Ona tili va adabiyot ushbu test varianti 30 ta test topshirig‘idan iborat


Download 264.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.09.2020
Hajmi264.19 Kb.
#131559

Ona tili va adabiyot

1901891


TEST VARIANTI RAQAMI:

1901891


ONA TILI VA ADABIYOT

Ushbu test varianti 30 ta test topshirig‘idan iborat.

Uni bajarishga

1 soat vaqt belgilash tavsiya etiladi. Natijani bilish uchun javoblaringizni

javoblar varaqasiga belgilab, rasmini @dtmxizmatbot orqali jo‘nating.

Sizga omad tilaymiz!

Test varianti raqamini javoblar varaqasiga to‘g‘ri ko‘chiring!

1 9 0 1 8 9 1

9

8

7



6

5

4



3

2

1



0

9

8



7

6

5



4

3

2



1

0

9



8

7

6



5

4

3



2

1

0



9

8

7



6

5

4



3

2

1



0

9

8



7

6

5



4

3

2



1

0

9



8

7

6



5

4

3



2

1

0



9

8

7



6

5

4



3

2

1



0

1. Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,

Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.

Bo‘lib o‘n yoshida umrining mururi

Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri.

Ushbu parchada Navoiyning qaysi dostoni

qahramoni haqida fikr yuritilgan?

A) “Saddi Iskandariy”

B) “Farhod va Shirin”

C) “Hayrat ul-abror”

D) “Sab’ai sayyor”

2. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar

va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay

qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida

haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda.

Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar

haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

A) Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama

otlar qatnashgan.

B) Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan

qo‘shma sifat qatnashgan.

C) Kesim vazifasida kelgan fe’l+fe’l tipidagi

qo‘shma fe’l qatnashgan.

D) Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z

qatnashgan.

3. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan

o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan

olmosh qatnashgan?

A) Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni

hamisha asrab-avaylaymiz.

B) Do‘stimdan juda minnatdorman: undan

irodali bo‘lishni o‘rgandim.

C) Kitoblar − insoniyatning eng bebaho

ma’naviy mulki. Ulardan hamisha

foydalanishimiz mumkin.

D) Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u

qo‘rquvdan atrofga alanglar edi.

4. Qaysi javobdagi ma’lumot Zahiriddin

Muhammad Bobur haqida?

A) U аruz vаzni hаqidа “Мezon ul-avzon” nоmli

risоlа bitgan.

B) Aslida Haydar Xorazmiy qalamiga mansub

bo‘lgan "Gul va Navro‘z" dostoni sho‘rolar

davrida uzoq yillar uning asari sifatida xato

taxmin etib kelingan edi.

C) U tаrjimа bilаn shug‘ullаnadi. Хo‘jа

Ahrоrning “Vоlidiya” аsаrini shе’riy yo‘l

bilаn o‘zbеkchаgа o‘girаdi.

D) U o‘tmish mavzusidagi "Tariхi muluki

Ajam" asarini yozgan.

5. Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?

A) Ijodkorning birinchi marta respublika

matbuotida “Xatingni kutaman” nomli asari

bosilib chiqqan.

B) Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo

xalqlari madaniyati Assambleyasining

vitse-prezidenti vazifasini ham ado etgan.

C) Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini

piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib

borilgan urushda ishtirok etgan.

D) Ijodkorniing dastlabki yirik asari

“Tengdoshlar” qissasidir.

c

 Davlat test markazi, 2019



1

1901891

Ona tili va adabiyot

6. U kishi, albatta, beraman desalar-ku qo‘llaridan

keladi; har qalay katta zakunchining ishtahasini

qondiradigan dunyolari bor. Faqat nechoraki, u

kishi berib o‘rganmaganlar, olib o‘rganganlar;

"O‘rgangan ko‘ngul o‘rtansa qo‘ymas", −

deydi. U kishini berishga o‘rgatish qiyin!

Ushbu parchada fikr yuritilgan "Kecha va

kunduz" romani qahramoni nomi keltirilgan

javobni aniqlang.

A) Eshon bobo

B) Akbarali mingboshi

C) Razzoq so‘fi

D) Miryoqub

7. Qaysi javobda nomi keltirilgan asar Oybek

qalamiga mansub emas?

A) “Nur qidirib”

B) “Tirilgan murda”

C) “Mahmud Torobiy”

D) “Oltin vodiydan shabadalar”

8. Millatlarni elatlarni deydi ijodkor buyuk do‘stlik

birlashtiradi

Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib

qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib

bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A)

: « » ,−.



B)

« , ,− ,− ».

C)

« ,− ,− ».



D)

« − » ,− .

9. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i

unlisi yoziladi?

1) muq...m; 2) sup...rmoq; 3) tov...q; 4) bult...r;

5) tug‘...lmoq; 6) yut...q

A) 1, 2, 4, 6

B) 1, 5


C) 1, 2, 3, 5

D) 1, 3, 5

10. Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan

oila...(2) tinchligi...(3) asraylik.

Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p

nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra

qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?

A) 1, 3 − tushum kelishigi; 2 − qaratqich

kelishigi

B) 1, 2 − tushum kelishigi; 3 − qaratqich

kelishigi

C) 1, 2 − qaratqich kelishigi; 3 − tushum

kelishigi

D) 1 − qaratqich kelishigi; 2, 3 − tushum

kelishigi

11. Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda

ularning pok qoni bor.

Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini

hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?

A) 5ta


B) 7ta

C) 6ta


D) 8ta

12. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro

asosdosh so‘zlar qatnashgan?

A) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga

kiradi.

Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.



B) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani.

Kechki shabada uning tanasiga huzur

bag‘ishlamoqda edi.

C) Cho‘lboboning payvandlariga havas

qilmaydigan bog‘bon kam topiladi.

U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan

edi.

D) “Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda



qoldi, bolam”, − dedilar bobom.

U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur

changchi sifatida nom chiqargan edi.

13. Bosh gapi egasi yashiringan gap bo‘lgan

to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni

aniqlang.

A) Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib

malomatga qolishdan afzal.

B) Biz shunga ishonamizki, tanlovda faxrli

o‘rinni egallaymiz.

C) Bu o‘rinda shuni aytish kerakki,

Qalandarovlarni o‘sha davr hayoti yarata

boshlagan edi.

D) Shuni siz ham unutmangki, onaxonning

hurmatini joyiga qo‘yish kerak.

14. Qaysi javobda Navoiyning boshdan oyoq

savol-javob tarzida bitilgan g‘azali nomi

berilgan?

A) "Jong‘a chun dermen . . . " deb boshlanuvchi

B) "Bo‘ldum sanga" radifli

C) "Mani jondan o‘sondirdi . . . " deb

boshlanuvchi

D) "Deyin" radifli

c

 Davlat test markazi, 2019



2

Ona tili va adabiyot

1901891


15. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda

metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz

bergan?

A) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.



B) Negadir ishtaham qochib ketdi.

C) Shamol kuchayib olovning tili yana ham

uzunlashdi.

D) Tez orada "Sohibqiron" sahna yuzini ko‘radi.

16. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod

ustina,


Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod”

ustina.


Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot

to‘g‘ri emas?

A) Qofiyadosh so‘zlarda "d" tovushi raviy bo‘lib

kelgan.


B) Radifi qisqa radif hisoblanadi.

C) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.

D) Ushbu misralarda tanosub san’atidan

foydalanilgan.

17. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli

belgilarga to‘liq mos keladigan shaxsi noma’lum

gapni aniqlang.

:::::


. . . . . .

A) Shaftolizor bog‘larni zavq bilan aylanib

chiqdim.

B) Bugun darsga hammadan oldin borish lozim.

C) Shahar hokimi bilan ertaga uchrashish kerak.

D) Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga

suyanganicha qotib qoldi.

18. Toshkentga har kuni minglab sayohlar tashrif

buyiradilar. Ular mamlakatimizning bosh

shahriga qarab, yurtimizdagi bunyodkorlik

ishlari xaqida fikr yuritadilar.

Ushbu parchada imloviy jihatdan xato yozilgan

so‘zlarning turkumini aniqlang.

A) ot, fe’l, bog‘lovchi

B) ravish, ot, bog‘lovchi

C) ot, fe’l, ko‘makchi

D) olmosh, fe’l, ko‘makchi

19. Qaysi javobda Asqad Muxtorning bolalarga

bag‘ishlangan she’riy to‘plamining nomi

berilgan?

A) «Ovchi bolalar»

B) «Chin yurakdan»

C) «Dunyo bolalari»

D) «Bizning avlod»

20. Qaysi gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida

kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan?

A) Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish

zamonlarning eng dono kishilari bilan

hamsuhbat bo‘lish demakdir.

B) So‘z yovuzlarni yakson etadigan, qal’alarni

yiqadigan ko‘zga ko‘rinmas quroldir.

C) Birdan bir haqiqiy ne’mat odamlarning

o‘zaro muloqotidir.

D) Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni

paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.

21. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish”

dostoni qahramoni Kuntug‘mish haqida?

A) U o‘zga yurtga yolg‘iz o‘zi otlanadi. Yoshligi,

soddaligi tufayli osongina bandi etilib,

zindonga tashlanadi.

B) U o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar

o‘rganadi. O‘n to‘rt yoshdan keyin esa

qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik,

ko‘pkari chopish kabi sipohlik hunarlarini

o‘rganadi.

C) U o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan

kampirga o‘g‘il tutinadi. Kampir uni “o‘lsam

merosxo‘rim” deya e’zozlaydi.

D) U dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning

taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan

kechmasligini aytadi.

22. Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib

o‘tishga harakat qilgan odam, albatta,

maqsadiga yetadi. Ayrim ishyoqmas, havoyi

kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish

uchun turli nayranglar o‘ylab topadilar-u,

ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar.

Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday

xulosa chiqarish mumkin?

A) "Eshak bilan baqalar"

B) "Ustiga tuz ortilgan eshak"

C) "Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon"

D) "Bo‘ri bilan laylak"

23. Qaysi javobda yasama holat fe’li berilgan?

A) gapirmoq

B) so‘lmoq

C) ko‘karmoq

D) tishlamoq

c

 Davlat test markazi, 2019



3

1901891

Ona tili va adabiyot

24. O‘spirinligida qayerda go‘riston bo‘lsa, ziyorat

qilib, odamlarning suyaklarini ko‘rib: "Ey

odamzod, oxir o‘lib boshingga tushadurgon ish

bu", − deb yig‘lab yurardi. O‘g‘illaridagi

bunday ilohiy ishq sirlarini tushunmagan

ota-onasi xavotir va tashvishga tushadilar.

Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor hayotiga oid?

A) Mashrab

B) Avaz O‘tar

C) Furqat

D) Muqimiy

25. Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi

zamon ma’nosida qo‘llangan?

A) Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi

buvisinikiga ketmoqchi.

B) Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga olib

ketyapman.

C) Hozir yomg‘ir yog‘yapti, yo‘lga chiqmaymiz.

D) Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni nima

qildik.


26. "O‘tkan kunlar" romanida qipchoqlarga qarshi

bo‘lgan qora choponlar tarafdori sifatida

ko‘rsatilib tuhmat bilan qamalgan qahramonlar

nomi qaysi javobda keltirilgan?

A) Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Hasanali

B) Otabek, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi,

Rahmat

C) Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo



Shohichi, Rahmat

D) Yusufbek hoji, Otabek, Hasanali

27. Bugun dalalar uzra bolakaylarning qichqirig‘i

yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan

ko‘katlarda shudring jilolanardi.

Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari

haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?

A) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida

kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan.

B) Hokim qismi o‘rin holi vazifasida kelgan

boshqaruvli birikma qatnashgan.

C) Hokim qismi ega vazifasida kelgan bitishuvli

birikma qatnashgan.

D) Tobe qismi payt holi vazifasida kelgan

bitishuvli birikma qatnashgan.

28. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha

undoshlari jarangli til undoshlariga mansub

bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.

1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak;

5) ezgu; 6) yog‘li

A) 2, 4, 5

B) 1, 2, 4, 5, 6

C) 1, 3, 6

D) 1, 3, 5, 6

29. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z

bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmalarini

aniqlang.

1) yutuqdan ruhlanmoq; 2) bilimdon o‘quvchi;

3) ta’sirli so‘zlamoq; 4) tuyg‘ularni his qilish;

5) yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik

A) 1, 2, 4

B) 2, 3, 4

C) 1, 4, 5

D) 1, 3, 5

30. Qaysi javobda faqat vazifadosh ko‘makchilar

berilgan?

A) ko‘ra, deb, avval, boshqa, ilgari

B) sababli, sari, bo‘ylab, qarab, uchun

C) to‘g‘risida, qarshi, qadar, kabi, ost

D) keyin, sayin, boshida, maqsadida, uzra

Test varianti “Test topshiriqlari to‘plami 2019” asosida shakllantirilgan:

1 – 90-bet 10

2 – 35-bet 88

3 – 32-bet 68

4 – 80-bet 33

5 – 106-bet 5

6 – 95-bet 13

7 – 99-bet 11

8 – 66-bet 2

9 – 9-bet 2

10 – 60-bet 1

11 – 24-bet 32

12 – 18-bet 37

13 – 57-bet 12

14 – 81-bet 3

15 – 16-bet 21

16 – 122-bet 18

17 – 48-bet 12

18 – 12-bet 32

19 – 102-bet 1

20 – 55-bet 57

21 – 72-bet 15

22 – 118-bet 20

23 – 28-bet 31

24 – 87-bet 23

25 – 63-bet 26

26 – 111-bet 10

27 – 46-bet 53

28 – 7-bet 4

29 – 41-bet 14

30 – 38-bet 23

c

 Davlat test markazi, 2019



4

Download 264.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling