Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi haqida nima tushinasiz?
Download 334.63 Kb.
|
TELEKOMMUNIKACIYA SORAW
Sadullayev Azamat Diff, 6, Agressiya ha`m agressiv minez-quliq (1), Taqdimot, анализ урока, Ozbektiliningpsixolingvistiktadqiqimuammolari.., 32, t, 5692-Текст статьи-14176-1-10-20220421, ЭХТИМОЛЛИК ВА СТАТИСТИКА уз, Mustaqil ish, lekcii makroekonomuka, 5-tema, 3-Tema
Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi haqida nima tushinasiz? Javob: Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‘nishga ega. So‘nish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni liniya trakti bo‘ylab retranslyasiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shovqin sathining kichikligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Optik aloqa tarmog‘i bu…..-? Javob: Tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bog‘langan aloqa tarmog‘idir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bog‘lansa, tolali optik aloqa tarmog‘i, ochiq optik uzatish muhiti orqali bog‘lansa, ochiq optik aloqa tarmog‘i deb ataladi. Abonent kirish tarmog‘ida FTTx texnologiyasi haqida tushintirib bering. Javob: FTTx (Fiber To The ... – «gacha optik ...») – texnologiyasi bo‘lib, belgilangan masofagacha optik tola orqali ishonchli aloqani ta’minlovchi kirish tarmog‘ini qurish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu texnologiya keng tarqalmoqda va qo‘llanilmoqda Bugungi kunda FTTx ni tashkillashtirishning qanday usullari mavjud? Javob: FTTH – Fiber to the Home (uygacha optik tola o‘tkazish); FTTB – Fiber to the Building (binogacha optik tola o‘tkazish). FTTH va FTTB larni o‘zgartirish orqali kelib chiqqan tex- nologiyalar: FTTO – Fiber to the Offiace (ofisgacha optik tola o‘tkazish). FTTC – Fiber to the Curb (taqsimlash shkafigacha optik tola o‘tkazish). FTTOpt – Fiber to the Optimum (optimal masofagacha op- tik tola o‘tkazish). FTTP – Fiber to the Premises (mijoz ish joyigacha optik tola o‘tkazish). FTTB texnologiyasi haqida tushintirib bering? Javob: Fiber To The Building – binogacha optika o‘tkazish. FTTB texnologiyasi qo‘llanilganda optik tola abonent uyigacha o‘tkaziladi va ONU (Optical Network Unit) qurilmasiga ulanadi. Aloqa operatori tomonida OLT (Optical Line Terminal) – optik liniya terminali o‘rnatiladi. OLT abonent tarmog‘ining asosiy qurilmasi hisoblanadi va abonent qurilmasi bilan ma’lumot almashish parametrlarini belgilaydi. Tarmoqning uyning ichigacha bo‘lgan qismiga juftlik o‘ram qo‘llaniladi. PON texnologiyasining asosiy afzalliklari qanday: Javob: -oraliq aktiv tugunlarning yo‘qligi; -markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi; -tolaning tejalishi; -yangi abonentlarni ulashning yengilligi va xizmat ko‘rsa- tishning qulayligi. 7. DSL texnologiyalari qanday texnologiya? Javob: Abonent telefon liniyalarini modernizatsiyalamasdan telefon simlarining mis juftlari bo‘yicha ma’lu- motlarni uzatish tezligini sezilarli oshirish imkoniga ega. Ma’lu- motlarni yuqori tezlikli kanallarda uzatish amaldagi telefon liniyalarini o‘zgartirish imkoniyati DSL texnologiyalarining asosiy afzalligi hisoblanadi. DSL qisqartmasi – Digital Subscriber Line (raqamli abonent liniyasi) kabi shifrlanadi. DSL telefon stansiyani yakka tartibdagi abonentlar bilan bog‘lovchi eski mis telefon liniyalarining o‘tkazish polosasini sezilarli kengaytirish imkoniga ega yangi texnologiyalari hisoblanadi. XDSL texnologiyalarining qanday turlari mavjud? Javob: ADSL (Asymmetric DSL) – asimmetrik RAL; G.Lite ADSLning soddalashgan varianti; RADSL (Rate-Adaptive ADSL) – ulash tezligining adap- tatsiyasi bilan RAL; ISDN DSL (IDSL); HDSL (High Bit-Rate DSL) – yuqori tezlikli RAL; SDSL (Symmetric DSL) – simmetrik RAL; VDSL (Very High Bit-Rate DSL) – o‘ta yuqori tezlikli RAL. 9. Raqamli ATS bu…..? Javob: Аgar stantsiyaning kommutatsiya maydoni, faqat raqamli soʼzlashuv axborotlarini, boshqaruv signallarini va komandalarni kommutatsiya qilsa, bunday kommutatsion stantsiya - raqamli АTS deb ataladi 10. Raqamli ATS larning soddalashtirilgan tuzilmaviy sxemasini tushintirib bering? 11. Аnalogli kommutatsion maydon tushinchasi nima? Javob: Аnalogli kommutatsion maydon fazoviy, chastotali va impuls-vaqt turida boʼlishi mumkin. Elektron АTSlarning fazoviy kommutatsiya maydoni, elektromexanik АTSlarning kommutatsion maydoniga oʼxshash tuzilmaga ega boʼlib, farqi fazoda joylashgan kommutatsiya nuqtalari elektron elementlarda bajarilgan boʼladi. Umuman olganda fazo kommutatsiya maydoni EАTS integral raqamli aloqa tarmoqlarida kommutatsion tugun sifatida eng qoʼyi zvenoda ishlatilishi mumkin. 12. Integral raqamli aloqa tarmogʼi (IRАT) nima?, Javob: Integral raqamli aloqa tarmogʼi (IRАT) kommutatsiya maydonlari kanallarning vaqt boʼyicha boʼlinish tamoyili boʼyicha tuzilgan kom-mutatsiya uzellaridan (KU); IKM oʼzgartiruvchi apparatura bilan jihoz-langan bogʼlovchi liniyalardan tashkil topgan aloqa tarmogʼiga tushuniladi 13. Yozilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan raqamli ATSlar qanday funksiyalarni bajaradi: - Kommutasiya (uch fazadan iborat aloqani o‘rnatish jarayoni: ulanishni o‘rnatish, ulanish holati, ulanishni uzish); - Signallash (ulanishni o‘rnatish uchun signalli axborotni qabul qilish va o‘zgartirish, chetki qurilmalar bilan signal almashinuvi); - Taktli ta'minlash va sinxronlash (yuqori barkaror taktli ketma-ketlikni shakllantirish va taksimlash, davri sinxronlash, tarmoqda sinxronlashni nazoratlash); - regeneratsiya, kodni o‘zgartirish, xatoliklarni nazoratlash, masofaviy ta'minot, signalli axborot va davrlarning identifikatorlarini birlashtirish va ajratish; - yordamchi (tonal signallarni shakllantirish, avtomatik ma'lumotlar, aks-sado signallarini nazoratlash); - ekspluatasiya va xizmat ko‘rsatish; - ATS boshqaruvi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar urtasida muvofiqlashtirish. 14. Raqamli ATS boshqaruvining nechta turi mavjud. Javob: - markazlashtirilgan boshqaruv; - markazlashtirilmagan boshqaruv; - ieraxiyalik (pogonali) boshqaruv; - taksimlangan boshqaruv. 15. Markazlashtirilgan dasturli boshqarishli EATS qurilish principini tushintirib bering? 16. SI 2000 telefon stantsiyasi haqida nima tushinasiz? Javob: SI 2000 telefon stantsiyasi taqsimlangan boshqaruv va integratsiyalashgan xizmatlarga ega zamonaviy raqamli avtomatik ko'p modulli tizimdir. U ISDN (Integrated Services Digital Network) kommutatsiya tizimlari avlodiga tegishli. Tizim umumiy telefon tarmog'ida va xususiy tarmoqlarda amalga oshirish uchun mo'ljallangan va analog, raqamli yoki aralash muhitga kiritilishi mumkin. SI 2000 tizimining stansiyalari barcha asosiy telefon funktsiyalarini (mahalliy, kiruvchi, chiquvchi va orqaga ulanishlar), shuningdek, ko'plab qo'shimcha xizmatlarni taqdim etadi. SI 2000 tizimining texnik kontseptsiyasida asosiy tamoyil apparat va dasturiy ta'minotning modulli konstruktsiyasidir. 17. Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish tizimchasi qanday funksional modullardan iborat: Javob: - chaqiruvlarni boshqarish funksional moduli SSV; - resurslarni boshqarish funksional moduli RMM, ular DTMF qurilma-larini stansiyalararo aloqaning qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarini va tarmoqni boshqarish uchun ishlatiladi; - signalizasiyaga ishlov berish funksional moduli SPM ajratilgan ka-nal bo‘yicha va UKS signalizasiyasiga ishlov berishni boshqarish uchun xizmat qiladi 18. C&CO8 tizimining dasturiy ta'minot tizimi qanday tizimlardan iborat? Javob: - operasion tizim; - kommutasiya vazifalari; - resurslarni boshqarish vazifalari; - chaqiriqqa ishlov berish vazifalari; - ma'lumotlar bazasini boshqarish vazifalari; - xizmatlarga ishlov berish vazifalari; - texnik xizmat vazifalari. 19. Optik muftalar nima? Javob: Har xil turdagi optik kabellarni yerga, tunnellerga, kollektorlarga va kabel kanallarinia yotqizishda ulash uchun mo'ljallangan texnik elementlar. Optik muftalar optik tolani uning ulanishlik nuqtalarida sirtqi ta'sirlardan qo'riqlash etadi. Optik kabellarning ulanishlik nuqtasin muhrlaydi. 20. Zona ichi telefon tarmoqlari – bu....? Javob: Avtomatik shahrlararo telefon stantsiyalari, buyurtma -ulanishlik liniyaları (BJL), maxalliy telefon tarmoqlarini QAC (AMC) menen bog'lanishchi shahrlararo ulanishlik liniyaları (QJL), elektron AC mavjudliginde zonadagi turli maxalliy tarmoqlar orasidagi ulanishlik liniyaları, zonada bitta nechta QAC (AMC) bor bo'lsa, ular orasidagi kanalar birlashmasi bo'ladi. 21. Optik tolali kabel tuzilishini tushintirib bering? 1 – Markaziy kuch elementi ; 2 - tolali modullar ; 3 - bos elementi ; 4 - ichki qobiq ; 5 - po'lat simlar; 6 - sirtqi qobiq. 22.Payvandlovchi uskunani tushintirib bering. Download 334.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling