Ona tilim –jon-u dilim. Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabatlari Dars rejasi


Download 37 Kb.
Sana26.11.2019
Hajmi37 Kb.

Aim.uz

Ona tilim –jon-u dilim. Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabatlari

Dars rejasi:

  1. Til, tafakkur, nutq tushunchalarini farqlash

  2. Nutq faoliyatining shakl va ko’rinishlaridan to’g’ri foydalana bilish

  3. Mashqlar bajarish

Tayanch so’z va iboralar: Til, tafakkur, nutq faoliyati, til va tafakkurning o’zaro, bog’liqligi, milliy til, aqliy faoliyat, til - millat ruhi, tilni avaylash va undan o’rinli foydalanish.

- til, tafakkur, nutq tushunchalarini farqlash;

- nutq faoliyatining shakl va ko’rinishlaridan to’g’ri foydalana bilish;

- o’zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini bilish;

- o’zbek adabiy tilning boyish manbalarini bilish;

- “Davlat tili haqida”gi qonun moddalarini sharhlay olish;

- til va nutq odobiga oid maqol, hikmatlarni yodlash.

1 - topshiriq.

Matnni o’qing va mazmunini o`z so`zlaringiz bilan so’zlab bering.



TAFAKKUR VA TIL


Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog’liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo’lmasa, fikrlash ham bo’lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til–tafakkurning borliq shakli.

Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.



2-topshiriq.

Matn asosida quyidagi savollarga javob bering.



  1. Fikrlash bilan so’zlash o’rtasida qanday bog’liqlik va farq bor?

  2. “Tafakkur” so’zining ma’nosini izohlang.

  3. Til va tafakkur ayrim –ayrim holda mavjud bo’lishi mumkinmi?

  4. Tafakkur va til o’rtasida munosabatni misollar asosida tushunturub bering.

Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog’liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo’lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo’ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug’diradi.


1-mashq.

Gaplarni ko’chiring. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning ma’nosini izohlang.



  1. Har bir millatning dunyoda borlig’in ko`rsatadurg’on oynayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdir (A.Avloniy).

  2. Tildagi har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg’usining natijasidir, o’sha tafakkur va tuyg’ular orqali so’z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K.D.Ushinskiy).

  3. Ki har neni bilmish odamizot

Tafakkur birla qilmish odamizot. (A.Navoiy).

  1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili –bu millatning ruhidir (I.A.Karimov).

  2. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N.Bualo).

  3. Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yahlit butunlikni tashkil etadi (V.fon.Gumboldt).

  4. So’zlash qobiliyati – hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi (L.N.Tolstoy).

2 –mashq.

Til haqidagi quyidagi maqol va hikmatlarning davomini aniqlang va to’liq holda ko’chirib oling.

1. Suydiradigan ham til, ….

2. Tilning ko’rki –so’z, kishi …..(Yusuf Xos Hojib).

3. Tilingni ixtiyoringda asragil, so’zingni … (Alisher Navoiy).

4. Kishining go’zalligi uning … (Hadis).

5. So’z ichra mudom aql yashirindir,

So’z chimildig’u…(Nosir Xisrav).

6. Ko’ngil mahzanining qulfi til va ul mahzanning kalidin…(Alisher Navoiy).
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg’arilgan bilimlar nainki qayd etiladi va saqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi. Til millat ruhining ko’zgusidir. Tilda millatning bor-yo’g’i, o’y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg’ulari aks etadi. Tildagi har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg’usining natijasi bo’lib, uning yordamida bu tafakkur va tuyg’ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalandi.

Ona tiliga hurmat va uning bebaho so’z xazinasidan o’rinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta’sirchan so’zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo’lgan har bir shaxsning burchidir.


Savol va topshiriqlar

  1. Nutqiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?

  2. Eng qadimgi nutq qanday shaklda bo’lgan?

  3. Adabiy so’zlashuv nutqi qayerlarda namoyon bo’ladi?

  4. Yozma nutq qanday me’yorlarga asoslanadi?




Aim.uz


Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling