Ona tili darslarida badiiy asarlardan foydalanishda interfaol metodlarning
Download 6.12 Kb.
|
Ona tili darslarida badiiy asarlardan foydalanishda interfaol metodlarning
Raimova Nigora 1-variant, Koyidi, Kurs Ishi, 4-mavzu Qonun ustuvorligini ta\'minlash va sud-huquq tizimini ya
Ona tili darslarida badiiy asarlardan foydalanishda interfaol metodlarning afzalliklari Ona tili darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta`lim tizimida alohida o`rin tutadi.Negaki,uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta`limiy tarbiya asoslari turadi .Shuning uchun ham, ona tili darslarida o`quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e`tibor berish lozim . Hozirgi davrda ta`lim-tarbiya sifati o`ta muhim.,muammoli va dolzarb masala hisoblanadi.Chunki,boshqa barcha ijtimoiy masalalar,siyosiy muammolar va iqtisodiy ko`rsatkichlar aynan ta`lim sifati darajasiga bog`liq holda rivojlanadi.Qolaversa ta`lim sifati davlat va jamiyat taqdirini ,butun insoniyat taqdirini belgilab beradi.Shu sababli ham ,ta`lim sifatini –hayot sifati deb izohlash xato bo`lmaydi . Bu davrda dars jarayonini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ona tili ta`limida muammolar yechimini topishga va ta`lim mazmuni va shakliva usullarini muntazam yangilashga qaratilgan zamonaviy pedagogic texnologiyalar dars sifatini oshiradi . Ona tili darslarini shu asosda tashkil etish,avvalombor,o`qituvchining innovatsiyon faoliyatiga ijodiy tafakkuriga bog`liqdir . O`qituvchi o`zi dars berayotgan sinfiga taalluqli didaktik materiallarni, darsliklarni,uslubiy qo`llanmalar va elektron o`quv vositalarini ham mukammal o`rganishi,ularni darslarda qo`llay olishi,faoliyatini muntazam yangilab borishi darkor.O`quvchilar ilg`or texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarni nihoyatda qiziqish bilan tinglashadi. O`qitishning eng samarali yo`li darslarda o`quvchlarni fikrlashga ,erkin muloqotga ,hamkorlikka intilishidir .Darslarda bur uh bo`lmasa ,bunday mashg`ulotlar ,jonsiz,zerikarli va samarasiz bo`ladi .Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish,ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma hamda malakalar darajasini baholash o`qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvni talab etadi. O`rganish jarayonida o`quvchilar o`zlashtirishning turli ko`rinishlaridan foydalanishadi ,ya`ni o`zlashtirilayotgan ma`lumotlarni qabul qilish qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o`ziga xos tafovutlarga tayanadi .Ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning dars paytidagi hamkorligi,o`quvchilarning mustaqil ishlashi shaklida ta`lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Ta`limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shaklllanadi.Ta`limiy maqsad asosida o`quvchilarda mustaqil fikrlash,og`zaki va yozma savodxonlikni oshirish,mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Ma`lumki,ta`limda ilg`or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o`quv mashg`ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay,ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo`llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan ,har tomonlama barkamol ,yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish kundan –kunga ortib bormoqda.O`qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi ,shakllanishi ,bilim olishi, va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.”Begona”,”Mehmon otangday ulug`”,”Insert”,”Munosabat”,”Assesment”’Jurnalist minbari”,Tadqiqot” metodlaridan foydalanish yaxshi natija beradi . Download 6.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling