Ona tili, matematika, jismoniy tarbiya


Download 173.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.07.2017
Hajmi173.89 Kb.
#12060

0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

2014-2015-O‘QUV YILIDA UMUMIY 0 ‘RTA TA’LIM 

MAKTABLARINING  4-SINF 0 ‘QUVCHILARI UCHUN 

ONA TILI, MATEMATIKA, JISMONIY TARBIYA 

FANLARIDAN 0 ‘TKAZILADIGAN BOSQICHLI 

IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK 

TAVSIYALAR TO‘PLAMI

G 'a fu r G ‘ ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 

Toshkent-2015


ONATILI

Boshlang‘ich ta’limda ona tili fanining ahamiyati beqiyosdir.  Ona 

tili  (o'qish)  ta'limi  boshlang'ich sinf o'quvchilarining tafakkur qilish 

faoliyatlarini  kengaytirishga,  ularda  erkin  fikrlay  olish,  o 'z   fikrlarini 

og'zaki  va yozma ravishda bayon  qila  olishga, jam iyat a ’zolari  bilan 

erkin muloqotda bo' la olish ко‘nikma va malakalarini shakllantirishga 

qaratilgan.  Joriy  o'quv  yilida  umumiy  o'rta  ta’lirn  maktablarining 

4-sinf  o'quvchilari  bosqichli  nazorat  imtihonida  ona  tili  fanidan 

grammatik  topshiriqli  diktant  yozadilar.  Bu  jarayon(sinfdan-sinfga 

ko'chirish) ona tili fanidan о'quvchining  DTS  talablarini bajarishdagi 

bilim,  ko'nikma,  malaka  (kundalik  hayotda  qo'llash)  darajasini 

aniqlaydi.  Bu  esa  boshlang‘ich  ta’lim  sifati  va  samaradorligining 

ortishiga xizmat qiladi.

Grammatik topshiriqli nazorat diktantini o‘ tkazish tartibi

O'qituvchi  tomonidan nazorat materiallari  oldindan  ko‘paytirilib, 

8  ta  konvertga  solinadi  va  maktab  direktori  tomonidan  tasdiqlanadi. 

Ushbu  variantlar  imtihon  vaqtida  o'quvchilarga 

taqdim  etiladi. 

0 ‘quvchilardan  biri  8  ta  konvert  ichidan  bittasini  tanlaydi  va 

ochadi.  O'quvchi  konvert  ichidagi  diktant  sarlavhasini  o ‘qiydi. 

О ‘quvchilarning  imtihonga hozirligi ко ‘zdan kechirilgach, o ‘ qituvchi 

o'quvchilar  diqqat-e’tiborini  jalb  qilgan  holda  diktant 

matnini 

bir  marta  ifodali  o'qib  beradi.  Matnni  talaffuz  m e’yorlariga  rioya 

qilgan  holda  ifodali  o'qish,  tinish  belgilarini  to‘g ‘ri  qo‘yishga  va 

matn  mazmunini  hamda  tarbiyaviy  ahamiyatini  o'quvchilar  ongiga 

singdirishgayordam beradi. O 'qituvchim atndagiim losiqiyin so'zlarni 

doskaga yozib, talaffuz va imlosini  qisqa izohlaydi.  Keyin o'qituvchi 

doskaga,  o'quvchilar  esa  o‘z  daftarlariga  sana  va  sarlavhani  tartib

з


bilan,  har  birini  xatboshidan  yozadilar.  Shundan  so‘ng  matn  aytib 

yozdiriladi.  Shuni ta’kidlash zarurki,  so‘zni  bo‘g‘inlab  yoki  so‘zma- 

so‘z  aytib  turish  mumkin  emas.  Har  bir  gap,  so ‘z  birikmasi  ko‘pi 

bilan  uch  marta  takrorlanishi  mumkin.  Matnda  o‘quvchilar  yozishi 

qiyin bo‘lgan yoki  o ‘rganilmagan qoidalar asosida yoziladigan  qiyin 

so‘zlar  uchrasa,  o ‘qituvchining  doskaga  yozib  beriladigan  bunday 

so‘zlar ikki yoki uchtadan oshmasligi kerak. Diktant yozib bo‘lingach, 

o‘quvchilar  diqqatini  jalb  qilgan  holda  o ‘qituvchi  matnni  sekinroq 

sur’at bilan yana bir marta o ‘qib  beradi.  0 ‘quvchi  o ‘z xatosini  topsa, 

uni  to ‘g ‘rilashiga  yoki  tushirib  qoldirilgan  so‘zni  yozishiga  imkoni 

bo ‘ladi.  Shundan  so ‘ng  o ‘quvchilar  tom onidan  gram m atik  topshi- 

riqlar mustaqil  bajariladi.



G ra m m atik to p sh iriq la r q u y id a g iy o ‘n a lish la rd a   b o ‘ladi:

1.  Fonetik tahlil.

2.  So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil.

3.  So‘z turkumlari yuzasidan tahlil.

4.  Gap bo‘laklari yuzasidan tahlil.

5. Leksik tahlil.

Bosqichli  nazorat imtihoni uchun 45  daqiqa ajratiladi.  0 ‘qituvchi 

belgilangan vaqt ichida o ‘quvchilar daftarlarini yig‘ib  oladi.



E sla tm a :

 Nazorat diktanti matnini  boshlang‘ich sinf o‘qituvchi- 

lari  15-20%  hajmida  boshqa  matnlar  bilan  almashtirish  huquqiga 

ega.  Bu  yangi  matnlar  boshlanghch  sinf  o ‘qituvchilari  metod 

birlashmasida  ko‘rib  chiqilib,  m a’qullanishi  va  maktab  rahbariyati 

tomonidan tasdiqlanishi  shart.

0 ‘qituvchi  tomonidan  tanlangan  grammatik  topshiriqli  nazorat 

diktant  matnlar  Vatan,  mustaqillik,  milliy  istiqlol  g ‘oyasi,  do‘stlik, 

odob-axloq,  ahillik,  hurmat,  kamtarlik,  bag‘rikenglik  hamda  tabiat 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  mavzularga  oid  bo‘lib,  o ‘quvchilarning 

savodxonligini oshirish bilan birga, bilim doirasini va dunyoqarashini 

kengaytirishga xizmat qilishi  kerak.



M a tn   ta n la slid a  q u yid a g ila rg a   e ’tib o r berish  zarur:

-  matn bir shaxs tilidan ifoda etilgan bo‘ lishi;

-  matnda ko‘chirma,  qo‘shma gaplar,  qo‘shma so‘zlar, kirish so‘z 

va birikmalar boMmasligi;



4

-  matn  2-3  xatboshidan va 75-80 so‘zdan iborat boTishi;

-  ta ’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ lishi;

-   o ‘rganilmagan  qoidalarga  doir  til  birikmalarining  ishtirok 

etmasligi.



В ah о Iash  m ezo n la ri:

Nazorat  diktantida  o ‘quvchilar  imlo  xatolariga yo ‘l  qo‘ymaslik- 

lari,  tinish  belgilarini  to‘g ‘ri  ishlatishlari,  bo‘g ‘in  ko‘chirish 

qoidalariga rioya qilishlari,  husnixatlarining talab  darajasida bo‘lishi, 

matnda  xatboshilarga  rioya  qilishlari,  grammatik  topshiriqlarni 

mustaqil  bajarishlari kerak  bo‘ladi.



Har  bir  о ‘quvchining  BKM  larini  tekshirishda  quyidagilarga 

edibor beriladi:

1.  Imloviy  savodxonlik darajasi.

2. Tinish  belgilarining to ‘g ‘ri  ishlatilishi.

3.  Xatboshilarga rioya qilinishi.

4.  Fonetik tahlil.

5.  So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil.

6.  So‘z turkumiga ko‘ra tahlil.

7.  Gap boTaklariga ko‘ra tahlil.

8.  Leksik  tahlil.

9.  Yozuvning husnixat talablariga mosligi.

10.  Diktant matniga tuzatishlar kiritilganligi yoki kiritilmaganligi.

Bosqichli nazorat  im tihonidao‘tkaziladigangrammatik  topshiriqli 

diktant ona tili fanidan DTS va o ‘quv dasturida belgilangan talablarga 

mos holda tuzilgan bo‘lib, har bir topshiriq “ 5  ball” bilan baholanadi. 

Umumiy ball BKMlar soniga bo‘linadi va umumiy baho sinf jurnaliga 

qo‘yiladi.



D ik ta n t m a tn la ri va g ra m m a tik   to p sh iriq la rd a n   n a m u n a la r

KO‘LDA

Yam-yashil o‘rmon yonida ko ‘l  bor. Uning suvi tip-tiniq, oynaday 

yaltiraydi.  Tiniq  k o id a   yashil 

daraxtlar  oynada  aks  etgandek 

ko‘rinardi. K o‘1 atrofi yam-yashil o ‘tloq.  0 ‘rmonda yashovchi barcha 

jonivorlar shu ko‘lda yuvinishar, tashnaliklarini  qondirishardi.



Gohida  oq,  sariq,  olachipor  o ‘rdaklar  ko‘lda  suzganida  xuddi 

ertaklarda  tasvirlangan  manzara  hosil  bo‘ladi.  Kiyiklar  ko‘l  chetida 

suv  ichib,  hadiksirab  o‘ng-so‘lga  qarardi.  Tustovuq,  kakliklar  ko‘l 

atrofida  xuddi o ‘yinga tushgandek harakat qilishardi.

KoTning o ‘ziga xos xosiyati  bor. Uning  suvi juda  shifobaxsh.

(75 ta s o ‘z)

G ra m m a tik  topsh iriqlar:

1



"O'rdak”

 

so‘zini fonetik tahlil qiling.



2. 

"Gul”

 

so‘zini  so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.





“Uning suvi tip-tiniq,  oynaday yaltiraydi.”

 

gapini  so‘z  turkumi 



yuzasidan tahlil  qiling.

4. “ 


Kiyiklar  ко

 



chetida  suv  ichib,  hadiksirab  о ‘ng-so ‘Iga 

qarardi. 

 gapini  gap  bo‘laklari  yuzasidan  tahlil  qiling.

5. “

Chiroyli

 so‘ziga zid m a’noli  so‘z toping.



TOSHKENTIM -  ONAM

Vatanimizning 

poytaxti  -   Toshkent.  U  juda  go‘zal  shahar. 

K o‘chalari keng va ozoda. Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar.

Toshkentda  0 ‘zbekiston  havo  yodlari,  temir  yo ‘l  vokzali  bor. 

Toshkent  aeroportidan  har  kuni  dunyoning  turli  shaharlariga  sa- 

molyotlar  uchadi.  Poytaxtimizga  havo  yo‘llari  orqali  xorijiy  davlat- 

lardan ko ‘plab mehmonlar keladi.

Toshkent temir yo ‘lidan Samarqand shahriga “Afrosiyob” tezyurar 

poyezdi  qatnay  boshladi.  U  ikki  soatda  Samarqandga yetib boradi.

Poytaxtimizning  ko‘chalari  kengaytirildi.  Tezyurar tramvay  yo ‘l- 

lari  qurildi.  Ular  kishilar  vaqtini  tejab,  Mustaqil  yurt  fuqarolariga 

xizmat qilmoqda.

(76 ta s o ‘z)

G ra m m a tik  to psh iriqlar:

1



“Mehmonlar 

 so‘zini  fonetik tahlil qiling.

2. 

“Boshla

 

”so‘zini  so‘z tarkibiga lco‘ra tahlil  qiling.



3.  “

Vatanimizning  poytaxti  -   Toshkent

  gapini  so‘z  turkumi 

yuzasidan tahlil  qiling.

4.  “Toshkentda  turli  millat  kishilari  yashaydilar”  gapini  gap 

boMaklariga ko‘ra tahlil qiling.

5. “Go 


‘za l

 so‘ziga m a’nodosh so‘z toping.



6

G‘ANIJON  SHAXMATCHI

G ‘anijon  juda  yoshligidan  shaxmat  o ‘ynashga  qiziqardi.  Uning 

otasi  va  akasi  ham  shaxmat  ustasi  edilar.  G ‘anijon  doimo  ularning 

o ‘yinIarini  kuzatib  borardi.Ko‘pincha  akasini  holi-joniga  qo‘ymay, 

o ‘rgatishni  iltimos  qilardi.  Akasi  ham  ukasining  ra’yini  qaytarmay 

shaxmat  sirlarini  qunt  bilan  o ‘rgatardi.  G‘anijon  shaxmat  o ‘yinini 

o ‘rganib  oldi.  Keyinchalik  u  maktabdagi  shaxmat  to ‘garagiga 

qatnasha boshladi.

G‘anijon  maktabda  va  tuman  miqyosida  o ‘tkazilgan  shaxmat 

musobaqalarida  bir  necha  marotaba  g ‘olib  chiqdi.  0 ‘rtoqlari  uni 

G ‘anijon shaxmatchi  deyishadi.  G ‘anijonning  orzusi  kelajakda yetuk 

usta shaxmatchi  bo‘lishdir.



(7 7  ta  s o ‘z)

Grammatik topshiriqlar:

1



“To ‘garak”



 

so‘zini  fonetik tahlil  qiling.

2. 

“Sirlarini'’

 

so‘zini  so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil  qiling.



3.  ” 

Uning  otasi  va  akalari  shaxmat  ustasi  edilar’’

 

gapini  so‘z 



turkumi yuzasidan tahlil  qiling.

4. 


“G 

‘anijon shaxmat о ‘yinini о ‘rganih oldi’’

 

gapini gap boiaklari 



yuzasidan tahlil  qiling.

5. 


“G'olih 

 so‘ziga  zid  m a’noli  so ‘z toping.



NON USHOG  I

Boboning to‘rtyoshli kichkina nevarasi bor. Uning ismi Anvarjon. 

U  sho‘x,  quvnoq  bola.  Anvarjonning  ko‘zlari  tim  qora.  Yerga  ursa, 

ko‘kka  sakraydi.  Kunlarning  birida  boboning  oila  a ’zolari  dasturxon 

atrofiga  yig‘ilishdi.  Anvarjon  nonning  ushog‘ini  yerga  to‘kib  yer 

edi.  Bobosi  gilam  ustidagi  ushoqlarni  terib,  likopchaga  soldi.  Kevin 

ushoqlami  deraza  oldida  turgan  musichalarga  berdi.  Bobo  non 

ushog‘ini  uvol  qilish  mumkin  emasligini  nevarasiga  tushuntirdi.  U 

bobosining  nasihatini  tingladi. Anvarjon  uvol  bilan  savob  nimaligini 

bilib oldi. Non  ushog‘ini  yerga tushirmaslikka ahd qildi.



(78 ta so ‘z)

7

Grammatik  topshiriqlar:

1. 


“Dasturxon ”

  s o ‘z in i  f o n e ti k   ta h lil  q ilin g .

2. 

"Ko'zlari”

  s o ‘z in i  s o ‘z   t a r k ib ig a   k o ‘ra   ta h lil  q ilin g .

3.  “

Boboning  to'rt  yoshli  kichkina  nevarasi  bor”

  g a p in i  s o ‘z 

tu r k u m i  y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

4. 


“U  bobosining  nasihatini  tingladi”

  g a p in i  g a p   b o d a k la r i 

y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

5.  “


Kichkina ”

  s o ‘z ig a   z id   m a ’n o li  s o ‘z   to p in g .



ULUG‘  BOBOMIZ

U l u g ‘  b o b o m iz   A lis h e r   N a v o iy   H i r o t   s h a h r id a   t a v a l l u d   to p d i. 

O ta s i  G ‘ i y o s id d in   M u h a m m a d   o ‘g lin in g   t a r b i y a s i g a   k a tta   a h a m iy a t 

b e r d i.  A l i s h e r   y o s h lig id a n   k o ‘p   k ito b   o ‘q id i.  U   y e t t i - s a k k i z   y o s h id a -  

n o q   s h e ’r l a r   y o z a   b o s h la d i.  A l i s h e r   N a v o iy   s h o ir   v a   d a v la t  a r b o b i 

b o ‘lib   ta n ild i.  N a v o iy   o b o d o n c h i l i k k a   d o ir   is h la r   q ild i.  A riq   q a z ib , 

s u v   k e ltir d i,  b o g ‘- r o g ‘la r  y a r a td i.  M a s jid   v a   m a d r a s a l a r   q u r d ird i.

B o b o m iz n in g   h a y o t y o ‘li  v a t a n d o s h l a r i n i   b a x tli  e tis h ,  m a m la k a tn i 

o b o d   q ilis h d a n   ib o r a t  b o ‘ ld i.  B o b o m iz   tin c h lik   u c h u n   k o ‘p  v a q t 

s a r fla g a n la r .

B u n d a y   fid o y ilik   b u g u n g i  k u n d a   h a m   b a r c h a   in s o n la r g a   ib ra td ir.

(79 ta so ‘z)

Grammatik topshiriqlar:

1. 

'‘Tavallud”

  s o ‘z in i  f o n e ti k   ta h lil  q ilin g .

2.  “ 

Vatandoshlarini

”  s o ‘z in i  s o ‘z  ta r k ib ig a   k o ‘ra   ta h lil  q ilin g .

3. 

'‘Alisher yoshligidan  k o ‘p  kitob  o'cjidi”

  g a p in i  s o ‘z   tu r k u m i 

y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

4 . 


“Ariq  qazib,  suv  keltirdi,  bog‘-rog4ar  yaratdi”

  g a p in i  g a p  

b o ‘ la k la r i  y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

5. 


''Ulug'’ ”

  s o ‘z ig a   m a ’n o d o s h   s o ‘z   to p in g .



SHOIRA

S h o ir a   m a k t a b d a   a ’lo   b a h o la r g a   o ‘q iy d i.  K e y in g i  p a y tla r d a  

S h o ir a n in g   b a h o s i  sal  p a s a y d i.  H a b ib a   o p a   b u n d a n   t a s h v i s h g a   tu s h d i. 

S h o ir a   d u g o n a s i  Q u tb ila r n ik ig a   k o ‘p   b o r a d ig a n   b o ‘ldi.



8

H a b ib a  o p a  b ir  k u n i  is h d a n  e r ta  q a y td i.  Q a r a s a , e s h ik  q u lf.  S h o ir a n i 

iz la b   Q u tb ila r n ik ig a   b o rd i.  U   y e r d a   S h o ir a   t e r la b - p is h ib   k ir   c h a y ib  

tu r ib d i.  H a b ib a   o p a n in g   k o ‘z i  k o ‘r p a - t o ‘s h a k   q ilib   y o tg a n   k a m p ir g a  

tu s h d i.  U n g a  y a q i n l a s h i b   s a lo m la s h d i.  K a m p ir d a n   h o l- a h v o l  s o ‘ra d i.

S h o ir a   d u g o n a s i  Q u t b i g a   y o r d a m   b e r a y o tg a n in i  k o ‘r g a n   H a b ib a  

o p a n in g   k o ‘n g li  y u m s h a d i.  X u r s a n d lig id a n   q iz in in g  y e lk a s in i  s ila d i.



(80 til s o ‘z)

G ram m atik  to psh iriqla r:

1. 


“Eshik"

  s o ‘z in i  f o n e tik   ta h lil  q ilin g .

2.  “

Shoirani”

  s o ‘z in i  s o ‘z   ta r k i b i g a   k o ‘ra   ta h lil  q ilin g .

3. 

“Habiba  opaning  ко ‘zi  ко ‘rpa-to ‘shak qilib yotgan  kampirga 

tushdi"

  g a p in i  s o ‘z   tu r k u m i  y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

4. 

“Xursandligidan  qizining yelkasini siladi ”

 g a p in i g a p  b o 'l a k l a r i  

y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

5. 


“Erta”

  s o ‘z ig a   m a ’n o d o s h   s o ‘z   to p in g .



TOSHBAQA

T o s h b a q a   j u d a   y u v o s h ,  s e k in   h a r a k a t q ilu v c h i  jo n i v o r d i r .  B a ilo r 

k e lis h i  b ila n   t o s h b a q a la r   in la r id a n   c h iq ib ,  o v q a t  iz la y   b o s h la y d i. 

U la r   m a y s a ,  o ‘tla r   b ila n   o z iq la n a d i.  O n d a - s o n d a   h a s h a r o tla r n i  h a m  

tu tib   y e y d i.

T o s h b a q a n i  u y   s h a r o it i d a  h a m   b o q is h   m u m k in .  U   s a b z i,  k a r a m , 

ta r v u z ,  q o v u n ,  o l m a p o ‘sti  v a   b e d a   y e y d i.  T o s h b a q a y a r i m   y il  n a r s a  

y e m a y   h a m   y a s h a y   o la d i.  S a r a to n n in g   j u d a   is s iq   k u n l a r i d a   o z - o z  

s u v   ic h a d i.

T o s h b a q a la r   j u d a   u z o q   y a s h a y d i.  U la r n in g   u s tid a g i  q a ttiq   k o s a - 

c h a s i  x a v f - x a t a r d a n   s a q la y d i.  B ir o r   s h a r p a n i  e s h its a ,  d a r r o v   b o s h in i 

k o s a   ic h ig a   o la d i.



(80 ta s o ‘z)

Grammatik topshiriqlar:

1. 

“Harakat"

  s o ‘z in i  f o n e tik   ta h lil  q ilin g .

2.  “

Hasharotlarni”

  s o ‘z in i  s o ‘z   ta r k ib ig a   k o ‘r a   ta h lil  q ilin g .



. “Ular  maysa,  o'tlar  bilan  oziqlanadi

 ”  g a p in i  s o ‘z   tu r k u m i 

y u z a s id a n   ta h lil  q ilin g .

9


4. 

“ Toshbaqalar  ju d a   uzoq  y a s h a y d i”

  gapini  gap  bo‘laklari 

yuzasidan tahlil  qiling.

5. 


"Sekin

 ” so‘ziga m a’nodosh so‘z toping.



QOVUN SAYLI

Men,  Hasan,  Husan,  Fotima,  Zuhralar  mashinaga  chiqib  oldik. 

Paxtazorlarni  yoqalab  o ‘tib  cho‘lga  chiqdik.  Cho‘lga  chiqishimiz 

bilan  qovun  poliziga  kirdik.  Uzun-uzun  pushtalarda  katta-katta 

olachipor  tarvuzlar  dumalab  yotibdi.  K o‘m-ko‘k  palaklar  ichida 

sarg‘ayib qovunlar ko‘rinadi.

Biz  poliz  oralab  salqin  chaylaga  kirdik.  Tog‘am  dasturxon  yoz- 

dilar.  Hasan choydishga o ‘t yoqqani o ‘choq  boshiga chiqdi.

Chaylada yangi  uzilgan  umrboqi,  ko‘kalapish,  doniyor  qovunlar, 

qo‘zivoy tarvuzlar dumalab yotibdi.

Tog‘am  qovunlarning  sarasini  tanlab  so‘ydi.  Qovunning  bir karji 

og‘zimda erib  ketdi.  Qovunning bir kosasini  paqqos tushirdim.



(

80ta so ‘z)

Grammatik topshiriqlar:

1. “ 

Q o v u n ’’

 so‘zini  fonetik tahlil  qiling.

2. 

" P a x ta zo rn i”

 so‘zini  so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil  qiling. 



3 P T o g ‘am   qovunlarning  sara sin i  tanlab  s o 'y d i”

  gapini  so‘z

turkumi  yuzasidan tahlil  qiling.

4

: ‘B iz p o liz  o ra la b   bejirim   ch a ylag a  kirdik"

 gapini  gap boiaklari 

yuzasidan tahlil  qiling.

5. " 

Yangi ”

 so‘ziga zid  m a’noli  so‘z toping.

MATEMATIKA

Boshlang‘ich 

ta’limning 

matematika 

fani 

o ‘quvchilarning 



mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini  shakllantirish va rivojlantirishga,  o ‘z 

fikrlarini  mustaqil  bayon  qila  olishga,  egallagan  bilimlarini  kundalik 

hayotlarida qodlashga hamda umumiy  o ‘rta ta’limning  2-bosqichida 

o ‘qishlari uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 

2014-2015  o ‘quv  yilida  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarining  4-sinf 

o ‘quvchilari  bosqichli  nazorat imtihonida matematikadan yozma  ish 

yozadilar.

10


4-sinfda  bosqichli  imtihon  o ‘tkazishning 

asosiy  maqsadi  -  

boshlang'ich  sinf  o‘quvchilarining  dastlabki  matematik  bilimlarini, 

ya’ni  sonlar  to‘g ‘risidagi  tasavvurning  shakllanganligi,  hisoblash 

ko‘nikmalarining  hosil  qilinganligi,  matematik  munosabat  belgilari- 

dan  foydalana  olishi,  eng  sodda  geometrik  shakllami  tekislikda 

tasvirlay  olishi,  amaliy  masalalami  yechishda  arifmetik  amallarni 

qo‘llay olishi  kabi  malakalami  aniqlashdan iborat.

Nazorat  materiallari  6  ko‘rinishda  bo‘lib,  har  biri  2  variantda 

tuzilgan.  Har  bir variantda  5  tadan  topshiriq  bor.  Ushbu  ko‘rinishlar 

qatordagi  o ‘quvchilar soniga qarab,  oldindan ko‘paytiriladi.  Ular 6 ta 

konvertga solinadi, muhrlanadi va maktab direktorida saqlanadi.

Yozma nazorat ishini o‘tkazish va baholash  tartibi

Bosqichli  nazorat  imtihonida  o ‘quvchilarga  bittadan  muhrlangan 

katak  daftar beriladi.  0 ‘quvchilar esa o ‘zlari  bilan chizg‘ich va ruch- 

ka  (qalam)  olib  keladilar.  0 ‘qituvchi  o ‘quvchilarni  qator  bo‘yicha 

variantlarga ajratadi.  So‘ngra  har  bir qatordan  bir o ‘quvchi  chiqib, 

o ‘qituvchi  stoliga  teskari  qilib  qo‘yilgan  konvertlardan  birini  oladi. 

Shu  qatordagi  barcha  o ‘quvchilarga  ko‘paytirilgan  ko‘rinishdagi 

1- va 2-variantlar tarqatiladi. Variantlar tarqatilgandan so‘ng 

0

‘qituv- 


chi  zaruriy  tushunchalar  beradi  va  vaqtni  belgilab  doskaga  yozib 

qo‘yadi.  Yozma  islmi  o‘tkazish  uchun  45  daqiqa  vaqt  ajratiladi. 

Bu vaqt ichida o ‘quvchilar hisoblash  ishlarini, masala va tenglamalar 

yechish va boshqa topshiriqlarni yozma ravishda bajaradilar.

Bosqichli  imtihonda  matematikadan  DTS  va  o ‘quv  dasturida 

belgilangan  talablar  asosida  o‘quvchilaming  egallagan  bilim,  ko‘- 

nikma  va  malakalari  tekshiriladi.  Har  bir  yozma  javob  5  ballik 

reyting tizimida baholanadi.  5  ta topshiriq  bo‘yicha to‘plangan ballar 

jamlanib,  5  ga  bohinadi  va  yaxlitlanadi.  Yaxlitlangan  o ‘rtacha  ball 

imtihonning haqiqiy bah hisoblanadi va sinf jurnaliga qo‘yiladi.



1 -k o ‘rin ish

I -  variant

1.  Hisoblang:

2 7 - (   82 698  :  3 -  2  855  :  5  ) + 212



1 1

2.  Masalani yeching:

Samolyot  2  400  km  masofani  3  soatda  uchib  o ‘tdi. 

Birinchi 

soatda  butun  masofadan  3 marta,  ikkincbi  soatda  esa  2 marta  kam 

masofani  uchib  o ‘tdi.  U  uchinchi  soatda  necha  kilometr masofani 

uchib  o ‘tgan?

3. Tenglamani yeching  va  javobini tekshiring:

x • 400~= 2  800  -  300

4. Yulduzchaning o ‘rniga mos ishorani (<,  >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

85  dm  *  8  m 50 sm

100 sr  *  8  100  kg

9  soat 32 min  *  572  min

5.  To‘g ‘ri tohtburchakning perimetri  180 sm va katta tomonining 

uzunligi  65  sm ga  teng.  To‘g ‘ri  to‘rtburchakning kichik tomonini  va 

yuzasini  hisoblang.

II -  variant

1.  Hisoblang:

8  0 0 0 - 3   000  :  60 +  880  : 40 -  319

2.  Masalani  yeching:

Samarqand  shahrida  o ‘tkazilgan  “Sharq  taronalari”  festivaliga 

5  650  ta  mehmon  keldi.  Birinchi  mehmonxonaga  2  180  ta  kishi, 

ikkinchi  mehmonxonaga  undan  2  marta  kam,  uchinchi  mehmonxo­

naga  esa  qolgan  mehmonlar  joylashdi.  Uchinchi  mehmonxonaga 

necha kishi joylashgan?

3.  Tenglamani yeching  va  javobini tekshiring:

92  317 -  x •  36 =  60  061

4. Yulduzchaning o ‘rniga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

2 km  76 m  *  2  760 m

9 kg  750 g  *  9  760 g

52  min  1 8 s *   3  120 s

5.  Yuzi  128  sm2 bo‘lgan to‘rtburchakning eni  16 sm bo‘lsa, uning 

perimetri  necha sm boTadi?



12

I -  variant

1.  Hisoblang:

18  •  (12  697 -  9 989 +  508  ) +  8  240 -  472

2.  Masalani yeching:

Birinchi  vagonda  856  yashik,  ikkinchisida  712  yashik  apelsin 

bor.  Birinchi  vagondagi  apelsin  massasi  ikkinchi  vagondagidan 

1  728  kg  ko‘p.  Har  bir  vagonda  qancha  apelsin  bor?

3. Tenglamani yeching  va javobini  tekshiring:

2 ( x  + 2 9 1 7 ) =   12  348

4.  Yulduzchaning  o ‘rniga mos  ishorani  (<,  >, = )  qo‘ying va yoz­

ma izohlang:

3  t 247 kg  *  30  sr 47  kg

10  soat 40 min  *  700  min

88  000  m  *  88 km

5.  Sport  maydonchasining  yuzasi  2  520  m2.  Maydonchaning  eni 

45  m.  Sport maydonchasining uzunligi  va perimetri  nimaga teng?

II -  variant

2-ко‘finish

1. Hisoblang:

700  •  30 +  750  :  25 + 48  646 -  2  384

2. Masalani  yeching:

Birinchi  mahalla  360  tup,  ikkinchi  mahalla  440  tup  shunday 

ko‘chat  sotib  oldi.  Bunda  ikkinchi  mahalla ko‘chatlar uchun  birinchi 

mahallaga qaraganda  16 000 so‘m ortiq pul toMadi. Har qaysi mahalla 

ko‘chatlar uchun qancha pul  toTagan?

3.  Tenglamani yeching  va  javobini tekshiring:

23  400  :  (685 - x )  =  60

4. Yulduzchaning o ‘miga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

71  sr 23  kg  *  7 1 1  sr 30 kg

9 soat 32 min  *  572 min

69 000  m  *  6 km  900 m

5 . 


B o‘yi  80 m  va  eni  undan20m kam boT gan  to‘g ’ri  to‘rtburchak 

shaklidagi  maydonning  perimetri va yuzasini  toping.



13

I -  variant

1.  Hisoblang:

(345  - 4 5 -   126  - 2 6 ) -   5  +  11  225

2.  Masalani  yeching:

Sayohatchilar  avtobusda  ikki  kunlik  sayohatga  chiqdilar.  Ular 

birinchi  kuni  6 soat,  ikkinchi  kuni  undan  2 soat  kam  yo‘l  yurdilar. 

Ular  hammasi  bo‘lib  600 km  yo‘l  bosdilar.  Sayohatchilar  har  kuni 

qancha  masofani  bosib  o ‘tishgan?

3. Tenglamani yeching  va  javobini tekshiring:

9 - (   7  5 1 2 - x )  = 34  722

4. Yulduzchaning o ‘miga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

10 000 kv.sm  *  1  kv.m

27 t 480 kg  *  2  t 7  sr 80 kg

43  km  95 m  *  4  500  m

5.  To‘g ‘ri  to‘rtburchak  shaklidagi  maydonning  uzunligi  65  m, 

yuzasi  4  875  m 2.  Maydonning eni  va perimetrini  toping?

II -  variant

1.  Hisoblang:

83  5 4 2 - 3   030  :  15+   18  800  :  4 0 - 4 5 8

2.  Masalani yeching:

Bosmaxonada  3  810  ta matematika kitobi  har bir  bogiam ga  6  ta 

dan, 6 816 ta o ‘ qish kitobi har bir bog‘lamga 8 ta dan qilib joylashtirildi. 

Ulardan  929  bo g iam i  do‘konga  jo ‘natildi.  Bosmaxonada  necha 

bogTam kitob qoldi?

3.  Tenglamani yeching  va  javobini  tekshiring:

4  5 1 8 - x :   5 =  3  919

4. Yulduzchaning o ‘rniga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

3  800 kv.sm  *  4 kv.m

1  t 682 kg  *  16  sr 82  kg

65  km  765  m  *  65  000 m

5.  To‘g‘ri  to ‘rtburchakning  bo‘yi  45  dm,  eni  esa undan 3  marta 

ortiq.  To‘g ‘ri  to‘rtburchakning  yuzasi  va  perimetrini  toping.



3-ko‘rinish

14

I -  variant

1.  Hisoblang:

(345  • 45 -   126  •  26 )  -  3  +  11  225

2.  Masalani yeching:

Ikki  brigada  y o ‘lga  asfalt  yotqizdi.  Birinchi  brigada  12  km 

200 m  y o in i,  ikkinchi  brigada  undan  3  marta  ortiq  yoTni  asfalt 

qildi.  Shundan  so‘ng  asfalt  qilinadigan  7  km  300  m  yo‘l  qoldi. 

Qanday  uzunlikdagi  yo‘lga  asfalt  yotqizish  kerak  bodgan?

3. Tenglamani yeching  va  tekshiring:

428  000 -  



(x 

+

 28  234 ) =  243  146

4. Yulduzchaning o ‘rniga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

2 soat 2  min  1 8s  *  120 min  18  s

28  so‘m  50 tiyin  *  3  000 tiyin

8 m 43  sm  *  850 sm

5.  Kvadrat shaklidagi  shaxmat taxtasi  qirrasining uzunligi  68  sm. 

Shaxmat taxtasining perimetri va yuzasini hisoblang.

II -  variant

1.  Hisoblang:

(465  - 5 4 -   138  -43  )  -4 + 24 387

2.  Masalani yeching:

Bir  uzumzordan  504  kg,  ikkinchi  uzumzordan  esa  undan  3 

marta  kam  uzum  yigdb  olindi.  Hamma  yig ‘ilgan  uzumdan  4  marta 

kam uzum  bolalar bog‘chasiga jo ‘natildi. Bolalar bog‘chasiga qancha 

uzum jo ‘natilgan?

3. Tenglamani yeching  va  javobini tekshiring:

( 248 

+ x ) ~

 

362 =  567



4. Yulduzchaning o ‘miga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

20 soat 25  min  *  2  025  min

150 so‘m 75  tiyin  *  1  575  tiyin

1  800 mm  * 1  m  8  sm  8 mm

5.  To‘g ‘ri  to‘rtburchakning  bo‘yi  150  mm  bodib,  u  enidan  3 

marta  uzun.  To‘g‘ri  to'rtburchakning  perimetri va yuzasini  toping.

4-ко ‘rinish

15


I -  variant

1.  Hisoblang:

300  •  20 +  375  •  400 -  38  671  -  7 329

2.  Masalani yeching:

Shaharlararo  qatnaydigan  avtobuslarga  756  ta  chipta  sotildi. 

YoMovchilaming  bir  qismi  9  ta  avtobusga  36  tadan  joylashib  -  

Buxoroga, 

qolganlari 

8  ta  avtobusda  Samarqandga  jo ’nashdi. 

Samarqandga  jo'nagan  avtobuslarning  har birida nechtadan  y o io v - 

chi  bor?

3.  Tenglamani yeching  va  javobini  tekshiring: 

x  :  186 + 216 = 313

4.  Yulduzchaning o'm iga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

3  t 7 sr *  3  070 kg 

9  km  65  m  *  7 km  83  m 

3  600 s  *  6 min

5.  Ekin maydonining yuzasi 3  150 m2.  Maydonning uzunligi 70 m. 

Ekin  maydonining eni  va perimetri  nimaga teng?

II - variant

1.  Hisoblang:

(5  985  :  45  +  1 2 6 - 2 6 )   -4  +  19  186

2.  Masalani  yeching:

Birinchi  bochkada  48  litr suv  bor.  Ikkinchi  bochkadan  12  litr  suv 

olingandan  keyin,  unda  birinchisidagidan  2  marta  kam  suv  qoldi. 

Ikkinchi  bochkada necha litr suv bodgan?

3.  Tenglamani  yeching  va  javobini  tekshiring:

(x +  18  342 ) -  25  706 =  46  596

4.  Yulduzchaning o ‘miga mos ishorani (<, >, =) qo'ying va yozma 

izohlang:

35  t  8  sr  *  360  sr

5  km  23  m  52  sm  *  5  km  83  m  52  sm 

89 min  *  1  soat 30 min

5.  Eni  16sm ,  bo‘yi  enidan  ikki  marta  uzun  bodgan  to ‘g‘ri 

toTtburchakning  perimetri  va  yuzini  toping.

5

-  


ko‘rinish

16


I -  variant

1.  Hisoblang:

5  000 -  4  000  :  50 +  140  :  20 -   508

2.  Masalani yeching:

Fermer  xo‘jaligi  omboridan  12  mashina  sabzavot  olib  ketildi. 

Har  birm ashinada  16  sr  sabzavot  ortilgan.  Omborda  yana  328  sr 

sabzavot  qoldi.  Dastlab  omborda  qancha  sabzavot  bo‘lgan?

2.  Tenglamani yeching  va  tekshiring:

( x  + 395  )  -219 - 4 3 4  496

4. Yulduzchaning o ‘miga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 

izohlang:

15  soat 24 min 3 s *   927 min 

90 so‘m 46 tiyin  *  96  so‘m 

756 mm  *  7  m  5  sm  6 mm

5. T o‘gTi to ‘rtburchakning uzunligi  120m m bodib,  eniesaundan 

55  mm  qisqa.  T o ‘g'ri to ‘rtburchakning perimetri  va yuzasini toping.

II -  variant

1.  Hisoblang:

6 - (   82  3 6 8 : 9 - 3   756:   4  ) - 3 3 3

2.  Masalani yeching:

Ikkita  bir  xil  yuk  mashinasi  sement  tashidi.  Birinchi  mashina 

15  marta,  ikkinchi  mashina  esa  12  marta  qatnadi.  Bunda  birinchi 

mashina,  ikkinchisiga  qaraganda  24  t  ortiq  sement  tashidi.  Har  bir 

mashina necha tonna sement tashigan?

3.  Tenglamani yeching  va  javobini tekshiring: 

jc

 + (  718  -  513) =  978



4. Yulduzchaning 

0

‘rniga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma 



izohlang:

24 soat  *86 400  s 

5  150  so‘m 50 tiyin  *  5  155  so‘m 

54  m 250  mm  *  5  425  mm

5.  To‘g ‘ri  to ‘rtburchakning  bo‘yi  240  sm  bo‘lib,  u  enidan  4 

marta  uzun.  To‘g'ri  toTtburchakning  perimetri  va yuzasini  toping.



6-ko ‘rinish

I 14

17

4

  ■ *


Umumta’lim  maktablarining  4 -  sinflari uchun «Jismoniy tarbiya» 

fanidan  bosqichli  nazorat o‘tkazish  bo‘yicha  tavsiya

Tushuntirish  xati

Umumta’lim  maktablarida jism oniy  tarbiya  bo‘yicha  4-sinflarda 

bosqichli nazorat o ‘tkaziladi. Bosqichli nazoratni o ‘tkazishdan asosiy 

maqsad  yil davomida  jismoniy tarbiya fani bo‘yicha о‘quvchilaming 

o ‘zlashtirishi  lozim  bo‘lgan  nazariy  va  amaliy  bilimlari  darajasini 

aniqlashdan  iboratdir.

Bosqichli  nazoratni jism oniy tarbiya darslarida qatnashgan 4-sinf 

o ‘quvchilari  topshirishlari  shart.  Bosqichli  nazorat  Xalq  ta’limi 

vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  yo‘riqnomaga  tayangan  holda 

o ‘tkaziladi.

0 ‘quv yili  davomida jism oniy tarbiya darslariga qatnashib kelgan 

o ‘quvchilar  imthondan  1  hafta  oldin  o ‘zining  oilaviy  shifokoridan 

sog‘lig‘i haqida tibbiy ko’rikdan o ‘tib, shifokor ruxsati (spravka) bilan 

imtihonga  qatnashishi  mumkin.  Agar  o ‘quvchining  sog‘lig‘i  yaxshi 

bo‘lmasa,  o ‘qutuvchi  bilan  kelishilgan  holda  imtihonni  boshqa sinf 

bilan topshirishi mumkin.

Jismoniy  tarbiya  darslariga  o ‘quv  yili  davomida  qatnashmagan 

y a’ni  kasalligi  tufayli VKK  varaqasi  boMgan  o‘quvchilar imtihondan 

ozod  qilinadi.Tibbiy  guruhlarga  ajratilib,  maxsus  dastur  asosida 

haftasiga  2  martadan  shug‘ullangan  o‘quvchilar  bosqichli  nazoratni 

topshirmaydilar,  lekin  jurnalga  “Sinovdan  o‘tdi”  yoki  “Sinovdan 

o ‘tmadi” deb yozib qo‘yiladi.  Bayonnomaga baho qo‘yilmaydi.’

Bosqichli  nazorat  ishlariga  o ‘quvchilar  o ‘z  vaqtida  tayyorgarlik 

ko‘rish  maqsadida  bir  oy  oldin  maktabning  ko‘rinarli  joyiga  savol 

va  topshiriqlar  ilib  qo‘yiladi.  Belgilangan  muddatda  qo‘shimcha 

maslahat darslari,  qo‘shimcha amaliy m ashg‘ulotlar tashkil  qilinadi.

Jismoniy tarbiya fanidan  imtihonlar bir kunda o ‘tkaziladi, dastlab 

sinf  xonasida  yozma  ravishda  nazariy  savollarga  javob  berishlari 

kerak.  Nazariy  savollarga  alohida  biletlar  tayyorlanadi.  Har  bir 

biletda  ikkitadan  savol  boMishi  kerak.  Nazariy  savollar  jismoniy 

tarbiya o ‘qituvchisi tomonidan bir oy oldin o ‘quvchilar  soniga qarab, 

biletlarni  raqamini  qo‘yib,  har  bir  biletda  ikkitadan  savol  yozilgan 

holda  konvertga  solinadi  va  uni  o ‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 

o ‘rinbosariga topshiriladi.



18

Bosqichli  nazorat  ishlari  bo‘yicha  hay’at  a ’zolari  tarkibi  maktab 

direktori  tomonidan  tasdiqlanadi  va  tarkibiga  hay’at  raisi,  nazorat 

oluvchi  o ‘qituvchi,  assistent  (yordamchi),  tibbiy  xodim  (a’zolar 

soni  5  tadan  oshmasligi  kerak)  kiritiladi.  Bosqichli  nazorat  ishlarini 

o ‘tkazish  jarayonida,  albatta,  tibbiyot  xodimi  (hamshira)  bo‘lishi 

shart.


Bosqichli  nazorat  o‘tkazishdan  oldin  hujjatlaming  bayonnomasi 

tayyorlabqo’yilishi lozim (bayonnomagafaqatko‘k ruchka bilanyozish 

tavsiya  etiladi).  Amaliy  mashq  turlari  tugatilgandan  so‘ng  yordamchi 

(assistent)  tomonidan  bosqichli  nazorat  bayonnomasining  birinchi 

bandi  to‘ldiriladi.  0 ‘quvchilar  tomonidan  biletdagi  barcha  m e’yoriy 

talablar  topshirib  bo’lingandan  so‘ng  bayonnomaning  ikkinchi  bandi 

toidiriladi va barcha hujjatlar imzolanib, direktorga topshiriladi.

Bosqichli nazorat ishlari  bo‘yicha amaliy mashqlarni topshirishda 

o ‘quvchilar ikki guruhga bo’linadilar (qiz bolalar va o ‘g ‘il  bolalar) va 

bir kun oldin har bir guruhdan bittadan vakil  chiqib,  biletlardan birini 

tortadi.  Shu  biletdagi  4  ta  amaliy  mashqni  o‘z  guruh  a’zolari  bilan 

ko‘rsatilgan  tartibda  birin-ketin  topshirishlari  kerak.  Nazariy  savol 

bo‘yichajavoblarni har bir o‘quvchi ikkitadan savolgayozm aravishda 

bayon etadilar. Bosqichli  nazoratdagi topshiriqlar kuchlilik, tezkorlik, 

chaqqonlik,  chidamlilik  asosidagi  turli  sport  turlarining  4  ta  (undan 

ko‘p emas) m e’yorini qamrab olishi lozim.  Bu esa o ’quvchilarning har 

tomonlama jismoniy va nazariy tayyorgarligini baholashga imkoniyat 

yaratadi.  Bosqichli  nazorat  ishlarida  «sport  o‘yinlari  elementlari»da 

sport  turlaridan  voleybol,  basketbol,  qo‘l  to‘pi,  futbol  o‘yinlarining 

elementlarini  amaliyotda bajariladi.

0 ‘quvchilarning  har  bir  amaliy  va  nazariy  savolga  javoblari  5 

ballik tizim asosida baholanadi.  Ballar umumlashtirilib o‘rtacha baho 

chiqariladi.  Masalan:  5+5+5+5+5=25:5=5.

Agarda  o ‘quvchi  1-2-3-chorak  to‘liq  darsga  qatnashgan  bo‘lib, 

4-chorakni  yarmisida  kasal  bo‘lib,  darsdan  ozod  qilinsa,  yakuniy 

baho  3  ta chorak yakuni  bo‘yicha yillik baho chiqariladi.



Nazariy savollarga berilgan javoblarni baholash mezoni

T/r

Baholash mezoni

Ball

1

.

Savol  mazmunan to ‘ la ochib berilsa, fikrlari to ‘ liq va aniq b o ‘ lsa.

5

2.



Javoblar to ‘ g ‘ ri,  lekin  ikkilanish  va taxmin b o‘ lsa.

4

19



Javoblar  qisman  to ‘ g ‘ ri,  tushunchalarni  izohlashda  bir  qancha

J .


xatoliklarga y o ‘ l  q o ‘ yilgan boMsa.

J

4



Javoblar  to ‘ g ‘ ri  xulosalanmagan,  fikrlar  va  tushunchalarda  xatolar

k o ‘ p b o‘ lsa.

5.

Tushunchalar noto‘ g ‘ ri talqin  etilgan, javoblarda xato b o‘ lsa.



I

6 .


Hech qanday ja v o b  berilmagan  bo'lsa.

0

Amaliy mashg'ulotlarni baholash mezoni

T/r

Baholash  mezoni



Ball

1.

Talab  qilingan  mashqlarni  bajarishda  mashq  elementlari  o'rtasidagi 



bog'lanish to'g'ri. erkin, ishonchli bajarilsa.

5

2.



Talab qilingan  mashq  erkin,  ishonchli  elementlarga bog'liq  holda bajarilib, 

2 tadan ortiqjuz’ iy xatogayo'l  qo‘ yilsa.

4

3.

Mashq qisman bajarilsa.  lekin bitta qo'pol xatoga va 1  ta juz'iy xatoga yo‘ I 



qo'yilsa.

3

4.



Mashq bajarishda 3  tadan ortiq qo'pol va ju z'iy xatogayo'l  qo'yilsa.

2

5.



Mashq bajarilmasa.

1

6.



I lech qanday harakat bo'Imasa.

0

N a za riy  sa vo lla r

1.  Harakatli  o‘yinlar qaysi jismoniy  sifatlarni rivojlantiradi?

2.  Saf bo‘lib harakatlanishning qanday usullarini  bilasiz?

3.  Harakatlanish deb  nimaga aytiladi?

4.  Ertalabki  badan  tarbiya mashqlari haqida nima bilasiz?

5.  Jismoniy tarbiya deganda  nimani tushunasiz?

6.  Kun  tartibi  deganda nimani  tushunasiz?

7.  Chiniqish nima va uning turlarini aytib  bering.

8.  0 ‘quvchilarning  shaxsiy  gigiyenasi  va  kun  tartibini  aytib 

bering.

9.  Ochiq  havoda sayr qilish,  organizmga qanday  ta’sir etadi?



10.  Ertalabki  badan tarbiyaning organizmga ta ’siri  nirnada?

11.  Yengil  atletika va uning turlari haqida nimalarni  bilasiz?

12.  Dars jarayonida  shikastlansa  qanday  birinchi  tibbiy  yordam 

ko‘rsatiladi?

13.  Qomatning  buzilishiga nima sabab  bo‘ladi?

14.  Jismoniy  mashqlarni  bajarishda  to‘g ‘ri  nafas  olishning 

usullarini aytib  bering.

15.  Umumrivojlantiruvchi  mashqlar qanday ahamiyatga ega?

20



1



4

16.  Gimnastika va uning turlarini  aytib bering?

17.  Nima  uchun  maktabda  darsdan  oldin  gimnastik  mashqlar 

bajariladi?

18.  Saf deb nimaga aytiladi va saf mashqlariga nimalar kiradi?

19.  Arg'amchida sakrash  qanday jismoniy sifatni  rivojlantiradi?

20.  Akrobatika mashqlari  qanday xislatlarni rivojlantiradi?

21.  Muvozanat  saqlash  mashqlari  va  ularni  bajarishda  qoilani- 

ladigan  sport anjomlari  haqida aytib  bering.

22.  Sport o'yinlarining turlarini  aytib bering.

23.  Shaxmat  haqida  tushunchangiz,  mashhur  shaxmatchilardan 

kimlami bilasiz?

24.  Basketbol  o'yinida  to‘p  otishning  asosiy  usullarini  aytib 

bering?  Voleybol  o'yinida  to'pni  yuqoridan  uzatish  qaysi  paytda 

bajariladi?

25.  Q o'l  to'pi  qachon va qayerdan kelib chiqgan?

26.  Muvozanat saqlash mashqlari  qanday  ahamiyatga ega?

27.  Kross  yugurishi  qanday  sifatlami  rivojlantirishga  yordam 

beradi?


28.  Yurish va yugurishga ta ’rif bering.

29.  «Umid  nihollari»  sport  musobaqalarining  maktab  bosqichi 

to'g'risida nimalami  bilasiz?

30.  «Umid  nihollari»  sport  musobaqalari  boshlang'ich  sinf 

o'quvchilarida aynan  qaysi  turlarda o'tkaziladi?

31.  Emaklash  mashqlari  qaysi  sifatlami  rivojlantirishga  yordam 

beradi?

32.  Past startda turishning nechta usuli  bor?



33.  Turgan joydan uzunlikka sakrash  qanday  bajariladi?

34.  Stol tennisi  bilan katta tennisning farqi  nimada?

35.  Quyoshda chiniqish  deganda nimani tushunasiz?

36.  Qomatni  to 'g 'ri  tutish deganda nimani  tushunasiz?

37.  O’zbekistonda ommaviy sport turlaridan qaysilarini  bilasiz?

38.  Harakatli  o'yinlar qaysi jismoniy sifatlami  rivojlantiradi?

39.  Turgan joydan tennis to'pini  uloqtirishni  qanday oTganasiz?

40.  Gimnastika mashqlarida foydalaniladigan sport anjomlarining 

nomini  ayting.

41.  Yuqori  startning past startdan  farqi  nimada?

42.  Arqonga  tirmashib  chiqishning  dastlabki  qoidalarini  aytib 

bering.


21

_


43.  «Alpomish  va Barchinoy» maxsus  test  sinovlari  haqida  aytib 

bering.


44.  Baland  tumikda  tortilish  organizmdagi  qaysi  mushaklarni 

rivojlantiradi?

45.  Qo‘lni  qanday parvarish qilish kerakligini  aytib bering.

46.  0 ‘z tanangizni qanday parvarish  qilasiz?

47.  K o‘zni qanday parvarish qilish kerak?

48.  Tishni parvarish qilishda qanday qoidalarga amal qilish  zarur?

4- sinf  (Qiz bolalar)

1-  Bilet

1.  60 metrga yugurish(s.) -   10,8-11,3-11,8  s.

2.  Yugurib  kelib  balandlika «hatlab  o ‘tish»  usulida sakrash -   8 0 - 

70-60 sm.

3 .4 x l0 m g a  mokisimon yugurish (s.) -   11,5-12,0-12,5  s.

4.  Arg’aimchida bir daqiqa davomida sakrash (m arta)-70-60-50.

2-  Bilet

1.  30m ga yugurish (s.) -  5,5-6,0-6,8  s.

2. Yugurib kelib «oyoqni bukish» usulida uzunlikka sakrash (sm )- 

260-230-200 sm.

3.  Yugurib kelib  tennis koptogini  uzoqqa uloqtirish (m) -   18-15- 

13  m.

4.  Q o‘llar bilan  devorga 45°da  tayanib  qo‘llami  bukib yozish:  10 



m a rta - «5»,  8 marta «4»,  6 marta «3» ,aho  qo‘yiladi.

3-  BiIet

1. Yugurib kelib balandlikka «hatlab o ‘tish» usulida sakrash -  80 - 

70-60 sm.

2.  60 m  ga yugurish -   10,8-11,3-11,8  s.

3.  Yugurib  kelib  tennis  koptogini  uzoqqa  uloqtirish  (metr)  -   18- 

15-13  m.

4.  Voleybol.  To‘pni  devorga  urishda  to‘xtatmasdan  ikki  qo‘lda 

qaytarishni  baholash:  10  martagacha  -   «5»,  8  martagacha  -   «4», 

5  martagacha tushirmasdan qaytarganga- «3» baho qo‘yiladi.

22


4-  Bilet

1.4x10 m  ga mokisimon yugurish(s.) -   11,5-12,0-12,5.

2.  Yugurib  kelib  «oyoqni  bukish»  usulida  uzunlika  sakrash  (sm)  -  

260-230-200 sm.

3.  Yugurib  kelib  tennis  koptogini  uzoqqa uloqtirish  (metr) -   18- 

1 5 -1 3 m.

4.  Q o'l  to'pi.  To'pni  yerga  urib  olib  yurish,  10-15  m  yugurish 

texnikasini  to‘g’ri  bajarishni  baholash.

5-  Bilet

1.  30 metrga yugurish (s.) -  5,5-6,0-6,8.

2.  Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm) -   140-120-100 sm.

3.  Q o'llar bilan  bosh orqasida,  chalqancha yotgan holda,  gavdani 

90° ga ko‘tarish(daqiqa davomida marta) -   13-10-5.

4. Basketbol. To'pni  ko'krakdan ikki q o ila b  halqaga tashlash (3,5 

metrdan)  8  imkoniyatdan 3  marta tushirish -  «5», 2  marta tushirish -  

«4»,  bir marta tushirish -  «3» baho.

(0 ‘g‘ il  bolalar)

1-  Bilet

1.60 m  ga yugurish  (s.) -   10,5-11,0-11,5  s.

2.  Yugurib  kelib  balandlika «hatlab o'tish» usulida sakrash -  9 0 - 

80-70 sm.

3.  Polda  qo'llar  bilan  tayangan  holda  qo‘lni  bukish  va  yozish 

(marta) -   10-8-5  marta.

4. Yugurib  kelib tennis koptogini uloqtirish (m) -  27-25-23  m.

2-  Bilet

1.30 metrga yugurish (s.) -  5,3-5,8-6,5  s.

2.  Yugurib  kelib  balandlika  «hatlab  o'tish»  usulida sakrash -   80- 

70-60 sm.

3.  Baland turnikda tortilish (marta) -  5 -4 -3   marta.

4.  Qo'l  to'pi.To'pni  yerga  urib  olib  yurish,  10-15  m  ga yugurish 

texnikasini to 'g 'ri  bajarishni  baholash.

23


З-Bilet

1.  Yugurib  kelib  uzunlikka  «oyoqni  bukish»  usulida  sakrash (sm) -  

300-260-230 sm.

2.  60 m ga yugurish (sek) -   10,5-11,0-11,5  s.

3.  Polda  qo‘llarga  tayanib  yotgan  holda  ulami  bukish  va  yozish 

(marta) -   10-8-5  marta.

4.  Voleybol.  To‘pni  devorga  to‘xtatmasdan  ikki  qo‘lda  urishni 

qaytarishni  baholash:

12  martagacha  -   «5»,  9  martagacha  -   «4»,  6  martagacha 

tushirmasdan qaytarganga -  «3» baho  qo‘yiladi.

4-  Bilet

1.  Yugurib kelib  tennis koptogini  uloqtirish  (m) -2 7 -2 5 -2 3   m.

2.  Yugurib  kelib  uzunlikka  «oyoqni  bukish»  usulida  sakrash  (sm) -  

300-260-230 sm.

3. 4x10 m gam okisim on yugurish  ( s .) -   11,0-11,5-12,0 s.

4. Futbol to‘pini yerga tushirmay oyoqda jonglyorlik qilish (marta) 

-  5 -4 -3   marta.

5-  Bilet

1. Yugurib  kelib tennis koptogini  uloqtirish (m) -  27-25-23  m.

2.  30 m  ga yugurish (sek) -  5,3-5,8-6,5  s.

3. Baland turnikda tortilish (marta) -  5-4 -3   marta.

4. Basketbol. To‘pni ko‘krakdan ikki qo‘llab halqaga tashlash (3,5 

metrdan):  7  imkoniyatdan 3  marta tushirsa -  «5»,  2  marta tushirsa -  

«4», bir marta tushirsa -  «3» baho qo‘yiladi.

Nashriyot litsenziya  raqami A I  №   154.  14.08.2009.

2015-yil  19-fevralda bosishga ruxsat etildi.

Bichim i 60x90'/,6  Taym s  garniturasi.  O fset bosma.

1,5 shartli  bosma to b o g ‘ i.  1,38 nashr to b o g ‘ i.

114  raqamli  buyurtma. Adadi  100 211  nusxa.

0 ‘ zbekiston  M atbuot va axborot agentligining 

G ‘ afur G ‘ ulom nom idagi  nashriyot-matbaa ijod iy uyida chop etildi. 

100128. Toshkent.  Shayxontohur k o ‘ chasi,  86.



www.gglit.uz  E-mail:  info@gglit.uz

Download 173.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling