Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr
Ona tili va adabiyot (Milliy sertifikat)
1. Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang. [1,1 ball]
A) nuqtayi nazar, yildan-yilga, sotib olmoq
B) suvilon, orzum, qiymataxta
C) siqquncha, tarjimayi hol, ot boqar
D) cho'l quvar, tarjimayi hol, to'qqizil
2. Bosh harflar bilan bog'liq xatolik kuzatilgan javobni aniqlang. [1,1 ball]
A) Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Nuroniy
jamg'armasi
B) Buxoro viloyati hokimligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Quvasoy sement zavodi
C) Oliy xo'jalik sudi, Toshkent agrar universiteti, "Lazzat" oshxonasi
D) Vazirlar Mahkamasi, "Sharq gullari" firmasi, O'zbekiston Milliy universiteti
3. Qaysi qatordagi gapda "quruq " so'zi o'z ma'nosida qo'llangan? [ 1,1ball]
A) To'tiqiz tomning quruq ko'katlari ustida ko'chani tomosha qilib, gilos yeb yotdi.
B) Quruq qoshiq og'iz yirtar.
C) O'tgan yil ham xuddi shunday bo'lgandi: quruq so'zga silosxona to'lgandi.
D) Qurulov dangasa emas. Lekin o'ta quruq odam, unda iroda degan narsa yo'q.
4. O'zaro ma'nodoshlik hosil qila oladigan so'zlar qatorini aniqlang. [1,7 ball]
A) ochiq, yaqqol, ravshan
B) laqma , anqov, ahmoq
C) picha, xiyla, kichik
D) nodon, johil, yovuz
5. Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud emas?[1,1ball]
A) Fan yuzasidan egallanadigan nazariy bilimlar amaliyotda qo'llaniladi.
Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr
B) Bundan besh kunlar oldin u bu yerga xolasi bilan kelgan, ammo maqsadini
aytolmagan edi .
C) U so'nggi kunlarda noilojsizlikdan otasining so'zini ikki qilolmay, ko'chaga ham
chiqolmay qoldi.
D) Ko'cha boshida bolalar qiy-chuv qilib o'ynashishadi, kulgisi butun olamni tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |