Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha ajratiladi


Download 13.35 Kb.
Sana02.10.2019
Hajmi13.35 Kb.

Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha ajratiladi:  

1) olis;  

2) yaqin oradagi  

3) bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davri.  

Olis operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davrida, agar bemorda buqoq yoki tug'ma yurak kasali bo'lsa, sanatoriy davosi qo’llaniladi, 

bodomsimon bez va chirigan tishlar sanatsiya qilinadi. Yaqin oradagi operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davrida (7-15 kun davom-

ida) somatik sistemaning umumiy holati o'z vaqtida yaxshilanadi, bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davrida esa sanitari-

ya ishlovi o'tkaziladi,  qo’vuq va to'g'ri ichakdagi narsalar chiqartirib yuboriladi.  

Bevosita operatsiyaga tayyorgarlik davri tadbirlari va belgilangan 1 turdagi (stenozda me’dani tozalash, yo'g'on ichakni rezeksi-

ya qilishdan avval uni sifonli ho'qna qilish, yiringli o'pka kasalliklarida nafas yollarini sanatsiya qilish) operatsiyaga tayyorlash 

uchun o'ziga xos tadbirlar tafovut qilinadi: har qanday operatsiya oldidan bemorni tayyorlash davri uchun bir xil va majburiy bo'l-

gan tadbirlar (gigiyenik suvli vanna, sochni olish, ho'qna qilib tozalash, qovuqni bo‘shatish) bevosita operatsiyaga tayyorgarlik 

ko‘rish davri uchun tegishlidir. 

Bemorning ruhiy holatini, umumiy somatik holatini, mahalliy jarayonni normaga soladigan yoki yaxshilaydigan tadbirlar ham op-

eratsiyaga tayyorgarlik davri tadbirlariga kiradi. 

BEMORNI RUHAN TAYYORLASH.  

Xirurgik operatsiya ruhiy jihatdan u yoki bu darajada ruhan ezilishiga sabab bo’ladi. Buni bartaraf etish yoki kamaytirishning 

uddasidan chiqilsa, bemorni operatsiyaga tayyorlashga ham, operatsiyadan keyingi natijalarga ham yaxshi ta’sir ko'rsatadi. Tib-

biyot xodimi bemorning asab sistemasini butun davolanisli davrida, ayniqsa yaqin orada bo’ladigan operatsiyaga tayyorgarlik 



ko‘rish davrida avaylab-asrashi zarur. Bu davrda bemorda bo’lajak operatsiya bilan bogliq qo'rquv va ishonchsizlik paydo boladi

ruhiy kechinmalar yuzaga keladi, ko‘pdan-ko‘p savollar tugiladi. Bularning barchasi organizm reaktivligini pasaytiradi.  
Download 13.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling