Онто-филогенез pdf


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1452932
Bog'liq
Bio mustaqil ish 4



TIBBIY BIOLOGIYA
A’zolar onto-filogenezi


104-B Pediatriya ishi Sa`dullayev Samariddin








Qon aylanish sistemasi filogenezi 
• 
Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi
• 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda oziq • moddalar bilan 
to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadallashishiga
• 
va energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi.
• 
Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi bo‘lmaydi.
• 
Qorin aortasi yurak vazifa
• 
sini bajaradi. Qorin aortasida venoz qon tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin aortasi 
jabra arteriyalariga tarmoqlanib,
• 
jabraga boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bularda jabra arteriyalari kapillarlarga 
bo‘linmaydi. Jabrada qon kislorodga to‘yinib,
• 
orqa aortaga quyiladi.
• 
Aortadan arteriyalarga, ulardan kapillarlarga o‘tib, to‘qimalarni kislorod va
• 
ozuqa bilan ta’minlaydi. Ichki a’zolardan va ichakdan yig‘ilgan qon jigarda
• 
tozalanib, qorin aortasiga quyiladi. Lansetnikda qon aylanish sistemasi
• 
yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi.
• 
Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi Baliqlarda qon 
buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi ancha takomillashgan bo‘lib, 
progressiv belgilarga ega. Bitta bo‘lmacha va qorinchadan iborat yurak paydo bo‘lgan. Yuragida 
faqat venoz qon oqadi. Qon bo‘lmachadan qorinchaga, qorinchadan qorin aortasiga, so‘ngra 4 
juft jabra arteriyalari orqali jab raga boradi. Lansetnikdan farq qilib, baliqlarda jabra arteriyalari 
kapillarlarga tarmoqlanadi. Qon jabrada
kislorodga to‘yinib, orqa aortaga, so‘ngra to‘qima 
va
a’zolarga tarqaladi


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon 
• 
Suvda hamda quruqlikda 
yashovchilarda qon 
• 
taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab 
chiqariladi. 
• 
Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta 
qorinchadan iborat bo‘lib, ikkita doira 
bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu qon 
aylanish doiralari bir-biridan butunlay 
ajralmagan. 


Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. 
Undan 
3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri 
arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. 
Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap 
bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga 






Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, 
qismlarga ajralmagan nay shaklidagi ichakdan iborat. Ichak 
halqumdan boshlanib anal teshigigacha davom etadi. 
Ichakning oldingi qismidan jigar o‘simtasi hosil 
bo‘ladi.Baliqlardan boshlab hazm sistemasi ancha rivojlangan. 
Jag‘larda bir xilda tuzilgan tishlar joylashgan. Bu tishlar faqat 
oziqni ushlab turish vazifasini bajaradi. Hazm nayi qismlarga 
ajralgan. Hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, 
oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va anal teshigi bilan 
tugaydi. Jigar yaxshi rivojlangan bo‘lib, baliqlardan boshlab o‘t 
qopi paydo bo‘lgan.
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. 
Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan 
bo‘ladi.. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning 
barchasida tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda 
sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap 
tomonidan arterial qonga o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta 
qismidan tanaga ketuvchi chap aortayoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka 


arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun 
miyaga arterial qon, tanaga aralash qon, o‘pkaga esa venoz qon boradi. O‘pka venalari chap 
bo‘lmachaga quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi. Ular 
issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. Yuragi 
o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida arterial 
qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi. Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i 
yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan 
aylanishi bilan sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ va to‘qimalarda gaz 
almashinuvidan hosil bo‘lgan venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan yurakning 
o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qushlarda 
yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati 
baland, +42°C ni tashkil qilad 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling