O`qitish metodlari deyilganda nimani tushuniladi?


Download 20.96 Kb.
Sana02.12.2020
Hajmi20.96 Kb.

  1. O`qitish metodlari deyilganda nimani tushuniladi?

O’qitish usullari ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni o’z ichiga oladi.

  1. O`qitish metodlarni klassifikatsiyasi nechta, ularni nomini ayting?

Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi. O’qitish metodlarining ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lganligi uchun, ularni bir nechta asoslarga ko’ra guruhlash mumkin:

O’qitish metodlarini ularning uzatish manbalari va axborotlarni qabul qilish xarakteriga ko’ra guruhlash (so’z vositasida o’qitish, ko’rgazmali va amaliy o’qitish metodlari) mumkin ( S.I.Petrovskiy, Ye.Ya.Golant). Ta’limning mazkur bosqichida hal etilishi mumkin bo’lgan didaktik vazifalarga ko’ra guruhlash mumkin:



  • Bilimlarni egallash metodlari.

  • Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.

  • Bilimlarni qo’llash metodlari.

  • Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari



  1. Boshlangich sinflarga qanday ogzaki o`qitish metodalari ishlatiladi?

So’z vositasida bayon etuvchi metodlar; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Bu guruh metodlar materialni uzatish va qabul qilish aspektida qarab chiqiladi.

4. Kursatmali va ogzaki o`qitish metodlari uzaro kanday boglanishda buladi?

5. Induktsiya, deduktsiya va analogiya metodlarining moxiyati nimadan iborat?

O’quv materiallarining mazmuni harakat mantiqini, mexanizmini ochishga yordam beradi. Odatda, induktiv metodda xususiydan umumiylikka, dalillar, hodisalar tahlilidan umumiy xulosa chiqarishga qarab boriladi. Deduktiv metod - umumiylikdan xususiylikka, teorema, qonun, qoida, xulosalardan faktlar, narsa va hodisa, bevosita jarayonni o’ziga qarab borish usuli.

6. Induktsiya, deduktsiya va analogiya metodlaridan foydalanish asosida kanday akliy o’eratsiyalar yotadi?

Induktiv metodni - umumlashtira bilishga o’rgatish, induktiv fikrlashga o’rgatish uchun.

Deduktiv metodni - voqea va hodisalarni tahlil qila olish ko’nikmasini rivojlantirish uchun.

7. O`qitishning mustakil ishlari deyilganda nimani tushuniladi?



Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituvchining mustaqil ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmog’i kerak. 0‘quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganligi, o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bogliq bo’lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.

8.Mustakil ishlarning kanday turlari bor?

Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishda tashkil qilish mumkin:

1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga:

1) darsda yechilgan misol va masalaga o‘x shash , shartlari ham bir xil, lekin shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar musstaqil bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o‘tkazish. 3) o‘tilgan mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlarni bajartirish. 4) doskada topshiriqlar bajarish va h.k.

2. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari.

Uy ishlari - o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, yakka ishlarni tashkil qilish shakllaridan iboratdir.

9.didaktik uyining kimmati nimada?

Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko‘zlanadi. Ular orasida bittasi bosh maqsad bo’lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab , uning yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish bo’lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish , uchinchisida, biror malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, to‘rtinchisida, bilim , malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi.

10.Darsda o`qitishning xar xil metodlaridan birgalikda foydalanishning zarurligini asoslab bering?

Bolalarning o’sishi ularda jamoatchilik malaka va ko’nikmalarining shakllanib borishi bilan o’qituvchitarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o’zgartirib boradi.

O’qituvchi boshlang’ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog’lom jamoatchilik fikrini yaratadi.



Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamosini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o’rganadilar.
Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling