Ona tili va adabiyot


Download 465.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2020
Hajmi465.1 Kb.
#110195
Bog'liq
2 5319143552431687425


https://t.me/onatilivaadabiyotdantestlar

 - telegram kanali 

https://t.me/onatilivaadabiyotdantestlar

 - telegram kanali 



Ona tili va adabiyot 

1. Fil kuchli, fildan ham til kuchlidir. 

Ushbu gapda nechta tub so„z tarkibida jarangsiz til oldi 

undoshi ishtirok etgan? 

A) 1ta   

B) 3ta   

C) 2ta   

D) 4ta 

2. Qaysi javobda ma‟noli qismlari asos + lug„aviy 

shakl yasovchi + so„z yasovchi + sintaktik shakl 

yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so„z 

qatnashgan? 

A)Ko„z-ko„z qilma, ko„z tegar, Maqtanchoqqa 

so„z tegar. 

B)Qishloqdagi do„konlarda oziq-ovqat mahsulotlari, 



kiyim-kechak va hattoki yoqilg„i sotiladi. 

C)Abbos, parta ustidagi o„chirg„ichni menga uzatib 



yuborgin. 

D)Qizg„anchiqdan sen saxovat kutma. 



3. Kichikka ulug„lik ulug„dan bo„lar, 

Ulug„ga egilsa, kichik qut olar. Ushbu parcha haqidagi 

qaysi fikrlar to„g„ri emas? 

1) vositali to„ldiruvchilar sifatlar bilan ifodalangan; 2) ot 

bilan ifodalangan ega qatnashgan; 3) otlashgan so„z 

bilan ifodalangan vositasiz to„ldiruvchi qatnashgan; 4) 

sifat bilan ifodalangan gap bo„laklari ushbu gapdagi 

so„z birikmalarida hokim qism vazifasini bajargan. 

A) 2, 3  

B) 1, 4  

C) 3, 4  



 D) 1, 2 

4. "O„tkan kunlar" romanida Yusufbek hojining 

maktubini olib kelib dor ostiga olib borilgan Mirzakarim 

qutidor va Otabekni qutqarib qolgan kim? 

A) Oftoboyim   

B) Ziyo shohichi 

C) Hasanali    

D) Kumushbibi 

5. Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. 

Ushbu gapda bitmoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? 

A)tugamoq, tamom bo„lmoq 

B)yozuv orqali ifodalamoq 

C)et unib, birikib tuzalmoq 

D)o„sib-unmoq 



6. Xalq dostonlaridan birida o„zga yurtga 

otlangan o„g„liga: “Bir qiz uchun unutmagin 

bizlarni, Unutma otang ham onang qarzini!”, 

“O„zingdan pastlarman har yo„lga ketma! 

Bolam, aytgan nasihatim unutma”, “Bir g„aribni 

ko„rsang, zinhor og„ritma”, deya nasihatlar 

bergan ota nomi keltirilgan javobni aniqlang. 

A) Qoraxon    

B) Boybo„ri  

C) Go„ro„g„li   

D) Hasanxon 

7. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g„ayrat, ham 

dadillik baxsh etardi. 

Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar 

haqidagi qaysi ma‟lumot to„g„ri emas? 

A)Gapdagi yasama mavhum otlar har xil 



turkumga oid so„zdan yasalgan. 

B)Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo„lagi 



vazifasida kelgan. 

C)Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga 



bitishuv usulida birikkan. 

D)Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga 



ko„ra ikki turiga oiddir. 

8. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim 

bo„lishdi. 

Mazkur gapda fe‟lning otga xoslangan vazifa 

shakli qaysi gap bo„lagi vazifasida kelgan? 

A) kesim  

B) aniqlovchi       C) ega  

D) hol 



9. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo„la 

oladigan sodda yasama so„z qatnashgan? 

A)Chiroyli, do„mboq bola eshik oldida yotsirab turardi. 

B)Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi. 

C)Unga hashamatli to„yning ham, qalinning ham

sepning ham keragi yo„q edi. 

D)Yozgi ta‟tilda Asqad Muxtorning ”Chinor” romanini 



o„qib chiqmoqchiman. 

10. Qaysi javobdagi barcha so„zlar to„g„ri yozilgan? 

A) manfaat, tomom, badiy 

B) taasurot, tamon, badiiy 

C) taalluqli, navbat, tamom 

D) taaluqli, tomon, baxr 

11. Qaysi javobda asosi omonim bo„lgan yasama 

so„z berilgan? 

A) yashirin    

B) tomizmoq  

C) oqimtir 

 

D) bo„ydor 



12. Ochiq derazadan Shodasoyning salqini va 

qayerdandir taralayotgan behi hidi xonaga kirdi. 

Mazkur gapdagi so„z birikmalari haqida 

berilgan qaysi ma‟lumot to„g„ri? 

A)Bitishuv usulida birikkan 3ta fe‟lli so„z 



birikmasi mavjud. 

B)Boshqaruv usulida birikkan 4ta fe‟lli so„z 



birikmasi mavjud. 

C)Moslashuv usulida birikkan 1ta otli so„z 



birikmasi mavjud. 

D)Bitishuv usulida birikkan 2ta otli so„z 



birikmasi mavjud. 

13. Qaysi javobda aniqlovchi vazifasidagi so„z 

imlosida xatolikka yo„l qo„yilgan? 

A)Bu ko„rsatuv tamoshabinlar olqishiga sazovor 

bo„ldi. 

B)Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro„yxatini 



yozib chiqdi. 

C)Bugungi farovon hayotimizning qadriga yetmog„imiz 



kerak. 

D)Do„stim, ta‟magirlik insonni qabohat sari yetaklaydi. 



14. Qaysi javobda o„zlik nisbatidagi fe‟llar berilgan? 

A) jimirlamoq, silkinmoq 

B) ko„rinmoq, kiyinmoq 

C) taralmoq, yiqitmoq 

D) o„ylanmoq, sarg„aymoq 

15. Fitratning “O„gut” she‟ri haqida berilgan 

ma‟lumotni aniqlang. 

A)She‟rda “o„zbek otasi”ning bo„rtma, umumiy, 

hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, 

otaning sog„inchi ta‟sirli ifoda etilgan. 

B)She‟rda millat dardiga najot sifatida xalqning 



og„ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko„zlari yoniq 

farzandlari - yigitlar tilga olingan. 

https://t.me/onatilivaadabiyotdantestlar

 - telegram kanali 

https://t.me/onatilivaadabiyotdantestlar

 - telegram kanali 

C)She‟rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib 

yuborgan Gerostratning qilmishi tilga olinadi. 

D)She‟rda ko„lankaning o„rik bilan u bodroq-bodroq 



gullagan paytda do„st tutingani, biroq bulutli kunda 

yo„qolib qolganligi ifoda etiladi. 

16. Qaysi gapda to„ldiruvchi vazifasidagi so„zda 

paronim bilan bog„liq xatolik bor? 

A)Kimki birovga choh qazisa, unga o„zi yiqiladi. 

B)Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup 



olma ko„chatini o„tkazishimiz kerak. 

C)Yomon yo„ldosh yov bo„lar, ravon yo„lda g„ov 



bo„lar. 

D)Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan 



quti-quti yig„gan edi. 

17. Men bugun senga shunday narsalar keltirdimki, 

ularni sen hech qachon hech qayerda ko„rmagansan. 

Qaysi javobda ushbu ergashgan qo„shma gapning ergash 

gap qismidagi barcha gap bo„laklari shartli belgilar 

asosida tartib bilan to„g„ri ko„rsatilgan? 



A) to‟ldiruvchi  ega  hol  aniqlovchi  kesim 

B) ega  hol to‟ldiruvchi  aniqlovchi  to‟ldiruvchi  kesim 

C) to‟ldiruvchi  ega  hol  hol  kesim 

D) to‟ldiruvchi  to‟ldiruvchi  hol  hol  kesim 

18. U to„rt misradan iborat bo„lib, misralar a-a-a-a 

yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. U ramali musaddasi 

mahzuf (yoki maqsur) vaznida yozilishi shart. Eng 

muhimi, qofiyadosh so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi

ya‟ni omonim so„zlardan yoki shakldosh so„zlar 

turkumidan tashkil topishi darkor. Ushbu parchada 

qaysi mumtoz janr haqida fikr yuritilgan? 

A) Qit‟a  

B) Ruboiy  

C) Tuyuq  

D) G„azal 



19. Izohlovchi bilan kengaygan yoyiq undalma 

qatnashgan gapni aniqlang. 

A)Hoy Jalil, nega bular radioni gapirtira biladi-yu, sen 

bilmaysan? 

B)Men senga ko„ksimni tutay, dardlarimni yuvib ket, 



yomg„ir! 

C)Usta Farfi, bormisiz, sizni kutaverib ko„zim to„rt 



bo„lib ketdi?! 

D)Tura qoling, adasining erkatoyi, kun yorishib ketdi. 



20. Tegurdi menga algi ellik yoshim

Qug„u qildi quzg„un tusitek boshim. 

Oqir ellik emdi mengar kel teyu, 

Pusug„ bo„lmasa, bordim emdi naru. 

Ushbu misralar qaysi ijodkor asaridan o„rin 

olgan? 

A) Yusuf Xos Hojib    



B) Ahmad Yassaviy 

C) Nosiruddin Rabg„uziy  

D) Alisher Navoiy 

21. “Bu xoksor va parishonro„zg„or kamina 

bolalikdan to qarilikka qadar ko„hna davron 

voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, 

fitna qo„zg„ovchi dunyo buqalamunligidan 

tovlamachiligidan, zamonaning rang singari 

gunogunligidan ko„p vaqt va uzoq muddat har 

xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim; 

. . . katta-kichikning suhbatida bo„ldim; 

. . . goho izzat va ma‟murlik bo„stonida majlis 

qurdim”. 

Ushbu fikrlar Navoiyning qaysi asarining kirish 

qismidan keltirilgan? 

A) “Nasoyim ul-muhabbat” 

B) “Xazoyin ul-maoniy”  

C) “Hayrat ul-abror” 

D) “Mahbub ul-qulub” 



22. Qaysi qatorda Abayning dostonlari berilgan? 

A)"Matla‟ ul-anvor", "O„lan", "Nasihatlar" 

B)"Sho„rlik qozog„im", "Ilm o„rgan", "Salomon va 

Absol" 

C)"Iskandar", "Mas‟ud", "Azim rivoyati" 

D)"Boy bolasi bilan kambag„al bolasi", "Nasihatlar", 

"Maxzan ul-asror" 

23. . . . na‟rasiga 

Aks sado berdi jahon. 

She‟riyat mulkida bo„ldi 

Shoh-u sulton o„zbegim. 

Erkin Vohidovning “O„zbegim” qasidasidan 

olingan ushbu parchada nuqtalar o„rnida qaysi 

ijodkor nomi tushirib qoldirilgan? 

A) Mir Alisher  

 

B) Mirzo Bobur 

C) Shoh Mashrab  

 

D) Mirzo Ulug„bek 



24. Ijodkor biroz muddat gazetchilik bilan shug„ullandi. 

“Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalarida ishladi, ular 

yopilgach, “Shuhrat” gazetasini chiqarishga bosh-qosh 

bo„ldi. Ushbu ma‟lumot qaysi ijodkor haqida? 

A) Abdurauf Fitrat  

B) Abdulla Avloniy 

C) Abdulhamid Cho„lpon 

D) Hamza Hakimzoda Niyoziy 



25. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida: 

“. . . insoniyat bog„ining hosildor daraxti, balki u 

daraxtning foydali mevasidir” degan mazmunda 

nimaga ta‟rif berilgan? 

A) saxovatga   

B) tilga  

C) hilmga 

 

D) safarga 



26. U Farg„ona shahrida temiryo„lchi oilasida 

dunyoga keldi. Oilada uchinchi farzand bo„lgan 

. . . endigina 11 yoshga to„lganida otasi vafot 

etadi. O„n ikki yetim bolani boqib katta qilish 

oson ish emas edi. . . . balog„at yoshiga 

yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o„qiydi. 

U Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan 

kurslarga o„qishga kiradi, gazeta tahririyatida 

ishlaydi. Ushbu parchada qaysi ijodkor haqida ma‟lumot 

berilgan? 

A) Erkin Vohidov  

 

B) Abdulla Qahhor 

C) Asqad Muxtor  

 

D) Turob To„la 



27. Tarkibida sof ko„makchi qatnashgan gapni 

aniqlang. 

A)"Yomonlar qoshida yalinish yaxshilar ishi emas", - 

dedi shunda otam. 

B)O„rtancha botir voqeani aytib, nishona uchun 



tasmani o„rtaga tashladi. 

C)Ertalabki choydan keyin biroz hangomalashgach, 



hammamiz yo„lga otlandik. 

https://t.me/onatilivaadabiyotdantestlar

 - telegram kanali 

https://t.me/onatilivaadabiyotdantestlar

 - telegram kanali 

D)Qish o„tib, yana Samarqand tomon yo„limiz tushdi. 

28. Tobe qismi ko„chma ma‟noda qo„llangan bitishuvli 

birikmalarni aniqlang. 

A)uyg„ongan mehr, issiq suv 

B)masala yechmoq, gap sotmoq 

C)og„ir xo„rsinmoq, o„ynoqi shabada 

D)yengil jarohat, siquv ostida 



29. Adib ijodining dastlabki davrida – 21-22 yoshida 

she‟rlarini to„plab, devon tuzgan. U etnografik 

xarakterga ega bo„lgan "To„y tavsifi", "Gap ta‟rifida", 

"Aza tavsifi" asarlari muallifidir. Ushbu ma‟lumot qaysi 

shoir haqida? 

A) Zavqiy  

 

 

B) Zokirjon Furqat 

C) Muhammad Rizo Ogahiy  D) Muqimiy 

30. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga 

o„tmabdi. . . Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo„llanish 

sababi qaysi javobda to„g„ri izohlangan? 

A)qo„shma gap qismlari orasida izohlash munosabati 

ifodalangani uchun 

B)qo„shma gap qismlari ketma-ket sodir bo„ladigan 



voqea-hodisalarni ifodalagani uchun 

C)o„zidan oldin kelgan bo„lak ma‟nosini izohlab kelgan 



ajratilgan bo„lak qo„llangani uchun 

D)uyushiq bo„laklardan oldin umumlashtiruvchi bo„lak 



qo„llanganligi uchun 

 

Download 465.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling