Ona tili va adabiyoti


Download 23.04 Kb.
Sana24.01.2020
Hajmi23.04 Kb.

ONA TILI VA ADABIYOTI
1. Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg'aluvchi undoshlar sanaladi.
B) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi.
C) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas.
D) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi.
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z mavjud?
A) Posbon uxlagach, navkar Mirzo Ulug'bekni yashirincha olib chiqmoqchi edi.
B) Boburning o‘z hayoti to‘g‘risida bunchalik ochiqchasiga yozgani Xondamir uchun ajablanarli hol edi.
C) Ilmning foydasini tariflagan bilan ado qilish mumkin emas.
D) Yoz kunlarida qarovsiz suv havzalarida yuvinish, qaynatilmagan suvni iste’mol qilish turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
3. Qaysi javobda paronimi mavjud bo'lgan ot berilgan?
A) yot B) xiyla C) ahil D) tanbur
4. Bugun maktabimizda o'tkir zehnlilaming bellashuvi bo‘ldi.
Ushbu gapda ishtirok etgan so'zlarning yetakchi morfemalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda yetakchi morfemasi ot bilan omonim bo’la oladigan yasama sifat qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi barcha omonim yetakchi morfemalar ot so‘z turkumiga oiddir.
C) Ushbu gapda yetakchi morfemasi fe’l bilan omonim bo'la oladigan ot qatnashgan.
D) Ushbu gapda ikkita so'zning yetakchi morfemasi omonimlik xususiyatiga ega.
5. Umri. .. mazmuni... millat... dardi .. darmon bo'lish... iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz. . . ardoqli, ulug‘ farzandidir.
Berilgan gapda nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik(lar) qo'shimchasini qo'llab bo‘lmaydi?
1) qaratqich kelishigi; 2) tushum kelishigi; 3) jo'nalish kelishigi; 4) o‘rin-payt kelishigi; 5) chiqish kelishigi
A) 4 B) 3 C) 1, 3 D) 2 , 5
6. Berilgan qaysi gapdagi barcha yasama so'zlarning yasalish asoslari o‘zaro bir xil so‘z turkumiga oid?
A) Bolaligimda ko'rgan o'sha voqealarni eslasam, hayajonlanaman.
B) Tog‘lardan tushayotgan o'ynoqi suvlar sayhonlikka bahoriy iliqlik baxsh etar edi.
C) Xonada yuzlari sarg‘ayib ketgan bemor yigit holsizlanib yotar, u titroq lablarim ochishga ham kuch topa olmas edi.
D) U uyga kirishi bilan qolganlar jim bo'lishdi, iliq tabassum bilan uni qarshilashdi va quyuq salomlashdi.
7. Ot va otning qo'shilishidan hosil bo'lgan qo‘shma ot ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Do‘konda ustaning ichakuzdi askiyalariga o‘ch jo'ralari bor edi.
B) Kunchiqar tomonda tepaliklar bo'lib, kunbotar tomon — tekislik, undan nari — qumliklar.
C) Beshiktervatar issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan yirtqich hasharot hisoblanadi.
D) Bu yo'lning ikki chetiga atirgul o'tqazilgan.
8. Qaysi gapda tartib son aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) Yig’ilish o’ninchiga qoldirildi.
B) U uchinchi aravaning o‘ng tomoniga joylashdi.
C) Onaxori, qirqinchini berib yubor.
D) Bizning guruhimiz musobaqada birinchi edi.
9. Qaysi javobda fe’lning fe’lga bog‘lanishi kuzatilmaydi?
A) Chopdim she’rlarimni qo'ltiqlab men ham,
Egasi bor yurtning ertasi bordir.
B) Asrab qolmoq uchun Mo‘min Mirzoni
Tutqaz Alisherning qo'liga xanjar...
C) Chol aytibdi: “Qayg'urmang, bu kunlar ham o'tadi-ketadi.
D) Bahor keldi, endi ortiq qish emas,
Yur, o‘g‘lonim, elni ko'tarish uchun.
10. Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi, do'stginam, bahor”.
She riy parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang.
A) Ushbu fe’llarning barchasi tub fe’llar hisoblanadi.
B) Ushbu fe’llarning barchasi o'zaro bir xil nisbatdagi fe’llar hisoblanadi.
C) Ushbu fe’llarning barchasi o‘timli fe’llar hisoblanadi.
D) Ushbu fe’llarning barchasi III shaxsdagi fe’llar hisoblanadi.
11. Qaysi javobda qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog lash uchun xizmat qilgan sof bog‘lovchi qatnashgan?
A) Na faryoding, na doding bor,

Nechun sen muncha sustlashding?
B) Mol-u puling ketsin, ammo vaqting bekor ketmasin.
C) Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari,
Ham mungli, ham shirin jildirashlari.
D) Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas edi, balki unga orom bag‘ishlardi.
12. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z birikmasi ishtirok etmagan?
A) Sizga ta’zim qilib turibman bu payt,
Sizga baxshidadir eng shohona bayt.
B) Bu hikmat sharhini o'yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblayi olam.
C) Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim! '
D) Bahor kelsa, boshlanar bog'da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi.
13. Koinotdagi barcha hodisalar muayyan va ma’lum qonunga
bo‘ysvnadi. Ushbu gapdagi gap bo'laklari hosil qilgan tobe
bog'lanishlar haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda moslashuv usulida kesimga bevosita bog'langan gap bo'lagi qatnashgan.
B) Ushbu gapda boshqaruv usulida kesimga bevosita bog'langan gap bo'lagi qatnashgan.
C) Ushbu gapda kesimga bevosita bog'langan aniqlanmishlar qatnashgan.
D) Ushbu gapda kesimga bevosita bog'langan aniqlovchi qatnashgan.
14. Qaysi gapda vositasiz to'ldiruvchiga tobelanib kelgan vositali to‘ldiruvchi qatnashgan?
A) U juda saxiy, dilkash inson bo'lib, odamlarga yaxshilik qilishni yoqtirar, barchaga birdek munosabatda bo'lar edi.
B) Bu inson, odam degani qo'yini qassobga bersa ham, so'ygunicha poylab turadi.
C) Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
D) Hofiz Ko'ykiy esa lablarini mahkam qimtigancha, ko'proq o'z yuragidagi vahmni yengish uchun unga tinimsiz tasalli beradi.
15. Uyushiq to'ldiruvchi holga tobelangan gapni toping.
A) Choyxonachi bir zumda patnisda non bilan qand-qurs keltirdi.
B) Xastani, keksalarni ko'rish, hol-ahvol so'rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.
C) Bolalar kitob, jurnal, gazeta o'qigani tez-tez keladigan bo'ldilar.
D) Yigit qo'lidagi quti va xaltani ayvonga qo'ydi va kelganlarga peshvoz chiqdi.
16. Zidlov bog'lovchisi vazifasidagi yuklamabog'lovchi
yordamida bog'langan qo‘shma gap berilgan javobni
aniqlang.
A) Havo bulut bo‘ldi-yu, yomg'ir yog'madi.
B) Sobir nafaqat o'qishda, balki sportdaham eng faol o'quvchi.
C) Birdan eshik ochildi-da, Oyqiz kirib keldi.
D) Shamol bulutni haydab keldi-da, shatirshutur qilib jala quya boshladi.
17. Ergash gapi egasi yashiringan gap bo‘lgan ergash gapli
qo'shma gapni aniqlang.
A) Qaysi ilmga muhtoj bo'lsak, shuni bilmoq bizga farzdir.
B) Axir, aytdim-ku, o'zim ham uch kundan beri uni ko'rmayapman.
C) Yo'lda biroz to'xtab o'tish kerak, shuning uchun uzr so'raymiz.
D) Tezroq harakat qilinglar, chunki tonggi salqinda yetib olish kerak.
18. Qaysi javobda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud emas?
A) Sen - shohlari osmonlarga Tegib turgan chinorim...
B) O'zbekni qon qaqshatganni o'zbek siylar,
Xolimizni qon kuzatdi Yassaviylat...
C) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi.
D) Xalq ganchin yulmoqqa cho'zilgan qo'lga

Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
19. Qaysi javobda tirening tushirib qoldirilishi bilan bog'liq xatolik kuzatilmaydi?
A) Har narsaga qiziqish biz uchun eski odat.
B) Mening akam ham shifokor.
C) Yaxshi qiz uy obro'si.
D) Hosilning otasi suv, onasi yer.
20. Ikki kundosh g'aznavonlardan to‘rt qop tilla olib, mastonga beradi va u bilan til biriktirib, fitna-g'iybat qilib, mamlakatni buzib, qancha sargardonlikka sabab bo‘ladi. Ushbu voqealar xalq dostonlaridan qaysi birida ifoda etiladi?
A)“Kuntug'mish”B) “Alpomish” C) “Ravshan” D) “Rustamxon”
21. “Agar arslon itlarga bosh bo'lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo'lib qoladi” mazmunidagi satrlax kimning qaysi
asarida keltirilgan?
A) Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarida
B) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” asarida
C) Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida
D) Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'otitturk” asarida
22. Alisher Navoiy ushbu asarida o'zidan oldin o‘tgan xamsanavislarning “Xamsa’larini o‘tga va suvga, o‘z asarini esa tuproqqa va o‘tinga o‘xshatgan. Dostondan quyidagi misralar o‘rin olgan: Bo’lsa o't - u suv - u havo dilpazir,
Ul aro tuproq ham erur noguzir. Ushbu ma’lumot Navoiy "Xamsa" sidagi qaysi doston haqida?
A) “Farhod va Shirin” B) “Saddi Iskandariy”
C) “Hayrat ul-abror” D) “Sab’ayi sayyor”
23. Qaysi javobda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma’lumot berilmagan?
A) Ijodkor she’riy yo'lda soliq ishlarini tartibga soluvchi “Mubayyin al-zakot” asarini yozgan.
B) Ijodkor Xo'ja Ahrorning “yolidiya” asarini she’riy yo'l bilan o'zbekchaga o'girgan.
C) Ijodkor musiqa bilan shug'ullanib, “Chorgoh” maqomiga “savt”lar bitgan.
D) Uning lirik merosi bilan birga “Mabdai nur” va “Kimyo” kabi badiiy-falsaBy, diniyaxloqiy asarlari ham bor.
24. “..Odamning odamga ichi achimasdi. Odam odamni g’ajirdi. Shu darajaga borildiki, hech kimning ov qilgisi, mol boqqisi, ov qilgisi kelmay qoldi. Qaroqchilik bilan kun kechirish oson tuyulardi: qo’qqisdan bosasan, o’ldirasan,
olasan-ketasan. Bir qotillikka o’n qotillik bilan javob berishga harakat qilishardi… ” Ushbu ta’riflangan xalqlar qaysi asarda uchraydi?
A) “Asrga tatigulik kun” B) “Oq kema
C) “Gulliverning sayohatlari” D) “Yovvoyi yo’rg’a
25. Ko'ngil, sen munchalar nega

Kishanlar birla do'stlashding?


Na faryoding, na darding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
“Ko'ngil” nomli she’rdan keltirilgan ushbu parcha muallifini toping.
A) Hamza B) Cho'lpon C) Fitrat D) Usmon Nosir
26. “…mavrudsiz laylaklar ichida bemahal g’urrak… ” deya ta’riflangan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “Oq kema B) “Qorako’z majnun”
C) “Mehobdan chayon” D) “Hellados”
27. O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub asar nomi keltirilmagan javobni aniqlang.
A) “Oltin zanglamas” B) “Dunyoning ishlari"
C) “Bahor qaytmaydi” D) “Ikki eshik orasi”
28. Quyidagi qaysi asarni jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy mustamlakachilar va ularga zulm pichog'ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida
bitilgan aybnoma sifatida o‘qish mumkin?
A) “Hayotga muhabbat” B) “Nur va soyalar”
C) “Yovvoyi yo‘rg‘a” D) “Hellados”
29. huhratning “Mardlik afsonasi” asari qaysi janrda yozilgan?
A) qissa B) hikoya C) drama D) ballada
30. “Sultonimga atab unga kokil qo’ygandi. Olti yoshga to’lganda uni er-xotin Turkistonga olib borib hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kolkilini kestirishgan, qo’y so’yib xudoyi qilishgan edi…”.
Ushbu ta’rif qaysi obraz haqida?
A) Tursunboy (“Ufq”) B) Akbarali (“Chinor”) C) Bo’rixon (“Qorako’z majnun”) D) Jo’lomon (Asrga tatigulik kun”)
TARIX
31. Xorazmni IV-X asrlarda qaysi sulola
boshqargan?
A) Anushteginlar B) Qo’ng’irotlar
C) Somonxudotlar D) Afrig’iylar
32. Quyidagi berilgan janglar va ularda
qatnashgan hukmdorlar mos ravishda berilgan
javobni toping.
1) 1510-yilda Marv yaqinidagi jang; 2) 1526-
yilda Panipat jangi; 3) 1395-yilda Tarak daryosi
bo’yidagi jang;
a) Amir Temur va To’xtamishxon; b)
Zahiriddin Muhammad Bobur va Ibroyim
Lodiy; c) Muhammad Shayboniyxon va Ismoil
Safaviy.
A) 1-b; 2-c; 3-a B) 1-c; 2-a; 3-b
C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-a; 2-c; 3-b
33. To’g’ri ma’lumotni toping.
A) 1876-yilda Toshkentda turkiston muzeyi
tashkil etilgan
B) 1895-yilda O’rta Osiyo olimlar jamiyati
mablag’ yo’qligi sababli faoliyatini yakunlagan
C) 1870-yilda Arxeologiya havaskorlari
to’garagi tashkil topgan.
D) 1893-yilda Toshkent Turkiston xalq
kutubxonasi tshkil etilgan.
34. 1878-yilda Berlin kongressida Turkiya
to’lashi lozim bo’lgan tovonning kata qism
i evaziga Rossiya Kavkazning Botumi, Kars va
Ardagan hududlari berilgan edi. Qaysi
shartnmaga ko’ra bu hududlar Turkiyaga
qaytarib berilgan?
A) Trianom tinchlik shartnomasi
B) Sevr shartnomasi
C) Lazanna shartnomasi
D) Versal Tinchlik shartnomasi
35. Toshkent hududidagi qaysi manzilgohdan
toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari
topilgan?
A) Sopoltepa B) Ko’lbuloq
C) Selung’ur D) Zamonbob
36. San-Stefan shartnomasi qaysi davlatlar
o’rtasida sodir bo’lgan?
A) Turgiya va Serbiya
B) Buyuk Britaniya va Turkiya
C) Bolgariya va Chernagoriya
D) Rossiya va Turkiya
37. Angliyada 1642-yilda boshlangan fuqarolar
urushi qaysi voqeadan keyin tugagan?
A) 1649-yilda O.kromvel Irlandiyani, so’ngra
Shotlandiyani bosib olishi bilan
B) 1649-yilda Angliyaning Respublika deb
e’lon qolinishi bilan
C) 1645-yildyaqinidagi jangda qirol
qo’shinlarining tor-mor etilishi bilan
D) 1646-yilda qirol yashiringan Oksfordning
taslim bo’lishi bilan
38. To’g’ri ma’lumotni toping.
A) Qadimda Zarafshn va Qashqadaryo vohasida
masasgetlar yashagan.
B) Qadimda tog’li, dasht va cho’l yerlarida
saklar istiqomat qilishgan.
C) Qadimgi Surxondaryo vohasida va
Afg’oniston shimolida sug’diylar yashagan.
D) Qadimgi Amudaryoning quyi oqimida
baqtriyaliklar yashagan.
39. Manbalarda qayd etilishicha, Muhammad
Shayboniyxon Eronga qarshi kurash to’g’risida
Turk sultonlaridan kim bilan shartnoma tuzgan?
A) Murod II B) Mexmed VI
C) Sulton Salim D) Boyazid II
40. Quyidagi qaysi fors podshosi davrida
yunon-fors urushlari boshlangan?
A) Kserks B) Doro I C) Kir II D) Kambiz
41. XX asrning birinchi choragida inglizlar
tomonidan quydagi qaysi mamlakatlardagi
tinch namoyish o’qqa tutilgan?
1. Turkiya; 2. Eron; 3. Hindiston; 4. Misr; 5.
Xitoy;
A) 3,5 B) 1,3 C) 2,4 D) 2,5
42. Yaponiya (a) va Sovet Davlati (b) Millatlar
Ittifoqidan chiqqan yillari bilan to’g’ri
jutlashtiring?
1. 1933-yil; 2. 1934-yil; 3. 1937-yil; 4. 1939- yil;
A) a-2,b-4 B) a-1,b-4 C) a-1,b-2 D) a-2,b-3
43. 1938-yil imzolangan Myunxen
shartnomasiga ko’ra . . .
A) Avstriya anshlus qilindi;
B) Chexoslovakiyaning Sudet viloyati
Germaniyaga berildi;
C) Italiya Efiopiyaga bostirib kirdi;
D) Polshani mustaqilligi Fransiya va Buyuk
Britaniya tomonidan kafolatlandi;
44. O’rta Osiyoda yer-suv isloholatining
ikkinchi bosqichi yakunlangan yili hokimiyat
tepasiga kelgan davlat rahbarini aniqlang.
A) M.Kamol B) F.D.Ruzvelt
C) G.Guver D) Mao Szedun
45. Bir yilda hukmronligi nihoyasiga yetgan
hukmdorlarni aniqlang.
1. Asfandiyorxon; 2. Muhammad Rahimxon II;
3. Sayid Abdullo; 4. Mahmud V Rishod; 5.
Vudro Vilson; 6. Vilgelm II;
A) 1,3,6 B) 1,4,6 C) 2,4,6 D) 1,3,5
46. Farg’ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida
Farg’ona muxtor viloyatini tashkil etish
to’g’risidagi taklif bilan chiqqan yilda o’z
mustaqilligini qo’lga kiritgan davlatni toping?
A) SSSR B) Misr C) Irlandiya D) Turkiya
47. Qoraxoniylar davlati tugatilgan vaqtda
xorazmshoh kim edi?
A) Otsiz B) Takash C) Elarslon D) Alovuddin Mahmud
48. Quydagi me’moriy obidalarni bunyod
etilgan davrlariga moslab joylashtiring?
1. Qoraqum eshon; 2. Nurullaboy saroyi; 3.
Mo’yi muborak; 4. Daxmayi Shohon; 5.
Muhammad Aminxon; 6. Zayniddin bobo; 7.
Sitorai Mohi Xosa;
a-XX asr boshida; b-XIX asrning birinchi
yarmida; c-XIX asr o’rtalarida; d-XIX asrning
birinchi choragida;
A) 1,5-c, 2,3,7-a, 6-b, 4-d;
B) 1,3-c, 2,5,6-a, 7-b, 4-d;
C) 1-b, 2,4,7-c, 3-d, 5,6-a;
D) 2,4-a, 1,3-d, 5,7-b, 6-c;
49. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida quydagi
qaysi mamlakatda qirol xonadoni, yirik
zamindorlar, cherkov yer egaligi mavjud
bo’lmagan?
A) AQSH B) Afg’oniston
C) Yaponiya D) Xitoy
50. XX asrning boshlarida quydai qaysi
mamlakatda o’rnatilgan diktatura milliy
vatanparvar kuchlar tomonidan ag’darib
tashlangan?
A) Xitoy B) Meksika C) Turkiya D) Eron
51. 1911-yilda Meksikaga kirib kelib,
prezidentlik lavozimini egallagan Madero
davrida yuz bergan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.
1. ish kunini 10 soatgacha cheklab qo’ydi; 2.
hindulardan tortib olingan yerlar ularga qaytarib
berildi; 3. mehnatkashlarning ahvoli
yomonligicha qolaverdi; 4. ishlab chiqarishda
jarima tizmi bekor qilindi; 5. mamlakatga chet
el kapitali kirib kelishi rag’batlantirildi; 6.
milliy iqtisodiyotni himoya qilishga intildi;
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,6 D) 1,4,6
52. O’zbekiston Respublikasining birinchi
prezidenti I.A.Karimov 1996-yilda qaysi
davlatlarga rasmiy davlat tafrifi bilan bo’lgan?
1. Xitoy; 2. AQSH; 3. Rossiya; 4. Yaponiya;
5. Qozog’iston; 6. Turkmaniston;
A) 1,6 B) 2,4 C) 2,6 D) 3,5
53. O’zbekiston Respublikasi 1992-yilda
quydagi qaysi mamlakatlar bilan diplamatik
aloqa o’rnatgan?
1. Xitoy; 2. AQSH; 3. Rossiya; 4. Yaponiya; 5. Qozog’iston; 6. Qirg’iziston;
A) 1,3 B) 2,5 C) 4,6 D) 1,2
54. 1992-yil 4-yanvar . . .
A) Prezident huzurida Xavfsizlik kengashi tuzildi;
B) O’zbekiston YuNESKOga a‘zo bo’ldi;
C) I.Karimov Hindistonga rasmiy tashrif buyurdi;
D) Vetsi-prezidentlik lavozimi bekor qilindi;
55. XIX asr boshlarida Buxoro xonligidagi
ichki kurashlardan foydalanib, quydagi qaysi
xalq Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib talontaroj qila boshlagan?
A) Jung’or B) Qozoq C) Qipchoq D) O’g’uz
56. Ilk o’rta asrlarda Fransiyada qirolning
shaxsiy yer-mulklari janubda qayergacha
A) Parij B) Orlean C) Bretan D) Akvitaniya
57. Xudoyorxon saroy devorlaridagi xattotlik
ishlarini kimlarga topshirgan?
A) Turdi Ali va Mirzo Sodiq Jondoriy;
B) Turdi Ali va Mirzo Mahmud’
C) Mirzo Mahmud va So’fimuhammad Niyoz;
D) Usta Nurmuhammad va Abdujabbor;
58. Imomqulixon Toshkentni qo’lga kiritgan
yili qaysi mamlakatda hoki miyat tepasigayangi sulola kelgan?
A) Yaponiya B) Angiliya C) Xitoy D) Rossiya
59. Yaponiyada uchinchi syogunlik sulolasi
hokimiyat tepasiga kelgan yilda quydagi qaysi
davlatda sulola almashinuvi yuz bergan?
A) Fransiya B) Rossiya C) Angliya D) Eron
60. Quydagi qaysi asarda davlat boshliqlarini
ilm-fan ahllaridan ta’lim olishga va ularning
maslahatlari bilan ish ko’rishga da’vat qilingan?
A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Devoni lug’atit turk”
C) “Qutadug’u bilig” D) “Kitob at-Tahvid”


Download 23.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling