Onangiz yonida bir zum utirib,
Mehrli kuzlarga bir tuyib qarang,
Dunyo ishlarini bir chetga surib,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Hayotdan ketganda qadri bilinar,
Tomoqqa hattoki suv ham ilinar,
Pushaymon bularsiz, bagir tilinar,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Qalbini gam alam qamrab olmasin,
Yulingizni kutib kuzi tolmasin,
Keksaygan kunglida armon qolmasin,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Onasin holidan khabarsiz kishi.
Mazmunsizdir umri, bahoru qishi,
Hech qachon tugamas bu dunyo ishi,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Onalar poyida bulsa gar jannat,
Ne uchun onaga qilmaysiz khizmat,
Onadan ayrilmoq eng ogir qismat,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Biz uchun hadisdur aytgan har suzi,
Dunyoda onaday zot bormi uzi,
Faqat quvonch bilan yoshlansin kuzi,
Onasi hayotlar, onangiz asrang!
Do'stlaringiz bilan baham: |