Optik liniya terminali ma’lumot uzatish trafigi parametrlari analitik ifodalari va modeli annotatsiya


Download 18.34 Kb.
bet1/3
Sana20.03.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1285196
  1   2   3
Bog'liq
Hujjat (3)


OPTIK LINIYA TERMINALI MA’LUMOT UZATISH TRAFIGI PARAMETRLARI ANALITIK IFODALARI VA MODELI


Annotatsiya

Maqolada passiv optik aloqa tizimining tuzilishi bo‘yicha bir qancha mulohazalar keltirilgan. Passiv optik aloqa tizimining yuqori trafik oqimini qo‘llabquvvatlaydi bunda asosiy qurilma Optik liniya terminali (OLT) hisoblanadi. Maqolada Pareto taqsimlash nazariyasidan foydalangan holda passiv optik kirish tarmog‘i asosiy elementi trafik oqimini analitik ifodasi keltirilgan. Ushbu analitikifodalar asosida OLT dagi trafik xarakteristikalarining kirish oqimlari (kiruvchi oqim) parametrlariga bog‘liqligi o‘rganiladi.


Kalit so‘zlar; PON, Pareto taqsimlash, OLT, FTTH, MAC




Kirish

Hozirda internet tarmog‘i foydalauvchilari oshishi polasa kengligiga bo‘lganehtiyoj keskin oshishiga olib keldi. Passiv optik tarmoq (PON) texnologiyasi internetga ulanish uchun asosiy kirish texnologiyasi sifatida qaralmoqda, chunki u polasa kengligi talablariga javob beradigan kengaytiriladigan va tejamkor arxitekturaga ega. Foydalanuvchi talablarini qondirish va tizim ishlashining maqbul va aniq prognozlarini olish uchun tarmoq yuklamasining xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Bunda ko‘rilayotgan tarmoq trafigining analitik ifodalari ishlab chiqilishi kerak. Hizmatlarning keng doirasiga ega bo‘lgan multiservis tarmoqlarining trafik oqimi, tarmoq parametrlarining xilma-xilligini belgilaydi. Maqolamizda biz passiv optik aloqa tarmog‘i trafigini analitik ifodalarini keltirishda cheklangan Pareto taqsimotidan foydalanamiz. Zamonaviy tarmoqni barpo etishda muhim vazifa barcha turdagi trafik uchun hizmat ko‘rsatishning tegishli sifatini ta’minlashdan iborat. Multiservis tarmoqlarida va keyinchalik keyingi avlod kirish tarmoqlarida hizmat ko‘rsatish sifati yomonlashishining asosiysababi tarmoq qurilmalari buferlarida navbatlar tufayli yuzaga kelgan paketli kechikishlardir. Shuning uchun biz PON tizimlarida kommutatsiya va marshrutlashfunktsiyalarini integratsiyalashgan holda amalga oshiruvchi Optik liniya terminali (OLT) qurilmasida trafik oqimi uchun navbat tizimini analitik ifodasidanfoydalanamiz. Ushbu biz keltirgan ifodadan kelajakda tizimni tahlil qilish va tarmoqni rejalashtirish bosqichida paket kechikishi va paket kechikishining o‘zgarishi kabi QoS xususiyatlarini bashorat qilish uchun ishlatiladi.





Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling