1-AMALIY. 3DS-MAX DASTURI BOSHQARUV ELEMENTLARI BILAN ISHLASH.
3DS-MAX DASTURIDA OBYEKTLAR USTIDA BAJARILADIGAN
OPERATSIYALAR VA BUYRUQLAR BILAN ISHLASH
Ushbu dastur interfeysining (5.15-rasm)
asosiy elementlari
proeksiyalash oynasi (Viewports), buyruqlar paneli va yuqorida joylashgan menyu
hisoblanadi. Turlicha o‘zgartirilgan mazkur
elementlardan amalda barcha uch o‘lchovli grafik muharrirlar tarkib topgan.
Autodesk 3D Studio Max interfeysi elementlari:
1. Bosh menyu (Main Menu). Ushbu menyudagi tushuvchi
punktlarda tematik
jihatdan amalda barcha buyruqlar va ushbu grafik muharrirning butun uskunalari
to‘plangan.
2. Uskunalar paneli (Toolbar). Eng ko‘p foydalaniladigan buyruqlar to‘plangan
tugmalardan iborat panel.
3. (Viewports) proeksiyalar oynasi. Sahna obyektlarini turli proeksiyalarda
tasvirlash va ular bilan ishlash.
4. (Command panels) buyruqlar paneli. Oltita sahifada sahna obyektlari parametri
va sozlash, obyektlar bilan ishlash uchun buyruqlar tarkib topgan.
5. Yo‘l ko‘rsatish satri. Foydalanuvchini keraklicha
ish tutish haqida xabardor
qiladi.
6. Holatlar satri. Tanlangan obyektning sahnada joylashish koordinatalarini
ifodalaydi.
7. Proeksiyalar oynalarini boshqarish. Sahna obyektlarini ko‘rinish
ekraniga
tasvirlanishini ta’minlovchi buyruqlarning barchasi (kattalashtirish/kichiklashtirish,
masshtablash, burish).
Pastgi qismida animasion videolavhalar yaratish uchun uskunalar joylashgan.
5.15-rasm. Autodesk 3D Studio Max grafik muharriri interfeysi.
Izoh: Agar kursorni tugmalarning birini ustiga olib borilsa va biroz kutilsa,
ushbu buyruqning vazifasi haqida axborot paydo bo‘ladi.
Oddiy tugmalardan tashqari, belgilangan buyruqlarni qo‘llash-ning
turli
variantlarini taklif etuvchi suriladigan panel ham mavjud. Suriladigan panelning
belgisi tugmaning pastgi o‘ng qismida joylashgan
qora rangdagi uchburchak
hisoblanadi. Bunday panelni ochish uchun kursorni uning ustiga olib borish lozim,
sichqonchaning chap tugmasini bosib (panel chiqadi) turgan holda kerakli buyruq
tanlanadi.
5.16-rasm. Suriladigan panel.