T/r
|
Savollar
|
Savollarga javoblar
|
1
|
Opsion shartnomalarida uzun va qisqa pozitsiyalar nima degani?
|
Amaliyotda opsion pozitsiyalari boʻyicha toʻrtta variant amal qiladi: - opsion kollda uzun pozitsiya; - opsion putda uzun pozitsiya; - opsion kollda qisqa pozitsiya; - opsion putda qisqa pozitsiya; Bu pozitsiyalar Yevropa opsionlarida pozitsiyalarni opsion amal qilish muddatining tugash vaqtidagi investorga toʻlovlar miqdorini koʻrsatgan holda tavsiflanishiga yordam beradi.
|
2
|
Fyuchers va forvard shartnomalarining o'xshash va farqli tomonlari?
|
Fyucher va forvardning o'xhshliklari shundan iboratki valyuta, qimmatli qogʻozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qondirish bilan oldi-sotdi qilish boʻyicha bitim tuzuladi. Farqli jihati forvardlar birjada ishtirok eta olmaydi fyucherslar esa ishtirok etadi. Forvard bitimlari banklar, savdo-sanoat firmalari tomonidan narxlar, valyuta kurslari oʻzgarishlari tebranishlaridan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida tuziladi.
|
3
|
Ipoteka obligatsiyasi va uy joy sertifikati mazmuni nimadan iborat?
|
Ipoteka obligatsiyalari - Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir. Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan muayyan uy-joy maydoni va joyda qurilayotgan yoki qayta qurilayotgan uyda qurish uchun mablagʻ ajratilganligini tasdiqlovchi emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir
|
4
|
Xalqaro valyuta bozori nima maqsadda tashkil etiladi?
|
Xalqaro valyuta bozori turli mamlakatlarning valyutalari oldi sotdisi amalga oshiriladigan bozor hisoblanadi. Dastlab Foreks faqatgina sayohat qiluvchilar yoki savdogarlar tomonidan oʻz davlatlaridan boshqa davlatga borganlarida valyutani ayriboshlash uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu atama asosan investitsiya kiritib, foyda olish mumkin boʻlgan manba sifatida qaraladi.
|