ortiq 

ma‘noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.  



Eslatma!    Fonema  ma‘no  farqlovchi  tovush  hisoblanadi.  Ma‘no  farqlovchi  tovushlar 

paronim  so‘zlardagi  bitta-bitta  tovush  hisoblanadi.  Bunday  paytda  qolgan  bir  xil 

tovushlarning joylashuv tartibi ham bir xil bo‘lishi kerak.  Masalan: bir-pir, bayt-payt, bob-

bop, dor-tor, dog‘-tog‘, Hasan-Husan, bilim-tilim. 



Eslatma!  Agar  tovushlarning  joylashuv  tartibi  har  xil  bo‘lsa,  bunday  so‘zlarda  fonemalar 

farqlovchi tovush hisoblanmaydi.   Masalan: ost-sot, ust –sut.  




 

 



FONEMA VA HARF 

 

Fonema nimaligini bilib oldik, endi uning harf bilan aloqasini o‘rganib chiqamiz. Biz 



nutqimizni harflar ketma-ketligi asosida yozma bayon qilishimiz mumkin.  


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling