Ona tili va adabiyot test


Download 18.29 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi18.29 Kb.
#336229
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test
KALENDAR Nargiza, Namunaviy ustav, amaliy33, Linzalar haqida tushuncha, Linzalar haqida tushuncha, 000, Ma\'lumotnoma, Geometriyada, Academic-Data-304201101722 (1), 9 Б список, 1, 1, 8-mavzu1, 6.Maruza

Ona tili va adabiyot test

1.To`plamda eng ko`p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil etadi. Gapda nechta ot yasovchi qo`shimcha o`z shakldoshiga ega? A.3 B.1 C.2 D.4 2.Shovqindan boshlarim og`rib ketdi. Gapida -lar qo`shimchasi qanday ma`no bildiradi ? A.grammatik ko`plik B.ma`no kuchaytirish C.ta`sirchanlik D.tur,nav, xil 3.Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo`llangan? A. Mevasi yetilib pishganda sershira bo`ladi. B. Nomus jondan ham qimmatliroq. C. Hovli ham bo`m-bo`sh uy ham yolg`iz edi . D.Bundan ham suyumliroq,bundan ham zavqliroq ish yo`q edi. 4.Quyida keltirilgan gapdagi olmoshning sintaktik vazifasini aniqlang. ,,Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati ,-deb yozadi A.Avloniy,-yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog`liqdir”. A.aniqlovchi B.ega C.to`ldiruvchi D.hol 5.Otasini hovlining chekkasidagi zax uyga ko`chirdi. Ushbu gapdagi fe`l nisbatini aniqlang. A.aniq nisbat B.o`zlik nisbat C.majhul nisbat D. orttirma nisbat 6.Yasama fe`l ishtirok etmagan gapni toping. A.Bir mahal yo`l kengayib ketdI B.Shuni ta`kidlab o`tishimiz kerakki, farovon hayotga faqat mehnat bilan erishish mumkin. C.Mo`ysafid gullarni shiyponga qo`yib, mehmonlar bilan ko`risha ketdi. D. Ishdan kelgach nari-beri tamaddi qilib, uyga o`tib bordim. 7.Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi ,xolos. Ushbu gapda nechta yuklama qatnashgan? A.2ta B.3ta C.4ta D.5ta 8.Balli, ofarin kabi so`zlar qaysi so`z turkumiga mansub? A. kirish so`z B.taqlid so`z C.undov so`z D. modal so`z 9.Qaysi qatorda jo`nalish kelishigi bilan qo`llanadigan vazifadosh ko`makchi mavjud? A.ko`ra ,boshqa B.muvofiq ,keyin C.asosan, qaramay D.o`zga, sari 10.Qaysi so`z turkumlari vazifadosh bog`lovchi bo`lib kela oladi ? A.ko`makchi, yuklama , modal so`z B. ot, ravish, ravishdosh C. ko`makchi ,yuklama,sifat D.bo`lsa ,esa 11.Turg`un birikma qatnashgan qatorni toping. A. ko`k qog`oz B. ko`prikdan sakramoq C.ko`ngildan o`tkazmoq D.ko`pikdan o`tkazmoq 12. Qaysi qatorda hokim so`z ravish bilan ifodalangan otli birikma berilgan? A. farovon hayot B.hammadan sekin C. hammadan kuchli D.hammadan kuchli 13.Ne xush bo`lg`ay ikkovlon mast bo`lsak vasl bog`ida. Mazkur gapning egasini toping . A.mast B.xush C.ikkovlon, mast D.ikkovlon 14.Qaysi vositalar orqali ifodalangan so`roq gaplar ,,ha’’ yoki ,,yo`q’’ javoblarini talab qiladi? A.so`roq yuklamalari B.so`roq olmoshi C. so`roq ohangi D.hammasi 15.Egasi ma`lum gapni toping A. Hurmat qilsang , hurmat ko`rasan B.To`garakka borish kerak . C. Mehmonlarni kutish kerak . D.Sayohatga boramiz . 16. “ Kimki rizqim ulug’ , umrim uzoq bo’lsin desa … jumlani davom ettiring A. G’azablanmasin B. Birovning ota-onasini so’kmasin C. Mutakabbirlik qilmasin . D. qarindoshlarga mehr-oqibatli bo’lsin . 17. Ezop qayerda xazinabon darajasigacha ko’tarilgan ? A. Lidiyada B. Krez saroyida C. Likurg saroyida D. Delfada . 18. “ Shum bola” qissasida kimning tilida “ Maslahatli to’n tor kelmas “ degan maqol qo’llangan ? A. Qoravoy B. Omon C. Yangiboy D . Hoji bobo . 19. Qosim obrazi qaysi asarda yo’q ? A. “ Sariq devni minib “ B. “ Fonarchi ota “ C. “ Kuntug’mish “ D. “ Oygul bilan Baxtiyor “ . 20. Ilm olish uchun Hamza qaysi shaharga to’xtaydi-yu lekin oilaviy sharoit taqozasiga ko’ra uyiga qaytishga majbur bo’ladi ? A. Rossiya B. Saudiya C. Afg’onioston D. Istanbul 21. S. Zunnunovaning qaysi asari bilan shoira imoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitadi? A.”Bo’ylaringdan o’rgilay “ B. “ Olov “ C. “Nilufar “ D. “Surat bian suhbat “ 22. Mirmuhsinning ilk qissasi qaysi qatorda berilgan ? A. “ Oq marmar “ B. “ Qamar “ C. “Sheralining mardligi “ D. “ Jamila” 23.” Ravshan “ dostonida kim darvozabon bilan do’st tutingan ? A. Avazxon B. Shirvonlik kampir C. Go’ro’g’li D. Hasanxon 24.” Geyne bilan o’rtoq tutindim , Lermontovdan ko’mak o’tindim “ ushbu misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan ? A. “ Yurak ” B “ She’rim “ C. “ Yana she’rimga “ D.” Bog’im “ 25. “ Bibha sohili “ asarining janri nima ? A. roman B. pyesa C. “ She’rlar turkumi “ D. she’r 26.Turkiy adabiyotda ilk chiston qachon yaratilgan ? A. Navoiy davrida . B. Uvaysiy davrida . C. Boburiylar davrida . D. Qoshg’ariy davrida . 27. S. Zunnunovaning “ Qizimga she’riga ko’ra ming gulshanning gullaridan rohatbaxsh narsa nima ? A. Qo’lchalar B. Soch . C. Uyqu D. Qizaloq bag’ri . 28. Avaz O’tarning ota kasbi nima edi ? A. Sartarosh . B. To’quvchi . C . Tegirmonchi . D. Shoir 29. A. Oripovning “O’zbekiston” qasidasida tilga olingan konchi kim ? A. Egamjon B.Habib Abdulla C. S. Raxim D. Oybek 30. Nisbat yo’qdur , deb Ijtinob aylamakim, Shohmen eliga , vale senga quldurmen ! Mazkur baytda qanday she’riy san’at qo’llangan, belgilangan so’zning ma’nosi nima ? A. Tashbeh , qutlug’ B. Tazod , yiroqlashish tortinish C. Talmeh , Mulohaza D. Ta’did, shikoyat .



Download 18.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling