Ona tili va adabiyot ushbu test varianti 30 ta test topshirig‘idan iborat


Download 258.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.08.2020
Hajmi258.43 Kb.
#128093
Bog'liq
2 5222404117078476748


Ona tili va adabiyot

1900897


TEST VARIANTI RAQAMI:

1900897


ONA TILI VA ADABIYOT

Ushbu test varianti 30 ta test topshirig‘idan iborat.

Uni bajarishga

1 soat vaqt belgilash tavsiya etiladi. Natijani bilish uchun javoblaringizni

javoblar varaqasiga belgilab, rasmini @dtmxizmatbot orqali jo‘nating.

Sizga omad tilaymiz!

Test varianti raqamini javoblar varaqasiga to‘g‘ri ko‘chiring!

1 9 0 0 8 9 7

9

8

7



6

5

4



3

2

1



0

9

8



7

6

5



4

3

2



1

0

9



8

7

6



5

4

3



2

1

0



9

8

7



6

5

4



3

2

1



0

9

8



7

6

5



4

3

2



1

0

9



8

7

6



5

4

3



2

1

0



9

8

7



6

5

4



3

2

1



0

1. Shunchaki sevilmoq − baxtiqarolik.

To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam.

Mening qalbim shunday sevgiga molik:

Bir charsillab yonay, so‘ngra so‘nsam ham.

Ushbu she’riy parchada qatnashgan yasama fe’l

qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?

A) kesim


B) aniqlovchi

C) ega


D) hol

2. Bu asarda buyuk muhabbat rishtasi bilan

bir-biriga mangu bog‘langan go‘zal insonlarning

butun hayot yo‘li tarannum etilgan.

Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, mardlik va

shijoat, Oymomoga behad xushro‘ylikni ato

etgan ona tabiat, afsuski, ularni farzand

ne’matidan bebahra qilganligi aks ettirilgan.

Ushbu parchada Tog‘ay Murodning qaysi asari

haqida ma’lumot berilgan?

A) "Oydinda yurgan odamlar"

B) "Yulduzlar mangu yonadi"

C) "Otamdan qolgan dalalar"

D) "Ot kishnagan oqshom"

3. Hayotjon G‘ulomjonning mardligiga,

chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil

qoldi.

Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z



birikmasini hosil qilgan?

A) 5ta


B) 6ta

C) 8ta


D) 7ta

4. Qaysi javobda Zavqiyning “Ajab ermas” she’ri

haqida ma’lumot berilgan?

A) Ushbu she’rdan shoirning O‘zbekiston

gerbidagi tasvirni yodga soluvchi “boshlar

uzra soyalar solsun, Humo yetkur” kabi

shoirona bashorati o‘rin olgan.

B) Ushbu she’r g‘azal shaklida yozilgan bo‘lib,

tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi.

Unda shoir navro‘zni madh etadi. Ko‘klam

go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida

tasvirlanadi.

C) Ushbu she’rning birinchi bandida shoir o‘zini

bo‘stonidan adashgan sho‘rida bulbulga

o‘xshatadi. Maqta’da o‘z taxallusiga ham

izoh berib o‘tadi.

D) Ushbu she’rda dunyo omonat binoga, bo‘yi,

vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban

ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil

berib aldanib qolmaslikka chaqiradi.

5. Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur

manga


Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.

Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy

san’atlardan foydalanilmagan?

1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks

A) 1, 2

B) 1, 3


C) 3, 4

D) 2, 4


c

 Davlat test markazi, 2019

1


1900897

Ona tili va adabiyot

6. Xalq dostonlaridan birida:

“O‘laman, deb mard qavlidan toyama,

Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama,

Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim,

Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama”, − deya

dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan

bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep

ko‘rmagan qahramon kim?

A) Qorajon

B) Mohiboy

C) Kuntug‘mish

D) Ravshan

7. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli

belgilarga to‘liq mos keladigan egasi

yashiringan gapni aniqlang.

:::::


. . . . . .

A) Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.

B) Kecha shaftolizor bog‘larni ko‘rgani bordik.

C) Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga

suyanganicha qotib qoldi.

D) Bu masalani odillik bilan hal etamiz.

8. . . . ni bolalik vaqtida Erondan kishi o‘g‘irlab

kelguchi bir turkman qo‘lidan Otabekning bobosi

o‘n besh tillo barobariga sotib olgan edi . . . ning

Otabeklar oilasida qulliqda bo‘lg‘aniga ellik

yillar chamasi zamon o‘tib, endi Otabeklar

oilasining chin bir a’zosi bo‘lib ketkan. Xo‘jasi

Yusufbek hojiga, ayniqsa xo‘jazodasi Otabekka

itoat va ixlosi tom bo‘lib, buning evaziga

ulardan ham ishonch va hurmat ko‘rar edi. . .

"O‘tkan kunlar" romanidan olingan ushbu

ma’lumot qaysi adabiy qahramon haqida?

A) Ziyo shohichi

B) Rahmat

C) usta Farfi

D) Hasanali

9. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama

so‘z berilgan?

A) bo‘g‘ma

B) ko‘zlamoq

C) otilmoq

D) chopiq

10. Quyidagi qaysi she’r Ogahiy qalamiga mansub?

A) “Surmadin ko‘zlar qaro” g‘azali

B) “Ajab ermas” muxammasi

C) “Manam sho‘rida bulbul” muxammasi

D) “Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam

emas” tarji’bandi

11. Qaysi javobdagi ma’lumot Alisher Navoiyning

"Hayrat ul-abror" dostoni haqida emas?

A) Muallif bu asarni "shavq dostoni" deb

ataydi. Unda ijodkorning komil inson

haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan.

B) Dostondagi maqolatlar so‘ngida mavzuni

dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida

hikoya yoki masal keltiriladi.

C) Dostondagi "Salotin bobida" nomli uchinchi

maqolat adibning adolat haqidagi

qarashlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga

ega.

D) Ushbu doston falsafiy-ta’limiy doston bo‘lib,



didaktikaning yorqin namunasi sanaladi.

12. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la

oladigan kelishik qo‘shimchasi bilan

almashtirish mumkin?

A) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan

burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.

B) Ko‘ldan qarmoq bilan baliq tutishni

yoqtiraman.

C) Sardorbek, tanigan-tanimaganingga hurmat

bilan munosabatda bo‘l.

D) Sayyohlar Registon ansamblini zavq bilan

tomosha qilishardi.

13. Abayning "Naqliya so‘zlar" ("Nasihatlar") asari

kim tomonidan o‘zbekchaga tarjima qilingan?

A) Usmon Qo‘chqor

B) Nizom Komil

C) Asil Rashidov

D) Nosir Fozilov

14. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini

ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni

aniqlang.

A) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning

hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga

yaqin.


B) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular

biznikiga bir yilda bir keladilar.

C) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk

marotaba qatnashmoqda.

D) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har

bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok

etishadi.

15. Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir.

Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini

hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?

A) 5ta

B) 3ta


C) 6ta

D) 4ta


c

 Davlat test markazi, 2019

2


Ona tili va adabiyot

1900897


16. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z

to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?

A) Fikr-muloxazalarimni kengash a’zolariga

bildirdim.

B) Shirin uyqudan voz kechib, kitoblar bilan

do‘st tutungan inson vaqtlar o‘tib

muvaffaqiyatga erishadi.

C) Xalq uchun o‘z umrini baxshida etgan

insonning nomi hech qachon unitilmaydi.

D) Xalq ezozi inson uchun eng oliy mukofot

hisoblanadi.

17. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni

hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir.

Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan

to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

A) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi

to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan.

B) Aniqlovchili so‘z birikmalarining barchasida

hokim qism ot bilan ifodalangan.

C) Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi

bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari

qatnashgan.

D) Tobe qismi ot, olmosh va fe’l bilan

ifodalangan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari

qatnashgan.

18. Halol tirikchilik qiladigan kovushdo‘zning o‘g‘li

edi, ammo zamonning og‘irligi tufayli oila

boqish uchun o‘g‘rilikni kasb qilib olgan edi,

shunday bo‘lsa-da, bu kasb o‘ziga yoqmasdi.

Ushbu parchada fikr yuritilgan obraz qaysi

asarda uchraydi?

A) "Bolaning ko‘ngli poshsho" hikoyasi

B) "Urushning so‘nggi qurboni" hikoyasi

C) "O‘g‘ri" hikoyasi

D) "Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi

19. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning

qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi

sababini so‘rabdilar.

Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri

ma’lumotni aniqlang.

A) Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi

qatnashgan.

B) Gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar

sanaladi.

C) Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar sanaladi.

D) Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi

qatnashgan.

20. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning

har bir ishi va har bir so‘zi bebaho gavhardir.

Ushbu gapdagi gap bo‘laklariga oid to‘g‘ri

ma’lumotni aniqlang.

A) Sifatlanmishning hol vazifasini bajarishi

kuzatiladi.

B) Qaralmishlar ega vazifasini bajargan.

C) Barcha sifatlovchi aniqlovchilar sifat bilan

ifodalangan.

D) Olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi va hol

qatnashgan.

21. Qaysi javobda Bobur haqida ma’lumot

berilgan?

A) Shoir boshqalar bilan olib borgan

yozishmalari − xatlarini to‘plab “Munshaot”

asarini tuzgan.

B) Shoir aruz vazni haqida “Ilmi ash’orning

qoidai avzoni” asarini yozgan.

C) Adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik

lirikaning yorqin namunasi bo‘lmish “Qasidai

nasihat” asarining muallifidir.

D) Xo‘ja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy

yo‘l bilan o‘zbekchaga o‘girgan.

c

 Davlat test markazi, 2019



3

1900897

Ona tili va adabiyot

22. Yozuvchi 1917-1918 − yillardan boshlab ushbu

roman uchun material yig‘ishga kirishdi.

Yozuvchi xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik

badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi.

O‘zbekning qanday xalq ekanligini ko‘rsatib

beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj

borligini sezardi. Adib romanni 1919-yildan

yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o‘zbek

romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida

chop etildi. 1925-yilda romanning bo‘limlari

alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926-yilda

esa u yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi.

Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?

A) "Mehrobdan chayon"

B) "Kecha va kunduz"

C) "O‘tkan kunlar"

D) "Qutlug‘ qon"

23. Qaysi javobdagi gapda // belgisi o‘rnida tire

tinish belgisi qo‘yiladi?

A) Bildi ota // foydasizdir kurashmoq.

B) Otamning akalari ham // haydovchi.

C) Harakat // sen ezgulikning haqiqiy

qadr-qimmatini belgilaysan.

D) A’lo o‘qish // bizning va sizning asosiy

hamda sharafli vazifamiz.

24. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik

xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan

shakldosh yasama so‘zlar sanaladi?

1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza;

5) kechik; 6) chopmoq

A) 1, 5

B) 1, 2, 5



C) 2, 3, 4, 5

D) 3, 4, 6

25. Qaysi javobda sof zidlov bog‘lovchisi ishtirok

etgan?


A) Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan emas,

balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar

ekanmiz.

B) Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug‘,

lekin ko‘ngildagi ravshanlik undan ham ortiq.

C) Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da,

erta turgach eski maktab sari jo‘nadim.

D) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu,

sababini tekshirib ko‘rishmaydi?

26. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda

tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar

qatori berilgan?

A) yurak, buyruq, kerak

B) bilak, qovoq, chelak

C) sovuq, sana, o‘yin

D) axloq, tirnoq, pishloq

27. Qaysi qo‘shma gapni tashkil etgan har bir

sodda gap tarkibida hol qatnashgan?

A) Ba’zan oy zarrin kokillarini yer yuziga

yoyadi, ba’zan bulut oy yuzini to‘sib qo‘yadi.

B) Qosim Arslon akaning gapini eshitib xayol

surardi, O‘lmas uning so‘zlariga quloq

solardi.

C) Kimki ilm sirlarni puxta egallasa, kelajakda

rohatini ko‘radi

D) U shaharchaga ko‘p kelgan, lekin bu

binolarni ko‘rmagan edi.

28. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri

ajratilgan?

A) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress

B) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli

C) de-ngiz, jon-ga, kon-gress

D) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi

29. Qaysi javobda Shuhratning faqat balladalari

berilgan?

A) "Mardlik afsonasi", "Jannat qidirganlar",

"Mashrab"

B) "Orzu va qasos", "So‘lmas chechaklar",

"Mehrol"

C) "Guldursun", "Uch qiz afsonasi", "Qora va

oq aravacha haqida ertak"

D) "Ona va farzand", "Mehrol", "Farzand"

30. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim

qatnashgan gapni aniqlang.

A) Bayram arafasida mahallamizda yangi

to‘yxona ochildi.

B) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa

qo‘shilib ketadi.

C) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki

bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi.

D) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida

qiynaldi.

c

 Davlat test markazi, 2019



4

Ona tili va adabiyot

1900897


Test varianti “Test topshiriqlari to‘plami 2019” asosida shakllantirilgan:

1 – 29-bet 40

2 – 108-bet 19

3 – 42-bet 19

4 – 91-bet 14

5 – 123-bet 24

6 – 74-bet 25

7 – 48-bet 9

8 – 111-bet 7

9 – 15-bet 12

10 – 85-bet 4

11 – 83-bet 21

12 – 66-bet 50

13 – 117-bet 12

14 – 61-bet 13

15 – 24-bet 28

16 – 12-bet 31

17 – 46-bet 55

18 – 100-bet 19

19 – 33-bet 71

20 – 53-bet 44

21 – 76-bet 6

22 – 96-bet 24

23 – 70-bet 27

24 – 20-bet 53

25 – 38-bet 24

26 – 8-bet 15

27 – 56-bet 5

28 – 10-bet 14

29 – 104-bet 13

30 – 26-bet 15

c

 Davlat test markazi, 2019



5

Download 258.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling