Ona tili va adabiyoti


Download 27.81 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi27.81 Kb.

Ona tili va adabiyoti
1. Yuzlab nuktasiga solishmas quloq,

Bir aybni topsalar, ta'na besanoq.

Bir illati bordir xudpisand so’zin,

Hasad ko’r qilgandir haqiqat ko’zin. (Sa’diy Sheroziy)

She’riy parchada faqat sirg’aluvchi, jarangsiz undosh va old qator, lablanmagan unli ishtirok etgan ochiq bo’g’inlar soni nechta?

A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta
2. 1) qochoqni tutmoq; 2) parda tutmoq;

3) ro‘za tutmoq; 4) suv tutmoq; 5) o‘zini tutmoq.

Misollardagi tutmoq so’zi haqida qaysi hukm to’g’ri?

A) 2,3,4-misollarda tutmoq polisemantik so’z bo’lib, u 1,5-misollarga nisbatan omonim

B) 2,3-misollarda tutmoq polisemantik so’z bo’lib, u 1,4,5-misollarga nisbatan omonim

C) barchasi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari hisoblanadi

D) barchasi shaklan teng kelib qolgan birdan ortiq so’z, ya’ni omonim


3. Qaysi javobda keltirilgan barcha so’zlar to’g’ri yozilgan?

A) avg‘on, dasturilamal, taqazo

B) ssenariy, stabilizatir, naqorot

C) tadqiqot, tadbiq, afv

D) talafot, nisholda, olhirot
4. Qaysi gap tarkibidagi qo’shma sifat to’ldiruvchiga bog’lanib kelgan?

A) Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. (B.Ahmedov)

B) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg‘itib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. (Y. G’oziyev)

C) Ona yerning xushbo‘y tafti mast qiladi kishi-ni. (E.Oxunova)

D) Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. (Otayor)
5. Quyidagi qaysi gapda metonimiya asosida ma’nosi ko’chgan so’z aniqlovchi vazifasida kelgan?

A) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi.

B) Stol oyog’i pishiq, yog’ochdan qilingan.

C) Rentgen apparati natijalarini ko’ryapmiz.

D) O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. (E.V.)


6. Amr qildimki, vazirlar ushbu to'rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo'lishi lozim.

Ushbu gap haqida qaysi fikr to’g’ri?



1) havola bo’lakli qo’shma gap;

2) nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap;

3) hol ergash gapli qo’shma gap;

4) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap;

5) ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar.

A) 1,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3,5 D) 2,4


7. Til fanidagi qaysi bo’limning lug’aviy ma’nosi «harf o’qish va yozish san’ati», «harf» hisoblanadi?

A) orfografiya B) grafika

C) grammatika D) orfoepiyada
8. Berilgan qaysi gap tarkibidagi so’zda fonetik jihatdan til oldi, sirg’aluvchi, jarangli birgina tovushdan iborat shakl yasovchi qo’shimcha mavjud?

A) Birdan osmon guldurab, sharros yomg’ir quydi-yu, tinchidi.

B) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.

C) Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz — do’stini.

D) Ishlar shuncha ko’payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo’q.
9. …o‘zlar nuqtalar o’rniga lotin alifbosidagi nechanchi harfni qo’ysa, urg’u ma’no farqlaydigan shakldosh (omonim) so’z hosil bo’ladi?

A) 2 B) 10 C) 18

D) barcha javoblar to‘g‘ri
10. Qaysi gapda sirg’aluvchi undoshni noto’g’ri qo’llash natijasida paronimlar bilan bog’liq xatolik yuzaga kelgan?

A) Vatan oldidagi farzandlik burjini o’tamoq.

B) Muhammad Yusuf sherlari xalqimiz qalbidan joy olgan.

C) O’ng yuziga qora hol qo’ygan.

D) To’yxonaga savzi to’rg’agani chiqdik.
11. 1. Uni quvla; 2. Kelib-la ketardi;

3. Sen-la keldi; 4. Sizla deydi;

5. “Mukofot”iga Ezopni savalatadi.

Mazkur gaplardagi –la shakli haqidagi qaysi hukm to’g’ri?

A) 1,5-fe’lning lug’aviy shakli; 2-yuklama; 3-ko’makchi; 4-fe’l yasovchi

B) 1,4,5-fe’l yasovchi; 2,3-ko’makchi

C) 1,5-fe’lning lug’aviy shakli; 2- bog’lovchi; 3-ko’makchi; 4-fe’l yasovchi

D) 1,4,5- fe’l yasovchi; 2-bog’lovchi; 3-ko’makchi


12. Bu asar yozilgan paytlarda xalqimiz tarixini to‘la va atroflicha o‘rganish, o'tmishda o'tgan sarkardalar, amirlar va xonlar faoliyatiga xolis baho berish nihoyatda mushkul, xatarli ish edi.

Berilgan gapda qaysi bo‘laklar uyushgan?



1) kesim; 2) ega; 3) hol; 4) to‘ldiruvchi; 5) aniqlovchi

A) 2, 4 B) 2, 3, 5 С) 1, 2, 3, 5 D) 1, 4, 5


13. Tut, yut, oq, rasm, yot, qovoq, chop, uch. Ushbu shakldosh (omonim) so’zlarning nechtasi qo’shimcha qo’shilganda ham shakldoshlik xususiyatini saqlab qolishi mumkin?

A) 4 tasi B) 3 tasi C) 2 tasi D) 5 tasi

14. Har ikki qismi ham omonim xarakteriga ega bo’lgan so’zlardan tashkil topgan qo’shma so’zlar ko’rsatilgan javobni toping.

1) toshqovoq; 2) belbog’; 3) yor-do’st;

4) tokqaychi; 5) qo’shog’iz; 6) bodomqovoq.

A) 2,3,6 B) 1,2,5 C) 1,2,3 D) 4,6


15. Tut, yut, oq, rasm, yot, qovoq, chop, uch. Ushbu shakldosh (omonim) so’zlarning nechtasi qo’shimcha qo’shilganda ham shakldoshlik xususiyatini saqlab qolishi mumkin?

A) 4 tasi B) 3 tasi C) 2 tasi D) 5 tasi


16. Bu bog‘lar (1) bilan bog‘lar (2) ichida o‘tin bog‘lar (3) edi.

Yuqoridagi gapda bog’lar so’zlariga urg’u tushishi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) 1) va 3) birinchi bo’ginga; 2) ikkinchi bo’ginga

B) 1) va 2) ikkinchi bo’ginga; 3) birinchi bo’ginga

C) 1) ikkinchi bo’ginga; 2) va 3) birinchi bo’ginga

D) barchasida ikkinchi bo’ginga


17. Ega ishtirok etgan gaplarni aniqlang.

1) Burgaga achchiq qilib ko’rpa kuydirish yaxshi emas;

2) Sabr qilsang, g’o’radin holva bitar;

3) Yaxshi bo’lsang yasharsan, nasibangdan osharsan;

4) Shakarning ozi shirin;

5) Beli og’rimaganning non yeyishini ko’r.

A) 3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 1,5


18. Urg’u haqida to’g’ri fikrni aniqlang.

1) so’zni gap tarkibidagi boshqa so’zdan ajratish vazifasini bajaradi;

2) nutq ohangini tashkil etishda ishtirok etadi;

3) so’z fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi;

4) turkiy so’zlarda barqaror o’ringa ega;

5) so’z urg’usi frazaviy urg’u deb yuritiladi;

6) urg’u ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,5,6

C) 1,4,5,6 D) 1,2,3,6
19. Biz yoshlar yurtimiz kelajagimiz.

Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri hukmlarni toping.



1) gapda ajratilgan bo‘lak qatnashgan;

2) gapda uyushiq bo‘lak qatnashgan;

3) qaratqich aniqlovchi kesimga tobelangan;

4) aniqlovchi va kesim tarkibida o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etgan;

5) aniqlovchi va kesim tarkibida egalik qo‘shimchasi qatnashgan.

A) 1, 3, 5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4 D) 1,4,5


20. Tarkibida fe’ldan yasalgan so’zning turlangan so’zga tobe bo’lib kelishi kuzatiladigan gapni aniqlang.

A) Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar.

B) Tog' etaklari hali ham ko'm-ko'k bo'lib, turli go'zalliklar bilan: sariq va qizg'ish tusdagi boychechaklar, chuchmomalar, qoshlariga qop-qora o'sma qo'ygan lolalar bilan yasangan edi.

C) Bugungi kunda milliy g'urur tuyg'usi haqida ko'p gapiriladi.

D) Karvondagi dunyo kezgan savdogarlarning vazmin, maroqli gurunglari yo'l tanobini tortar, huvullagan, fayzsiz cho'lning o'lik manzarasiga bir qadar jonlanish bag'ishlagandek bo'lar edi.
21. „Qutadg’u bilig“da aytilishicha, qanday bekning yuzi qora bo’ladi, chunki bu illat barcha narsaning dushmanidir?

A) zulmkor B) adolatsiz

C) yengiltak D) ilmsiz
22. Qaysi qahramon “oq yuzida xoli” bilan tasvirlanadi?

A) “Rustamxon” dostonida Oftoboyim

B) “Alpomish” dostonida Oybarchin

C) “Kuntug‘mish” dostonida Xolbeka

D) “Ravshan” dostonida Zulxumor
23. “Mehr va Suhayl” hikoyatida qaysi shahar Jannat bog‘iga, ariqlari jannatdagi buloqqa, havosi jannat havosiga qiyoslanadi.

A) Behishtsaro B) Yaman

C) Adan D) Jazira
24. Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasidagi qaysi оbraz(lar) “jangda arslondek tashlanardi”-deb tasvirlanadi?

A) Kayxusrav

B) To‘maris

C) To‘marisning lashkarlari

D) Kayxusrav va To‘marisning oti
25. Chuqur ma’noli va quyma shaklda kelgan hikmatli so’zlar, ibratli hikoyalar asosida qurilgan asarlar nomi keltirilgan javobni belgilang.

A) “Guliston”, “Sadoqatnoma”, “Nazm ul-javohir”

B) “Bo’ston”, “Guliston”, “Sab’ayi sayyor”

C) “Mahbub ul- qulub”, “Saddi Iskandariy”

D) “Sadoqatnoma”, “Zarbulmasal”
26. G‘afur G‘ulomning “Sog‘inish” she’ri haqidagi qaysi fikr noto’g’ri?

A) ota o’glini sog’inganda Bedil kitobini o’qiydi

B) o’g’li shaftoli pishganda urushga ketgan

C) shaftolining tuki o’glining mo’yloviga o’xshatiladi

D) she’r quyoshga murojaat bilan boshlanadi
27. Qaysi asar o’z muallifi tomonidan: “Bu afsona go‘daklarni jalb etmoqqa juda qulay” , -deb baholanadi?

A) “Mardlik afsonasi”

B) “Yulduzlar afsonasi”

C) “Oq kema” asaridagi “Shoxdor ona bug’u haqidagi rivoyat”

D) “Yovvoyi yo’rg’a” asarida “Mustang tinchidi” usuli
28. Tasavvuf adabiyotida quyidagi timsollardan qaysi biri “ilohiy go‘zallik jamlangan asosiy manba” hisoblanadi?

A) ko’z


B) yuz

C) oynayi jahonnamo

D) payg’ambar
29. Lutfiyning g`azallarida o’zini qaysi payg’ambarga o’xshatadi?

A) Ya’qub alayhissalom

B) Yusuf alayhissalom

C) Sulaymon alayhissalom

D) o’zini payg’ambarga tashbeh qilmagan, faqat talmeh sifatida qo’llagan
30. “Har to’kisda bir ayb” maqoli qaysi asarda uchraydi?

A) «Oq kema»

B)«Qiyomat qarz»

C) «Mardlik afsonasi»



D) «Me’mor»


Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling